AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 677 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 565,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 430 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 677 名订阅者。
根据 03 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 786,过去 24 小时变化为 -221,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.04%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.97% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 965 次浏览,首日通常累积 9 308 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 04 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 677
订阅者
-22124 小时
-1 5407 天
-2 78630 天
帖子存档
51 602
📲 Huawei noodatiy yangi qurilma — buklanuvchi smartfon-planshet Pura X'ni namoyish etdi.
Qurilma noodatiy tomonlar nisbatiga ega — 16:10. Kompaniyadagilar bu format foydalanuvchilar uchun eng qulayi deyishmoqda.
Ekran diagonallari: ichki 6,3 dyuym va tashqi 3,5 dyuym. Akkumulyator sig’imi 4720 mA/soat.
Narxi — 1 025 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
51 602
😴 Tadqiqot: Kam uyqu tom ma’noda miya hajmini kichraytiradi.
Olimlar hammasi bo’lib yuzdan ortiq ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilib chiqishdi, natijada uyquning buzilishi va uning yetishmasligi miya hajmining kichrayishi bilan bog’liq degan xulosaga kelishdi.
Uyquning yetishmasligi tufayli kognitiv qobiliyatlar yomonlashadi — xotira, diqqat va reaksiya tezligi pasayadi. Bu depressiya, tashvish va boshqa ruhiy kasalliklar xavfini oshiradi.
Shuningdek, uyqu vaqtida miya zaharli oqsillardan tozalanadi, agar ular to’planib qolsa Altsgeymer, demensiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
📟 DigiTech
51 602
+1
🗼Xitoyda o’zlarining Pariji borligini bilasizmi? Versal saroyi va hatto Eyfel minorasi nusxalari bilan (faqat uch baravar kichikroq).
Bularning barchasi Xanchjou shahridagi 4,7 km² maydonni egallagan va 1 milliard dollarga qurilgan Tianducheng turar-joy majmuasining bir qismidir.
Dastlab u yerda 100 000 kishi yashashi rejalashtirilgan edi, biroq infratuzilma yetarli rivojlanmagani sabab loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi va oxir-oqibat faqat 30 000 ga yaqin kishi u yerga ko’chib keldi.
📟 DigiTech
51 602
🤖 Boston Dynamics o’zining yangi Atlas roboti qanday «insoniy» harakat qilishini ko’rsatdi.
Ularning ta’kidlashicha, bu «dunyodagi eng epchil insonsimon robot» va kelajakda u odamlarga kundalik hayotda yordam beradi, shuningdek, Hyundai zavodlarida ishlaydi.
📟 DigiTech
51 602
Zamonaviy dunyoda ma’lumot olish oson: onlayn-kurslar, kitoblar, leksiyalarning barchasi ochiq. Lekin faqat bilimning o‘zi yetarli emas. Haqiqiy professional rivojlanish nafaqat ma’lumotni yetkazib beradigan, balki uni haqiqiy amaliyotda ko‘rishga, xatolardan qochishga va sohaga moslashishga yordam beradigan inson paydo bo‘lganda boshlanadi.
Yandex dizayneri Alena Kim o'z intervyusida IT sohasidagi asosiy ko'nikmalar, murabbiylikning qiyinchiliklari va maksimal natijalarga erishishga yordam beradigan omillar haqida gapirib berdi.
51 602
⚡️Telegramning oylik aktiv foydalanuvchilari soni milliarddan oshdi.
Pavel Durov'ning yozishicha, messenjer WhatsApp'dan keyin dunyoda mashhurligi bo’yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (agar Xitoyga yo’naltirilgan WeChat’ni hisobga olmasa). Har bir foydalanuvchi kuniga o’rtacha 21 marta Telegram'ni ochadi va ilovaga kuniga 41 daqiqa vaqt sarflaydi.
📟 DigiTech
51 602
+1
⚡️18 yoshli talabalar fotosuratlar asosida kaloriyalarni hisoblaydigan ilova yaratib bir yilda 24 million dollar ishlab topishdi.
Cal AI shunchaki ChatGPT va Claude sun’iy intellektlari yordamida oziq-ovqat suratlaridan kaloriyani hisoblab beradigan interfeysdir.
8 oy ichida dastur 5 million marta yuklab olindi, ilova hozirda talabalarga oyiga 2 million dollar daromad keltirmoqda.
📟 DigiTech
51 602
🖼️ Tadqiqot: Tabiat suratlari og’riqni yengillashtiradi. Manzaralar tom ma’noda miyaning og’riqni his qilish bilan bog’liq qismidagi faollikni pasaytirishi aniqlandi.
Tadqiqot ishtirokchilariga turli suratlar ko’rsatildi, qo’liga tok yuborildi va tananing reaksiyasi kuzatildi. Shahar ko’rinishidan farqli o’laroq, tabiat manzaralari og’riq signallarini zaiflashtirdi.
Endi bosh og’risa, National Geographic'ni ko’ramiz :)
📟 DigiTech
51 602
🤖 Nvidia o’zining birinchi roboti — Blue'ni ko’rsatdi.
«Yulduzlar jangi» filmidan ilhomlanilgan ushbu robot Disney va Google DeepMind bilan birgalikda ishlab chiqilgan — unga Nvidia'ning kuchli neyrotarmoq modeli Groot N1 va robotlarni o’rganishini 70 barobar tezlashtiradigan yangi Newton chipi o’rnatilgan.
Groot N1 ikki xil fikrlaydi: «sekin» muammolarni hal qilish usullarini o’ylab topadi va «tez» — ularni amalga oshiradi.
📟 DigiTech
51 602
⚡️Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobillarning asosiy muammolaridan birini hal qildi, ular deyarli oddiy avtomobilga yonilg’i quyish tezligida avtomobilni zaryadlaydigan «super zaryadlash» stansiyasini ishga tushirishdi.
Stansiya 1000 kVt quvvat bilan avtomobilni atigi besh daqiqada 400 km dan ortiq masofa yurishga yetadigan quvvat bilan zaryadlashi mumkin, yaqin kelajakda butun Xitoy bo’ylab 4000 dan ortiq shunday stansiyalar o‘rnatilishi va’da qilinmoqda. Birinchi bo’lib bunday tez zaryadlash funksiyasi yangi BYD Han L va Tang L'ga qo’shiladi.
📟 DigiTech
51 602
📷 Chilidagi Vera Rubin rasadxonasida dunyodagi eng katta 3200 megapikselli raqamli kamerani o’rnatish ishlari yakunlandi.
Avtomobil o’lchamidagi kamera og’irligi deyarli 3 tonna bo’lib, juda batafsil astronomik tasvirlarni oladi va har kecha 15 TB gacha ma’lumot to’playdi. Unda olingan birinchi fotosuratlar yaqin haftalarda paydo bo’ladi.
📟 DigiTech
51 602
🔥Yandex Uzbekistan Dev Meetup #2 – 10-aprel kuni Toshkentda!
Nimalarni muhokama qilamiz?
• Yandex Go’da hamkorlar uchun xizmatlar qanday kengaytiriladi?
• Yandex Pro arxitekturasi qanday optimallashtiriladi?
• C++ va userver yordamida samarali kod yozish.
• Murakkab IT-loyihalarida Product engineer uchun qanday ko'nikmalar zarur?
Dasturchilar uchun yangi bilimlar olish, savollar berish va mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat.
📲Tafsilotlar bu yerda.
51 602
✍️ Talabalar uchun kerakli neyrotarmoq — har qanday slayd bo’yicha xulosaviy konspekt yozib beradigan neyrotarmoq chiqdi.
• Photes neyrotarmog’i faylni tahlil qiladi, mohiyatini ajratib oladi va bir necha soniya ichida batafsil, xulosaviy konspekt yaratib beradi.
• Konspektni barcha formatlarda yuklab olish mumkin.
• Kompyuter va mobil telefonlarda ishlaydi.
• Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 602
+1
⚡️MrBeast Beast Games o’yinlarining ikkinchi mavsumi uchun kastingni e’lon qildi.
Arizada o’yinchi o’zi va ushbu g’alaba uchun rejalari haqida batafsil aytib berishi kerak. Shuningdek, Qo'shma Shtatlarda qonuniy yashash huquqi, davlat idoralarida ishlamaslik va o’yinlarda qatnashish uchun olti hafta vaqt ajratishi kerak bo’ladi.
G’olib 5 million dollar yutuqni oladi, ko’rsatuvni suratga olish jarayoni may oyida boshlanishi rejalashtirilgan.
Xohlovchilar havola orqali ariza qoldirishlari mumkin.
📟 DigiTech
51 602
+1
🚘 Xiaomi'ning birinchi krossoveri YU7'ning texnik xususiyatlari ma’lum bo’ldi.
YU7 bazaviy versiyasida 320 ot kuchiga ega bitta elektr motor bo’ladi va maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil qiladi. Top versiyasida esa umumiy quvvati 691 ot kuchiga ega ikkita dvigatel mavjud bo’ladi va bir zaryadda 770 km masofani bosib o’ta oladi.
Sotuvlar yozda boshlanadi. Narxi — 35 000 dollardan.
📟 DigiTech
51 602
⚡️Tadqiqot: Shakarli gazlangan ichimliklar saraton rivojlanish xavfini oshiradi.
Vashington universiteti olimlarining tadqiqotiga ko’ra, kuniga kamida bir marta shakarli shirin ichimlik ichadigan odamlarda og’iz bo’shlig’i saratoni rivojlanish xavfi gazlangan suv ichmaydiganlarga qaraganda besh baravar yuqoriroq bo’ladi.
Tadqiqot asosan yosh, chekmaydigan va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaydigan odamlar orasida og’iz bo’shlig’i saratoni bilan kasallanish holatlarining keskin o’sishi fonida o’tkazildi.
Masalan, 2020 yilda og’iz bo’shlig’i saratonining 355 mingdan ortiq yangi holatlari aniqlangan, ulardan deyarli 177 mingtasi o’lim bilan yakunlangan.
📟 DigiTech
51 602
⚡️Marsda hayot mavjudligi belgilari topildi. «Perseverance» roveri qoyalardagi toshlarda mikroblar izlarini topdi.
Toshning kimyoviy tahlili unda mikroorganizmlar yashaganini ko’rsatdi — tosh millionlab yillar oldin ko’l bo'lgan joyda topilgan.
Shuningdek, yangi ma'’umotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, sayyora yuzasi ostida hayot bo’lishi mumkin bo’lgan suyuq suvning «cho’ntaklari» bo’lishi mumkin.
Buni faqat tosh yerdagi laboratoriyaga olib kelinganidan keyingina aniq tasdiqlash mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
51 602
+3
🥽 Kaliforniya qamoqxonalaridagi mahbuslar uzoq vaqt davomida izolyatsiyadan so’ng tiklanishiga yordam beradigan VR kameralarda terapiyadan o’tishmoqda.
Terapiya kursi bir hafta, kuniga to’rt soatdan davom etadi: mahbuslar alohida kameralarga o’tkaziladi va ularga Fransiyaga sayohatdan tortib, oilaviy kechki ovqat lavhalarigacha namoyish etiladi. Natija kutilganidan ham zo’r bo’ldi, qamoqxonalardan birida qonunbuzarliklar soni atigi bir hafta ichida 96 foizga kamaydi.
📟 DigiTech
51 602
📢 Salom Card bilan iPhone xarid qilganda 10% keshbek!
📱 Yangi iPhone olish haqida orzu qilasizmi?
Hozir ayni vaqti! Salom Card rasmiylashtiring va quyidagi do‘konlardan iPhone 16 Pro Max 256GB yoki iPhone 16 Pro 128GB xarid qilganingizda 10% keshbek oling:
iSpace | Mediapark | Texnomart | JoyBox
• Aksiya muddati: 2025 yil 25 martgacha
• To‘lov faqat Salom Card orqali amalga oshiriladi
• Keshbek 2025 yil 10 aprelgacha hisoblanadi
• Qurilmalar soni cheklangan
❗️ Bitta chekda faqat 1 ta qurilma sotib olish mumkin. Agar bir nechtasini olmoqchi bo‘lsangiz, alohida cheklar rasmiylashtiring.
Batafsil ma’lumot saytda
Rasmiy iPhone xarid qilish orqali siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
✔️ Rasmiy mahsulot – Apple tomonidan sertifikatlangan
✔️ IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilgan – blokirovkalardan himoyalangan
✔️ 12 oylik kafolat – vakolatli markazlarda servis xizmati ko‘rsatiladi
Hali Salom Card'ingiz yo‘qmi?
✅ Hoziroq rasmiylashtirib, foydali taklifdan bahramand bo‘ling!
Reklama
51 602
🎧 AirPods'ga sinxron tarjima funksiyasi qo’shilishi mumkin. Ushbu funksiya yordamida chet elliklar bilan istalgan tilda suhbatlashish va ularni tushunish mumkin bo’ladi.
Suhbat uchun AirPods va iPhone bo’lishi yetarli. Smartfon avtomatik ravishda nutqni yozib oladi, tarjima qiladi va quloqchinga yuboradi.
Mark Gurmanning so’zlariga ko’ra, yangi funksiya yil oxirida iOS 19'ning chiqarilishi bilan birga qo’shilishi mumkin.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
