ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 667 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 522,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 383

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 667 名订阅者。

根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 647,过去 24 小时变化为 -232,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.65%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 549 次浏览,首日通常累积 9 727 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 667
订阅者
-23224 小时
-2 2777
-3 64730
帖子存档
🚘 Yangi Toyota Corolla shunday ko'rinishda bo’ladi — kompaniya o’zining eng mashhur modellaridan biri kelajakda qanday ko’ri
+6
🚘 Yangi Toyota Corolla shunday ko'rinishda bo’ladi — kompaniya o’zining eng mashhur modellaridan biri kelajakda qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatdi. Konsept Tokioda namoyish etildi, u juda chiroyli ko‘rinadi: silliq chiziqlar, agressiv faralar, minimal xrom va maksimal futurizm. Texnik tafsilotlari haqida hali hech narsa ma'lum emas, ammo korpusda uchta lyukchani payqash mumkin — ehtimol u gibrid bo’ladi. Mish-mishlarga ko’ra, avtomobil 2027-yilgacha sotuvga chiqariladi. 📟 DigiTech

🚀 Servercore Toshkentdagi ma’lumotlar markazida bulutli GPU-serverlarini ishga tushirdi. Serverlarda 24 GB xotirali NVIDIA A5000 videokartalar o‘rnatilgan — bu avvalgilardan ikki baravar kuchliroq. Bunday xotira katta AI modellar va ma’lumotlar bilan tez va qulay ishlash imkonini beradi. 🔹 Qayerda ishlatish mumkin: Sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishda, Ma’lumotlarni tahlil qilish va mashinaviy o‘rganishda, 3D modellashtirish va video tahrirlashda, Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda. 🔹 Afzalliklari: Buyurtmadan so‘ng server bir necha daqiqada ishga tayyor bo‘ladi. Faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov qilinadi. Loyihani kengaytirish uchun qo‘shimcha GPU’larni osongina qo‘shish mumkin. Ma’lumotlar O‘zbekiston qonunlariga muvofiq mahalliy tarzda saqlanadi. 👉 GPU-serverni ijaraga olish: https://srv.cr/8b42f

⚡️Nvidia kompaniyasining bozor kapitallashuvi 5 TRILLION dollarga yetdi — bu barcha kompaniyalar ichida mutlaq rekord. Solish
⚡️Nvidia kompaniyasining bozor kapitallashuvi 5 TRILLION dollarga yetdi — bu barcha kompaniyalar ichida mutlaq rekord. Solishtirish uchun, atigi olti oy oldin Nvidia bozor kapitallashuvi bo’yicha 4 trillion dollarlik belgini buzgan birinchi kompaniya bo’lgandi. Bularning barchasiga Nvidia'ning aqlli sxemasi tufayli erishildi — Huang boshqa kompaniyalarga o’zlarining grafik kartalarini sotib olish majburiyati bilan faol ravishda sarmoya kiritmoqda. OpenAI, Oracle, Microsoft, AMD, Intel va boshqalar doimiy ravishda katta miqdordagi pullarni kompaniyalari orasida aylantirib yurishibdi. 📟 DigiTech

Yandex muhandislari LLM uchun infratuzilmani qanday qurishini bilib oling ⚙️🔥 Katta til modellari o‘sib bormoqda va nafaqat
Yandex muhandislari LLM uchun infratuzilmani qanday qurishini bilib oling ⚙️🔥 Katta til modellari o‘sib bormoqda va nafaqat kuchli GPU, balki yukni taqsimlash, o‘rganishni tezlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish qobiliyatini ham talab qiladi. Malakali muhandislar buni qanday qiladi? Ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi spikerlari 10-noyabrdan 14-noyabrgacha bepul onlayn intensivda ma’ruza qiladi! Siz modellarni ishga tushirish va o‘rgatishga imkon beradigan amaliyotlarga kirishasiz. Qolaversa, quyidagilarni o‘rganasiz: - taqsimlangan payplaynlarni qurish va inferensni optimallashtirish - GPU va serverlar o‘rtasidagi hisoblashlarni optimallashtirish - masshtablashni barqaror va oldindan ko‘rish mumkin qiladigan muhandislik va matematik yechimlarni qo‘llash Sizni rus tilida video taqdimotlar, workshoplar va Q&A kutmoqda. Yakuniy sinovdan o‘tganlarga sertifikat beriladi. 13-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishga ulguring: havola

🤖 Og’irligi 35 kg va bo’yi 1,32 metr bo’lgan mitti Unitree G1 odamsimon roboti 1400 kg og’irlikdagi avtomobilni tortdi. Pekin sun’iy intellekt akademiyasi (BAAI) tadqiqotchilari odamsimon robotni mashinani tortib yurishga o’rgatishdi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda blogerlar uchun yangi qonun joriy qilindi — endi blogerlar o’z bilimlarini haqiqiy diplom bilan isbotlashlari kerak
⚡️Xitoyda blogerlar uchun yangi qonun joriy qilindi — endi blogerlar o’z bilimlarini haqiqiy diplom bilan isbotlashlari kerak. Sog'liqni saqlash, moliya yoki huquq haqida kontent tayyorlaydigan har qanday bloger tegishli oliy ma'lumotga ega bo’lishi kerak. Diplomsiz ular jarimaga tortiladi va akkaunt butunlayga bloklanadi. Kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun rasmiylar bir qator cheklovlarni ham kiritishdi:
— Qimmatbaho mashinalar, qimmat kiyimlar yoki dabdabali sayohatlarni ko’rsatish taqiqlanadi, chunki bu «yoshlarga yomon o‘rnak bo’ladi»; — Daromad va soliqlarni ommaga oshkor qilish zarur, videolarda SI filtrlardan foydalanilsa, bu haqda ogohlantirish kerak; — Neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan har qanday kontent belgilanishi kerak — qoidabuzarlik akkaunt bloklanishiga olib keladi.
📟 DigiTech

+3
📲 YouTube layk uchun yangi animatsiyalarni qo’shdi — tugma endi sizga yoqqan kontent turiga moslashadi. Umumiy 20 xil turdagi animatsiyalar qo’shildi, hatto mushuklar haqidagi videolar uchun ham maxsus animatsiyani qo’shishdi. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Mask, va'da qilinganidek, «erkin» Vikipediya nusxasini ishga tushirdi. Uning nomi Grokipedia va hozirda beta-versiyada
⚡️Ilon Mask, va'da qilinganidek, «erkin» Vikipediya nusxasini ishga tushirdi. Uning nomi Grokipedia va hozirda beta-versiyada ishlamoqda: faqat ingliz tilida va tasvirlar yo’q. Saytdagi maqolalar Grok chatboti yordamida «tekshiriladi». Tashrif buyuruvchilar tahrir qila olishmaydi.
«Grok va Grokipedianing maqsadi — haqiqat, faqat haqiqat va haqiqatdan boshqa narsa emas», deb yozdi Ilon Mask o’zining X sahifasida.
Hozirda kutubxonada AI yordamida yozilgan va Wiki'dan olinib moslashtirilgan 880 mingga yaqin maqolalar (Vikipediyadagi 8 millionga nisbatan) mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Mercedes juda kichik hajmdagi 1000 ot kuchiga ega dvigatelni ishlab chiqdi. Elektr dvigatelining og'irligi bor-yo’g'i 12,7
+1
⚡️Mercedes juda kichik hajmdagi 1000 ot kuchiga ega dvigatelni ishlab chiqdi. Elektr dvigatelining og'irligi bor-yo’g'i 12,7 kg — Tesla'nikidan 7 baravar yengilroq. Ixtironi allaqachon haqiqiy inqilob deb atashmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Porsche kompaniyasining daromadi 9 oy ichida 99 foizga — 4 milliard yevrodan 40 million yevroga tushdi. Ammo kompaniya vaz
🚘 Porsche kompaniyasining daromadi 9 oy ichida 99 foizga — 4 milliard yevrodan 40 million yevroga tushdi. Ammo kompaniya vaziyat unchalik dahshatli emasligini ta'kidlamoqda. Savdo va daromadni pasayishining sabablari (ular atigi 6% ga kamaygan) Xitoyda bozor ulushini yo’qotish (u yerda hatto chegirmalar qilishga to’g’ri kelmoqda), AQSh boj tariflari va yangi modellarni chiqarishdagi kechikishlardir. Daromadni keskin tushib ketishining asosiy sababi esa biznesni elektr transport vositalariga o’tkazishning «juda qimmatligi». Kompaniya barchasi nazorat ostida ekanligiga ishonchi komil: tez orada benzinli modellarni yangi elektromobillarga almashtirish uzoq muddatlik «foyda poygasida» g'alaba qozonishga yordam beradi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Google AI Studio'ga tayyor veb-saytlar va ilovalarning bepul galereyasi qo’shildi. Siz ulardan istaganingizni tayyor kodi bilan olishingiz va o’zingizga moslab tahrirlab olishingiz mumkin. Nano Banana, ovoz generatsiyasi va video yaratish kabi barcha Google SI funksiyalari bilan to’liq integratsiya mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyda narxi iPhone narxidek bo’lgan birinchi odamsimon robotlar chiqarildi — Bumi roboti hozirda 1400 dollardan sotilmoqda. Bumi bo’yi 94 sm bo’lib, og’irligi 12 kg, ikki oyoqda yuradi, raqsga tushadi va buyruqlarga javob beradi. Uni har xil vazifalarni bajarishga dasturlash mumkin: uyni tozalaydi, paypoqlaringizni yig’adi yoki ishdagi og’ir kundan keyin siz uchun Tektonik raqsga tushib beradi. Odamsimon robotlar dunyosida bu haqiqiy inqilob: ilgari bunday pulga faqat noutbuk yoki smartfon sotib olish mumkin edi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Google'da ishlaydigan IT mutaxassis 7,5 million dollar yig’ib qo’ygan, lekin bu ham nafaqaga yetmasligi mumkinligidan x
👨‍💻 Google'da ishlaydigan IT mutaxassis 7,5 million dollar yig’ib qo’ygan, lekin bu ham nafaqaga yetmasligi mumkinligidan xavotirda. Yigit hozir 36 yoshda va yiliga taxminan 1 million dollar ishlab topadi. ​​U 45 yoshida nafaqaga chiqishni rejalashtiryapti va umuman pulsiz qolmaslik uchun kamida 10 million dollar yig’ishni xohlaydi. 📟 DigiTech

🚘 Skoda Superb to’liq bak yonilg'i bilan 2831 km masofani bosib o’tib Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rekord poygachi M
🚘 Skoda Superb to’liq bak yonilg'i bilan 2831 km masofani bosib o’tib Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rekord poygachi Miko Marchik tomonidan o’rnatildi. U Polshani to‘la bak bilan tark etib, Yevropaning yarmini bosib o‘tdi va qaytib keldi. Marchik o’rtacha 80 km/soat tezlikda yurdi va 2,6 litr yonilg’i sarfiga erishdi (rasmiy ko’rsatkich 4,8 litr). 📟 DigiTech

🎵 Professional darajadagi musiqa yaratamiz: Suno barcha foydalanuvchilar uchun bepul v4.5-all modelini chiqardi. Sifat bo’yicha u flagman Suno v.5 dan qolishmaydi va studiya sifatidagi treklarni generatsiya qiladi. O’zingizning vokalingizni va maxsus tovushlarni qo’shishingiz mumkin. Kuniga 10 ta musiqa bepul generatsiya qilish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Hatto sun'iy intellekt ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib ahmoqlashmoqda: virusli postlar bo’yicha mashg'ulotlar bir vaqtnin
📲 Hatto sun'iy intellekt ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib ahmoqlashmoqda: virusli postlar bo’yicha mashg'ulotlar bir vaqtning o’zida bir nechta chatbotlarning ahmoqlashishiga olib keldi. Bir nechta Llama va Qwen modellari arxivlangan Twitter postlarini kuzatishdi. Natijada, fikrlash sifati 23% ga tushdi, uzoq muddatli kontekst sifati 30% ga kamaydi va javoblarda psixopatiya belgilari paydo bo’ldi. Kognitiv zararni tuzatib bo’lmadi. Hatto toza, sifatli ma'lumotlarda qayta o’qitish ham yordam bermadi. 📟 DigiTech

⚡️Britaniyaning Channel 4 kanalida sun'iy intellekt haqida bir soatlik hujjatli film namoyish etildi va oxirida boshlovchi o’zi neyron tarmoqda generatsiya qilinganini ma'lum qildi. Aysha Gaban'ning o’zi buni tan olmagunicha, hech kim uni SI'da generatsiya qilinganini payqamadi:
«Yaqin bir necha yil ichida sun'iy intellektlar barchaning hayotiga ta'sir qiladi. Oxir-oqibat, ba'zilar ishsiz qoladi... Balki hatto menga o’xshagan teleboshlovchilar ham. Chunki men haqiqiy emasman».
Boshlovchining ovozi va tashqi ko’rinishi to’liq generatsiya qilindi. Faqat yon-atrof tasvirlari haqiqiy edi. 📟 DigiTech

👓 Olimlar ko’zning to’r pardasi shikastlangan odamlarda ko‘rish qobiliyatini tiklovchi PRIMA mikrochipini ishlab chiqishdi.
+3
👓 Olimlar ko’zning to’r pardasi shikastlangan odamlarda ko‘rish qobiliyatini tiklovchi PRIMA mikrochipini ishlab chiqishdi. Qurilma kamerali ko‘zoynakdan olingan tasvirlarni simsiz implantga uzatib, ularni elektr impulslariga aylantiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yuboradi. Sinov davomida 32 kishidan 26 nafari matnni farqlay oldi, krossvordlarni yechdi va hatto o’yin o’ynay olishdi. Bir kishi ko’r bo’lib qolishidan oldingi kabi yaxshi ko'rishni boshladi. Ular ushbu qurilmani Yevropada 2026-yildan bishlab qo’llashni, keyin esa boshqa mamlakatlarda sertifikatlashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

💻Yandex Uzbekistan Yandex 360 onlayn-ofisining sotuvini boshladi 📑Endilikda O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun jamoaviy ish
💻Yandex Uzbekistan Yandex 360 onlayn-ofisining sotuvini boshladi 📑Endilikda O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun jamoaviy ishni tashkil etishga mo‘ljallangan qulay vositalar — Pochta, Kalendar, Disk (fayllarni bulutda saqlash), Hujjatlar, Messendjer, Telemost videomuloqot xizmati, vazifalar va jarayonlar uchun Treker hamda boshqa mahsulotlar qoldi. Hujjatlar onlayn-redaktori esa matnlarni tayyorlash va tahrirlashda yordam beradigan AI imkoniyatlari bilan jihozlangan. 👩‍💻Yandex 360 ga boshqa tizimlardan o‘tayotgan tashkilotlar uchun ma’lumotlarni ko‘chirish vositalari va barcha bosqichlarda to‘liq texnik yordam taqdim etiladi. Ma’lumotlar migratsiyasini bir nechta bosish orqali (one click) ishga tushirish mumkin.

⚡️NVIDIA koinotda ma'lumotlar markazlarini «quradi» — birinchi sun'iy yo’ldosh noyabr oyida uchiriladi. G'oya bo’yicha, orbital serverlar ulkan quyosh paneli (kengligi va uzunligi 4 km) bilan quvvatlantiriladi va vakuumda sayyoramizning boshqa joylaridan ko’ra samaraliroq sovutiladi, katta miqdordagi suv ham tejaladi. Loyiha Amerikaning Starcloud startapi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda, birinchi mijozlardan biri esa Google bo’ldi — kosmik serverda birinchi bo‘lib ularning Gemma SI modeli ishga tushiriladi. 📟 DigiTech