ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 667 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 522,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 383

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 667 名订阅者。

根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 647,过去 24 小时变化为 -232,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.65%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 549 次浏览,首日通常累积 9 727 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 667
订阅者
-23224 小时
-2 2777
-3 64730
帖子存档
🖼️ Yangi SI Photoshop chiqdi: Reve ishlab chiquvchilari rasmlarni tahrirlovchi bepul neyrotarmoqni chiqarishdi. U rasmlarni juda tez va realistik qilib o'zgartiradi. Faqat rasmni yuklab nimani o’zgartirish kerakligini yozish kifoya, neyrotarmoq tasvirning bir nechta o’zgartirilgan variantlarini chiqarib beradi. Siz ranglarni o’zgartirishingiz, obyektlarni o’chirishingiz yoki qo’shishingiz va hatto rakurslarni siljitishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Jurnalistlar Apple qurilmalarining keyingi relizlari ro’yxatini yig’ishdi. 2026 yilning boshida kompaniya iPhone 17e ni na
📲 Jurnalistlar Apple qurilmalarining keyingi relizlari ro’yxatini yig’ishdi. 2026 yilning boshida kompaniya iPhone 17e ni namoyish etishi kerak — bu yangi 17 liniyasining byudjet versiyasi bo’ladi, lekin asosiy iPhone 17 kabi A19 chipi bilan. Bu yil oxirigacha esa M5 chipli yangi iPad Pro'ni ko’rishimiz mumkin. 📟 DigiTech

💊 Retro Biosciences startapi qarilikni to’xtatish uchun tabletka ishlab chiqmoqda. Bu OpenAI rahbari Sem Altman millionlab d
💊 Retro Biosciences startapi qarilikni to’xtatish uchun tabletka ishlab chiqmoqda. Bu OpenAI rahbari Sem Altman millionlab dollar sarmoya kiritayotgan kompaniyadir. Bu avtofagiyaning tabiiy jarayonini qayta boshlash uchun tabletka bo’ladi — ya’ni hujayralar shikastlanishdan o’z-o'zini tozalaydi, shu jumladan miyada ham. Bosh direktorning so’zlariga ko’ra: tabletka Altsgeymer va Parkinson kasalliklari rivojlanishining oldini olishga, keyinchalik esa insonning o’rtacha umr ko’rish davomiyligiga +10 yil qo’shishga yordam beradi. Rejaga ko’ra, birinchi bemor joriy yilning oxirigacha dorini oladi. 📟 DigiTech

🍿 Filmlar tanlashda qiynaladiganlar uchun maxsus sayt chiqdi: Nothing to Watch saytida filmlarning ulkan galereyasi mavjud.
🍿 Filmlar tanlashda qiynaladiganlar uchun maxsus sayt chiqdi: Nothing to Watch saytida filmlarning ulkan galereyasi mavjud. Saytda bir vaqtning o’zida barcha janrdagi minglab filmlar namoyish etiladi — shunchaki istalgan joyni bosing va sayt filmning to’liq tavsifi bilan reytingini chiqarib beradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

17 sentyabrgacha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 va Dev Camp uchun arizalar qabul qilinadi. 20 sentyabr kuni INHA University’da Yandex muhandislari — backend-ishlab chiquvchilardan tortib arxitektorlar va yo‘nalish rahbarlarigacha to‘planadi. Bu Toshkentdagi uchinchi uchrashuv bo‘lib, hozirgacha eng yirigi bo‘ladi. Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda: 🔸 mashinali o‘rgatish, algoritmlar va tizimlarni masshtablash haqida ma’ruzalar hamda panel muhokamalari; 🔸 code-battle’lar va demo-intervyular; 🔸 rezyume (CV) tayyorlash bo‘yicha vorkshoplar va HR-mutaxassislar bilan karera sessiyalari. ✨Mitapdan keyin darhol Dev Camp — backend-ishlab chiqish va algoritmlar bo‘yicha intensiv kurs start oladi. Eng yaxshi talaba va yosh mutaxassislar Yandex Uzbekistanda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish

📱Xiaomi o’z flagmanlari nomidagi raqamni o’tkazib yuboradi va Xiaomi 16 o’rniga darhol Xiaomi 17 ni chiqaradi — bu yangi iPh
📱Xiaomi o’z flagmanlari nomidagi raqamni o’tkazib yuboradi va Xiaomi 16 o’rniga darhol Xiaomi 17 ni chiqaradi — bu yangi iPhone’lar bilan «to’g’ridan-to’g’ri raqobatlashish» uchun qilinmoqda. Smartfonlar liniyasi uchta modelni o’z ichiga oladi: bazaviy, Pro va Pro Max, ularga eng yaxshi Snapdragon 8 Extreme Edition Gen 5 chipi o’rnatiladi va «tarixdagi eng kuchli smartfonlar»ga aylanadi. Batafsil ma'lumot va narxlarini shu oydagi taqdimotda bilib olamiz. 📟 DigiTech

🍔 Chipslar va fastfudlar xotirangizni yo’qotishingizga sabab bo’lishi mumkin — olimlar atigi 4 kun fastfud iste'molidan so’n
🍔 Chipslar va fastfudlar xotirangizni yo’qotishingizga sabab bo’lishi mumkin — olimlar atigi 4 kun fastfud iste'molidan so’ng miyaning kognitiv qobiliyatlari pasayishini aniqlashdi. Buning sababi, fastfudlar xotira bo’limidagi neyron aloqalarini tom ma'noda o’zgartirib yuboradi. Tanadagi yog’lar to’plami tufayli glyukoza yetishmovchiligi kelib chiqadi, usiz esa qisqa muddatli xotira yomonlashadi. Yaxshi xabar shundaki, buni oddiy sog’lom ovqatlanishga o’tish bilan oldini olish mumkin :) 📟 DigiTech

⚡️Marsda hayot bo’lgan — NASA olimlari 30 yillik tadqiqotlar davomida birinchi bor «hayotning eng aniq izlarini» topishdi. Ma
⚡️Marsda hayot bo’lgan — NASA olimlari 30 yillik tadqiqotlar davomida birinchi bor «hayotning eng aniq izlarini» topishdi. Mars roveri Jezero krateridagi tog’ jinslarida organik materiallar parchalanishi paytida qoladigan (Yerda shunday) fosfor, temir va boshqa birikmalarni topdi. Olimlarning fikriga ko’ra, Jezero krateri suv bilan to’la bo’lgan va 3,7 milliard yil avval mavjudodlar Yerdagi kabi rivojlangan bo’lishlari mumkin. 📟 DigiTech

⚡️ Market Yandex Go'da katta chegirmalar. Market Yandex Go'da minglab tovarlar uchun katta chegirmalar ketmoqda. O’zingizga k
⚡️ Market Yandex Go'da katta chegirmalar. Market Yandex Go'da minglab tovarlar uchun katta chegirmalar ketmoqda. O’zingizga kerakli tovarlarni uydan chiqmasdan -70% gacha chegirmalar bilan xarid qilishingiz mumkin. Buyurtmangiz 1 kunda yetib keladi! Buyurtma vaqtida FA520F4Y promokodini kiritib siz 140 000 so’mdan oshgan birinchi xaridga yana 70 000 so'mlik qo'shimcha chegirmaga ega bo’lasiz! 🛍️ Market Yandex Go sayti. 🎁 Promokod: FA520F4Y

🌌 Grinvich Qirollik rasadxonasi 2025-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi. Bu yil bosh sovrin Andromeda galak
+6
🌌 Grinvich Qirollik rasadxonasi 2025-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi. Bu yil bosh sovrin Andromeda galaktikasi markazini (birinchi surat) uzoq fokusli teleskop bilan suratga olgan xitoylik olimlarga nasib etdi. Shuningdek, hakamlar hay’ati Pons-Bruks kometasi tasvirini, Oy fonida XKS parvozini va Yangi Zelandiya tog’lari ustida olingan Somon yo‘li suratlarini alohida ta'riflab o’tishdi. Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, barcha suratlarni esa havola bo’yicha o’tib ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik biologlar vaqtni tom ma'noda 7 yil ortga qaytaradigan inyektsiyalarni ixtiro qilishdi. Olimlar qarishni orqaga qay
⚡️Xitoylik biologlar vaqtni tom ma'noda 7 yil ortga qaytaradigan inyektsiyalarni ixtiro qilishdi. Olimlar qarishni orqaga qaytaradigan yangi turdagi hujayra asosida vaksinani ishlab chiqishdi. Preparat keksa maymunlarda sinovdan o’tkazildi va atigi 12 hafta ichida hayratlanarli natijalar qayd etildi:
• Inyektsiyadan so’ng maymunlar bir zumda 6-7 yoshga yoshardi. • Tana to’liq yosharish jarayonini boshladi, kognitiv funksiyalar yaxshilandi, miya atrofiyasi sekinlashdi, teri yoshroq ko’rinishga ega bo'ldi. • Qariyotgan hujayralar soni kamaydi. • Ularning ichki a’zolari ham regeneratsiya qilishni boshladi va qarish sekinlashdi.
📟 DigiTech

Davlat va nodavlat universitet diplomi- ikkitasi bittada! 📚 Bir vaqtning o'zida ham davlat ham nodavlat universitet diplomla
Davlat va nodavlat universitet diplomi- ikkitasi bittada! 📚 Bir vaqtning o'zida ham davlat ham nodavlat universitet diplomlarini olsa bo'ladimi ? ✅ Japan Digital Universityda o'qish orqali O'zDJTU ta'limini ham oling va yakunda davlat universiteti diplomini qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ling !     Universitetga hozirda qabul davom etmoqda ! 👉  JDU ichki imtihonlari uchun hujjat topshirish 👉 UZBMB(DTM) orqali hujjat topshirish 📞 71-200-05-95 Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site Reklama

👨‍💻 Har qanday rasmdan fonni olib beradigan sayt: ImgProcessor xizmatini topdik — u hatto soch yoki mo’yna kabi mayda detal
+1
👨‍💻 Har qanday rasmdan fonni olib beradigan sayt: ImgProcessor xizmatini topdik — u hatto soch yoki mo’yna kabi mayda detallar bilan ham yaxshi ishlaydi. Har qanday tasvirni bepul fonini olib tashlashingiz va uni PNG formatida yuklab olishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Xakerlar Jaguar Land Rover kompaniyasi ishchilarini ikki hafta davomida ruchka va bloknotlardan foydalanishga majbur qilish
⚡️Xakerlar Jaguar Land Rover kompaniyasi ishchilarini ikki hafta davomida ruchka va bloknotlardan foydalanishga majbur qilishdi — yirik kiber hujum kompaniyaning barcha tizimlarini buzib tashladi va zavodni yarim oyga to’xtatib qo’ydi. Xodimlar ishlay olmagani uchun uylariga yuborilmoqda. Ehtimol, ma’lumotlar bazasi ham allaqachon sizib chiqqan, mashinalar sotuvlari esa qog’ozga yozib borilmoqda. Mutaxassislar kompaniyaning yo’qotishlarini millionlab dollarga baholashmoqda va bu raqamlar kundan-kunga oshib boryapti. 📟 DigiTech

Yandex Uzbekistan Yandex Retail/tech — riteyl uchun AI yechimlarni taqdim etdi Yangi platforma chakana savdo sohasi uchun ful
Yandex Uzbekistan Yandex Retail/tech — riteyl uchun AI yechimlarni taqdim etdi Yangi platforma chakana savdo sohasi uchun fulfilment, kommersiya, marketing, yetkazib berish va mijozlar tajribasini raqamlashtirishga qaratilgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yechimlar qatorida WMS, ERP, PIM, mijozlar uchun mobil ilovalar, shuningdek, AI asosidagi logistika va marshrutizatsiya vositalari mavjud. 🛒📈 Alohida yo‘nalish sifatida «Aqlli do‘kon» loyihasi taqdim etildi. Kompyuter ko‘rishi texnologiyasiga asoslangan ushbu tizim savdo maydonidagi jarayonlarni real vaqtda kuzatib, uning raqamli nusxasini yaratadi. Yandex ma’lumotlariga ko‘ra, texnologiya operatsion samaradorlikni 30% ga oshirish va aylanmani kamida 2% ga ko‘paytirish imkonini beradi. Asosiy afzalliklar: 👉 Ombor hisobida 99,9% aniqlik, 👉 Xarajatlarni kamaytirish, 👉 Mijozlar tajribasini yaxshilash. Platforma modulli joriy etish modeli asosida ishlaydi va riteyl kompaniyalariga ehtiyojlariga mos ravishda yechimlarni tanlash imkonini beradi.

🤖 Neyron tarmoq birinchi bor vazir bo’ldi: Albaniya davlat xaridlarini boshqarish uchun SI yordamchisi Diellani vazir qilib
🤖 Neyron tarmoq birinchi bor vazir bo’ldi: Albaniya davlat xaridlarini boshqarish uchun SI yordamchisi Diellani vazir qilib tayinladi. Shunday yo’l bilan, mamlakat korrupsiyadan xalos bo’lishga qaror qildi. Axir neyron tarmoq porani qabul qilmaydi. Avvalroq Diella mahalliy hukumat xizmatlari veb-saytida yordamchi bo’lib ishlagan. Mana buni haqiqiy karyerada ko’tarilish desa bo’ladi :) 📟 DigiTech

🔥 Servercore’dan biznes-kechki ovqat Toshkentda Mavzu: Cloud (bulutli) xotiralar yordamida biznesda ma’lumotlarni samarali b
🔥 Servercore’dan biznes-kechki ovqat Toshkentda Mavzu: Cloud (bulutli) xotiralar yordamida biznesda ma’lumotlarni samarali boshqarish 🍴 Biznes-uchrashuvda siz bilib olasiz: ▫️ Servercore S3-xotirasi qanday ishlaydi, qaysi vazifalar uchun mos va qanday qilib xarajatlarni 30% gacha kamaytirishi mumkin ▫️ O‘zbekistonda mavjud saqlash sinflari va ulardan foydalanish ssenariylari ▫️ AWS S3 bilan mosligi va allaqachon ishlayotgan integratsiyalar 👨‍💻 Servercore mijozlari tajribasi ham taqdim etiladi: ▫️ Bosch — Germaniya brendining Markaziy Osiyodagi rasmiy dileri ▫️ M Cosmetic — go‘zallik va uy uchun mahsulotlarga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi chakana tarmoq ▫️ Alif Tech — to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va online xaridlar uchun FinTech yechim
🤝 Networking vaqtida ishtirokchilar professional mavzularni muhokama qiladi, tajriba almashadi va yangi aloqalar o‘rnatadi.
📅 Sana: 2-oktabr 💯 Ishtirok etish mutlaqo bepul — ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o'ting. Reklama

⚡️YouTube millionlab blogerlar uchun ko’p tilli audio funksiyasini ishga tushirmoqda — endi xorijiy videolarni tomosha qilish
⚡️YouTube millionlab blogerlar uchun ko’p tilli audio funksiyasini ishga tushirmoqda — endi xorijiy videolarni tomosha qilish ancha qulayroq bo’ladi. Hammasi bo’lib 30 ta til mavjud bo’ladi. Videolarga ovoz berish uchun kuchli Gemini sun’iy intellektidan foydalanish mumkin bo’ladi: u matnni tarjima qilib, o’zi ovoz beradi. Ushbu funksiya yaqin haftalarda chiqariladi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning Dreame (changyutgich va fen ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi o’zining birinchi superkarini namoyish etdi — va u j
+2
🚘 Xitoyning Dreame (changyutgich va fen ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi o’zining birinchi superkarini namoyish etdi — va u juda Bugatti Chiron'ga o’xshaydi. Texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmayapti, biroq ular bu mashina dunyodagi eng tezkor avtomobil bo’lishini va'da qilishmoqda. Uni yanvar oyida bo’lib o’tadigan CES 2026 ko’rgazmasida tayyor prototipni ko’rsatishni rejalashtirishmoqda, ishlab chiqarish esa 2027-yildan boshlanadi, eng qizig’i Xitoyda emas, Berlinda chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas — undan Oracle bosh direktori Larri Ellison o’zib ketdi. U tom ma'noda bir kunda
⚡️Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas — undan Oracle bosh direktori Larri Ellison o’zib ketdi. U tom ma'noda bir kunda 101 milliard dollar ishlab oldi — uning kompaniyasi daromadi bu yil 77 foizga o’sishi kutilayotgan choraklik hisobot tufayli aksiyalari 41,5 foizga oshdi. Bunga sabab — OpenAI bulutli serverlar uchun Oracle bilan qariyb besh yilga mo’ljallangan 300 milliard dollarlik yirik shartnomani imzoladi. 📟 DigiTech