ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 749 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 450,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 380

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 749 名订阅者。

根据 12 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 622,过去 24 小时变化为 -462,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.63% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 149 次浏览,首日通常累积 10 098 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 13 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 749
订阅者
-46224 小时
+2 8237
+1 62230
帖子存档
▪️Stability AI nihoyat Stable Diffusion XL 1.0 versiyasini chiqardi - eng yaxshi bepul tasvir generatorlaridan biri endi yanada yaxshiroq «chizadi» Tasvir generatsiya sifati yaxshilandi, modelning o’zi endi kompyuteringizni kamroq resurslarini sarflaydi va hatto matnli tasvirlarni ham generatsiya qilish mumkin. Uni allaqachon Clipdrop'da sinab ko’rishingiz mumkin, modelning o’zi keyinroq chiqadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️OpenAI kompaniyasi GPT-5 savdo belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi. Kompaniya GPT-5 relizi tafsilotlarini hali
▪️OpenAI kompaniyasi GPT-5 savdo belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi. Kompaniya GPT-5 relizi tafsilotlarini hali rasman e’lon qilmagan. Bu kengaytirilgan til modelining keyingi versiyasi bo’lishi kerak. Hujjatda aytilishicha, GPT-5 inson nutqi va matnini yaratish, shuningdek, tabiiy tilni qayta ishlash, yaratish, tushunish va tahlil qilish uchun kompyuter dasturini taqdim etadi. Chiqqanidan keyin u nimalarga qodir bo’lishini tasavvur qilish ham qiyin. 📟 DigiTech

🚘 Dunyodagi eng mashhur elektromobillardan biri - Xitoyning BYD Han avtomobilining ASMR videosi 517 ot kuchiga ega, 3,9 soniyada 100 km/soatga chiqadi va 610 km quvvat zaxirasiga ega. Xitoydagi narxi 28 500 dollardan boshlanadi. BYD allaqachon ushbu mashinani 300 000 donadan ortiq sotgan va hozirda 21,1% bozor ulushi bilan dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ilon Mask'ning Tesla kompaniyasi esa 16% bilan ikkinchi o’rinda. 📟 DigiTech

📱iPhone 15 Pro 100 dollarga, 15 Pro Max esa 200 dollargacha qimmatlashishi mumkin Britaniyaning Barclays banki tahlilchisi T
📱iPhone 15 Pro 100 dollarga, 15 Pro Max esa 200 dollargacha qimmatlashishi mumkin Britaniyaning Barclays banki tahlilchisi Tim Longning ma’lumotlariga ko’ra, Apple kompaniyasidagi manbalarga tayanib, smartfon narxlari quyidagicha bo’ladi: • iPhone 15 Pro - 1099 dollar (999 dollar o’rniga) • iPhone 15 Pro Max - 1199 dollar yoki 1299 dollar (1099 dollar o’rniga) iPhone 15 va iPhone 15 Plus modellarining narxlari o’zgarishsiz qoladi. 📟 DigiTech

+2
🚲 Avtomobillardagi avtopilot bilan hechkimni ajablantirib bo’lmaydi, odamlarsiz harakatlanadigan elektr velosipedlar bilanchi? AQShdagi Weel startapi shunday velosipedlarni ishlab chiqmoqda. Velosiped qoldirilgan joyidan yoningizga o’zi keladi, shuningdek, qo’lsiz haydashga va to’siqlarni aylanib o’tishga yordam beradi. Sun’iy intellekt asosida ishlaydi. Velosipedning rulida smartfon uchun simsiz zaryadlash ham mavjud. Prototiplar allaqachon tayyor, ammo ular ommaviy ishlab chiqarishni boshlash sanalarini hali aytishmadi. 📟 DigiTech

+3
🔭 Nyu-Yorkda startap smartfonni teleskopga aylantiruvchi va uni qaysi tomonga burish kerakligini ko’rsatuvchi Hestia shtativini ishlab chiqdi. Bu oddiy ishlaydi: smartfon kamerasini qurilmaga pastga qaratib qo’yish kerak va linzali maxsus obyektiv tizimi yulduz turkumlari, Oy va hatto quyosh dog’larini yaqindan suratga olish uchun yetarlicha ko’rinishni ta’minlaydi. Osmon xaritasini smartfon ekranida interaktiv ko’rish uchun maxsus ilovani ishga tushirishingiz mumkin. Kickstarter platformasida olindan buyurtma narxi 149 dollar. 📟 DigiTech

+2
✍️ Mashhur Stable Diffusion neyron tarmog’ini ishlab chiqqanlar, eskizlaringizni suratga aylantiradigan yangi Stable Doodle xizmatini ishga tushirishdi. Ishlatish oson: eskizdan so’ng, matnli tavsifni kiritishingiz va 14 ta uslubdan birini tanlashingiz kerak. Xizmat bepul. Sinab ko’ring, izohlarda natijalar bilan bo’lishing. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Hyundai yangi Santa Fe 2024 ni namoyish etdi - krossover yanada kattaroq va kvadratroq bo’ldi. Dizayn 2018 yildan beri bir
+6
🚘 Hyundai yangi Santa Fe 2024 ni namoyish etdi - krossover yanada kattaroq va kvadratroq bo’ldi. Dizayn 2018 yildan beri birinchi marta o’zgartirildi. 277 ot kuchiga ega 2,5 litrli turbo motor, shuningdek, gibrid dvigatelli versiyasi ham chiqishi kutilmoqda, ammo hozircha aniq ma’lumotlar yo’q. To’liq taqdimot avgust oyida bo’lib o’tadi. Dizaynni har xil mashinalardan birozdan olishganga o’xshaydi, siz qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

+3
⚡️Xitoyda eng yirik ko’p funksiyali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi 1800 ta futbol maydonidek joyda o’rnatilgan qurilmalar nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki tuz va qisqichbaqalar fermasi sifatida ham foydalaniladi. Quyosh panellari yiliga 1,5 milliard kilovatt-soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa 1,5 million xonadonni quvvatlantirish uchun yetarli. Mana buni bir o’q bilan uchta quyonni urish desa bo’ladi. 📟 DigiTech

▪️MIT talabasi sun’iy intellektli boshqaruv qurilmasini ixtiro qildi AlterEgo qurilmasi miyaning neyron signallari asosida so’z va jumlalarni ushlaydi, so’ngra buyruqlar hosil qiladi va ularni kompyuter yoki smartfonga yetkazadi. Natijada, qurilmalarni hayol bilan boshqarish mumkin bo’ladi. Juda zo’r g’oya, lekin u qanchalik to’g’ri ishlaydi, hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

⚠️ Ortga surishni bas qiling! Dasturlashni oʻrganish vaqti keldi! Biz bilan Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING! Bu kursimizda s
⚠️ Ortga surishni bas qiling! Dasturlashni oʻrganish vaqti keldi! Biz bilan Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING! Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani. 👨‍💻 6 yillik tajribaga ega, ko‘plab loyihalarda faoliyat yuritgan Javohir Berdiyev bilan 7 oylik onlayn kurs davomida Siz dasturlashning: ▫️ HTML5, CSS3, Sass; ▫️ BootStrap, jQuery; ▫️ JavaScript(ES6); ▫️ ReactJS, Redux, Typescript 🔺 Diqqat: kurs haqida to'liq ma'lumot olish uchun havoladan o'tib, BEPUL ochiq darsga yoziling: Darsga yozilish (sana 30.07 20:30 da bo'lib o'tadi) 📌 Kurs yakunida eng yaxshi tinglovchilar qatorida boʻlsangiz, Ish topishguncha yordam qilamiz. Dasturlashni o‘rganib, kelajagingizni o‘zgartirish uchun hoziroq murojaat qiling) Administrator: @frontend_admin Reklama

+4
🤖 AQShlik muhandis Mett Xobbs Wall-E robotining batafsil nusxasini yaratdi, uni ko’rgazmalarga olib borib, tashrif buyuruvchilarni xursand qilyapti. Wall-E boshqalarga yoqimli ko’z bilan qaraydi, qo’llarini kulgili tarzda silkitadi va o’z ismini multfilmdagi ovozdek talaffuz qiladi. Videoga qaraganda u raketalarni juda yaxshi ko’radi 🚀 📟 DigiTech

🖼️ Yana bir qiziqarli rasmlarni generatsiya qiluvchi neyrotarmoq ishga tushdi: Artbreeder saytiga Mixer funksiyasi qo’shildi. Uning yordamida siz tezda bir nechta rasmlarni bir-biri bilan aralashtirishingiz yoki matnli tavsifga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin. Har xil uslubdagi rasmlarni ham aralashtirish mumkin, sinab ko’ring. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚙 Mashinalarda avval bunday displeyni aniq ko’rmagansiz, Mini 9,44 dyuymli dumaloq OLED displeyli yangi boshqaruv displeyini
+2
🚙 Mashinalarda avval bunday displeyni aniq ko’rmagansiz, Mini 9,44 dyuymli dumaloq OLED displeyli yangi boshqaruv displeyini namoyish etdi Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, bu avtomobil sanoatidagi eng katta OLED displey hisoblanadi. U Android Open Source Project ustiga qurilgan yangi Mini Operating System 9 da ishlaydi. Foydali funksiyalardan: novigatorda yo’lda zaryad stansiyalari borligini xisobga olgan holda marshrut tuzish, Spike ovozli yordamchisi, 5G, shuningdek o’z dizayni, yorug’lik va ovoz effektlari bilan turli xil interfeys rejimlari mavjud. Yangi boshqaruv displeyi Mini avtomobillarining keyingi modellarida paydo bo’ladi. 📟 DigiTech

▪️Intel tizimi dipfeyklarni aniqlashni o’rgandi Muhandislar haqiqiy videodagi odamning yuzida qon oqimi borligi bilan dipfeykdan farq qilishini aniqlashdi. Aynan uning o’zgarishini tizim kuzatadi va videoning haqiqiyligi haqida xulosa beradi. «FakeCatcher» tizimi 96% aniqlikda ishlaydi. Banklardan dipfeyklar orqali kuniga millionlab dollarlar o’g’irlashadi, bu ularga yechim bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🎙️Dublyaj aktyorlari, sun’iy intellektlar ularni ishini olib qo’yishidan havotirda, ular studiyalardan chora ko’rishlarini t
🎙️Dublyaj aktyorlari, sun’iy intellektlar ularni ishini olib qo’yishidan havotirda, ular studiyalardan chora ko’rishlarini talab qilishmoqda. Shu jumladan Call of Duty o’yinlarini dublyaj qilganlar, sun’iy intellekt faqat dublyaj aktyorlari bilan birgalikda ishlatilishini ta’minlash uchun komissiya tuzishni talab qilishyapti. Shuningdek, bu qoida buzilgan taqdirda, tovon miqdorini tayinlash. Sun’iy intellekt mutaxassislarining fikricha, dublyaj kasbi yaqin kelajakda yo’q bo’lib ketadi. 📟 DigiTech

👓 Stenford talabalari real vaqtda suhbatni transkripsiya qiluvchi ko’zoynakga o’rnatiladigan qurilmani yasashdi Qurilmani istalgan ko’zoynakga o’rnatsa bo’ladi, dasturga Bluetooth orqali ulanadi va suhbatdosh aytgan hamma narsani linzalarga aks ettiradi. Qo’shimcha imkoniyat mavjud: suhbatning stenogrammasini saqlash. Qurilma shu qishda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan, veb-saytida oldindan buyurtma berish mumkin. Narxi hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

⚡️Dunyoni o’zgartirishi mumkin bo’lgan xona haroratidagi supero’tkazgich ixtiro qilindi. Koreyalik fiziklar so’nggi yillardag
⚡️Dunyoni o’zgartirishi mumkin bo’lgan xona haroratidagi supero’tkazgich ixtiro qilindi. Koreyalik fiziklar so’nggi yillardagi eng katta kashfiyotni amalga oshirishdi – ular elektr tokini ancha yaxshiroq uzatuvchi texnologiyani ixtiro qilishdi. Oddiy bosim va xona haroratiga ega supero’tkazgichlar odatdagidek qimmat emas va mehnat talab qilmaydi. Ularni laboratoriya sharoitida oddiy uskunalar bilan 34 soat ichida yasash mumkin. Ular atom elektr stansiyalaridan 4 barobar kuchliroq bo’lgan termoyadro reaktorlarida qo’llanilishi mumkin. Kelajak haqidagi filmlardagi ko’p narsalar haqiqatga aylanishi mumkin: sovutish ventilyatori bo’lmagan kompyuter chiplari, ish stolingizga sig’adigan kvant kompyuterlar va umuman qizib ketmaydigan smartfonlar. Xullas, buni texnologiyalar yo’nalishidagi juda katta oldinga siljish deyish mumkin, uning muhimlik darajasi sun’iy intellektdan qolishmaydi. 📟 DigiTech

🌆 AQSh megapolislarida yer borgan sari cho’kib bormoqda Olimlar megapolislar ostida tuproqning chuqur qatlamlarining deforma
🌆 AQSh megapolislarida yer borgan sari cho’kib bormoqda Olimlar megapolislar ostida tuproqning chuqur qatlamlarining deformatsiyasini aniqlashdi. Hozircha binolarning qulashi xavfi yo’q, ammo kelajakda chuqur yoriqlar, poydevorlar va osmono’par binolar vayron bo’lishi mumkin. Deformatsiyalar intensiv urbanizatsiya bilan bog’liq: katta shaharlar ostidagi harorat parklar va maydonlar ostidagidan 10°C ga yuqori. 📟 DigiTech

▪️Ilon Maskning yangi loyihasi kiborg odamlarni yaratish bo’ladi Buning uchun Tesla texnologiyalaridan ham, Neuralink'dan ham
▪️Ilon Maskning yangi loyihasi kiborg odamlarni yaratish bo’ladi Buning uchun Tesla texnologiyalaridan ham, Neuralink'dan ham foydalanishadi, ular tez orada inson miyasiga implantatsiya qilinadigan chiplarni sinovdan o’tkazishni boshlashadi. Avvaliga milliarder harakati cheklangan insonlar uchun protezlar yasashni rejalashtirgan, ammo kelajakda butun tanani almashtirish mumkin bo’ladi, bu "biologik tanadan ham yaxshiroq" bo’lishi mumkin deb ta’kidladi milliarder. 📟 DigiTech

AI | DigiTech - Telegram 频道 @digitechai 的统计与分析