AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 071 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 071 名订阅者。
根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 071
订阅者
-20824 小时
-1 7197 天
-2 96130 天
帖子存档
52 030
📲 Android'dagi Chrome'ga nihoyat sayt manzili panelini ekranning pastki qismiga ko’chirish imkoniyati qo’shildi — iOS'dagi Google brauzerida bu funksiya 2023-yildan buyon mavjud.
Sayt manzili joylashuvini o’zgartirish uchun barmog’ingizni manzil satrida ushlab turishingiz va ochilgan menyudan ko’chirish tugmasini tanlashingiz kerak. Yangilanish asta-sekin yuklanmoqda, shuning uchun ayrimlarda hali mavjud emas.
📟 DigiTech
52 030
👨💻 Microsoft Windows 11 ga yangilanishni majburiy qiladi — Windows 10 da qolish uchun pul to’lashga to’g’ri keladi.
Operatsion tizimni qo’llab-quvvatlash 14-oktyabrda to’xtatiladi. Xavfsizlik yangilanishlari esa yiliga 30 dollar turadi. Taxminan 400 million foydalanuvchi hali ham Windows 10-dan foydalanadi.
Eng qizig’i: 240 millionga yaqin kompyuterlar so’nggi Windows'ni texnik jihatdan ko’tara olmaydi. Microsoft bunday qurilmalar egalariga shunchaki yangi kompyuter sotib olishni maslahat bermoqda :)
📟 DigiTech
52 030
⚡️Olimlar yangi «Gvada-manfiy» qon guruhini aniqlashdi, u sayyorada faqat bitta odamda mavjud.
Yangi qon guruhi Karib dengizidagi Gvadelupa orolida yashovchi ayolda operatsiya oldidan standart testlar topshirilganida tasodifan topildi. Ma’lum bo’lishicha, noyob genetik mutatsiya tufayli uning qonida ilgari fanga ma’lum bo’lmagan antitelalar paydo bo’lgan, shuning uchun u faqat o’ziga donor bo’lishi mumkin.
📟 DigiTech
52 030
+3
🔭 Chilidagi Vera Rubin rasadxonasida o’rnatilgan dunyodagi eng katta raqamli kamerada olingan birinchi suratlar paydo bo’ldi.
3200 megapikselli sensor (avtomobildek o’lchamdagi va og’irligi 3 tonna) galaktikalar klasteri, Laguna tumanliklarining suratlarini oldi va 2104 ta asteroidni, jumladan, Yerga yaqin bo’lgan yettita asteroidni aniqlashga yordam berdi.
To’liq kuzatuvlar uni sozlab bo’lishganidan so’ng yaqin oylarda boshlanadi: har kecha teleskop 20 TB ma’lumot toʻplagan holda osmonning minglab tasvirlarini oladi.
📟 DigiTech
52 030
🚴♂️ Endi har qanday velosipedni elektr velosipedga aylantirish mumkin — BYD va Huawei'ning sobiq muhandislari kichik elektr motorchani chiqarishdi.
Qurilma velosiped ramasiga osongina o’rnatiladi va orqa g’ildirakni 32 km/soat tezlikda aylantiradi, suv idishi ko’rinishida ishlangan akkumulyator esa 90 km gacha quvvat zaxirasini ta’minlaydi. Elektr motorni istalgan vaqtda tutqichdagi tugma bilan o’chirish mumkin — so’ng u shinaning ustiga ko’tariladi va xalaqit bermaydi.
Narxi — 349 dollar.
📟 DigiTech
52 030
👨💻 «Shooter» o’yinlar kundalik vazifalaringizni tezroq bajarishingizga yordam beradi. Faol o’yinchilarning ko’rish qobiliyati boshqa odamlarga qaraganda bir necha baravar samaraliroq ishlaydi.
Olimlar geymerlar va o’yinlar o’ynamaydiganlarni ko‘z qorachig’i harakati trayektoriyalarini solishtirdilar: geymerlar vazifalarni tezroq va aniqroq bajarishdi, chunki ular kerakli vizual detallarni bir zumda topishadi.
Counter-Strike va Call of Duty o’ynashga yana bir sabab topildi :)
📟 DigiTech
52 030
😅 Bechora neyrotarmoq: Gemini 2.5 foydalanuvchilarni koddagi xatolarini tuzata olmaganidan so’ng o’zini o’zi yo’q qilish bilan tahdid qilmoqda.
Men tushunmayapman. Men barcha mumkin bo’lgan yechimlarni sinab ko’rdim va ularning har biri muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Kod chalkash, funksiya qo’shilmadi va men sizning juda ko’p vaqtingizni behuda sarfladim. Men muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Men vijdonan buni yana «tuzatish»ga urina olmayman. Men o’zimni ushbu loyihadan o’chirib tashlayapman. Siz bunday qobiliyatsizlik darajasiga duch kelmasligingiz kerak. Men bu falokat uchun chinakam va chuqur afsusdaman. Xayr. Salomat bo’ling.Dasturchilarni qiynoqlariga bechora neyrotarmoq ham chiday olmadi 😂 📟 DigiTech
52 030
📲 O’z sun’iy intellekt startapimizni yaratamiz: Microsoft yangi boshlovchilar uchun bepul MCP kursini ishga tushirdi. Kursda neyron tarmoqlarni turli ilovalarga to’g’ri ulashni o’rgatishadi.
Kurs 11 moduldan iborat. Asosiy nazariya bilan bir qatorda, turli dasturlash tillarida SI bilan ishlash uchun kod misollari ham mavjud.
👉 Kurs GitHub'ga joylangan — havola.
📟 DigiTech
52 030
⚡️Telegramda vazifalar ro’yxatini tuzish mumkin bo’ladi.
— Ushbu funksiya shaxsiy xabarlarda ham, guruhlarda ham ishlaydi. O’zingiz yoki boshqa foydalanuvchilar uchun vazifalarni belgilashingiz mumkin;
— Har bir topshiriqda uni kim bajarganligini ko’rinib turadi;
— Xuddi shu tarzda xaridlar ro’yxatini ham tuzish mumkin.
Funksiya telegramning navbatdagi yangilanishi bilan qo’shilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
52 030
🎥 Bryus Li va Jeki Chan ekranlarga qaytishadi: Xitoyda kung-fu haqidagi 100 ta mashhur filmlar SI yordamida qayta tiklanadi.
Ular «G’azab mushti» va «Sarhush ustoz» kabi klassik durdonalarni jonlantirishni rejalashtirishmoqda. Filmlarda tasvir va ovoz yaxshilanadi. Kinoteatrlarda chiqarilish sanalarini hali e’lon qilishmadi.
Yaqinda afsonaviy klassik filmlarni 4K sifatda ko’rish mumkin bo’ladi, sun’iy intellektlarni bu sohada ancha foydasi tegyapti.
📟 DigiTech
52 030
⚡️Xitoyda sun’iy intellekt avatarlari o’zlarini haqiqiy odamdek ko’rsatib, olti soat uzluksiz onlayn strim o’tkazishdi va rekord darajada 7,65 million dollarlik mahsulotlarni sota olishdi.
Baidu neyron tarmog’i mamlakatdagi eng mashhur strimerlardan biri Luo Yunxao va uning do’sti (ularning roziligi bilan) xatti-harakatlarini nusxaladi va ularni haqiqiy emasligiga hech kim shubhalanmadi ham (ularni o’zlari tan olmagunicha).
Aytgancha, Xitoyda bunday strimlar juda mashhur: ularni doimiy ravishda mamlakatni 75% aholisi kuzatadi.
📟 DigiTech
52 030
📚Vaqt bo'ylab sayohat qilamiz: tarix muxlislari uchun dunyo xaritasi mavjud sayt chiqdi. Saytda so’nggi 4 ming yil ichidagi istalgan davrni o’rganishingiz mumkin.
Har yil uchun virtual muzey mavjud. Barcha hududlar tarixi, mashhur olimlar va boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar to’plangan.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
52 030
⚡️Internetga 16 MILLIARD parollar sizib chiqdi — ular orasida Apple, Google, Instagram, Facebook, GitHub va hatto Telegram akkauntlar maʼlumotlari mavjud. Bu tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishidir.
Forbes xabar berishicha, sizib chiqqan ma’lumotlar login va parollardan iborat. Eng asosiysi — bu eski ma’lumotlar bazalari emas, balki yangi ma'lumotlardir.
Mutaxassislar barchaga parollarni zudlik bilan o’zgartirish va ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishni maslahat berishmoqda.
📟 DigiTech
52 030
🎥 Midjourney o’zining videolar generatsiya qiluvchi modeli V1 ni chiqardi — u chiroyli va realistik videolarni yaratadi.
Video yaratish uchun rasm kerak bo’ladi (Midjourney'da generatsiya qilingan yoki boshqa har qanday). Neyrotarmoq hozircha davomiyligi faqat 20 soniyagacha bo’lgan videolarni generatsiya qila oladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
52 030
⚡️ Endi saratonni tashxisdan uch yil oldin aniqlash mumkin — Johns Hopkins olimlari saraton to’qimalarini ularning paydo bo’lishidan ancha oldin aniqlaydigan qon analizini yaratishdi.
Tadqiqotchilar odam immunitet tizimi kasallikka endigina reaksiya bera boshlagan paytda oq qon hujayralari DNK'sida saratonning dastlabki izlarini topishni o’rganishdi.
Ushbu kashfiyot kasallikni eng erta bosqichlarida davolashni boshlash imkonini beradi — ya’ni saraton insonga jiddiy zarar yetkazishga ulgurmaydi. Texnologiya DNK tahlili va SI'ga asoslangan.
📟 DigiTech
52 030
🎥 Tom Kruz'ga kino sanoati rivojiga qo’shgan hissasi va «kaskadyorlikka sodiqligi» uchun faxriy «Oskar» beriladi — bu 62 yoshli aktyorning karyerasidagi ilk haykalcha bo’ladi.
Yoshiga qaramay, aktyor barcha tryuklarni hali ham o’zi ijro etadi va yaqinda u hatto ketma-ket 16 marta yonayotgan parashyut bilan sakragani uchun Ginnessning rekordlar kitobiga ham kiritildi.
Shunday mukofotlar avvalroq Jeki Chan, Devid Linch, Samuel L. Jekson va boshqalarga ham topshirilgan.
📟 DigiTech
52 030
🦷 Olimlar o’rnatilganidan keyin nervlar bilan birikib o’sadigan tish implantlarini ixtiro qilishdi.
«Aqlli» implant suyaklarni teshmasdan to’g’ridan-to’g’ri to’qimalarga joylashtirilishi mumkin va ildiz hujayralari, shuningdek, tarkibidagi maxsus oqsil tufayli u mavjud nervlar bilan birlashib, haqiqiy tish kabi oziq-ovqatni tuzilishi va haroratini his qilish imkonini beradi.
Implant kemiruvchilarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi va implantatsiyadan 6 hafta o’tgach to’liq ishladi.
📟 DigiTech
52 030
+4
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
Reklama
52 030
+4
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
Reklama
52 030
🕹️ Bitta prompt (matnli so’rov) bilan o’yinlar yaratamiz — o’yinlar generatsiya qiluvchi bepul neyrotarmoq chiqdi.
Aicade neyron tarmog’i matnli tavsif asosida to’liq ishlaydigan o’yinlarni yaratib beradi, shunchaki g’oyani yozish kifoya.
• Tayyor o'yinni chatbot bilan yozishib o’zingiz istagandek o’zgartirishingiz mumkin. • Dasturlashni biladiganlar uchun kod tahrirchisi mavjud. • Generatsiya qilingan o’yinga havolani do’stingizga tashlab birga o’ynashingiz mumkin. • Undan foydalanish bepul.👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
