ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 114 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 378,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 326

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 114 名订阅者。

根据 10 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 2 433,过去 24 小时变化为 4 792,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.84%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.09% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 212 次浏览,首日通常累积 9 472 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 118

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 11 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

55 114
订阅者
+4 79224 小时
+3 6317
+2 43330
帖子存档
+2
⚡️Move One: qimmat jihozlarsiz 3D animatsiyalarni yaratadi — buning uchun sizga faqat smartfon kerak bo’ladi. Harakatni suratga olib ilovaga yuklash kifoya, so’ng dastur har qanday ilovaga o’tkazilishi mumkin bo’lgan animatsiyani yasab beradi. Hozircha ilova faqat iPhone smartfonlari uchun mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
🚘 Chery kompaniyasi baliqdan ilhomlanib yasalgan dunyodagi eng aerodinamik elektromobili prototipini namoyish etdi. Old tomon qarshilik koeffitsienti 0,168 ni tashkil etdi, oldingi rekord egalari 0.2 bilan Lucid Air, Mercedes-Benz EQS va Tesla Model S bo’lgan. Bu faqat prototip, shuning uchun avtomobilning xususiyatlari yoki chiqarilish sanalari haqida ma’lumot yo’q. 📟 DigiTech

Skarlett Yoxansson sun’iy intellekt dasturini sudga berdi Aktrisa neyron tarmoq yordamida tasvirlar generatsiya qiluvchi Lisa
Skarlett Yoxansson sun’iy intellekt dasturini sudga berdi Aktrisa neyron tarmoq yordamida tasvirlar generatsiya qiluvchi Lisa AI ilovasiga qarshi da’vo arizasi bilan sudga berdi. Bunga sabab dastur tuzuvchilari aktrisaning haqiqiy videosini olib unga sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ovozni qo’shib X (Twitter) platformasiga joylashgani bo’lgan. Hozir video o’chirilgan. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Maskning Neuralink miya chiplarini o’zlariga implantatsiya qilishni xohlovchilar soni mingdan oshdi Sentyabr oyida Ne
🧠 Ilon Maskning Neuralink miya chiplarini o’zlariga implantatsiya qilishni xohlovchilar soni mingdan oshdi Sentyabr oyida Neuralink implantatsiya qilinadigan simsiz «miya — kompyuter» interfeysi (BCI) sinovi uchun ro’yxatga olishni boshladi. Kompaniya kvadriplegiya (qo’l va oyoqlarning falaji) bilan kasallangan odamlarni qidirmoqda. Maqsad — falaj bo’lgan odamlarga faqat o’z fikrlari yordamida muloqot qilish yoki o’yinlar o’ynash imkonini beruvchi qurilma yaratish. Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, minglab odamlar allaqachon Neuralink miya implantlarini olishga qiziqish bildirishgan. Hozircha Neuralink o’z qurilmalarini odamlarga hali implantatsiya qilmagan, biroq kelgusi yilda 11, 2030-yilga borib esa 22 mingdan ortiq odamlarni operatsiya qilishni rejalashtirgan. Lekin qiziquvchilar bundan ancha ko’proq bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🏎️ Orqaga yurish bo’yicha yangi jahon rekordi o’rnatildi: 275,74 km/soat Rekord Rimac Nevera elektromobilida poygachi Goran Drndak tomonidan o’rnatildi. Ushbu avtomobilning narxi 2,1 million dollardan boshlanadi, elektromobilning maksimal tezligi 412 km/soatni tashkil qiladi. Orqaga yurish bo’yicha avvalgi jahon rekordi 165,08 km/soat edi. U 2001 yilda poygachi Darren Menning tomonidan Caterham 7 Fireblade yengil sport avtomobilida o’rnatilgan. 📟 DigiTech

🪄Video montaj sehri: Video tahrirlash bo’yicha sun’iy intellektlarga asoslashgan Runway kompaniyasi yangi Motion Brush funksiyasini namoyish etdi. Uning yordamida rasmdagi aniq belgilangan joyni jonlantirishingiz ya’ni animatsiyaga aylantirishingiz mumkin. Funksiya yaqin orada Gen-2 neyrotarmog’iga qo’shiladi. Agar bu funksiya chindan ham videoda ko’rsatilgandek ishlasa, bu haqiqiy inqilobdir. 📟 DigiTech

👨‍💻 Shunaqasi ham bo’lar ekan: JavaScript dasturlash tilini o’rganish bo’yicha eng ko’p sotilgan kitoblar muallifi JS dastu
+1
👨‍💻 Shunaqasi ham bo’lar ekan: JavaScript dasturlash tilini o’rganish bo’yicha eng ko’p sotilgan kitoblar muallifi JS dasturchisi lavozimiga suhbatdan o’ta olmadi. Kayl Simpson sinov vazifasi qiyin bo’lsa ham, muvaffaqiyatli o’tganiga ishonchi komil. Ammo ish beruvchilar bunday deb o’ylashmadi, ular unga rad javobini berishgan. Balki u yozgan kodni tushunish ular uchun juda qiyin bo’lgandir? Ba’zida sizni bilimingiz kamligi uchun emas, balki juda bilimli ekanligingiz uchun ham ishga olishmasligi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Samsung telefondagi suhbatni real vaqtda istalgan tilga tarjima qila oladigan Galaxy AI funksiyasini ishga tushiradi. AI Li
⚡️Samsung telefondagi suhbatni real vaqtda istalgan tilga tarjima qila oladigan Galaxy AI funksiyasini ishga tushiradi. AI Live Translate Call — bu telefon qo’ng’irog’i paytida audio va matnni real vaqtda tarjima qiladigan funksiyadir. Bu va boshqa ko’plab sun’iy intellekt funksiyalari birinchi bo’lib Galaxy S24 smartfonida taqdim etiladi. 📟 DigiTech

Janubiy Koreyadagi qalampir saralash zavodida robot odamni quti bilan adashtirib o’ldirib qo’ydi. Qurilmada sensorlarning ish
Janubiy Koreyadagi qalampir saralash zavodida robot odamni quti bilan adashtirib o’ldirib qo’ydi. Qurilmada sensorlarning ishlashida xatolik yuz bergan, shuning uchun ish vaqtida ular ishga tushirilmagan. Saralash vaqtida robot qo’l xodimni ushlab, uni konveyerga mahkamlab, qattiq qisib o’ldirib qo’ygan. 📟 DigiTech

⚡️X (Twitter) foydalanuvchisi Unreal Engine 5 yordamida «Forsaj 7» filmidagi sahnani qayta yaratdi. 6 soniyalik kadrni render qilishga 9 soat vaqt ketgan. Bu ketishda yaqin kelajakda hatto aktyorlar ham kerak bo’lmay qoladi. 📟 DigiTech

⚡️DreamWorks asoschisi va «Shrek» multfilmining birinchi qismi prodyuseri Jeffri Katzenberg yaqin yillarda sun’iy intellekt m
⚡️DreamWorks asoschisi va «Shrek» multfilmining birinchi qismi prodyuseri Jeffri Katzenberg yaqin yillarda sun’iy intellekt multfilmlar ishlab chiqish narxini 90 foizga arzonlashtirishini aytdi. «Ilgari jahon darajasidagi animatsion film ishlab chiqish uchun 500 nafar rassomlar va bir necha yil kerak edi. O’ylaymanki, 3 yil ichida xarajatlar avvalgi summalarning 10% dan ham oshmaydi.» — deb ta’kidladi. 📟 DigiTech

📖 Qorong’uda kitob o’qishga yordam beruvchi Bowio 2.0 LED chirog’i namoyish etildi. Yorug’lik va rang haroratini sozlash mumkin. Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 59 dollar. 📟 DigiTech

+1
🚂 Eng ekstremal temir yo’llar Bangkokda poyezd to’g’ridan-to’g’ri bozor orqali, Vyetnam poytaxtida esa kafelar joylashgan tor ko’chadan o’tadi. Albatta, birinchi bo’lib yo’llar qurilgan. Eng ekstremalini esa ko’pincha Mavritaniyaning Train du Desert («Cho’l poyezdi») deb atashadi - u Sahroi Kabirni kesib o’tadi, dunyodagi eng uzun va eng qiyin yo’llardan biri hisoblanadi. Xaridorlar mahsulotlarni poyezd “dezinfeksiya” qilib ketganini bilisharmikin :) 📟 DigiTech

+3
📱Apple'ning sobiq ishchilari tomonidan asos solingan Humane startapi kiyimlarga biriktirildigan, smartfonlar o’rnini bosishga mo’ljallangan Ai Pin gadjetini taqdim etdi. Ai Pin xat yozishi mumkin (ChatGPT o’rnatilgan), shifokor ko’rigiga yozilishni eslatishi yoki kamera orqali obyektni tanib olishi va u haqidagi savollarga javob berishi mumkin. Barcha ma’lumotlar kaftga proyektsiya qilinadi, boshqaruv esa ovoz va imo-ishoralar orqali amalga oshiriladi. Narxi 699 dollar va Internet ishlashi uchun oyiga 24 dollardan obunani to’lash kerak. Sotuvlar 2024-yildan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️X (Twitter) foydalanuvchisi PS5-ni televizorsiz qanday o’ynash mumkinligini ko’rsatdi – u telefonidan Remote Play-ni ulab, so’ng unga XREAL Air 2 AR glasses aqlli ko’zoynagini uladi. Natijada kattaligi 100 dyuymga teng, Full HD va 120 FPS sifatdagi tasvir hosil bo’ldi. Ko’zoynak narxi 399 dollar. 📟 DigiTech

📲 Real vaqt rejimida yuzni skanerlab, rasmlar yaratadigan neyron tarmoq. Ishlatish uchun veb-kamerani ulash va matnli so’rovni yozish kerak. Neyron tarmoq o’sha zahoti rasm yaratishni boshlaydi. Natija real vaqtda o’zgaradi va sizga moslashadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🌓 Reddit foydalanuvchisi ikki yillik ishi natijasi bilan bo’lishdi - Oy va Yupiterning chiroyli surati. Bu astrofotoni yarat
+5
🌓 Reddit foydalanuvchisi ikki yillik ishi natijasi bilan bo’lishdi - Oy va Yupiterning chiroyli surati. Bu astrofotoni yaratish uchun u uchta kamera va ikkita teleskopdan olingan 240 mingta tasvirni birlashtirdi. Suratda siz oy kraterlarini va hatto Yupiterning sun’iy yo’ldoshlarini ko’rishingiz mumkin. Juda go’zal manzara. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: G’azab qiyin muammolarni hal qilishga yordam beradi AQSh'da o’tkazilgan tadqiqot natijasida salbiy his-tuyg’ular
⚡️Tadqiqot: G’azab qiyin muammolarni hal qilishga yordam beradi AQSh'da o’tkazilgan tadqiqot natijasida salbiy his-tuyg’ular kuchli motivator ekanligi aniqlandi. Olimlar 1000 kishi ishtirokida tajriba o’tkazdilar. Ishtirokchilar g’azab, qayg’u, o’yin-kulgi yoki betaraflikni uyg’otadigan rasmlarga qarashdi va anagrammalarni yechishdi. Eng yaxshi ko’rsatkich g’azablanganlarda bo’ldi. Bundan tashqari, g’azablangan odamlar video o’yinda to’siqlar bilan o’ralgan chang’i yo’lini yaxshiroq bosib o’tishga muvaffaq bo’lishdi. 📟 DigiTech

🚘 San-Fransiskolik yo’lovchilar uchun taksida unutilmas sayohat bo’ldi :) Avtopilot nimadan qochishga uringani noma’lum qolmoqda. 📟 DigiTech