ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 781 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 522,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 383

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 781 名订阅者。

根据 28 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 647,过去 24 小时变化为 -232,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.65%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 549 次浏览,首日通常累积 9 727 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 29 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 781
订阅者
-23224 小时
-2 2777
-3 64730
帖子存档
⚡️Valve bir vaqtning o‘zida uchta o’yin gadjeti — konsol, VR-ko‘zoynaklar va geympadni chiqardi. – Steam Machine. 16 GB tezko
+2
⚡️Valve bir vaqtning o‘zida uchta o’yin gadjeti — konsol, VR-ko‘zoynaklar va geympadni chiqardi.Steam Machine. 16 GB tezkor xotiraga va AMD RDNA 3 videokartasi mavjud, AMD Zen 4 asosida ishlaydigan mini-kompyuter, PS5 va Steam Deck'dan kuchliroq; – Steam Frame. Kompyuterga ulanmasdan ham ishlaydigan, har bir linzada sifati 2160 x 2160 piksel va yangilanish chastotas 144 hz gacha bo’lgan VR ko‘zoynaklar; – Steam Controller. Otishma o’yinlarda yuqori aniqlik uchun standart joystiklar ostida ikkita sensorli panelga ega geympad. Qurilmalar sotuvi 2026-yildan boshlanadi. Narxlar hozircha oshkor etilmayapti. 📟 DigiTech

⚡️ GPT-5.1 chiqdi — OpenAI kutilmaganda yangi modelni chiqardi. Sun'iy intellekt endi qachon «uzoqroq o‘ylash» yoki qachon sh
⚡️ GPT-5.1 chiqdi — OpenAI kutilmaganda yangi modelni chiqardi. Sun'iy intellekt endi qachon «uzoqroq o‘ylash» yoki qachon shunchaki falsafasiz tez javob berish kerakligini o’zi hal qiladi. Natijada oddiy savollarga tezroq, murakkab savollarga esa batafsilroq javob beradi. GPT-5.1 dagi yangilanishlar: - Ko’rsatmalarga rioya qilish yaxshilandi; - Ohang va uslubni sozlash mumkin: Professionaldan to G'alatigacha; - SI qanday kayfiyatda javob yozishini ham sozlash mumkin: iliq yoki do’stona; - Avtomatik tanlov: mos modelni o’zi tanlaydi. Barcha foydalanuvchilar uchun birnecha kunda mavjud bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Microsoft Google Chrome brauzerini yuklamay, Edge brauzerida qolish uchun «pul to’lamoqda». Bing qidiruv tizimida «Chro
👨‍💻 Microsoft Google Chrome brauzerini yuklamay, Edge brauzerida qolish uchun «pul to’lamoqda». Bing qidiruv tizimida «Chrome»so’rovini qidirishda foydalanuvchilarga Microsoft do’koni uchun 1300 ball taklif qilinyapti. Ya'ni, Edge'da qolish uchun taxminan 10-15 dollar atrofida to’lashmoqda, lekin pulda emas ballarda. Ushbu ballarni sovg'a kartalari (gift-cards), obunalar va boshqalarga almashtirish mumkin. Biroq, Edge'ni agressiv reklamasi faqat Chrome so’rovi kiritilganidan so’ng chiqadi, boshqa brauzerlar qidirilsa, bunday taklif chiqmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Qaysi mamlakatlarda odamlar eng ko’p va eng kam vaqt ishlashadi — 2025 yilgi reyting e’lon qilindi. Statistik ma'lumotlarga
⚡️Qaysi mamlakatlarda odamlar eng ko’p va eng kam vaqt ishlashadi — 2025 yilgi reyting e’lon qilindi. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab o’rtacha ish haftasi — 38.7 soatni tashkil qiladi. Hammadan ko’proq Butanda ishlashadi, u yerda ish haftasi 54.5 soat, undan keyin Sudan (50.8 soat), Lesoto (50.2), Kongo (48.7) va BAA (48.4). Eng qisqa ish haftasi esa Yaman (25.9 soat), Niderlandiya (26.8), Norvegiya (27.1) va Avstriyada (28.4) hisoblanadi. O’zbekistonda haftasiga o’rtacha 40.4 soat ishlashadi. 📟 DigiTech

🧠 Video o‘yinlar miya qarishini sekinlashtiradi: olimlar 1472 kishining miyasini o’rganishdi va kreativ faollik biologik yos
🧠 Video o‘yinlar miya qarishini sekinlashtiradi: olimlar 1472 kishining miyasini o’rganishdi va kreativ faollik biologik yoshni kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Geymerlarning miyasi ularning haqiqiy yoshidan o’rtacha 5-7 yilga yoshroq ekanligi aniqlandi. Tajriba doirasida professional bo’lmaganlar ham jalb qilinib, ular 30 soat davomida StarCraft II: Wings of Liberty o’yinlarini o’ynashdi. Natijada, ularning ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. O’yinlardan tashqari raqs, musiqa va tasviriy san'at ham yordam beradi. 📟 DigiTech

🚘 Kia o’zining Range Rover’ini chiqaradi — kompaniya Telluride yo’ltanlamasining yanada kattaroq bo‘lgan yangi avlodini namo
+4
🚘 Kia o’zining Range Rover’ini chiqaradi — kompaniya Telluride yo’ltanlamasining yanada kattaroq bo‘lgan yangi avlodini namoyish etdi. Salonda uch qator o’rindiqlar va katta displeylardan iborat monoblok mavjud. Tabiat qo‘ynida dam olish uchun esa yig’ma stol bor. Kutilayotgan narx — 40 000 dollar. Lekin V6 dvigateli qoladimi yoki yo’q hozircha noma'lum. 📟 DigiTech

🤖 Dyusseldorfdagi REWE supermarketida CA-1 Series 4 — odamlar ishtirokisiz soatiga 120 ta taom tayyorlaydigan to’liq robotlashtirilgan oshxona ishga tushirildi. U masalliqlarni bir necha daqiqada o’zi yig’ib, pishiradi va taomni uzatadi — jarayonda birorta ham odam ishtirok etmaydi. Robot soatiga 120 ta taom tayyorlay oladi va sifatni nazorat qiluvchi hamda oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiruvchi algoritmlardan foydalanadi. Qurilma uzluksiz 24/7 rejimida ishlaydi (agar masalliqlarni o‘z vaqtida to‘ldirib turilsa). Menyuda makaron, pyure, qovurdoq, salatlar va boshqa taomlar bor, narxlar 6 yevrodan boshlanadi. 📟 DigiTech

🤩 texnomart, shakarsan — shakaaar! 11.11 aksiyasida noutbuklarni katta chegirmalarda xarid qiling! 📅 Muddat: 10 va 11-noyab
🤩 texnomart, shakarsan — shakaaar! 11.11 aksiyasida noutbuklarni katta chegirmalarda xarid qiling! 📅 Muddat: 10 va 11-noyabr kunlari. 🚀 Do‘stlaringizga jo'natishni unutmang!
➡️ Buyurtma bering 71-209-99-44 | texnomart.uz 👉 Obuna bo'ling: @texnomart
Reklama

⚡️Brauzerdagi barcha onlayn reklamalarni olib tashlaydigan AdNauseam dasturi chiqdi. Bu uBlock Origin forki bo’lib, u bannerl
⚡️Brauzerdagi barcha onlayn reklamalarni olib tashlaydigan AdNauseam dasturi chiqdi. Bu uBlock Origin forki bo’lib, u bannerlarni shunchaki bloklamaydi, balki ularni avtomatik ravishda bosib, reklama tarmoqlarini chalkashtiradi. Natijada faqat toza, hechqanday reklamasiz lenta qoladi. U tom ma’noda treking algoritmlarini buzadi. 👉 Bepul yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Tesla AQSh'da uch kundan yetti kungacha bo’lgan vaqtga elektromobillarni ijaraga berishni yo’lga qo’ydi, dastlabki ikki ku
🚘 Tesla AQSh'da uch kundan yetti kungacha bo’lgan vaqtga elektromobillarni ijaraga berishni yo’lga qo’ydi, dastlabki ikki kun butunlay bepul yurish mumkin, to’lov uchinchi kundan boshlanadi. Narx modelga qarab farq qiladi: • Model 3/Y – kuniga $60 • Cybertruck – $75 • Model S/X – $90 Xizmat elektromobillar uchun soliq imtiyozlari bekor qilingani sababli sotuvlar pasayishi fonida joriy etildi. Narxga allaqachon barcha Supercharger stansiyalarida bepul quvvatlash va Full Self Driving ilg’or avtopilot tizimidan foydalanish imkoniyati kiritilgan, ijaraga olingandan so’ng esa bir hafta davomida avtomobil xarid qilish uchun chegirma taqdim etiladi. 📟 DigiTech

⚡️Tezkor quvvatlash gadjetlar batareyasini o’ldirmaydi. Bloger ikki yil davomida 40 ta smartfondagi akkumulyatorlarni sinovda
⚡️Tezkor quvvatlash gadjetlar batareyasini o’ldirmaydi. Bloger ikki yil davomida 40 ta smartfondagi akkumulyatorlarni sinovdan o’tkazdi va natijalar bilan bo’lishdi: - 500 sikldan so‘ng batareyalarning tez zaryadlanishdan yemirilishi sekin zaryadlanishga nisbatan atigi 0,5% ga ko‘p bo‘ldi; - Quvvatni 30% dan 80% gacha bo‘lgan oraliqda saqlab turish o‘rtacha 3% atrofida sig'imni asrab qoldi; - Agar iPhone'ni bir hafta rozetkaga ulangan holda qoldirsangiz, unga hech qanday zarar yetmaydi. Qisqacha qilib aytganda, batareyalarni «asrab qolish» bo’yicha maslahatlar endi dolzarb emas. Zamonaviy gadjetlar zaryadlashni o’zi avtomatik ravishda boshqaradi va xizmat muddatini uzaytiradi. 📟 DigiTech

⚡️Mutaxassislar Coca-Cola'ning sun’iy intellektda yaratilgan yangi reklamasida 46 soniyada yuk mashinalar 10 xilga almashgani
⚡️Mutaxassislar Coca-Cola'ning sun’iy intellektda yaratilgan yangi reklamasida 46 soniyada yuk mashinalar 10 xilga almashganini aniqlashdi — neyron tarmoq g‘ildiraklar soni va ularning yuk mashinalariga joylashishini tushunmagan. 📟 DigiTech

🧠 Neuralink bemori samolyot modelini aqli bilan boshqarishni o’rgandi. Aleks Konli orqa miya jarohati tufayli harakatlanolmay qolgan. Miyasiga o’rnatilgan chip tufayli u allaqachon robot qo’lni boshqarishga muvaffaq bo’lgan (boshqa bemor Nik Rey kabi), endi esa murakkabroq vazifalarga o’tdi — va ongini kontrollerga «ulash» orqali o’yinchoq samolyot parvozini boshqarishga muvaffaq bo’ldi. Bugungi kunga qadar Neuralink 12 kishiga ushbu implantlarni o’rnatgan: ular o’z fikrlari orqali kompyuter o’yinlarini o'ynashmoqda va potensial ravishda har qanday elektronikani boshqarishlari mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Antarktida suvlarida ilgari fanga ma'lum bo’lmagan 30 ta jonzot topildi. Ular orasida sferik shakli sabab «O’lim to'pi» laq
+3
⚡️Antarktida suvlarida ilgari fanga ma'lum bo’lmagan 30 ta jonzot topildi. Ular orasida sferik shakli sabab «O’lim to'pi» laqabini olgan yirtqich Chondrocladia, zirhli tangachali Eulagisca qurti, dengiz yulduzlari, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarning yangi turlari mavjud. Bundan tashqari, olimlar Osedax «zombi qurtlari» namunalarini yig’ishdi: bu tur allaqachon fanga ma'lum bo’lsa-da, u hali ham o‘rganish uchun qiziqarli hisoblanadi, chunki u og'iz va ichaksiz oziqlanadi — o’lik kitlar va boshqa umurtqali hayvonlarning suyaklaridagi oqsillarni simbiotik bakteriyalar yordamida parchalaydi. 📟 DigiTech

🦷 Britaniyaliklar tish emalini to‘liq tiklaydigan dunyodagi birinchi gelni yaratishdi. Preparat bolalik davrida emal shaklla
🦷 Britaniyaliklar tish emalini to‘liq tiklaydigan dunyodagi birinchi gelni yaratishdi. Preparat bolalik davrida emal shakllanishi uchun mas'ul bo’lgan oqsillar asosida ishlab chiqilgan. Surilganidan so’ng, u tishlardagi mikro yoriqlarni to’ldiradi va so’lakdagi tarkibiy qismlar bilan reaksiyaga kirishib, regeneratsiya jarayonini boshlaydi — bir necha hafta ichida tish emali to’liq tiklanadi. Gel allaqachon sinovlardan o’tgan va 2026-yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Collins lug'ati 2025-yil so’zi sifatida «vayb kodlash»ni (vibe coding) tanladi. Bu atama neyron tarmoqlardan foydalangan ho
⚡️Collins lug'ati 2025-yil so’zi sifatida «vayb kodlash»ni (vibe coding) tanladi. Bu atama neyron tarmoqlardan foydalangan holda kodlashni anglatadi. Uni OpenAI asoschilaridan biri Andrey Karpati o’ylab topgan. 📟 DigiTech

🤖 Unitree kompaniyasi ekzoskelet orqali robotga odam kabi harakat qilishni o’rgatuvchi boshqarish tizimini namoyish etdi. Bu tizim yordamida robotlar to’liq inson harakatini qaytarishadi. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Mask Tesla investorlaridan 1 trillion dollar oladi. Ushbu to’lovsiz u bosh direktor lavozimini tark etishga majbur bo’
⚡️Ilon Mask Tesla investorlaridan 1 trillion dollar oladi. Ushbu to’lovsiz u bosh direktor lavozimini tark etishga majbur bo’lardi, shuning uchun aksiyadorlar buni tasdiqlashlariga to’g’ri keldi. Ilon Maskning boyligi hozirda 461 milliard dollarni tashkil etib, u allaqachon sayyoradagi eng boy odam hisoblanadi. Yana 1 trillion dollar qo’shilsa, bu taxminan Indoneziya yoki Ispaniyaning Yalpi Ichki Mahsulotiga teng bo’ladi. Mukofotni olish uchun Mask 20 million dona avtomobil ishlab chiqarishi, 1 million robot sotishi va Tesla kapitalizatsiyasini 8,5 trillion dollargacha (taxminan besh barobarga) oshirishi kerak. Buning uchun unda 10 yil vaqt bor. Agar buni uddalay olsa, bu AQSh tarixidagi korporativ rahbarga berilgan eng katta to’lov bo’ladi. 📟 DigiTech

🤖 Robot yordamchilarning o’sib borayotgan mashhurligi hali hech kimni ishini olib qo’ymadi; aksincha, uni ko’paytirdi. Hindiston, AQSh va boshqa mamlakatlarda minglab odamlar peshonalariga kameralarni qotirib, kirlarni yig‘ish, idish yuvish mashinalariga idishlarni joylash va boshqa uy yumushlarini bajarish bo‘yicha o‘quv videolarini suratga olish orqali pul ishlashni boshlashdi. So’nggi bir yil ichida bunday xizmatlarga talab to‘rt baravarga ortgan: kimdir o‘z xodimlarini yig’moqda, boshqalari esa frilanser qidirib, bir soatlik video uchun 25-50 dollardan to’lashmoqda. 📟 DigiTech

💾 SanDisk 1 TB sig'imli dunyodagi eng kichik flesh-diskni chiqardi — uning og’irligi atigi 3 gramm. Exreme Fit'ni shaxsiy ko
+2
💾 SanDisk 1 TB sig'imli dunyodagi eng kichik flesh-diskni chiqardi — uning og’irligi atigi 3 gramm. Exreme Fit'ni shaxsiy kompyuterlar va smartfonlarga ulash mumkin. U ma’lumotlarni USB-C 3.2 Gen 1 orqali 400 MB/s gacha tezlikda o’tkazadi. Narxi 120 dollar, shuningdek, kichikroq 64-512 gb sig’imli arzonroq versiyalari ham bor. 📟 DigiTech