AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 415 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 528,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 398 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 415 名订阅者。
根据 29 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 262,过去 24 小时变化为 -160,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.61%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.18% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 490 次浏览,首日通常累积 9 577 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 130。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 30 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 415
订阅者
-16024 小时
-1 9977 天
-3 26230 天
帖子存档
52 415
⚡️SpaceX vaybkoderlar eng ko’p ishlatadigan xizmat — Cursorni 60 milliard dollarga sotib olmoqda.
Ushbu kelishuv haqida kosmik kompaniya rekord darajadagi IPO'dan so‘ng e’lon qildi. Hozirda kompaniyaning o‘zi 2 trillion dollarga baholanmoqda. Cursor asoschilari barcha to‘lovlarni SpaceX aksiyalari ko‘rinishida oladi.
Endi MIT bitiruvchilari yaratgan Cursor agenti ham Mask'ga tegishli bo‘ladi.
📟 DigiTech
52 415
📲 Eski smartfonlar ma’lumotlar markazlariga aylantirilmoqda — Google olimlari va muhandislari 2000 dona eski Pixel’ni platalarigacha ajratib, Android'ni o‘chirib tashlab, Linux hamda Kubernetes'ni o‘rnatishyapti.
25–50 dona smartfondan iborat klaster quvvati bo’yicha bitta server protsessorining o‘rnini bosa oladi.
📟 DigiTech
52 415
⚡️Bloomberg o‘z insaydi bilan bo‘lishdi: Apple kelajakda serverlarni saqlash bilan bog‘liq yuqori xarajatlar tufayli yangilangan Siri AI uchun pullik obunani joriy etishi mumkin.
Hozircha obuna haqida gap aytilmadi — yangi Siri hali ham beta-bosqichda va foydalanuvchilarni unga pul to‘lashga ishontirish oson bo‘lmasligi mumkin.
Mark Gurmanning fikricha, Siri’ning asosiy funksiyalari va suhbatlari hamma uchun bepul bo‘ladi, murakkabroq so‘rovlar va tasvir yaratish uchun esa qo‘shimcha haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
📟 DigiTech
52 415
📲 Buyuk Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlar to‘liq taqiqlanadi. Bu haqda Bosh vazir Keyr Starmer shunday dedi:
To‘liq taqiq — bu to‘g‘ri tanlov. Farzandlarimizning xavfsizligi va baxti haqida gap ketganda, men murosaga borishga tayyor emasman.Ijtimoiy tarmoqlar bilan birga jonli efirlar va notanishlar bilan muloqot qilishning har qanday vositalari ham taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Qaror 2027-yilning bahoridan kuchga kiradi. 📟 DigiTech
52 415
⚡️Xitoy universitetlari sun’iy intellekt sababli eskirgan 12 mingdan ortiq mutaxassislikni bekor qildi.
Bu mamlakatdagi barcha oliy ta’lim dasturlarining qariyb 30 foizini tashkil etadi. Ular orasida eng ko‘pi – san’at, gumanitar fanlar, xorijiy tillar va menejment yo‘nalishlaridir.
Ushbu mutaxassisliklar o‘rniga texnologiyalar va sun’iy intellektga urg‘u berilgan 10 mingta yangi yo‘nalish joriy etildi.
📟 DigiTech
52 415
📲 YouTube 7 yildan so‘ng shaxsiy xabarlar funksiyasini qaytarmoqda.
Ha, bir paytlar YouTube’ning o‘z messenjeri bo‘lgan, u 2017-yilda ishga tushirilib, 2019-yilda yopib qo‘yilgan edi. Biroq odamlar boshqa messenjerlarga o‘tmasdan turib, do‘stlariga memlar va shorts'lar yuborish imkoniyatini qaytarishni shunchalik ko‘p so‘rashganidan, Google oxiri taslim bo‘ldi.Messenjerni AQSH, Yevropa va Braziliyadagi foydalanuvchilar uchun asta-sekin ishga tushirishmoqda. Bizgacha hali yetib kelmadi, lekin funksiyani butun dunyo bo‘ylab yoqishni va’da qilishyapti. Bu chatga faqat YouTube’ning o‘zidagi kontentni yuborish mumkin bo’ladi. Boshqa havolalar, rasmlar yoki fayllarni jo’natib bo‘lmaydi. 📟 DigiTech
52 415
📲 Bunga 19 yil kerak bo‘ldi...
iOS 27 da budilniklar ovozini bildirishnomalardan alohida sozlash mumkin bo‘ldi.
Shu paytgacha iOS’da hamma narsa uchun tovush balandligini sozlashda faqat bitta slayder ishlatilardi. Endi esa ularning soni bir nechta — qo‘ng‘iroq ohangi, budilniklar va taymerlar, shuningdek, bildirishnomalar va tizim tovushlari uchun alohida.
📟 DigiTech
52 415
⚡️MrBeast kecha YouTube'da 500 million obunachi marrasini zabt etdi — uning kanali bunday obunachilar soniga erishgan tarixdagi birinchi kanaldir.
Taqqoslash uchun: bu AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya aholisini birgalikda hisoblanganidan ham ko‘pdir.
📟 DigiTech
52 415
⚡️Anthropic barcha foydalanuvchilar uchun Fable 5'ga kirishni yopib qo‘ydi — AQSH hukumati unda «milliy xavfsizlikka tahdid» aniqladi. Relizdan buyon atigi uch kun o‘tgan edi.
Vashingtonda modelni «jeylbreyk» qilish usuli topildi va uni zudlik bilan yopish buyurildi. Kechasi barcha faol Fable seanslari xatolik sababli avtomatik tarzda uzildi.
Kirish huquqi xavfsizlik patchidan so‘ng tiklanishi mumkin.
📟 DigiTech
52 415
📲 iOS 27 da AirDrop «uchyapti» — bir yigit 3,5 GB hajmli videoni yuborib ko‘rdi va natijani tizimning avvalgi versiyasi bilan taqqosladi.
iOS 26 da bu ishga 2 daqiqa 11 soniya ketgan bo‘lsa, iOS 27 da o‘sha fayl atigi 41 soniyada yuborildi.
Deyarli 70% ga tezroq. Yangilanishning to‘liq versiyasi kuzda chiqadi.
📟 DigiTech
52 415
📲 Telegram ilovasi yirik yangilandi. Nimalar qo’shildi:
— Apple Watch va Galaxy/Pixel/Xiaomi Watch uchun ilovalar paydo bo‘ldi;
— Botlar uchun Markdown formati qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi: sarlavhalar, jadvallar, ro‘yxatlar, kod bloklari va boshqalar;
— Guruhlar uchun «Sun’iy intellekt himoyachilari» ishga tushdi;
— Nihoyat, so‘rovnomalarga havola qo‘shish mumkin bo‘ldi!
📟 DigiTech
52 415
⚡️Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi (qog’ozda). Uning boyligi endi o‘zidan keyingi to‘rt nafar eng badavlat kishining umumiy mablag‘idan ham ko‘proqdir.
Tadbirkorning boyligi SpaceX kosmik startapi birjaga chiqqani tufayli oshdi. Kompaniya bir aksiya uchun 135 dollar narx belgilab, 75 milliard dollar jalb qildi va Saudi Aramco neft kompaniyasining rekordini 2,5 baravarga yangiladi.
📟 DigiTech
52 415
⚡️AWS sun’iy intellekt orqali dasturlashni yomon g‘oya deb atadi.
Ko‘proq SI-kod jamoangizni tezlashtirmaydi. Aksincha, bu hatto sizni sekinlashtirishi ham mumkin.Shunchaki eslatma: oktyabr oyida AWS xodimlarining 40 foizini ishdan bo‘shatib, ularni sun’iy intellektga almashtirgan edi. O‘sha oydayoq bot butun infratuzilmani 15 soatga ishdan chiqargan. 📟 DigiTech
52 415
📲 Yaqinda chiqqan Claude Fable 5 o‘z tilini ixtiro qildi: o‘qitish jarayonida model kutilmaganda g‘alati uslubga o‘tib olgan — bu uslub insonga tushunarsiz.
Bu til tasodifiy jargon hamda Morze alifbosi uslubidagi, emoji qo‘shilgan belgilar aralashmasidan iborat edi:
8♥️}-FULL:-J♥️→Q♠️-⟸-J♦️-cell-✗-FULL-💀💀💀-AAAAAAAAAAAARGH
U tasodifiy xatolik emas, Fable odamlar bilan muloqot qilganda bir zumda ingliz tiliga o‘tib ketadi. Hozircha bu holat uzoq mulohazalarni optimallashtirishga urinish deb qaralmoqda.
📟 DigiTech52 415
⚡️19 yoshli vaybkoder Zak Yadegari o‘zining Cal AI nomli kaloriya hisoblagichini taxminan 100 million dollarga sotdi. Endi u dumskrollingga qarshi kurashish uchun startap ustida ishlamoqda.
Zak Cal AI'ni darslar orasidagi tanaffuslarda vaybkodlagan. U maktabni bitirayotganida, loyiha 10 million foydalanuvchiga ega bo‘lib, yiliga 30 million dollar daromad keltirayotgan edi.
Hozirda Zak Flow loyihasi ustida ishlamoqda: bu servis foydalanuvchi smartfonini dok-stansiyaga qo‘ymagunicha ayrim ilovalarni bloklab tura oladi. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi.
📟 DigiTech
52 415
⚡️Apple parollar menejerida ma’lumotlar sizib chiqishiga yo‘l qo‘ygan barcha ilovalarning parollarini bir tegishdayoq o‘zgartirish imkoni paydo bo‘ladi.
Parollar bir vaqtning o‘zida ham «Passwords» ilovasida, ham servislar ichida yangilanadi. iPhone dasturlarga o‘zi kirib, kirish sozlamalarini o‘zgartiradi.
📟 DigiTech
52 415
📲 Google Tarjimonda xorijiy nutqni real vaqtda tarjima qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Endi tizim suhbatdoshning gapini tugatishini kutmaydi, balki ohang va tempni saqlagan holda nutq oqimini uzluksiz tarjima qiladi.
U Gemini 3.5 asosida ishlaydi va 70 ta tilni, jumladan, o’zbek tilini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
📟 DigiTech
52 415
⚡️Niderlandiyada dunyodagi birinchi hayvonlarsiz «ferma» ochildi — u yerda go‘sht sigir hujayralaridan bioreaktorlarda o‘stiriladi.
Mutaxassislarning va’da qilishicha, uning tuzilishi va ta’mi tabiiy go‘shtdan farq qilmaydi, shuningdek, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar miqdorini sozlash ham mumkin. Ishlab chiqarish uchun hayvonlarni qurbon qilish talab etilmaydi, tannarxi esa arzonroqqa tushadi.
Hozirda ferma sinov rejimida ishlamoqda. Uni 2028-yilda to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
52 415
📲 iOS 27 da Siri nihoyat aqlliroq bo’ladi, Apple iOS 27 uchun Siri AI’ni namoyish etdi. U Google Gemini asosida ishlaydi va quyidagilarni bajara oladi:
— iOS sozlamalarini boshqarish; — Suhbat mazmunini tushunish; — Rasmlar va fon rasmlarini yaratish hamda o‘zgartirish; — Internetdan batafsil ma’lumot qidirish; — Ovqatning kaloriyasini suratga qarab hisoblash; — Fotosuratdagi noto‘g‘ri burchakni to‘g‘irlash; — Matn tavsifi bo‘yicha avtomatlashtirish va "Buyruqlar" yaratish; — Suhbatlar va yozishmalarni konspekt qilish.Asosiy xususiyati — hammasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaning o‘zida ishlaydi va Apple yoki Google serverlariga uzatilmaydi. Uning asosiy kamchiligi ham aynan shunda: tizim unchalik tez ishlamaydi. Siri AI “vaqtincha” faqat ingliz tilida ishlaydi. Boshqa tillar keyinroq qo’shiladi. 📟 DigiTech
52 415
+1
📲 Apple WWDC 2026 konferensiyasida iOS 27’ning yangi funksiyalarini namoyish qildi.
– “Suyuq shisha” shaffofligini aniqroq boshqarish uchun slayder paydo bo‘ladi; – AirPods uchun tizimli ekvalayzer qo‘shiladi; – Apple Intelligence va Siri “aqlliroq” bo‘ladi, hamma narsa Gemini modellarida, lekin to‘liq lokal tarzda ishlaydi; – Ilovalar ikonkalari yanada “shishasimon” ko‘rinishga ega bo‘ladi; – Wi-Fi tarmog‘iga ulanish “aqlliroq” bo‘ladi. Masalan, iPhonelar kafedan chiqqanda tarmoqdan tezroq uziladi; – Fayl tizimi tezlashtiriladi, fayllar 5 baravar tezroq ochiladi. Tizimdagi Spotlight qidiruvi ham takomillashtirilgan; – Ota-ona nazorati funksiyalari kengaytiriladi, bolalar uchun akkauntlar yaratish imkoni qo‘shiladi, ilovalar va alohida saytlarga kirish jadvalini sozlash mumkin bo‘ladi; – Yangilanish hatto iPhone 11 da ham ishlaydi, bu iOS tarixidagi eng keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashdir.Reliz an’anaga ko‘ra kuzda bo‘ladi. 📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
