OcoderX
前往频道在 Telegram
1 688
订阅者
-224 小时
-147 天
+1930 天
帖子存档
1 688
OcoderX deb yozbergan qizga premium sovg'a qileymikin)
[Yurakdan yozgan munosibiga @SheCoderX kanaliga qo'shib, kattaroq sovg'a bilan berammikin yo... ]
1 688
Bahorda shimolga qaytgan sayroqi qushlar o‘zaro ayovsiz hududiy janjallar qiladi. Bizga yoqimli tuyuladigan ularning kuylari aslida hukmronlik da’volari, ogohlantiruvchi signallar va oʻzaro janjallari ovozlaridir. Musiqasi chiroyli qush — aslida hududini e’lon qilayotgan kichkina jangchidir. Bu hayot shunday oʻzaro urushlardan iborat. Bu urushda gʻoliblar (yuqori pogʻonadagilar) va magʻlublar (past pogʻonadagilar) boʻladi. Baʼzida gʻoliblik maqomiga mehnat qilib erishiladi. Baʼzida bu inʼom kabi keladi.
Agar qushlar hududida yuqumli kasallik tarqaladigan bo‘lsa, eng avvalo hukmronlik zinasining eng pastida turgan, eng ko‘p stressga tushgan bizni tilda "ojiz qushlar" kasallanadi va nobud bo‘ladi. Insonlarda ham xuddi shunday: pandemiyalar, viruslar birinchi bo‘lib kambag‘al va siquv ostidagi insonlarni yiqitadi. Ular saraton, yurak xastaligi, diabet kabi yuqumsiz kasalliklarga ham ancha moyil. “Zodagonlar tumov bo‘lsa, ishchilar zotiljamdan o‘ladi,” degan gap bejiz emas.
G‘oliblar hammasini olib ketmaydi, ammo koʻpini olib ketadi. Pastki pog‘ona esa bu holatda yaxshi joy emas. Odamlar u yerda baxtsiz. U yerda kasal bo‘lishadi, tanilmagan va sevishga loyiq boʻlmagan holda qolishadi yoki sevgisiga erisha olmaydi. Hayotlarini u yerda shunchaki sovurishadi. O‘sha yerda o‘lishadi. Natijada, odamlar ongidagi o‘zini kamsituvchi ovoz vayronkor bir ertak to‘qiydi:
- hayot — jirkanch noteng o‘yin;
- qadr-qimmatsizlik — odatiy holat;
- biz oʻzi ojizlik uchun tugʻilgan koʻrinamiz;
- Xudo bizga beshavqat.
Bunday qurituvchi tanqidlarni "ataylab ko‘r-ko‘rona oʻzimizni aldash"dan boshqa nima deyishimiz mumkin?
Agar sizning maqomingiz yuqori bo‘lsa, buning aksi sodir bo‘ladi. Qadimiy “mexanik tizim” sizning o‘rningiz xavfsiz, foydali va himoyalangan muhitni beradi. Ijtimoiy yordam ko‘p, sizni zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf kam. O‘zgarish — siz uchun halokat emas, imkoniyat. Serotonin (gʻoliblardan koʻp boʻladigan neytomediator) mo‘l-ko‘l oqadi. Bu sizni sokin, ishonchli, tik va barqaror qiladi. Doimiy ogohlik zarur bo‘lmaydi. O‘rningiz mustahkam bo‘lgani uchun kelajak siz uchun yaxshi bo‘lishi ehtimoli yuqori. Demak siz uzoq muddatni o‘ylashingiz, ertangi kun uchun reja tuzishingiz mumkin. Sizga oldingizga tushgan har qanday mayda imkoniyatga beparvo talpinish shart emas — yaxshi narsalar sizga yana kelishiga ishonishingiz mumkin. Siz rohatni kechiktira olasiz, uni butunlay yo‘qotmasdan. Siz ishonchli, o‘ylovchan inson bo‘lish imkoniga ega boʻlasiz.
©️12 RULES FOR LIFE | OcoderX tarjimasi
1 688
12 rules for life kitobini o'qiyabman. Juda kuchli ilmiy fikrlar bor ekan. Hayotdagi achchiq haqiqat bo'lmish urush. Kuchlilar va ojiz qo'rqoqlar tabiati....
1-qoidasi ayniqsa qo'rqoqlikni kelib chiqishi va unda yashash oqibatlari. 10-past pog'onadan 1-yuqori pog'onaga ko'tarilish bo'yicha ajoyib qo'llanmalar bor ekan.
Bitta umumiy post qilaylikmi nima deysizlar?
[ batafsil qilib alohida kanalga boshdan oyoq tashlayman, umumiy qilib bu kanalga]
1 688
Ushbu kitob ham tugadi.
Juda ko'p foydali ma'lumot oldim. Dars oldim. Ko'p xatolarimni angladim. Islom dinimiz falsafasidan yaxshi xabari borlar o'qisa juda katta foyda olar ekan.
1 688
Tanqidiy ruhda fikrlash bu - odatdagi jarayonga qarshi nimanidir boshqacharoq ohangda qabul qilishdir. Bu fikrlash kashfiyotlar otasidir. Texnologiya rivojini boshida turgan narsa. Hayotni tubdan osonlashtiradigan yoki yakson qiladigan g'oyalarni beradigan usul. Foyda tomon ishlatilsa: sanoat rivojlanadi, qulayliklar vujudag keladi, kasalliklarga da'volar vujudga keladi. Agar bunday turdagi fikrlar axloq tomon ishlatilsa, zararga qila boshlaydi, insoniyat qiriladi va bir qancha betartib qurbonliklarga olib keladi.
[ Tanqidiy fikrlash ijodga emas, axloqqa nisbatan isyonga burilsa nima bo'ladi?.
Jamoalar avvalo odobga asoslangan davlat qurib qirol tayinlashgan, u qirol axloqni va davlatni bitta tartibga solgan. Ammo kuni kelib ular dabdabaga berilib xalqdan uzila boshlashgan. Shunda xalq o'zi bir hokimiyat o'rnatgan respublika ko'rinishida ( va demokratik hokimiyat ko'rinishda), so'ng hamma xohlagan narsasiga qarshi tanqidiy ruhda fikrlay boshlagan. Ilm fan rivojlangan. Iqtisodiyot ko'tarilgan. Yangi texnologiyalar rivojlangan. Ammo bu tanqidiy fikrlash odob-axloqqa ham hujum qila boshlaganda jamiyatlar tanazzulga uchray boshlagan. Qirg'inlar boshlangan. Ilm-fanda qudratli ammo hissiz insonlarni jamiyat tarbiyalay boshlagan. Yanada yomoni borib-borib odamlar tabiiy almashinishga ham qarshi chiqib tabiatga ham zarar keltirishgan. Jamiyatshunoslik fanini boshlab bergan olim Ibn Xaldun buni "avlodlar va jamiyatlar o'zgarib yana boshidan takrorlanishi" deya atagan ]
1 688
Suhbat birla do‘st bo‘lmak oson erur, ammo amal birla do‘st bo‘lmak mushkul.
- Alisher Navoiy
_______
Har kim so‘z bilan do‘stlik qila oladi, ammo haqiqiy do‘stlik ishda bilinadi.
- Jaloliddin Rumiy
P.S: Vaqt boʻlganda sezdirmasdan sinab olish kerak ekan, "doʻstim" deb mehr berishdan oldin.
1 688
Toshkentda boʻla turib bir-biri bilan koʻrishishmayotgan bir paytda Samarqanddan Andijonga koʻrgani kelibdi jigarim)
1 688
Odamlarning xatti-harakatidan ranjish — yo‘lingga dumalab tushgan toshga jahling chiqishi bilan barobar. Va ko‘p odamlar bilan qilishing mumkin bo‘lgan eng oqilona ish — ularni o‘zgarta olmasang, hech bo‘lmaganda ulardan foydalana olishni o‘rganishdir.
— Artur Shopengauer
©️Mastery
1 688
Endi o'qigan kitoblarimni eng yaxshi qismlarini o'zim uchun manashunday kanal ochib post qilib tashlab turmoqchiman (har o'qigan kitobimga alohida ochib).
Bir paytlar @tatuda kanalini ham xuddi shunday boshlagandim... O'zim uchun qulay qilib tahrirlagan bazalarimni, bittalab ataylab bachkana hazillar qo'shib tuzgan quiz'larimni va kursdoshlarim bilan tayyorlanganlarimizni yozib olib kanalga tashlagandim... U paytlar 414 dona 2021 ni talabalari yonimda yelkama yelka turgandi [ularni ichida meni qo'llab-quvvatlab turuvchi paytini katta kanallari bo'lgan adminlar va yaqin kursdoshlarim bor edi)... Bu safar 3-4 ta bo'lsa ham yetadi. Kimdir o'qib turibdi (yoki bir kun o'qib qolar) degan umidni o'zi ham yetadi.
