OcoderX
前往频道在 Telegram
1 685
订阅者
-224 小时
-147 天
+1930 天
帖子存档
1 687
Zaifligingizni yashirish va dushmanlaringizni hujumdan voz kechishga majburlashning eng yaxshi yo‘li kutilmagan, dadil, xavfli harakatni amalga oshirishdir. Ehtimol, ular sizni himoyasiz deb o‘ylashgan, ammo endi siz qo‘rqmas va ishonchli inson kabi harakat qilyapsiz.
Buning ikkita ijobiy ta’siri bor: birinchidan, ular sizning bu harakatingiz ortida haqiqiy kuch bor deb o‘ylashga moyil bo‘lishadi – ular sizni shunchaki ta’sir o‘tkazish uchun shunday beparvo ish qilishga ahmoqona jur’at qila oladi deb tasavvur qilishmaydi. Ikkinchidan, ular sizda ilgari tasavvur qilmagan kuch va xatarlarni ko‘ra boshlashadi.
Muayyan bir kishi shunday degan: ikkita fe’l-atvor bor, ichki va tashqi, va ulardan birida nuqsoni bor odam hech qanday qadriyatga ega emas. Bu, masalan, qilichning tig‘iga o‘xshaydi, uni yaxshilab o‘tkirlash kerak, so‘ngra qinga solib qo‘yish, vaqti-vaqti bilan olib chiqib, hujum paytidagidek qoshlarni chimirish, tig‘ni artib, keyin yana qinga joylashtirish lozim.
"Agar bir kishi qilichini doimo tashqarida ushlab yursa, u doimiy ravishda yalang‘och tig‘ni siltab yuradi; odamlar unga yaqinlashmaydi va uning ittifoqchilari bo‘lmaydi. Agar qilich doimo qinda bo‘lsa, u zanglaydi, tig‘i o‘tmaslashadi va odamlar uning egasi haqida ham shunday o‘ylashadi."
XAGAKURE: SAMURAY KITOBI, YAMAMOTO TSUNETOMO, 1659–1720.
©️The 33 Strategies of War, Robert Greene
1 687
Har doim qudrat taktikalari haqidagi birinchi qoidadan xabardor bo‘ling: qudrat — bu sizning qo‘l ostingizda to'plangan pul va amal kuchida emas, balki dushman siz haqingizda nima deb o‘ylashidadir. Sizning no'malum va o'qib bo'lmasligingiz haqiqiy birinchi raqamli qudrat belgingizdir.
©️ “Rules for Radicals” 1972, Saul D. Alinsky (Jewish).
1 687
Ey kalamush, kalamush,
Qilgan ishing chalamush.
"Yozgin" desa: "semir" deb,
Sen yozibsan: "kemir" deb.
1 687
Biz eng ko‘p sevadigan odamlarga eng ko‘p og‘riq yetkazamiz. Kimgadir chin dildan mehr qo‘yganimizda, ich-ichimizdan ishonch tug‘iladi: u inson bizni tushunadi, bizga g‘amxo‘rlik qiladi, bizning ehtiyojlarimizni sezadi - degan ishonch. Ammo bu ehtiyojlar bajarilmaganda, bu sevgi o‘zi og‘riqqa aylanadi.
Ko‘p hollarda bu og‘riq noto‘g‘ri muloqotda bir-birimizni tushunmaslikdan kelib chiqadi. O‘z istaklarimizni yoki ehtiyojlarimizni aniq, hurmat bilan ifoda etolmasak orasimizda bu og‘riq chuqurlashib boradi. Bizning sherigimiz o‘zicha “men hammasini to‘g‘ri qilyapman” deb o‘ylashi mumkin, ammo agar biz unga" nima noto‘g‘ri" yoki "nima bizni xursand qilishini" hech qachon aniq aytmagan bo‘lsak — u buni hech qachon bilmaydi.
©️How to stand up for yourself and still win the respect of others, Judy Murphy
1 687
10-iyun 2021-yil, Ichan qala, Xiva, Xorazm
Bir oyda qop-qora boʻlib, lablarimiz va yuzlarimiz shoʻrlab yorilib ketgandi... Lekin unitilmas xotiralar bergan bu ajoyib oʻlka)
Qaniydi yana oʻsha joylarga imkon qilib borolsak...
1 687
"Yigitim yo'q" - deb har gapida so'rmasak-da shama qilib yurganlarni ham aslida "ifloschasi' borligini ko'ryapmiz... Ifloschasi o'zicha rashk qilib yozmaguncha tan olmaydi tag'inam... Yaxshiyam men chegaramdan o'tmayman qancha "namyok" qilishsa ham. Yaxshi ham vaqtida kallam ishlab kitoblarni o'qib va tajribasi borlardan o'rganib qo'ygan ekanman qora olamlardagilar qanday bo'lishligi haqida... O'sha o'zicha "ro'mol" o'raganlar ham qaysidir soddaga tegadida a bir kun? [anovi horamchasi olmasa]
1 687
Uylanganiga 3 oy boʻlgan bir oshnam bor. Oldin kechasi 12 gacha gaplashib oʻtirardik koʻchada. Uylanganidan keyin 2 oy oʻtib ishga ketib, bir ikki kun boʻlibdi kelganiga.
Xursand boʻlib, "Mnde" gaplashib oʻtirarsan - desam: "katta boʻldik endi u vaqtlar oʻtdi" - deyapti 21 yoshlik bolakay...
Blyaaaaaaat... Biz boʻydoqlar yosh bola ekanmizda-a? Yo manashunaqa qonun bormi koʻchda ogʻalar rostdanam?
1 687
Yana bitta imtihon bor hali... Ish qilib undan oʻta olmang lekin... Yoʻqsa birov qiz bermay qoʻyadi...
🫴
1 687
Odamlardan oʻzi aslida har kuni dars olamiz. Oʻzi aslida tabiatan salgina qoʻroqman(koʻpchilik singari). Bir kuni biz Xorazmda ishda ishlayotganimizda oʻsha yerlik "mesniy" akalarni bittasi bilan bizni ish boshqaruvchi akamiz(2000-yil) akamiz tortishib qoldi. Ular oʻsha yer(Xiva)danligi uchun koʻpchilik boʻlib ketishdi. Qimmat mashinalarda "kachok" akalari ham kelishdi (tanishlari ekan). Haligi bizni akamiz bir oʻzi chiqib ketdi qoʻrqmasdan bizni tashlab. Keyin haligi akalar: "Andijonliklar mehmon ekansizlar" deb tinchgina kelishtirib tarqalib ketishdi. Lekin biz shokda edik, u kichkina boʻyi bilan (toʻgʻri sport zalda katta boʻlgan yoshlikdan) qoʻrqmasdan, qaytmasdan bir oʻzi ketganiga hayron qoldik. Keyin kelganidan keyin, "qoʻrqmadizmi birortasi bir narsa qilishidan behos?" - desak, "qoʻrqdim, hayiqdim lekin shu bilan umrim uzayib qoladimi? yo ular Xudomi jonimi olib qoʻya oladigan? xoʻp oʻldim ham deylik oʻlimni nimasi yomon?" deb javob qaytargandi... Rostdan ham a? Bir oʻylab koʻraylik-da... Aynan u akamiz aytgan va amal qilgan oʻsha jumlani bugun Xolid ibn Valid dan kelganini oʻqib qoldim... Ajoyib... Umrida biror jangda yutqazmagan, xatto Rosululloh sallallohu alayhi vasallamni qoʻshini yaʼni Uhud jangidagi musulmonlarni ham katta talofatga uchratgan va keyin musulmon boʻlib, "Allohni qilichi" unvonini olgan, biror urushda jon bermay, oʻz toʻshagida tinchgina jon bergan Xolid ibn Validdan kelgani oʻsha satrlarni.... oʻzgacha taʼsir qildi...
1 687
"Biz bir kun o‘lamiz" deb bilgan bo‘lsak-da, baribir "boshqalar bizdan oldin o‘ladi" deb o‘ylaymiz. O‘zimizni esa "eng oxirida ketamiz" deb taxmin qilamiz. O‘lim bizga uzoqdek tuyuladi. Bu sayoz fikrlash emasmi? Bunday fikrlash jamiyat o'zini aldashi, ovutishi uchun to'qib chiqargan hayoliy cho'pchagimasmi?!
- Hagakure: The Book of the Samurai, Yamamoto Tsunetomo (1659-1720)
©️The 33 strategies of war
