OcoderX
前往频道在 Telegram
1 690
订阅者
+124 小时
-17 天
+1830 天
帖子存档
1 692
3 kursda Xursand boʻlgandik Sattorov tushmaganiga... 4-kursda tutildik...
Salom yilni boshidan 6 kredit🙂
1 692
2004 boʻlib 2003lar bilan oʻqigan sinfdoshimizi 1-2 oydan keyin toʻyi ekan...
Kuyov joʻra men va meni niyatim:
1 692
Oy chiqsa bo‘ladi oydin, de,
Lochinday qanoting yoygin, de,
Barchinim, suyganda so‘yib ayt:
Tug‘ilgan tuprog‘ing Boysun de.
Boylikka bo‘lma de xaridor,
Boylikdan balandda el-yurt bor.
Ayt, yovni qaqshatgan alp bo‘lsin,
Ayt, bo‘lsin yurtiga xizmatkor
Aqling hech bo‘lmasin faromush,
Bolamni qil yaxshi parvarish,
Barchinim, bolamga yana ayt
Otasi — Alpomish!.. Alpomish!
Seni zor kutarman dilpora.
Hijronda oshiqlar bechora.
Aytib ket, sultonim, farzanding
Qay so‘zni eshitsin ilk bora?»
Olamda ko‘p erur ibora,
Bir so‘z bor og‘riqdan iborat.
U — Vatan! Barchinim, u — Vatan!
Bolamga «Vatan» de ilk bora.
So‘zlagin eng yuksak tilakdan,
Bo‘taday bo‘zlagan yurakdan.
«Vatan» de…. Bolamning qoniga
Oqiblar kirsin u ko‘krakdan.
©️Usmon Azim
