ch
Feedback
JavaHere's Blogs 🚀

JavaHere's Blogs 🚀

前往频道在 Telegram
2 265
订阅者
-524 小时
-237
-10430
帖子存档
Interview ham o'tdi. Alohida post qilaman:)

photo content

Duo qilib turasizlar 🤲 🙂

Repost from Javohir Akram
Chaynab ko'rish kerak Oldinlari pultlarni batareykasi ishlamay qolsa, bir ikki marta tishlab qo'ysak ishlab ketardi. Shakli ham ajoyib va kulguli bo'ilb qolardi. Shu ishni batareykadan boshqa narsalarda ham sinab ko'rish mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Bir marta yaxshi uxlab turganimizda bizda paydo bo'ladigan quvvatni yangi batareyka deb tasavvur qilaylik. Chala uxlagan paytlarimizni esa boshqa pultdan olib ishlatmoqchi bo'lgan, ishlatilgan batareyka deyish mumkin. O'qiymiz, ishlaymiz va miyyamiz batareykani yangilash (uxlab olish) kerakligini aytadi. Balkim, rostdan ham o'ta charchagan va uxlab olish kerakdir. Lekin shu payt biz ham batareykamizni chaynab ko'rsak uzoqroqqa yetadi. Xo'sh qanday qilib? Kofe ichsak, havoni almashtirsak, yugurib kelsak yoki boshqa biror nafsni chalg'itadigan ishlarni qilsak, huddiki batareykani chaynagandek bo'lamiz va bir qancha muddat yana ishlab beradi. Javohir 23.01.2024 Polsha

Repost from N/a
⚡️ Dasturlashni o’rganayotgan barcha uchun - maydonga tushish payti keldi! O’zbekiston xalqi uchun 1 ga 1 duellarni tashkillashtiruvchi yangi dastur ishga tushdi - Tandir. Hozir JavaScript va Python bo’yicha bellashuvlar tashkillash mumkin, sekin asta yangi tillar qo’shib boriladi.
Dasturga kirish uchun sizga kupon kodi kerak bo’ladi, buning uchun Tandirni allaqachon ishlatayotgan birorta Tandirchidan yordam so’rang, dasturda yordam guruhiga link ko’rsatilgan.
Xullas: kiring, bellashing, yangi do’stlar orttiring, toblaning, pishing! 🤖 Android: Google Playdan yuklash 📱 iOS: App Storedan yuklash

Garbage Collector haqida eshitganmisiz? Agar yo'q bo'lsa, hech bo'lmasa u nima ekanligi va nima ish qilishini ozgina bo'lsa ham tushunishga harakat qilib ko'ring:) O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube

Repost from Sariq Dev
Va nihoyat Subyektivning men kutgan soni chiqdi: Silikon Vodiysidagi vatandosh dasturchilarimiz haqida. Albatta koʻring.

Repost from N/a
🚀Bir nechta sport dasturchilari va sobiq olimpiada ishtirokchilari bilan birgalikda o'zbek Sport Dasturchilari hamjamiyati "
🚀Bir nechta sport dasturchilari va sobiq olimpiada ishtirokchilari bilan birgalikda o'zbek Sport Dasturchilari hamjamiyati "Competitive Programming Uz"ga asos soldik. ⚡️Bu yerda mahalliy va xalqaro Sport Dasturlashi musobaqalari haqida ma'lumotlar, masalalar va ularning yechimlari, hamda foydali resurslarni yuklab boramiz. 🏆Shuningdek, turli qiziqarli "event"lar hamda musobaqalarni ham shu yerda uyushtiramiz. Stay tuned! @cp_uz

1. Garbage Collector 2. Graflar nazariyasi boʻyicha

Bir ukamiz Go dasturlash tili boʻyicha hamma uchun deyarli dam olish kunlari boʻlgan shanba va yakshanba kunlari bepul darslar olib boryabdi ekan. Darslar jonli tarzda, dars paytida savol berishingiz ham mumkin. #foydali Kanal ga link

Keyingi koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan mavzu nima deb oʻylaysiz?

Tavsiya Ayni vaqtda men o'qiyotgan kurslar 1. Academy for Developers in Poland 2. Express Backend 3. Spring Courses └─ Building a REST API with Spring Boot 4. Fundamentals of Network Engineering
Iye ba'zilari pullik ekan-ku. Internet dan tekinga o'rganish mumkinku. Tekini yo'qmi bularni? Tekini bo'lishi kerak. Baribir topaman...
deysizmi? Uchbu postni bir o'qib ko'ring va yana bir karra o'ylab ko'ring.
Bittasini eplagan yaxshi emasmi?
degan savol paydo bo'lishi mumkin. Ammo, hammasini eplay olishga ko'zingiz yetsa, ruhan va aqlan tayyor bo'lsangiz, hammasiniyam o'rganib ketaversangiz bo'ladi degan fikrdaman. Bitta kursga juda ko'p vaqt sarflab yuborsangiz, 1 2 kun dam olgingiz kelib qoladi. Shuning uchun 1-2 soat o'rganishga ajrating va boshqasiga o'ting yoki shu o'rganganingizni amaliyotda sinab ko'ring. Ba'zan bilgan mavzuyingizni boshqa ustozdan o'rgansangiz, yana nimadir bilmaganingiz chiqadi yoki bo'lmasam
Iye haaa, mana bu narsa ana shuning uchun shunaqa ekan-da
deyishingiz ehtimoli juda katta. Menda ham hozir shunday va'ziyat: Java haqida tushuncham bor Backend haqida tushuncham bor Frontend haqida tushuncham bor Networking haqida tushuncham bor Ammo, shu bor tushunchalarni yana bir marta boshqa joydan o'rganish menga eng katta yordam beradigan usullardan hisoblanadi, yaxshiroq yodimda qoladi va ajoyib lahzalarni tuhfa qiladi. Va hozir ko'rib yanayam yaxshiroq tushunyabman, takrorlayabman, o'rganyabman va boshqalarga o'rgatyabman (ha kichkinagina yangi narsa o'rgansam ham uni kimgadir o'rgatmasam bo'lmaydi 😅. Bu ham juda samarali). Biror yangi narsani qanday qilib o'rganish haqida alohida post tayyorlash mumkin va bu haqida keyinroq gaplashamiz. Ungacha uchbu video bilan tanishib turishni tavsiya qilaman. Telegram | Youtube

Repost from MOBILERS
42.uz Loyihasida Yangilik! Endi siz Android dasturlash asoslarini 42.uz loyihasi orqali o'rganishingiz mumkin. Darslar Yusuf Abdullaev tomonidan yozib boriladi. 👉Darsga Havola @Mobilers_uz

Repost from N/a
Decorator Design Pattern O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube

Assalamu alaykum! Segment Tree mavzusi haqidagi birinchi dars tayyor:) 1 soat vaqt ajrating va ich-ichidan o'rganib oling. Asosiy qismlar: (00:00:00) - Kirish (00:01:19) - Minimum Element masalasi - brute force (00:04:00) - Minimum Element masalasi - dp (00:09:12) - Minimum Element masalasi - Segment Tree (00:18:17) - Segment Tree - GET (00:23:34) - Segment Tree - UPDATE (00:26:45) - Segment Tree ni xotirada qanday saqlaymiz? (00:29:38) - Segment Tree da qanday harakatlanamiz? (00:31:10) - Segment Tree ni kodda qanday yozamiz? (01:00:36) - Xulosa Do'stlarga ulashishni unutmang. O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube

HENNGE xalqaro kompaniyasida dasturchilar uchun amaliyot (internship) dasturi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan HENNGE x
HENNGE xalqaro kompaniyasida dasturchilar uchun amaliyot (internship) dasturi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan HENNGE xalqaro cloud security kompaniyasi, dasturchilik yo'nalishida ta'lim olayotgan va yangi universitet bitiruvchilari uchun to'liq moliyalashtirilgan amaliyot (internship) dasturini taklif etadi. Saralab olingan nomzodlar Tokio shahrida joylashgan HENNGE kompaniyasining bosh ofisida 4-6 xafta davomida o'z tajribalarini oshirishlari mumkin bo'ladi. Talablar ーNomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak. Bunda nomzodlar yapon tilini bilishlari shart emas. ーNomzodlar kamida universitetda 3-kurs talabasi yoki universitetni yaqinda tamomlagan bo'lishlari kerak. ーNomzodlar universitetda computer science yoki engineering yo'nalishlarida ta'lim olayotgan yoki bitirgan bo'lishlari kerak. ーNomzodlar istalgan dasturlash tillaridan birini bilishlari kerak. Foydali tomonlari ーViza homiyligi va tibbiy sug'urta. ーYaponiyaga kelib ketish avia chiptasi. ーAmaliyot davomida foydalanish uchun mobil telefon. ーTurar joy, ovqatlanish, transport xarajatlarini qoplash uchun maosh. Ushbu dastur ishga qabul qilishdan oldingi jarayonning bir qismi bo'lib, amaliyot tugagach ushbu kompaniyada ishlash uchun shartnoma ham olishingiz mumkin. Amaliyot haqida ushbu havola orqali ko'piroq ma'lumot olishingiz mumkin. @Doniyor_Tojikhonov

Boshqa vodiylar Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Fronted tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim. Devbridge.com ning o'zi uchun junior dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman. Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman. Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan: 1. Imtihon 2. Telefonda suhbat Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi. Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi. Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.

Keyingi mavzu Segment Tree 🙂 Tez kunda! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube
Keyingi mavzu Segment Tree 🙂 Tez kunda! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube