Sherobod Education rasmiy kanal🏆
前往频道在 Telegram
Biz faqat natija uchun mehnat qilamiz. 📚 Xorijiy tillarni oʻqitish va fanlardan tayyorlov markazi. 👨🏫 Tajribali ustozlar jamoasi. ⚡ Yuqori natijalar. Kurslarga yozilish uchun: 📞 +998 97 550 98 90 📩 @Sherobod_Edu
显示更多530
订阅者
+224 小时
+17 天
+4430 天
帖子存档
Repost from Xushnudbek.uz
Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlandi
Jami 12 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o’tkazildi.
Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.
Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo’nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.
15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🏛 Sherobod Education oʻquv markazidan yozgi kurslar😍
😇Yozda ingiliz tili grammatikamni mustahkamlayman deganlar uchun Tezlashtirilgan grammar guruhimizga taklif etamiz.!
📕RedMurphy kitobini tugallab olasiz.😀
😊Aynan ingiliz tili kurslariga qayerga borishini bilmasdan yurganlar uchun boshqa oʻquv markazlarda taʼtil boʻlishiga qaramasdan bizni oʻquv markazda siz uchun ingiliz tili kurslari davom etmoqda 🤩Bu imkoniyatdan foydalanib qoling.☺️
☎️ Murojaat uchun.!
+998975509890
@Sherobod_Education_admin
Sherabod Education
Shu o’quv markazining o’quvchilari va ustozlariga taklif uchun rahmat! Hamkorlik darajasigacha yetib kelish uchun o’quv markazi o’ziga juda kuchli ishonishi kerak.
👉“Sherabod Education” ishonch darajasiga yetib kelgan! Maksimum darajada bilim almashdik.
Akademiya
Sherobod education oʻquv markazi Akademiya oʻquv markazi bilan hamkorlikda ishlashdan ancha xursand!
Repost from Xushnudbek.uz
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent
Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:
1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;
2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;
3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.
Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.
❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.
❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Keling aniq misolda ko‘ramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.
Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.
‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️KVOTA TASDIQLANDI
#abituriyent
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
👉 @xushnudbek 👈
Sherobod Education" jamoasi bugungi imtixonga kiradgan abituriyentlarga omad tilaydi barchangizga omad yor bo'lsin siz eng kuchlisisiz.😊
Repost from BaholashUz
⚡️Rasman: 2-kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda yuboring!
Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!
Natijalar chiqishni boshladi Bu natija uchun Zohid Ustozga katta rahmat Yutuqlariz bardavom boʻlsin!
🏢Sherobod Education oʻquv markazida boʻlib oʻtgan mativatsianal trenningdan kichik lavhalar🤩
🤓 Mativatsianal trenningda abuturiyentlarga kerakli boʻlgan maslahatlar ustozlar tomonidan berildi.!
🫵Siz ham oʻzingiz hohlagan yoʻnalishigiz boʻyicha Oliy taʼlim muassasalariga kirishni hohlasangiz Sherobod Education oʻquv markazi bu borada sizga🤝 yordam beradi.!
✍ Yangi oʻquv yili uchun ochilayotgan guruhlarimizga qoʻshilishda aktiv boʻling.!😀
👩💼🧑💼 Davlat OTMlariga topshirgan abituriyentlarni Sherobod Education oʻquv markazi har doim qoʻllab quvvatlaydi.!🥰
Murojaat qiling.!!
📞+998975509890
@Sherobod_Education_Admini_M
Repost from BIOLOGIYA OLIMPIADA MAKTABI
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
https://t.me/Olimpbiologiya/5538
Sherobod education o'quv markazi jamoasi bugungi imtixonda barcha abituriyentlarga omad tilaydi😊💪
Repost from BaholashUz
Ertaga imtihon, abituriyent nimalarni bilish kerak ?
❗️#Tarqating!
⚡️Abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni yigʻib chiqdik:
✔️ Abituriyentlar testga kamida 1.5 soat vaqtliroq borgani oʻzlari uchun foydali.
❌ kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi;
📑 testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:
1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.
‼️ Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Albatta pasportning originali boʻlishi kerak;
👉 abituriyent ruxsatnomasini @ruxsatnomalarbot orqali yuklab olish mumkin;
☝️abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi;
🖨 abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas;
❗️Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak.🤦♂️ Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti;
✏️ testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatishadi;
👕 testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;
⏰ Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.
📹 test jarayonlarini test2024.uz sayti yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin.
🆗 Eng asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Hayajon boʻladi, bu tabiiy, hayajon boʻlgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda oʻzingiz sevgan duolarni qaytaring, oʻz bilimingizga ishoning.
Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent_ruxsatnomasi@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
🏛 Sherobod Education oʻquv markazida shanba kuni 🤩siz uchun aynan abuturiyentlar uchun ekskluziv Master class 🥰boʻlib oʻtadi
😊Master classning siz uchun foydali tomonlari🧐
☺️Davlat OTMlariga topshirishdan oldin siz uchun psixologik tayyorgarlik.!
💪Oʻz vaqtingizni unumli oʻtkazish.!
😍 Imtihon oldi oʻzigizga kerakli boʻlgan instrumentlarga ega boʻlasiz🥰
😊 Eng muhimi Master classdan soʻng oʻzigiz uchun ajoyib mativatsianal gʻoyalarni kashf qilasiz
🗣Hammani aynan sizni🫵 master classda kutib qolamiz
👩🎓🧑🎓 Barcha abuturiyentlarni Sherobod Education oʻquv markazi qoʻllab quvvatlaydi
😍😊Master class Sherobod Education oʻquv markazida 12-iyul shanba soat 8:00da boʻlib oʻtadi
🏃♀➡️🏃➡️Bu Trening ishonavering siz uchun haqiqiy mativatsiya 🤩
👨🏫Master class aynan Sherobod Education oʻquv markazi rahbari🤝Toʻrabek Normamatov tomonidan olib boriladi
☎️+998975509890
@Sherobod_Education_Admini_M
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Ertaga test o’tkaziladigan binoni ko’rib kelsangiz bo’ladi
#abituriyent
Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Buning foyda tomoni, test kuni binoga qaysi yo’l bilan borish kerak, qaysi darvoza yoki eshikdan kirish kerak kabi savollarga javob olish mumkin. Test kuni shoshib, adashib, kechikib qolinmaydi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilda test sinovlari 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli binoda o’tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi
Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boshlanadi.
🏃➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:
1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi.
Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Huquqshunoslik Ingliz tili
1.Turdiyev Sanjar 173.1
2. Tojiyev Jasurbek 150.8
3.Xudoynazarova Shahzoda 144.4
4. Karimov Alimardon 128.4
5. Norqulov Nodirbek 126.9
6.Yaxshiboyev Mirzohid 125.6
7. Choriyev Sardor 118.2
8. Sheraliyeva Farangiz 97.4
9. Husanov Ibrohim 89.1
10. Qarshiyev Behruzbek 87.9
11. Xushatov Behruz 81.7
12. Bozorova Laylo 59.7
Ona tili va matematika
Boymirova Aziza 80.7
Tarix geografiya
Toģaymurodiva Sevara 77.7
Tarix onatili
Davronov Sardor 81.5
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
