ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 071
订阅者
+224 小时
+37
+11930
帖子存档
APEC Business Travel Card Oramizda ushbu karta sohib(a)lari ko’p bo’lmasa kerak. Sababi: bu kartaga Koreyada istiqomat qilayotgan Koreys fuqarolarigina topshira olar ekan. (Eksport kompaniya va investitsiya kompaniya direktor, xodimlar). *Koreyada istiqomat qilayotgan chet elliklar “har doimgidek” bundan mustasno. Xo’sh bu kartaning qanday karomatlari bor? 1. Quyidagi Davlatlarga kirish vizasidan ozod qilinadi: 🇦🇺 🇧🇳🇨🇱 🇨🇳 🇭🇰 🇮🇩 🇯🇵 🇰🇷 🇲🇽 🇲🇾 🇳🇿 🇵🇪 🇵🇭 🇵🇬 🇷🇺 🇸🇬 🇹🇭 🇹🇼 🇻🇳 ( 🇺🇸 🇨🇦) 2. Yuqoridagi Davlatlarga kirishda immigratsiyaning maxsus osonlashtirgan liniyasidan o’tish imkoniyati (uzun navbat yo’q degani) Ps: Bu kartaga topshirayotganimda olgan ma’lumotlarimni ulashdim. Deyarli ko’p hamkasblarda bor ekan. Afsus chet ellik bo’lganim sabab, yana mustasno bo’ldim. Ana endi oddiy Davlatlarga ham viza olib, turnaqator navbatlarda turadiganga o’xshayman. @Elyorbilan

Koreyada nafaqat odamlar, balki robotlar ham o’z joniga qasd qilishni boshladi. Faqat biz O’zbeklar unday qilmaymiz;) Manba:
+2
Koreyada nafaqat odamlar, balki robotlar ham o’z joniga qasd qilishni boshladi. Faqat biz O’zbeklar unday qilmaymiz;) Manba: https://www.businesstoday.in/amp/technology/news/story/robot-suicide-android-throws-itself-down-the-stairs-in-south-korea-heres-what-happened-436067-2024-07-05

Sevgi va ishqning farqi nimada?

Sifatli xizmat ko’rsatadiganlarni qadrlayman. Birgini shirin gap, kun davomida hamroh bo’lishi mumkin.
Sifatli xizmat ko’rsatadiganlarni qadrlayman. Birgini shirin gap, kun davomida hamroh bo’lishi mumkin.

#mrbeast #chocolate Bugun hamkasbim AQSHning Ohio shtatida malaka oshirib keldi. Ko’pchillika shirinliklar olib kelibdi. Meng
#mrbeast #chocolate Bugun hamkasbim AQSHning Ohio shtatida malaka oshirib keldi. Ko’pchillika shirinliklar olib kelibdi. Menga ham Mr Beastning shokoladlarini berib yubordi. Bu shirinliklar oxirgi yillarda juda mashxur bo’layabdi. Habaringiz bordir, bu shokolad ishlab chiqaruvchi You Tube tarmog’ida butun dunyo bo’yicha eng ko’p obunachiga egalik qilayabdi. (298 million) James Stephen men bilan tengdosh ekan😅

Turmush qurganlarga, yangilik bormi? deb savol berish, o’ta ketgan farosatsizlik hisoblanadi. Umid qilamanki, siz unday farosatsizlardan emassiz. Yangilik bu - (farzand borasida)

Men hozirgi Komaniyaga kirib ancha o’zgaribman. Qanday ish boshlamay, kichik jihatlarigacha e’tibor berib reja qilish va uni monitoring qilib borish odatini shakllantirdim. Bu jihatni - ishga oid bo’lmagan, oxirgi 2 ta proektda sezdim. Ayniqsa birovlarning vaqtini olmaslik va savollarimga oldin o’zim javob qidirib ko’rishni ham odat qildim. Bu meni boshqalarga ham talabchan qilib qo’yayabdi. Keyinchalik ishdan ketsam ham, bir umrga ta’tigulik odat va xarakterni shakillantirib borayabman. Bekorga aytishmas ekan, tajribani pul bilan sotib olib bo’lmaydi. “Team leader” guruhimda bo’lmasa ham alohida middatdorman shu kishidan. Juda oddiy savollarimga ham erinmay hayotiy misollar bilan javob berib kelayabdi. Shunchaki bugungi ish kunim yakunlanganda, his qilgan o’ylarni yozib muhrlab qo’ygim keldi. Dam olish kunlarini ma’roqli o’tkazing.

Qo’shimcha ma’lumot (faqat telegram kanalimda yozaman): 1. Qonuniy viza 📑 olish mumkin bo’ladi (Koreya iqtisodiyoti borgan sari chet elliklarga bog’lanib borayabdi. Shu sabab chet elliklarga bo’lgan siyosatni o’zgartirishayabdi. Ayniqsa chet eldan E9 viza bilan olib kelgandan ko’ra, shu yerdagi tilni biladigan “nelegal”lar uchun viza takliflari bo’ladi) 2. Nelegallik uchun jarima ham bo’lishi mumkin. (Taxminan 3-10 mln gacha) 3. Barcha hujjat va xizmatlarni qonuniy ruxsati bor 행정사 lar orqali qilish tezroq viza olishni ta’minlaydi. Sababi ularda ko’pincha imtiyoz va navbatsiz topshiruv ruhsatnomalari bo’ladi. Meni taxminimcha bu xizmatlar 2-4 mln atrofida bo’ladi. 4. Statistikadan bir shingil 📊: bir necha yil oldin chiqgan ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonlik nelegal yurtdoshlarimizning soni 10,000 nafardan oshadi. Shularda 8-10% O’zbekistonlik “Rus-Koreyslar” hisoblanadi. Ps: shaxsan men anchadan beri birga bir necha ishlarimni qilib kelgan 행정사 ham bu ishga tayyorgarlik ko’rayabdi. Ma’lumotlarini keyinchalik rasmiy e’lon chiqganda joylayman.

Assalomu alaykum Yurtdoshlar. Ushbu oyda noqonuniy yurgan muhojirlarga “nelegal” oid ijobiy yangilik chiqishi kutilayabdi. Hali ma’lumotlar ommaga ochiqlanmaganligi sababli mendagi informatsiyani ham “hozircha” ayta olmayman. Shu sabab agar yon atrofingizda nelegal tanishlaringiz bo’lsa, O’zbekistonga ketmay turishlikni va boshqa yo’llardan foydalanmaslikni tavsiya qiling. Kutilayotgan yangilik chiqishi bilan iloji boricha ko’proq nelegal yurtdoshlar vizaga ega bo’ladi degan ummidaman. Shuningdek, ajratilgan joylar cheklangan va tezroq harakat qilish kerak bo’ladi. Men ham iloji boricha shu ish bilan qonuniy shug’ullanadiganlar bilan doimiy aloqadaman. Ps: Qolgan ma’lumotlar va yo’llarini telegram kanalimga joylayman. @Elyorbilan

Sizlarga ham uydagilar (asosan onangiz) qaysidur qarindoshni kuni ekanligini eslatib, tabriklab qo’yishni eslatishadimi?

Inson zoti o’zi shunday, Imkoni bo’lmay qarz bera olmagan payti malomatga qolsa, Imkoni bo’lib berganda esa - oshna, jigar, do’stim va hokazoga aylanadi. Qizig’i o’sha malomat qiladigan ham, xushomad qiladigan ham bir odam. Ps: Men esa tashqaridan kuzatib, Xo'tik birla kuchukni qancha qilma tarbiya, it bo'lur, eshak bo'lur aslo bo'lmas odamiy! Ma’qoli yodimga tushdi.

Tadbir yakunlandi. Shu hafta video&rasm hisobotini sizlarga ham ulashaman. Kamdan kam holatlardan proektlardan qoniqar edim. Ushbu seminardan deyarli 100% ko’ngil to’ldi. Balki, ma’suliyatli va o’z ishini ustalari bilan birga o’tkazganim sabab bo’lgandur.

Ming bir sohadan chala mutaxassis bo’lgandan ko’ra, Birgina sohadan chuqur bilimli mutaxassis bo’lgan afzal.
Ps: Jo’jalarning jinsini aniqlab beradigan kishi Koreyada bir kunda 400-500k won topadi. Hamma soxadan chala bilgan esa, taksistlik qiladi. (Albatta u proffisional taksist bo’lmasa)

🇺🇿Ishga: Koreyaning halqaro sog’liqni saqlash fondining(KOFIH) O’zbekistondagi ofisi ishga taklif qiladi. KOFIH (Korean Foundation for International Healthcare) – bu Koreyaning ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan halqaro sog’liqni saqlash fondidir. Bu halqaro fond chet davlatlarda sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun loyihalar bilan (ODA) shug’ullanadi. O’zbekistonda joylashgan “Arirang” qariyalar uyi ham KOFIH tashkiloti tomonidan boshqariladi. Ish o’rini: 1 ta Ish haqida: Administratsiya ishlari, tarjima va loyiha boshqaruvi Maosh: 900$ (oylik so'mda beriladi va intervyudan so’ng belgilanadi) Ish vaqti: 5 kun ish – shanba va yakshanba dam (8 soatlik ish kuni) Ish joyi: KOFIH ning O’zbekistondagi ofisi Ish davomiyligi: 2024-yil 26-iyuldan 31-dekabrgacha (shartnoma uzaytirilishi mumkin) Talablar: 1) O'zbekiston fuqorosi; 2) O’zbek, Rus va Koreys tillarida ravon gaplashish va hujjatlarni tarjima qilish; 3) Kompyuterdan yaxshi foydalanish (Microsoft Word, Excel va Power Pointni yaxshi bilish); 4) Rasmiy ishlashda muammosi yo'q odam Agar sizda: 1) Ingliz tilini yaxshi bilib, hujjatlarni tarjima qila olsangiz 2) TOPIK 4-daraja yoki bundan yuqori daraja bo'lsa 3) Tibbiyot sohasi yoki xalqaro loyihalarda ishlash tajribangiz bo'lsa 4) Buxalterlik 1C darajangiz bo'lsa qo'shimcha imkoniyatlariz bo'ladi (ya'ni ishga kirish imkoniyatiz oshadi). Agar sizda bu ishga qiziqish bo’lsa Koreys tilida yozilgan rezyumeingizni info@kofih.uz emailiga yuboring. Rezyumelar 12-iyulgacha qabul qilinadi. Rezyume erkin shaklda, Koreys tilida yozilgan bo’lishi kerak (rasm bilan yuborin) P.s. Bu joyda man o'zim ishlaganman. Jamoa juda ham yaxshi:) Afsuski taqdir taqozosi bilan bu yerdan ketib hozir boshqa joyda ishlayabman. @allimtv

Urushib ham beradi;) Shu Alisher Sadullayev kelgandan beri ancha o’zgarish bo’ldi. Umri uzoq bo’lsin akani.
Urushib ham beradi;) Shu Alisher Sadullayev kelgandan beri ancha o’zgarish bo’ldi. Umri uzoq bo’lsin akani.

Tan olish kerak, O’zbekistonimiz ancha rivojlanayabdi. Ahamiyat bersangiz monopoliya xisoblangan kompaniyalarga kichik bo’lsa ham raqobat qila oladigan (local va foreign) kompaniyalar vujudga kelayabdi. Xitoy va Koreys mashinalari, aviakompaniyalar shular jumlasidan. (Yaqinda yana bir aviakompaniya ish boshlaydi) Kecha Pavel Durovni ham kutib olish va u bilan muzokaralar o’tkazish uchun bosh vazirgacha jalb qilinganligi, bu agrar davlatdan zamonaviy kasblar qadrlanadigan davlatga aylanib borayabdi. IT kompaniyalarga ham imtiyozlar, hududimizda o’tkazilayotgan aniq va tabiiy fan xalqaro olimpiadalari ham shular jumlasidan. Ko’p xollarda o’sha olimpiadada foydalaniladigan asboblar o’sha davlatda qoladi. Bu esa o’quvchilarni potensialini oshiradi. Men ham litseyda eng so’ngi laboratoriya jihozlaridan foydalanib dars eshitganman. Siyosat borasida esa iloji boricha omma oldida gapirmaslikka harakat qilaman. Sababi meni mutaxassisligim siyosatshunislik emas!

Kun ora kelib tushadigan savollar turkumidan: 1. Koreyaga qanday qilib o’qishga borsam bo’ladi? 2. E7, F2 vizani qanday olsam bo’ladi? 3. Pensiyaga a’zo bo’lganlik va sudlanmaganlik hujjatlarini qanday olsam bo’ladi? 4. Koreyaga qanday qilib ishga ketsam bo’ladi? 5. Internship va ishga joylashish haqida yo’nalish bera olasizmi? 6. Nomimdagi soliqni qanday o’chirsam bo’ladi? 7. D10 viza haqida savollarim bor edi. Bunday o’ylab qarasam haftada bir necha bor shu savollar qayta qayta kelib turadi. Ochig’ini aytaman javobini bilsam ham ba’zida shunchaki video link yoki post linkini berib, o’qib o’rganib oling deyman. Agar hammaga birma bir tushuntirib o’tsam, o’zimni vaqtimga hiyonat qilgan bo’laman. Sababi ba’zi savollarga soatlab vaqt sarflashimga tog’ri keladi. Javobi uchun esa men hech qanday pul olmaymanku axir;) Shu sabab ushbu holatlarga yechim o’laroq You Tube da video shaklda ma’lumotlar ulashayabman. Hozircha faqat F2-7 va Everytime ilovasiga oid video tayyorladim. Shu savollar kelsa linkni qoldirayabman xolos. You Tube dagi keyingi video mavzu bu “Internship” haqida bo’ladi.
Ps: Tog’ri bir oyda 1 yoki 2 ta video qo’yaman. Ammo “fact checking” qilish uchun ancha vaqtim ketadi.

Rasmdagi qalamdonni o’ziga yarasha tarixi bor. Koreyslarda negadur rag’batlantirish ko’proqdek tuyuladi. Bu qalamdonni olgani
Rasmdagi qalamdonni o’ziga yarasha tarixi bor.
Koreyslarda negadur rag’batlantirish ko’proqdek tuyuladi.
Bu qalamdonni olganimga ham 10 yilcha bo’lib qolibdi. Toshkentdagi Sejong Instituti qoshidagi Koreys tili maktabiga o’qishga kirgan kezlarim sovg’a qilib berishgan edi. Yana huddi shunga o’xshashini 1 yildan so’ng Koreys tili musobaqasida berishgan. Yaxshi xotira va o’zimga ishonchimni eslatib turadi desam yanglishmayman. Agar yo’qotib qo’ymasam yana 10 yil indamay ishlatsam kerak. Sizda ham aynan shunday kichik, ammo bir dunyo kayfiyat bag’ishlab turadigan narsangiz bormi?

Assalomu alaykum Koreyada istiqomat qilayotgan Yurtdoshlar! 📌Sizlarni 2024 yil 30-iyun Yakshanba kuni, Tejon (Daejeon) shahr
Assalomu alaykum Koreyada istiqomat qilayotgan Yurtdoshlar! 📌Sizlarni 2024 yil 30-iyun Yakshanba kuni, Tejon (Daejeon) shahrida bo’lib o’tadigan “O’zbekistonliklar Seminari” ga taklif qilamiz. - Seminar O’zbek tilida bo’ladi. - Soat: 09:00-16:30 - Manzil: 대전 서구 계룡로 314, 대전일보 2층 강의장 - 🅿️ Avto ulov turargohi bepul! - Qabul qilinuvchilar soni: 40 kishi Qimmatli ma’lumotlarni bepulga taqdim qilish uchun Daejeon shahri hokimiyati tomonidan alohida grant ajratildi.🤝 Shunchaki Google so’rovnoma to’ldirib, o’zingizga kerakli ma’lumotlarni olgan holda hayot tarzingizga tatbiq qilasiz degan umiddamiz. Ushbu seminardan siz: - Koreys tilida "Korean Track" da ta'lim olish, amaliyot "internship" o'tash va albatta Koreya Kompaniyalariga ishga joylashish borasida tajribali so’zlovchilar o'z bilimi bilan bo’lishadi. - O'quv dargohida Ingliz tilida "English Track" da talim olish, amaliyot "internship" o'tash va soha boyicha ishga joylashish kabi tajribalardan bahramand bo'lasiz. - Koreya hayotida kerak bo’ladigan sayt, ilova va bloglar to planmasini ulashamiz. - Koreyada sizni qiziqtirgan viza turlari bo’yicha tajribali insonlardan maslahat olish. - Immigratsiya qonun-qoidalari bilan tanishish va nuammolardan holi hayot kechirishni ta'minlash. Google so’rovnoma uchun link: https://forms.gle/f8rPx58tzc5uxKCm9 @Elyorbilan

#xazil Qarindoshlar: Seni nimaga ijtimoiy tarmoqlardan topib bo’lmayabdi-a? 🧐 Men: Qarindoshlarni birinchi bo’lib topib, ularni bloklab qo’ygan meni qiyofam 🤷‍♂️ Ps: Men emas, do’stim shunday qilardi:)