ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 071
订阅者
-124 小时
+27
+11630
帖子存档
Koreyada istiqomat qilayotgan O’zbekistonliklar uchun atalgan so’rovnoma ekan. #sorovnoma Shaxsan o’zim ham to’ldirib chiqdim
+4
Koreyada istiqomat qilayotgan O’zbekistonliklar uchun atalgan so’rovnoma ekan. #sorovnoma Shaxsan o’zim ham to’ldirib chiqdim. Savollar ajoyib, o’zim bilan o’zim ochiqsasiga psixologik suxbat qurganga o’xshayman. Ushbu so’rovnomada O’zbekistonliklar qanday noqulayliklarga duch kelishi mumkinligi, ularning holati haqida tadqiqod olib borilayabdi. Mutlaqo ANONIM tarzda. Shu bois 5 daqiqa vaqtingizni ketkazib bo’lsa ham ishtirok etishingizni tavsiya qilaman. Natijalarni keyinroq, statistika tarzida umumlashtirgan holda ulashaman! 🧷Quyida so’rovnoma haqida ma’lumot va bir necha savol rasmlarini qoldiraman.
📌Ko’pchilik Koreyadagi stress va depressiya haqida yozayotgan pallada bu so’rovnoma ayni muddao bo’libdi!
Tadqiqot egasi: Kangwon Milliy Universiteti, doktoranti G'aniyev Axrorjon Email: ganievakhrorjon@gmail.com Barchangizga katta rahmat! Google form: https://forms.gle/d8RmCg8iDGs6WEgu6 @Elyorbilan

Amerika 🇺🇸 borasida qizquvchilar bo’lsa kirib ko’rsangiz arziydi. Biz Shohjahon aka bilan bir universitet bitiruvchisimiz. Men B1-B2 vizaga topshirganimda ular F1 vizaga topshirgan edilar. Vizamizni ham deyarli bir necha kunda olganmiz. O’qish borasida ancha ma’lumotga ega inson. Zoom uchrashuvda bemalol qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin.

Repost from Shon Khasanboev
Telegram kanalimga qo'shiling: https://t.me/shon_khasanboev Assalomu alaykum‼️ 📅 15 Noyabr kuni bo’lib o’tadigan Zoom konferensiyamizda quydagi mavzularda suxbatlashamiz: 🔹 Amerika universitetlaridan 100% gacha grant olish 🔹 Qanday qilib o’zingizga mos universitet tanlash 🔹 Qanday xujjatlarni tayyorlash 🔹 Qachon o’qishga topshirishni boshlash 🔹 Amerika Elchixonasida eng ko’p beriladigan savollarni ko’rib chiqamiz birgalikda Barchangizni konferensiyada kutib qolaman‼️ 🇺🇿O’zbekiston vaqti bilan ⏰ 19:00 🇰🇷Korea vaqti bilan ⏰ 23:00 🇺🇸Amerika vaqti bilan ⏰ 9:00 Zoom link: ────────── Shon Khasanboev is inviting you to a scheduled Zoom meeting. Join Zoom Meeting https://ncsu.zoom.us/j/5063467162?omn=99808815538 Meeting ID: 506 346 7162

Koreyslarning ham xatosini topadigan kunlarniyam ko’rdik mana😅 Ba’zi da freelancer lik ham qilib turaman. Shu kabi so’rovda
Koreyslarning ham xatosini topadigan kunlarniyam ko’rdik mana😅 Ba’zi da freelancer lik ham qilib turaman. Shu kabi so’rovda vaqt 2 xil ko’ringan edi. O’zim taxmin qilib, tog’irlab yuborgan edim. Natijada esa ularni ham o’zimni ham vaqtim tejaldi.

#infopost @Elyorbilan
#infopost @Elyorbilan

Kichik tajribadan.. (Info post) Agar siz shu paytgacha Iphone telefonlarining Pro rusumligini ishlatgan bo’lsangizu, ana endi pro emas shunchaki Iphone 16 olmoqchi bo’lsangiz - bu shashdingizdan qayting. Men ham o’tgan hafta 16 ni o’zini olgan edim (rangi yoqgani uchun). Ungacha 14 pro ishlatayotgan edim. Mana bir necha kunki o’zimni majburlab ishlatayotganga o’xshayman. *Asosiy farqi 16 da 60 Hz, 14 pro da 120 Hz chastolali hisoblanadi. Bu esa, 14 pro interfeysi 16 ga qaraganda silliq va tezroq ishlaydi degani. Hozir telefonim qotib ishlayotgandek tuyulayabdi. Olishdan avval bir birini solishtirib ko’rish uchun rasmiy magazinlariga borganimda balki bu xatoni qilmagan bo’lardim. #afsus #turkumidan

Hali ko’rmaganlar uchun alohida joylayabman:) Manzil: Incheon, Inspire (aeroport yaqinida) @Elyorbilan

Pepero day 1️⃣1️⃣ Bugun Koreyada Pepero day! Qanday bayram ekanligini esa, rasmda ChatGPT tushuntirib bergan. Men ham oldim,
+1
Pepero day 1️⃣1️⃣ Bugun Koreyada Pepero day! Qanday bayram ekanligini esa, rasmda ChatGPT tushuntirib bergan. Men ham oldim, “kutilmagan joydan” ammo hech kimga berganimcha yo’q. (Hozircha) @Elyorbilan

Kecha green card to’ldirib qo’ydim. Eng ko’p chiqish imkoniyati Abdujabborda. 3 kishi bo’p o’ynaldi unga. (Ingliz tilinu kuchaytirib turvur)

+1
Kuz ajoyib fasl 🍂

Men sinfdoshlarim bilan tushgan rasmimni Koreyslar ko’rganida ularning tasavvuri.. Chapdagi oxirgi odam men deb tasavvur qili
Men sinfdoshlarim bilan tushgan rasmimni Koreyslar ko’rganida ularning tasavvuri.. Chapdagi oxirgi odam men deb tasavvur qilinsin😅 #Yumor

ChatGPT ishlatasizmi? Agar javobingiz ha bo’lsa, ushbu 2 ta savolni ChatGPT dan so’rab ko’ring. Javoblardan balki qandaydur taasurot olarsiz.. - Savollar! ❓ 1. Menga bizning oldingi suhbatlarimiz asosida o‘zim bilmagan qandaydir jihatim haqida aytib bera olasizmi? 2. Siz bilan hozirgacha yozishgan yozishmalarimizdan kelib chiqib, kelajakdagi “men” ga qanday 5 ta savol bergan bo’lar edingiz? Javoblarni o’qib, albatta fikringizni ushbu post izohlarida yozib qoldiring. Men olgan kichik taasurot: Huddi o’zim bilan o’zim yolg’iz qolib suxbatlashgandek bo’ldim. Qo’shimchasiga tashqaridan sizga, umuman olganda “obyektiv” yondashuv qanday bo’lishini taxmin qila olasiz. Obuna bo’lish uchun: @Elyorbilan

Islomning madori sanalmish hadislardan biri “Albatta, amallar niyatlarga bog’liqdir” haqida.. O’ylab ko’rgandursiz, hozirgi v
+4
Islomning madori sanalmish hadislardan biri “Albatta, amallar niyatlarga bog’liqdir” haqida.. O’ylab ko’rgandursiz, hozirgi vaziyatingiz, holatingizni qachonlardur hayol qilgansiz yoki niyat qilgansiz!? Yuqoridagi hadisni bejizga yozmadim. Ba’zi voqea yoki muvaffaqiyatga erishganingizda, beehtiyor qachonlardur shuni o’ylagan edima deb qolasiz. Men bunday vaziyatlarga takror va takror duch kelayabman. Misol uchun: Yoshligimda, Televizor orqali Koreyada parranda gripi “Avian Flu” tarqagani haqida yangiliklarda ko’rgan edim. O’sha payt tonnalab tovuqlarni yo’q qilish sahnasini oynaviy jahon orqali ko’rayotib, nahotki shuncha parrandani yo’q qilib yuborish mumkin bo’lsa? Juda havfli virus ekan degan xulosalar qilib hayratlanganim kechagidek yodimda. O’tgan hafta esa aynan shu virus bo’yicha tadqiqod olib boruvchi olimlar, Veterinariya jamiyati raislari ishtirokida congress yeg’ildi. O’sha yerda bu virus hali ham aktualligi, Davlatlar qanday strategiya orqali kurashotganligi muhokama qilindi. Amerika va Xitoy olimlarining tortishuvlariga to’g’ridan tog’ri guvoh bo’lib, men bu vaziyatni qachonlardur hayol qilgan edim degan xulosam yana bir bor o’z tasdig’ini topdi. Ushbu virus bilan laboratoriyada uzoq ishladik, ko’plab parrandalarni yo’qotishga to’g’ri ham keldi. Kecha esa, yovvoyi hayvon sanalmish “yenot” larga vaksina qo’yib keldik. O’rmon bag’riga vaksinani yashirdik. Tungi kameralar sur’atga ololsa sizlar bilan ham lavhalarni bo’lishaman. Hozircha FAVA 2024 dan kichik rasmlarni qoldirayabman. Ushbu tadbir orqali juda ko’p olimlarni tanidim. Saudiyalik Halal sertifikati taqdim qiladigan markaz bosh inspektori bilan ham suxbatimiz uzoq davom etdi. Aytishicha oxirgi yillar go’shtlarni so’yishda va halollashda juda ko’p qiyinchiliklar vujudga kelayotgani, texnika rivojlangan sari ixtilof ham rivonlanib borayotganini takrorladi. Juda ko’p gaplar bo’ldi… Hozircha shu yerda yakunlayman. Niyatni xolis qiling, ze’ro ertaga amalga oshish foizi yuqori;)

Yaponiyadan “mozorbosti” sovg’a Qiziqishlarimni xonadoshimchalik yaxshi biladigan inson bo’lmasa kerak. (2-3 kishinigina naza
Yaponiyadan “mozorbosti” sovg’a Qiziqishlarimni xonadoshimchalik yaxshi biladigan inson bo’lmasa kerak. (2-3 kishinigina nazarda tutayabman) Qayerga bormay men ham esdalik sovg’a olishga harakat qilaman, ular ham. *Sovg’a uchun rahmat Ilhomaka!
Albatta bir kuni Yaponiyadan turib rasm ulashaman sizlarga;)

Koreyadagilarga (chet eldagilar) ga tegishli; Ba’zida Koreyslarni bizga qilayotgan munosabati adolatsizdek tuyuladi. Men chet ellik bo’lganim uchun, yoki Musulmon bo’lganim uchun shunday munosabatda bo’layabdimikan deb o’ylab qolasan kishi.. Ammo, bugun o’xshash masalada bir Koreys tanishim bilan suxbatlashdim. Aynan o’sha adolatsiz munosabat sengagina bo’layabdimi yoki qolganlarga ham o’xshashmi? - deb savol berdi. Javob berishga ikkilandim.. U bo’lsa gapida davom etdi, agar faqatgina senga shunday munosabat qilsa albatta qarshi reaksiya bildirishing kerak. Ammo hammaga shunday munosabat qilsa demak u odamni tabiati (xarakter) i shundaydur? Nima deb o’ylaysan aytganing bilan u o’zgaradimi? Men suxbatlashgan kishi yoshi kattaroq odam edi. U insonlarni boricha qabul qilish ba’zida insonni o’ziga foyda ekanligini ta’kidladi. Lekin men aksariyat gapini ma’qullagan bo’lsam ham, ba’zi qismlariga qo’shilishni xohlamadim. Shu sabab ham bir kitob sotib oldim. Iloji boricha bu hafta yakunlab, taqriz yozishga harakat qilaman. Kitobda, toksik odamlarga qanday munosabat qilish, chiroyli “yedirish” kabi ma’lumotlar bor. *kitob nomini taqriz payti aytaman. Sababi hali tavsiya qilishga arziydimi yo’qmi bilmayman.

Bugun bir mavzuda suxbatlashdik. CRISPR haqida edi. (Gen muhandislik texnologiyasi, “Gene editing”) Azaldan qiziqtirgan bu mavzu bo’yicha kichkina ma’lumot darsi o’tish meni navbatim edi. Shu sabab: 1. Avvalgi sotib olgan kitoblarimni qayta varroqladim. (2018-yil ham o’rgangan edik) 2. Insonlardagi tajriba ma’qolalarini o’qib chiqdim. 3. O’simliklar borasidagi tajribani mutahassis akadan so’radim. 4. Hayvonlar borasida esa, Minisota professori emailiga bir necha savollar bilan murojat qildim. 5. Umumlashtirib, CRISPR sohasida o’qib hamda ishlayotgan yuqori kurs akadan bir necha ma’lumotlar oldim. 6. Hammasini tushunarli bo’lishi uchun soddalashtirib, 40 daqiqalik prezentatsiya tayyorladim. O’zbek tilida prezentatsiya qilish gashti boshqacha. O’z fikringizni ona tilingizda ifoda qilish ham bir baxt aslida;)

Koreyscha Ingliz tili bu-Konglish Agar siz Kompaniyamiz bo’lim boshlig’i Ingliz tilisini tushunsangiz, demak siz “lyuboy” shevadagi Inglizchani tushuna olasiz. U kishi Inglizchani “saqich chaynayotgandek” yeb yuboradi. Kamiga o’ziga ishongan holda gapiradi. Grammatikani ishlatish yo’q, so’zlarni o’zini tanlab qandaydur tovushlar bilan ulab ketadi. Hozir ham bir professor darsidaman. Bir gap bilan boshlagan edi, biroz o’ylanib qoldim… (nima dedi hozir deb?).. keyin Koreyscha o’ylab qarasam javobini topdim. “It’s other case” ni Professor “ij oje keji” deb tallafuz qila boshladi. Qo’limdagi kofeni uloqtirsamda;)🤔 @Elyorbilan
Qulog’imni qonatayabdi…

2024 - Quiz on Korea Ushbu bellashuvda yana bir O’zbekistonlik Vatandoshimiz yutganini ko’rib - Koreys tilida O’zbekistonliklar haqiqatda kuchli degan xulosamni yana bir bor tasdiqlayabman.
*2022-yil ham O’zbekistonlik vatandoshimiz Sadulla aka g’alab qozongan edi.
Yashavor Mohira, yumshoq qilib aytganda “yanchib” tashlading🏆 Siz ham ko’rishingizni tavsiya qilaman. Izohlarda Mohirani tabriklab qo’ysangizlar yanada foydali bo’ladi. 🎉 @Elyorbilan Link: https://youtu.be/hila_aGnUL0?si=0iW5P1SeMQUmFcjb

Gapida jon bor. Agar o’ta yaqin bo’lmasangiz, o’zi aytmagunicha birovdan maoshini so’rash odobdan sanalmaydur:)
Gapida jon bor. Agar o’ta yaqin bo’lmasangiz, o’zi aytmagunicha birovdan maoshini so’rash odobdan sanalmaydur:)

Ona-tilim 21-Oktabr Bugun O’zbek tili Davlat tili deb e’lon qilinganligiga mana 35 yil to’ldi. O’zbek tilimiz (Turkiy) doimo o’zligini saqlab qolishiga umid bildirgan holda, ushu misralarni yozib qoldiraman: Ona tilim – necha asrlar, Kurashida yenggan polvonim. Necha ajdod, necha nasllar, Suyib o‘tgan turkiy zabonim. “Muallif esda yo’q”