ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 062
订阅者
-124 小时
+47
+730
帖子存档
Repost from PSIXOEKSPERIMENT
Bugun biroz aql o'rgatmoqchiman. Xullas, hayotingiz davomida quyidagi 3 ta qoidaga amal qilishga harakat qiling. O'zim ham iloji boricha xar doim shu qoidalarga ergashishga harakat qilaman. Bu qoidalarni balki avval ham eshitgandirsiz, lekin bu postda nega shunday qilinishi lozimligini ilmiy asosini ham keltirib o'taman: 1️⃣Hech qachon jahlingiz chiqqan paytda javob bermang. G‘azab holatida miyaning hissiy qismi — amigdala faol bo‘ladi, bu esa frontal korteks (ya’ni, mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish uchun mas’ul miya qismi)ni vaqtincha "bloklab" qo‘yadi. Bu holatda odam ko‘proq impulsiv (ya’ni, o‘ylamay) javob beradi. 🔖 Ilmiy asos: Baumeister & Vohs (2004) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hissiy holatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish susayadi. “Amygdala hijack” atamasi (Daniel Goleman, 1995) bu holatni tushuntiradi: kuchli g‘azab miya nazorat markazini bosib, fikrlashni buzadi. 2️⃣Hech qachon xursand bo‘lganingizda va'da bermang Haddan tashqari quvonch holatida odamlar xavfni baholash qobiliyatini yo‘qotishi va reallikdan ko‘ra ko‘proq optimistik qarorlar qabul qilishi mumkin. 🔖 Ilmiy asos: Positive affect bias — odam kayfiyati yaxshi bo‘lganida voqealarni haddan tashqari ijobiy qabul qiladi (Isen, 2000). Bu holatda dopamin gormoni ko‘p ajraladi, bu esa "bajarish oson" degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi, natijada odam bo‘lar-bo‘lmas va’dalar beradi. 3️⃣Hech qachon xafa bo‘lganingizda qaror qabul qilmang Depressiv yoki g‘amgin holatlarda odamda o‘ziga nisbatan past baho, umidsizlik va real bo‘lmagan salbiy fikrlar paydo bo‘ladi. Bunday holatda qabul qilingan qarorlar ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. 🔖 Ilmiy asos: Beck’s Cognitive Triad (Aaron T. Beck, 1967)ga ko‘ra, depressiya holatidagi odamlar o‘zlari, kelajagi va atrofdagilar haqida salbiy fikrlashadi. Bu esa qaror qabul qilishda kognitiv buzilishlarga olib keladi (ya’ni, haqiqatni noto‘g‘ri qabul qilinadi). Hayotimizda ko‘p narsa qanday holatda qaror qabul qilganimizga bog‘liq. Shuning uchun g‘azab – jim turishni, quvonch – kutishni, g‘am esa – sabrni talab qiladi. PSIXOEKSPERIMENT

Orqangda kim turibdi? Deb aytishsa, ana endi bemalol O’zbekiston deya olsam kerak 😁 Ramziy ma’noda rasmga ham ega bo’ldim. Y
+1
Orqangda kim turibdi? Deb aytishsa, ana endi bemalol O’zbekiston deya olsam kerak 😁 Ramziy ma’noda rasmga ham ega bo’ldim. Yoshlar forumi ajoyib o’tdi. Forumdan palovxon to’ragacha! @Elyorbilan

Vakansiya Assalomu alaykum! Bir koreys tanishimning iltimosiga binoan yozayotgandim. Seul 역삼역 (Yeoksam Station) atrofida joylashgan kosmetika eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniya rus va koreys tillarida mukammal so‘zlasha oladigan xodim qidirmoqda. Ish haqida batafsil ma‘lumotni quyidagi post orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin. Mabodo qiziqqanlar bo'lsa manga aloqaga chiqsalaringiz, korxonadagi xodim bilan bog'lanish uchun kontaktlarni beraman. @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

Vakansiya: Quality Assurance (QA) Engineer Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi Talab qilinadigan ko‘nikmalar: - 3 yildan ortiq ish tajribasi QA yo‘nalishida - Mahsulot va jarayon sifatini ta’minlash bo‘yicha nazariy bilimlar - Test jarayonlarini rejalashtirish, o‘tkazish va hujjatlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba - AI (Sun’iy intellekt) yordamida QA faoliyatini baholash bo‘yicha tushuncha yoki tajriba (afzal) - Bug-tracking tizimlarida ishlash (JIRA, TestRail va boshqalar) - Jamoaviy ishlash, tahliliy fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmalari Aloqa ko‘nikmalari: - Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar) Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi: n.berdiqobilov@outsource.gov.uz @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

Vakansiya: Software Engineer Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi Talab qilinadigan ko‘nikmalar: - 3 yildan oshiq tajriba - Biror yo‘nalish bo‘yicha chuqur tajriba (mobil ilovalar, backend yoki frontend dasturlash) - Git/GitHub yordamida versiyalarni boshqarish - Jamoa bilan ishlash, kodni ko‘rib chiqish (code review) va muhokama qilish tajribasi - Agile/Scrum muhitida ishlash tajribasi (afzal) Aloqa ko‘nikmalari: - Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar) Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi: n.berdiqobilov@outsource.gov.uz @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

O’rnak bo’lsin. 2mln won - 1500$ (taxminan)
O’rnak bo’lsin. 2mln won - 1500$ (taxminan)

Yangi viza? E-7-Y 🇰🇷 Koreyada bir qarashni juda yomon ko’raman. Aksariyat Koreyslar chet elliklarga arzon ishchi kuchi sifa
Yangi viza? E-7-Y 🇰🇷 Koreyada bir qarashni juda yomon ko’raman. Aksariyat Koreyslar chet elliklarga arzon ishchi kuchi sifatida qaraydi. Quyidagi yangilik ham buni tasdiqlayabdi. Nimamush, kollejni (yuqori maktab) bitiriboq, ishchi viza qilib berish tizimi ekan. Ahmoq ham biladiku, Koreysdan ko’ra chet elliklar Koreya universitetlariga osonroq o’qishga qabul qilinishini. Qog’ozga o’rab, yo’q sen oliygohga kirma, mana senga ishlash vizasi, ferma yoki dalaga chiq degandek tuyuldi. Juda achinarli aslida bu. Keyin aholi kam hudduda yashasa, F2-R ga o’zgartirib berishar ekan. Bu viza haqida aytmasam ham tushunchaga egasiz deb o’ylayman. 🇰🇷Koreyada yangi VIZA turi paydo bo'ldi... E-7-Y Vizasi Tarixi Boshlanmoqda! E-7-Y — bu Koreya hukumati tomonidan 2024-yil mart oyida joriy etilgan ishchi vizaning yangi turi bo‘lib, o‘rta maktab diplomiga ega bo‘lgan migrant yoshlar uchun mo‘ljallangan. Bu viza Koreyada ulg‘aygan, lekin oliy o‘quv yurtiga kirishga imkoniyati bo‘lmagan immigrant o‘quvchilarga ish topish va mamlakatda qonuniy yashash imkonini beradi. Batafsil o'qish Manba: uzbek_students_korea @Elyorbilan #viza@Elyorbilan

📌 Ha aytgancha, qiziqarli savol bergan yoki meni savolimga javob bergan insonlarga bir necha sovg’alar olib boraman.

- Shanba kuni vaqtingizni ajratib kelganingizga yarasha, men ham bir necha hafta qo’shimcha izlandim. - Bir necha HR xodimlar, Chet ellikni ishga olmoqchi bo’lgan CEO va Chairman lar, shuningdek Tajribali Chet elliklar bilan kofe ustida yoki online fikr almashdik. *Men asosan ularni eshitdim. - Darslikni update qilib, shanba kungi forumda ulashaman. Videoga alohida yozib olinmaydi. - Forum payti, 10 ga yaqin ish e’lonlarini birga ko’rib chiqamiz. Ularga o’zi kimlar kerak? Qanday topshirsa e’tiborni torta oladi? Va albatta Kompaniyada yashab qolishgacha bo’lgan “mashaqqatli” yo’llarni tushuntirib beraman. Elchixonada ko’rishguncha!
Yuqoridagi postda ro’yxatdan o’tish uchun link qoldirilgan.
@Elyorbilan

Repost from WAYU Korea
📣 KOREYADAGI O‘ZBEK YOSHLARI FORUMI – 2-QISM Ish Topish, Intervyu va Ishdagi Muvaffaqiyat 🗓 28-iyun (shanba) 📍 O'zbekiston
📣 KOREYADAGI O‘ZBEK YOSHLARI FORUMI – 2-QISM Ish Topish, Intervyu va Ishdagi Muvaffaqiyat 🗓 28-iyun (shanba) 📍 O'zbekiston Elchixonasi | 서울 종로구 운니동 1 🕑 Vaqt: 14:00 – 17:00 Forumimizning ikkinchi qismi Haksenguz jamiyati tashabbusi bilan – "Yuksalishga Yo‘l" deb nomlangan netvorking uchrashuvi bo‘lib, bu safar Koreyada ish topish, intervyu jarayonlari va ish joyidagi muvaffaqiyat mavzulariga bag‘ishlanadi! 🎤 Mehmon-spiker: Elyor Nurdinov – Senior specialist, CAVAC (vaksina kompaniyasi) Mavzu: “Kompaniya muhitiga moslashish kerakmi?” Uchrashuv davomida sizni kutadiganlar: - CV va rezyume yozish bo‘yicha foydali tavsiyalar - Ishga kirish intervyulariga tayyorgarlik - Kompaniya madaniyatiga moslashish bo‘yicha amaliy maslahatlar - Soha vakillari bilan tanishuv va networking - Savol-javoblar va real tajriba asosida maslahatlar 🍛 Forum davomida o‘zbekcha osh va ichimliklar bilan mehmon qilamiz. 👥 Joylarimiz yetarlicha – do‘stlaringizni ham olib keling! 📌 Ro‘yxatdan o‘tish (majburiy): https://forms.gle/wiYVg1sWxjXNm3bp9 📌 Eslatma: Bu forumning 2-qismi bo‘lib, soat 10:00 dan 12:40ga qadar IT haqida suhbatlashiladi (oldingi postlarda). Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Saramin - Marketing sohasi vakillari uchun ish - Koreyada Fintechda marketing bo’yicha CIS hududiga qaraydigan xodim izlashayabdi. Talab va qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin. Tip 📌 SMM sohasida qilgan ishlaringiz yoki marketing ga oid Portfolio bo’lsa albatta belgilab ko’rsatib o’ting. Online va offline marketing qila olishingizni va odamlar bilan suxbatlashish yoqishini ham bildirishga harakat qiling (albatta shunday bo’lsa). @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

Ayniqsa bizning shahar Daejeonda. Birgina kichkina hududida bir necha O’zbeklarimiz shu muammo sabab qamoqda. Kattalari esa allaqachon “survorgan”

Judayam g'alati ishlar bo'lyapti birodarlar.🤔 Kartasida noqonuniy pul aylantirgan ko'p bollarni politsiya ushlab, qamoqqa olib kirib tashlayapti.Kartasida qancha pul aylanganidan qat'i nazar hammasi ketyapti.Qing'ir ishi qiyig'i qachondir chiqadi. Oson pul topaman deb, kartasidan millionlab pullarni aylantirib bergan bollar hammasi bitta-bitta qamoqqa ravona qilinyapti. Ko'pchiligi bu pullar qayerdan kelgani bilmasdan, ma'lum bir pul evaziga bank kartasini pulni aylantirib, jinoyatga sherik bo'lyapti. Iltimos, akalar-ukalar, oson pul topaman deb hayotizni barbod qilmanglar.

So‘nggi paytlarda ba’zi talabalar va ishchi vizadagilar “oson pul topaman” degan niyatda o‘zlarini jinoyatga sherik qilib qo‘
So‘nggi paytlarda ba’zi talabalar va ishchi vizadagilar “oson pul topaman” degan niyatda o‘zlarini jinoyatga sherik qilib qo‘yishmoqda. Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “hisob raqamingdan pul o‘tkazamiz, senga hech narsa bo‘lmaydi, faqat o‘tkazib berasan, evaziga foiz olasan” degan takliflar juda ko‘paygan. Ko‘pchilik bunga rozi bo‘lib, o‘zining bank kartasini (masalan, TossBank, Hanabank,vahakazo) berib qo‘ygan.Yoki noma'lum pullarni qabul qilib,(pul so'mmasi judayam katta 300-400mln won)boshqa odamga o'tkazib berishgan.Keyin esa hisob raqamiga kelgan pullarni boshqa joyga o‘tkazib bergan va buning evaziga pul olgan. Biroq bu yordam emas — jinoyatga sheriklik hisoblanadi. Ayni paytda shunday holatga tushgan 6-7nafar bola hozirda qamoqqa olingan. Ular firibgarlik (사기) jinoyatiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Koreyada bu juda jiddiy jinoyat hisoblanadi.Agar siz o‘z bank kartangizni firibgarlar uchun ishlatishga bersangiz yoki o‘zingiz orqali o‘tkazilgan pullarning firibgarlik bilan bog‘liqligini bilmasangiz ham — baribir siz jinoyat sherigi bo‘lib hisoblanasiz. Koreyada bunday jinoyatlar uchun quyidagi jazolar mavjud: 5 yilgacha qamoq yoki katta miqdorda jarima (15–30 million vona gacha).Moliyaviy jinoyat deb ro‘yxatga olinadi va vizangiz, kelajagingiz xavf ostiga tushadi. Katta ehtimol bilan deportatsiya bo'lib ketasiz. Shuning uchun hech qachon o‘z nomingizdagi hisob raqamni boshqa odamga bermang.Begona shaxsdan kelgan pulni ham boshqa birovlarga o'tkazib ham bermang.“Faqat pul o‘tkazganman”,"men ularni tanimas edim" degan gaplar ham sizni qutqarmaydi.Sudda bu ishlar “bilmaganman” degan gap bilan yopilmaydi.Oson pul topish— ko‘pincha og‘ir jazoga olib keladi. Bir daqiqalik foyda uchun butun kelajagingizni xavf ostiga qo‘ymang.Firibgarlik ortidan topilgan pullar evaziga ma'lum bir muddat o'zizni baxtli his qilishingiz mumkin, lekin bu baxt uzoqqa bormaydi.Undan ko'ra aqlizni ishlatib, o'qing, ITni o'rganing, chalg'imasdan zavodizda ishlang, arbaytga chiqing. Yomg'ir sezon boshlanish arafasida bu postni ulashib qo'yay, ish yo'q deb har xil yo'llarga kirib ketib qolmanglar yana.😬 @ganiev_tarjimon

Koreyada yangi hukumatda vazirlar tayinlanishi boshlandi. Diqqatimni Fan va texnologiyalar vaziri lavozimiga LG kompaniyasini
Koreyada yangi hukumatda vazirlar tayinlanishi boshlandi. Diqqatimni Fan va texnologiyalar vaziri lavozimiga LG kompaniyasining sun’iy intellekt tadqiqot markazi rahbari Bae Kyung-hoon, Kichik va o‘rta biznes vazirligiga esa sobiq Naver bosh direktori Han Seong-sook nomzod qilib ko‘rsatilgani tortdi. Yangiliklarga ko‘ra, bu safargi tayinlovlar oldingilaridan ancha farq qilmoqda. Nomzodlar yoshi yoki lavozim darajasiga qaramay, ularning tajribasi va sohaga chuqur bilimi asosida tanlanmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida, yaqinda Prezidentlik idorasida yangi tashkil etilgan AI kelajakni rejalashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimida Milliy AI siyosati kotibi etib KAIST unversiteti professori Kim Woo-chang tayinlangandi. "Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin" deb shuni aytishsa kerak. Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

Kechagina Eron va “isroil” urushini tahlil qilayotib, agar AQSH Eronga hujum qilsa (hatto yadro obyektlariga) vaziyat izdan c
+2
Kechagina Eron va “isroil” urushini tahlil qilayotib, agar AQSH Eronga hujum qilsa (hatto yadro obyektlariga) vaziyat izdan chiqishini taxmin qilgan edik. Bunga javoban Eron Hormuz bo’g’ozini yopishi va iqtisodiy qiyinchilik kelib chiqishini ham aytgan edik. Bir necha soat avval huddi shunday bo’lib chiqdi. AQSH Eronning 3 ta yadro obyektlariga hujum qilganini aytdi. Eron esa bir necha daqiqa oldin rasman Hormuz bo’g’ozini bloklab qo’ydi. Arab davlatlarini asosiy nefti aynan shu bog’ozdan o’tar edi. Dunyoning 20% nefti degani. Ana endi Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreyada neft importi muammoga duch keladi. Nimalar narxi oshishini taxmin qilayotgandursiz… Bu habarni faqat Eron berdi, qolgan davlatlar tasdiqlaganicha yo’q. Yaman rasman urushga kirganini bildirdi. Pokiston hozircha reaksiya bildirganicha yo’q. Eron endi isroil va AQSH ga qarshi urish e’lon qildi. AQSH ning bu harakatini hali Kongress tasdiqlashga ulgurmagan ham edi. Trupm 2 hafta o’ylab ko’raman degani, bu shunchaki chalg’itish ekan. Urush kattalashib ketishi oydinlashib bormoqda, afsus. @Elyorbilan #siyosiytahlil@Elyorbilan

“Masson” lar bilan bugungi qurultoy offline tarzida o’tdi. SNU da ta’lim oladigan Islom aka, fakultetlari binosida hozirgi ak
+5
“Masson” lar bilan bugungi qurultoy offline tarzida o’tdi. SNU da ta’lim oladigan Islom aka, fakultetlari binosida hozirgi aktual Eron va “isroil” urushini muhomaka qildik. Kutubxonani kezayotib, ochiq eshiklar kuniga kelgan yoshlarga ko’zim tushdi. Men ham O’zbekistonda litseyimga shunday borgan edim.. Kechga esa shtab kvartira bo’lmish, Lazzatda oshlashdik. @Elyorbilan

Scooter da ketayotib, ha qancha ekan? deb so’rashga biroz to’xtadim. Nima uchun chegirma qilayabsiz desam, pul kerak “srochna
Scooter da ketayotib, ha qancha ekan? deb so’rashga biroz to’xtadim. Nima uchun chegirma qilayabsiz desam, pul kerak “srochna” shunga deydi. Keyin google map da yon-atrofni qarasam 100 metr yaqinda timsohlar fermasi joylashgan ekan… Sotib olmasam ham narxiga qiziqdim, O’zbekmanku axir necha pul deb so’rashim kerak 😁 P.s: Rasm Langkawi da olingan.

Mirzobek yozmoqdalar: Assalomu alaykum. Bugundan InLEX (International Land, Infrastructure, and Logistics Exhibition) ko'rgaz
Mirzobek yozmoqdalar: Assalomu alaykum. Bugundan InLEX (International Land, Infrastructure, and Logistics Exhibition) ko'rgazmasi boshlandi. Juma kunigacha bo'ladi. Manzil DCC (Daejeon Convension Center). Soat 9:30 dan 17:00 gacha. Kirishda registratsiya qilib kiriladi. Hamma kira oladi. Ko'rgazmada asosan Robot, AI, Space, 3D printing, Drone va Defense sohalaridan kompaniyalar texnologiyalarini ko'rsatadi. Vaqt bo'lganda, ko'rgazmaga borib, yangi texnologiyalarni ko'rib qaytish foydadan holi emas. Ayniqsa, hozirgi kunda bir qancha davlatlar urushib turganda, nega biz hali ham kuchlimasmiz deymizku. Ko'rgazmada, urushayotgan ba'zi-bir davlatlarda ishlatilayotgan texnikalarni ham ko'rsa, ma'lumot olsa bo'ladi. A36 booth ga ham to'xtab o'ting:) @Elyorbilan #ko’rgazma@Elyorbilan