ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 108
订阅者
+124 小时
-37 天
无数据30 天
帖子存档
Inson qadri haqida Bugun Kompaniya bilan kechki ovqat payti ishxonamizda mendan avval amaliyot qilib ketgan qiz haqida eslashdi. Ham O’zbekistonlik bo’lganini, hali u qizchalik Koreys tilida ravon gapira oladigan chet ellikni uchratishmaganini yana bir bor aytishdi. Haqiqatda Koreyschada mendan ancha ravon gapirishini bilaman axir 선배 bo’ladiku menga:) Shu O’zbekistonlik qiz sabab meni ham umuman cho’chimay olishganini va O’zbeklar ancha moslashuvchan ekanligini ta’kidlashdi. Bugun muhim taqdimot bo’ldi, faqatgina menga - Koreyslarga taklif qilinmagan imkoniyat qilib berishligi mumkinlini aytishdi. Siz o’zingizni “kompaniya uchun” qanchalik muxim shaxs ekanligingizni gapda emas, raqamlar va natijada ko’rsatib bersangizgina nima desangiz ham ko’nishligiga amin bo’ldim. Keyinchalik boshqa ishga ketsam ham shu avval ishlagan O’zbekistonlik kabi iliq fikrlar bilan eslashsa ajab emas. U qizni to’yi munosabati bilan men orqali tabriklab yuborishni iltimos ham qilishdi. Siz ham menimcha ko’rgandirsiz, Subyektivda Koreya sonida chiqgan Sarvinoz haqida edi gap.

Repost from N/a
Kutuvlarni kamaytirish, hayotingizdagi kichik o'zgarishlarni ham quvonch bilan qabul qilishga sabab bo'ladi. #eslatma

Repost from WAYU Korea
O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" ASARI KOREYS TILIDA NASHR ETILDI! O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning mas
O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" ASARI KOREYS TILIDA NASHR ETILDI! O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning mashhur "Dunyoning ishlari" asari koreys tiliga tarjima qilinib, Koreyada 『세상의 모든 일들』 nomi bilan nashr etildi. Asar yozuvchining onasi haqidagi xotiralariga asoslangan. Unda oddiy hayot voqealari, oilaviy munosabatlar va ona siymosi orqali mehr-oqibat, sabr, fidoyilik, ayriliq va xotira kabi umuminsoniy mavzular yoritilgan. Ota-onaga hurmat va farzandlik burchi mavzusi koreys madaniyatidagi 효(孝) tushunchasiga ham juda yaqin hisoblanadi. O'tkir Hoshimov asarlari ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Endi "Dunyoning ishlari" asarini o'zbek tilidan koreys tiliga to'g'ridan-to'g'ri Hankuk xorijiy tillar universiteti professori Abduxalilova Nargiza, Li Ji Eun (이지은) va Kalanova Dilnoza tarjima qilishdi. Vatandoshlarimizning bu mehnatlari xayrli va barakali bo'lsin! Shuningdek, asar haqida koreys tilida ilmiy maqola ham chop etildi: 「오트키르 허시모프의 『세상의 모든 일들』 연구」 (『에듀테인먼트연구』, 8-jild, 4-son, 2026-yil). Koreyalik tanishlaringizga kitob haqida ma'lumot bermoqchi bo'lsangiz, shu maqoladan foydalanishingiz mumkin. Koreyalik tanishlarimizga ham bu kitobni tavsiya qilib, ularni o'zbek adabiyoti va xalqimizning boy ma'naviy dunyosi bilan tanishtirsak, manfaatli ish bo'lar edi! • Kitobni sotib olish: https://product.kyobobook.co.kr/detail/S000221431879 • Ilmiy maqola (연구자료): http://www.koedus.com/html/sub0306.html?pageNm=article&journal=1&code=491092&issue=37452&Page=5&year=2026&searchType=&searchValue= Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn

So’rovnoma! Sayohat listi bo’yicha
Anonymous voting

Anti Reklama haqida Reklama qilamiz deb brendlar bloggerlar orqali piar yoki reklama olishadi. Ammo marketolog PM saviyasi past bo’lsa, o’z qarashidan kelib chiqib shu saviyadagi bloggerni ishga yollaydi. Kecha ham bir tuturig’i yo’q blogger - men doimo tavsiya qiladigan joy bilan birga reklama blogi ishlabdi. Afsus, endi men u brenddan umuman foydalanmayman, va tavsiya ham qilmayman. Sizlarda ham shunday holat bo’ladimi? Misol uchun men azaldan kirmaydigan Seuldagi Vodiy oshxona bor. (Ahmoq bloggerga reklamani ishongani uchun) Kecha shu safga yana bir xizmat ko’rsatish brendi qo’shildi.

Koreya va Koreys tiliga qiziquvchilar uchun post! Yaqin ukamiz post qo’ygan ekanlar, kirib o’rganib ko’rsam haqiqatda ma’lumo
+1
Koreya va Koreys tiliga qiziquvchilar uchun post! Yaqin ukamiz post qo’ygan ekanlar, kirib o’rganib ko’rsam haqiqatda ma’lumotlar turli tuman. Ushbu sayt orqali yuqorida rasmdagi foydali ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Tilga, Madaniyatga yoki o’qishgami hammasi mujassam. Men hozirgacha kuzatganlarim ichida Topik dan yuqori ball olib, GKS yoki boshqa grantni qo’lga kiritgandan so’ng KIIP ni yakunlab olsa, juda kuchli va chidamkor kadr bo’lib yetishar ekan. Bularning hammasi vosita o’laroq xizmat qiladi. Kamiga TOP univerlar ro’yxati, qaysi grantlargacha hamkorlik qilishi ko’rsatilgan. Ana endi, qaysi univerga topshiraykin yoki “agentsvo” ga murojat qilib faqat soqqa qiladigan univerga topshiraymikanni bemalol o’zingiz hal qila olasiz. Yashang Abdumalik! Siz sabab qancha inson foyda oladigan bo’ldi, xoh u O’zbek bo’lsin xoh boshqa millat. Sababi mos tilni tanlab o’rganaverasiz va ustingizda shug’ullanasiz. Saytdan ro’yxatdan o’tishni unutmang: moonlearn.org @Elyorbilan

Bayrog’imiz aks etgan Namsan Towerni ko’rishni istaydi bu ko’ngil. Seuldagilarga mazza:)
Bayrog’imiz aks etgan Namsan Towerni ko’rishni istaydi bu ko’ngil. Seuldagilarga mazza:)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan 13-16
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan 13-16-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — По приглашению Президента Республики Корея Ли Чжэ Мёна Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 13-16 сентября посетит эту страну с государственным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Koreya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1. Yosh bolalar bilan uchayotgan onalarga duch kelsangiz albatta yordam bering. - Yuki bo’lsa ko’tarishga - Kalyaskani olib o
1. Yosh bolalar bilan uchayotgan onalarga duch kelsangiz albatta yordam bering. - Yuki bo’lsa ko’tarishga - Kalyaskani olib o’tishga - Navbatsiz o’tishga, agar ilojisi bo’lsa 2. Yoshi katta Ota-onalar uchayotganda, sababi ko’pchiligi ilk bor kelayotgan bo’ladi Koreyaga - Yuklarni olib o’tishga - Airportda yo’l yo’riq ko’rsatishga - Deklaratsiya to’ldirishda - Uchoq qo’ngandan so’ng immigratsiyadan o’tishda va tashqarida kutayotgan farzandi bilan ko’rishishgacha bo’lgan vaqtda birga bo’lishga - Iloji bo’lsa kutayotgan odam bilan telefon orqali bog’lab berish Men bularni nimaga yozayabman? Ko’p bora safar qilganimda har safar duch kelaman shunday holatga. Ba’zilar aytadi, yukni kamroq olsin o’ziga yengil bo’ladi deb. Tog’ri ammo ona baribir onada. Shu O’zbekistondagi narsalarni farzandim yesin deb og’ir bo’lsa ham olib ketishga harakat qiladi. Sizning ozgina kaloriyalik energiyangiz va 5 daqiqangiz sabab kimlardur ancha yengil tortib, safari ko’ngildagidek o’tishini unutmang. Albatta Alloh ham ajringizni o’zi bilib beradi. Boshlagan kuningiz hayrli bo’lsin. @Elyorbilan

Bizda g’alati bor odat bor. O’zbekistonda chet ellikni ko’rdikmi bo’ldi, ruscha gapirishga harakat qilinadi. Chet ellik ruscha biladimi yoki yo’q, umuman ishimiz yo’q:) Bo’lganimiz shuda dersiz? Ammo bu juda kulguli holat. Dunyo Rustilida gaplashmaydi. Chet elliklar ham ana bular ruscha gapirar ekan deb keyinchalik O’zbekistonga ko’chib kelsa ham rus tilini o’rganadi O’zbekchani emas. Shaxsan menga umuman farqi yo’q, O’zbekistondamanmi O’zbekchani bosaman, men bosmasam kim gapiradi? Agar chet ellik bo’lsa Ingliz tili bor ana. Bu safar O’zbekistonga bo’lgan safarimda qiyidagi 2 ta holatga duch keldik. 1. Novikov da ovqatlanayotib, bizga xizmat ko’rsatadigan xodim rus tilida gapirar ekan. Men esa tikkasiga O’zbekcha gapiraverdim, u bo’lsa “chuchut” tushunaman deb mensimagandek bo’ldi. Taomlanib bo’lgach to’lovni qildim. Rusiy zabon “girgitton” esa “Tip” bering degandek qildi. Ammo men O’zbek tilida gapira olmaydigan xodimga beradigan ortiqcha pulim yo’q deya chiqib ketdim. 2. Risoviy bozorda Koreys hamkasbim bilan bozor qilayotgandik. Sotuvchi O’zbekcha gapirayotib, Koreysliyini bilgandan keyin sekin ruschaga o’tdi. Keyin men sotuvchiga qarab, u Rus tilini tushunmaydi gapirsangiz ana Ingliz tilida gapiring dedim. Indamadi va keyin yana O’zbekcha gapirishda davom etdi:) Shunday gaplar azizlar! Tilga e’tibor elga e’tibordir. @Elyorbilan

Eng yoqimli parvoz qanday bilasizmi? Ekonom class da uchsangiz: 1. Omadingiz kelib yon o’rindiq bo’sh qolsa (yonimdagi 2 ta o’rindiq bo’sh payti ham bo’lgan) 2. Hamma elektron qurilmalar to’liq quvvatda bo’lishi. 3. O’zingiz yoqtirgan kino yoki serialni Netflixdan avval “skachat” qilib qo’yish 4. Bolalar yeg’isi yoki shovqinda yordam beradigan “noise cancelling AirPods”, earplugs 5. Yoningizda yoki orqa o’rindiqda farosatli kishi o’tirishi. (Xidlanadigan yoki oyog’iga erk beradigan odam bo’lsa pishdingiz 🥲) 6. Yuk qo’yadigan joyingiz bo’sh bo’lsa. (Bizning piznesmenlarning dastidan sizning haqqingiz bo’lgan joy band qilib qo’yiladi) Hozircha eng noqulay uchish O’zbekistonga bo’lgan. Yondimda 150kg lik xidlangan odam, orqa o’rindiqda xalaqit qilaveradigan nosog’lom odam va bolalar yeg’isi bo’lgan. Kamida quloqchinim ishlamay qolib, skachat qilingan serialni ham ko’ra olmaganman. Hozircha omadli parvoz esa, Taylandga bo’lgan. Samayotning 2 etajiga chiqib, deyarli bo’sh uchoqda 3 ta o’rindiqni egallab oyoqni cho’zib yotganim kechagidek yodimda. @Elyorbilan

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin. 🇺🇿 Aslida oradagi sho’ro hukumatini hisoblamasak, mustaqil el bo’lganmiz.

Dashtobod, Jizzah 🇺🇿 Sirdaryoni kechib Jizzah Zomin tarafga otlandik. Qaytayotib, oy ham to’lishgan ekan, bir necha lahzala
+4
Dashtobod, Jizzah 🇺🇿 Sirdaryoni kechib Jizzah Zomin tarafga otlandik. Qaytayotib, oy ham to’lishgan ekan, bir necha lahzalarni sizlar bilan bo’lishgim keldi. @Elyorbilan

Assalomu alaykum! Sukut bu rozilik emas. Lekin sukut bu boshqalarga: "Mening muammoim yo'q" degani. Aslida esa muammolar bor va ko'p! Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k. 🔸 Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va takliflarni yig'dik, 🔸 Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik. 🔸 Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik. 🔥 Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz. 🤐 Bir imzo untiladi. ✍️ Ming imzo talabga aylanadi. ✊ O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi. "Koreya+Markaziy Osiyo" sammiti yaqinlashmoqda. Vaqt kam qoldi. Ushbu postga ilova qilgan xat (pdf fayl)ni o'qib chiqing. Qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi bot orqali imzo qo'ying: ➡️ https://t.me/birdamlikbot ⬅️ Imzolarni 23-avgustgacha yig'amiz. Keyin xatni yuboramiz. Koreyadagilarga ulashing. Maksimal repost qiling. 🙌 Bu safar sukut qilmang! #koreyadagilar #tarqating #muhim #birdamlik —————

#vacancy 💼 Assalomu Alaykum barchaga! 👨‍🎓 Magistr va PhD ni Koreada INTERNATIONAL BUSINESS sohasida tamomlagan va English Trackda dars bera oladigan (F2 or F5 vizalaridan biri bo'lgan) shaxsni 시간 강사 bo'yisha Namseoul Universitetiga ishga qabul ochiq. - Magistratura talabalariga dars beriladi. - Darsni English tilida bera bilishi kerak. Yuqoridagi talablarga mos nomzod bo`lsa, admin @iamfarkhod7 ga murojat qiling. Ish bo`yicha barcha qo'shimcha ma'lumotlarni Professorni o`zi bilan gaplashib, kelishb olishingiz mumkin. Katta raxmat. @uzofficemates 👨‍💻

Qanday tavsiya yoki maslahat bergan bo’lardingiz?
Qanday tavsiya yoki maslahat bergan bo’lardingiz?

Koreyada kuchuklarga bo’lga e’tibor haqida: 1. 2024 yilda Koreyada Pet (asosan kuchuk) kolyaskalari chaqaloqlar kalyaskalarid
+2
Koreyada kuchuklarga bo’lga e’tibor haqida: 1. 2024 yilda Koreyada Pet (asosan kuchuk) kolyaskalari chaqaloqlar kalyaskalaridan ko’proq sotilgan. 58/42 % bo’lgan nisbat. Narxi esa 75$-1,200$ gacha. Bu degani uy hayvoniga deyarli farzandidek qaraliyabdi. 2. Uy hayvonlari uchun shifoxona, mexmonxona, sartaroshxona, ko’ngilni ochish maskanlari va alohida sog’liq sug’urtalarigacha ajratilgan. 3. Kuchuk yoki mushuk qazo qilsa, alohida “janoza” marosimini ham tashkil qilishadi. Tanishim yaqinda 2 mln wonga o’tkazdi. 4. Bugun 16 avgustda ham shu rasmlarni olayotib, ularga nisabatan qarov, juda ko’p Davlatlardagi xalqga bo’lgan qarovidanda afzalligini sezdim. E’tibor bilan qarasangiz, kalyaskadagi kuchuk ventilatordan bahra olayabdi, yana biri taglik bilam shataloq otib yuribdi.. 5. Daisoni hamma bilsa keraga? O’sha yerda alohida Pet uchun qator qilinib, savdo yo’lga qo’yildi. 6. Bayram kunlari uy hayvonlariga hanbok (Koreya milliy kiyimi) ni kiyintirib fotossesiya ham qilishayabdi. 7. Kuchuk yoki mushuklar uchun premium kiyimlar, sumka va hokazolar savdo markazlarida to’lib ketgan. Men tog’ridan tog’ri shu sohada faoliyat olib boruvchi sifatida aytamanki, Koreya ham bemalol Yevropa Davlatlarichalik uy xayvonlari g’amxo’rligi bo’yicha yetakchi Davlatga aylandi. Ha aytgancha, Koreya farzand ko’rmaslik bo’yicha ham eng yuqori reytingda turganidan habaringiz bordir-a? Tavofut nima sababdan kelayotganiga yana bir misolni keltirdimda:) sabablari esa, aslida juda ko’p. @Elyorbilan

Inson qiyinchilikda toblanadi. Bir necha yil kuzatganlarim natijasini yozmoqchiman. 📝 Tasavvur qiling O’zbek Talaba Koreyaga keldi. Butun hayoti oldida, va uning Koreyadagi taqdiri asosan shu boshidagi 3-5 yilga bog’liq bo’ladi. 2 ta yo’ldan birini tanlash kerak odatda. 1 - Yo’l. O’qish davomida Koreys tili darajasini olish, KIIP ni olish, Volontyorlik qilish, o’z mutahasisligi bo’yicha izlanish va kerak bo’lsa tunda uhlamay shug’ullanish. Amaliyot o’tab keraklicha “background” tayyorlash. Agar moddiy ta’minoti yoki stipendiya bo’lmasa, ta’til vaqti yoki shu shanba yakshanba ishlab, yashashi va kontrakti uchun pul topish. Pul topildi deganda chet elga sayohat yoki “Instagram” bop joylarga boravermay o’ziga ozgina investitsiya qilish. Yoki qarz bilan kelgan bo’lsa avval qarzni uzish. (Borsin, ammo trendga ergashib ketmasin). O’qish vaqti kerak bo’lsa SNS lardan cheklansin. Mana shu uning kelajakdagi karyerasi poydevoriga aylanadi. 2 - Yo’l Koreyaga kelishi bilan, qanday fanlar o’qishiga ham qiziqmay, darslariga ham birovlarning yordami bilan registratsiya qilish. Dam vaqti “Tekpe” “alba” yoki “pedal” ga chiqib boshidagi 100$ dollarga qiziqib asosiy fokusni shu moddiyatga qaratib qo’yish. Boshqalarning nazdida (kerak bo’lsa o’zining nazdida ham), o’qish va ishni bir ma’romda olib ketayotgandek tuyilish. Ammo o’qish yakuniga kelgach, qaysi vizaga o’tish, endi qanday ish topish o’ylariga shong’iydi kishi. Tog’ri D10 payti ozgina “soqqa” qilib, mashina yoki kichik uy ham olish mumkindir. Ammo u viza ham yakunlangach O’zbekistonga qaytishga tog’ri keladi yoki master, PhD uchun hujjat topshiriladi. Aslida vizani cho’zishga urinish ekanligini deyarli hamma biladi. Jismoniy og’ir mehnatning oxiri yo’q, va uni ko’pchilik qadrlamaydi ham. 30-40 yoshdan o’tarsiz, kuchdan qolganingizda boshqa unday pul topish mumkin emasligini sezasiz. So’ngra, eh o’sha payt “ul bul” narsa qilib olsam bo’larkan deb afsus chekasiz. Xulosa: Ikkala yo’lda ham qiynalarsiz, ammo 1 - yo’lda qiyinchilik ketidan “doimiy” o’sish keladi. 2 chisida esa o’sayotgandek tuyulib keyin qulash ehtimoli yuqori. Agar ishga olib kirib qo’yadigan kurslar, mentorlarga ishonib qolsangiz keyini sal qiyin bo’ladi:) Ishga kirgandan keyin eplab ketish Koreyslardan ko’ra bizga qiyin. Bu jarayonda esa mentorni emas sizning qobiliyatingiz kerak bo’ladi. Bu qobiliyat, ko’nikmalar esa 1-2 oy ichida emas yillar davomida shakillanadi. Biroz achitib yozgan bo’lishim mumkin, nima qilay haqiqat o’zi shunaqa “shirin paxta” emas. Hurmat bilan, @Elgayor

Nimani taxmin qilib bo’lmaydi? Chiqadigan soliqni:) Yana soliqdan xat kelib turibdiyu🥲

Kecha do’kondagi ushbu rastani ko’rib Toshkentdagi Qo’yliq va Oloy va Sayram bozorlari yodimga tushdi. Yoshligimda bozorga bo
Kecha do’kondagi ushbu rastani ko’rib Toshkentdagi Qo’yliq va Oloy va Sayram bozorlari yodimga tushdi. Yoshligimda bozorga borishni yoqtirardim, narx borasida sotuvchilar bilan ancha tortishib olar edimda 😁 O’sha vaqtlar ham bir kishiga bitta “reshotka” tuxum va 1 ta yog’ kabi yozuvlarda turnaqator navbatlar bo’lardi. Kechagi do’konda ham shunga o’xshash yozuv, qayerga bormay Toshkentni yodga solayabdi. Shunung uchun ham Daejeon shahrida da uzoq yashayotgan bo’lsam kerak. Kuningiz hayrli o’tsin! @Elyorbilan