ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Machine Learning Lab.

Machine Learning Lab.

前往频道在 Telegram

Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲 YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012

显示更多
963
订阅者
+124 小时
-27 天
-430 天
帖子存档
Agritech4Uzbekistan Innovation Challenge uchun qisqa video lavha tayyorlashibdi. Quyidagi link orqali ko'rsa bo'ladi. https://youtu.be/op3zjnwRac0?feature=shared @machine_learning_lab

​​#tensorflow #pytorch Tensorflow vs Pytorch 💻ML engineerlari DL modellarini qurishda turli xil maxsus Framework-lardan foydalanishadi. Bulardan eng keng tarqalgani Tensorflow va Pytorch lardir. ❓O'z-o'zidan savol tug'iladi: Qaysi biri yaxshi? Yoki Qaysi birini tanlash kerak yangi o'rganuvchilar? Ushbu postda yuqoridagi savolga javob topishga harakat qilamiz. TensorFlow va PyTorch DL bilan bog'liq bir xil muhim vazifalarni bajaradi: ular ma'lumotlarni olishni, modellarni o'qitishni va bashorat qilishni osonlashtiradi. Yuzni tanib olishdan tortib katta til modellarigacha (Large Language Models (LLMs)) ko'plab neyron tarmoqlar TensorFlow yoki PyTorch yordamida kodlangan. Shunga qaramay, AI hamjamiyatida qaysi biri eng yaxshisiligi haqida hanuzgacha munozaralar davom etadi. 2015 yilda chiqarilgan TensorFlow birinchi bo'lib foydalanishga chiqarildi. U tijorat AI va mahsulotni ishlab chiqishda ustunlik qiladi, ammo ko'p foydalanuvchilar uning murakkabligidan shikoyat qiladilar. 2016-yilda chiqarilgan PyTorch ham o‘rganishga osonroq, ham amalga oshirish tezroq deb hisoblanadi. Bu akademiklar orasida sevimli va sanoatda tobora ommalashib bormoqda. Biroq, masshtablashda kurashayotgani ma'lum. Qaysi bibini tanlash kerak? TensorFlow hali ham sanoatda DL kutubxonasi hisoblanadi. Bu qisman inertsiyaga va qisman TensorFlow katta loyihalar va murakkab ish oqimlarini boshqarishda PyTorchga qaraganda yaxshiroq ekanligi bilan bog'liq. Tijoriy foydalanish uchun mo'ljallangan sun'iy intellekt mahsulotlari bilan ishlash qobiliyati uni mahsulotni ishlab chiqish uchun eng ommabob kutubxona qiladi. Agar siz DL-ni endigina o'rganishga kirishayotgan bo'lsangiz va tezda modellarni yaratish va prototiplashga e'tibor qaratmoqchi bo'lsangiz, PyTorch, ehtimol, yaxshiroq tanlovdir. Shuni yodda tutingki, ish talablaringiz va kompaniyangiz texnologiyasiga qarab bir kun TensorFlow-ni o'rganishingiz kerak bo'lishi mumkin (ayniqsa, orzuingizdagi ish TensorFlow uyi Googleda bo'lsa 😊😎). P.s: Xulosa o'zingizdan hohlaganingizni tanlashingiz mumkin 😊👍. @machine_learning_lab

PYTHONDA PROFESSIONAL PROGNOZLASH ONLAYN KURSI Kurs python yordamida ko`rsatkichlarning kelajakdagi qiymatlarini prognozlash
PYTHONDA PROFESSIONAL PROGNOZLASH ONLAYN KURSI Kurs python yordamida ko`rsatkichlarning kelajakdagi qiymatlarini prognozlash haqida. Kurs boshlanishi oldidan dasturlashga oid bilimlar talab qilinmaydi. Agar siz: 1. Professional faoliyatingizda turli ko`rsatkichlarning kelajakdagi qiymatlarini prognoz qilishga ehtiyoj sezayotgan bo`lsangiz; 2. Iqtisodiyot, biznes va menejment sohalarida ta`lim olayotgan va o`z “skill” lar arsenalini analitik va tahliliy bilimlar bilan boyitishni xohlayotgan talaba bo`lsangiz: 3. Ilmiy ishingiz natijasi ko`rsatkichlar prognozini o`z ichiga oladigan tadqiqotchi bo`lsangiz; 4. Yoki shunchaki professional prognozlashga qiziqsangiz. Bu kurs siz uchun. Kurs muallifi Janubiy Koreyaning Yonsei Universiteti doktoranti Tursunov Ulug`bek. Kursda o`rganiladigan O`zbekiston sanoati haqida kichik loyihalardan biri bilan tanishing Darslar rejasi va kurs narxi haqida batafsil ma`lumot bu yerda. Murojaat uchun telegram: @phdyonsei ,E-mail: ulugbek.tursunov@inbox.ru

​​Online vaqtda yuzni almashtirish mumkin bo’lgan loyiha! Yaxshi loyiha ekan! Link: https://www.fal.ai/camera @machine_learning_lab

⚠️Bugungi kunda juda kerakli bo'lgan website! “Agar kimdir sizning suratingizni sunʼiy intellekt yoki Photoshop yordamida hay
⚠️Bugungi kunda juda kerakli bo'lgan website! “Agar kimdir sizning suratingizni sunʼiy intellekt yoki Photoshop yordamida hayosiz surat yaratish uchun tahrir qilsa, siz 👉https://www.stopncii.org/ 👈 saytiga oʻtib, asl surat va tahrirlangan suratni yuborsangiz, u tahrirlangan suratni barcha saytlardan olib tashlaydi. Buning uchun hech kim bilan bevosita gaplashishingiz shart emas. Sizning shaxsingiz maxfiy qoladi. P.s: Yaqinlarga yuborib qo'ying foydali bo'ladi Insha Alloh. @machine_learning_lab

Magistratura hamda Ph.D. Bosqichlari uchun imkoniyat! Oramizda Aerospace engineer ga qiziquvchilar ham bo’lsa kerak. Albatda bu sohaga ham AI o’z ta’sirini o’tkazmay qolmagan! Ushbu sohada ilmiy ish qilmoqchi va soha bilimlarini egallamoqchi bo’lganlar uchun yaxshi imkoniyat! Xabar egasi shunday deydi: Assalomu alaykum! Aerospeys, samolyot, vertolyot, dronlar bilan ilmiy ishda ishlamoqchi bo’lgan bollar bo’lsa bizni labda joy bor. Labda asosan Control System bo’yicha ishlanadi. Aloqaga chiqasizlar. BK21 scholarship, research money beriladi. University: Gyeongsang National University Bog’lanish uchun: @MirzobekMalikov @machine_learning_lab

Yuqoridagi rasmda Applening M1 seryadagi Chiplari va unga mos keladigan AMD hamda Nvidia GPU lari haqida malumot keltirilgan.
Yuqoridagi rasmda Applening M1 seryadagi Chiplari va unga mos keladigan AMD hamda Nvidia GPU lari haqida malumot keltirilgan. Tushunarliroq bo'lish uchun, agar sizda Macbook pro (M1 Pro 14 inch) bo'lsa u GTX 1650 Super GPU bilan jixozlangan komputerdan tezroq ishlaydi (4.5 TF > 4.4 TF). 👉Batafsil Albatda ML engineerlari uchun bu ma'lumot foydali bo'ladi. Chunki ML loyihalarida GPU ning o'rni juda katta. @machine_learning_lab

Sam Altman yana OpenAI ga qaytgani haqida xabarlar tarqay boshladi. Manbe: https://youtu.be/ffMzLF6_XtY @machine_learning_lab

AI bo'yicha bepul video darslar va kitoblar! AI hozirda juda katta diapazonga ega va uni o'rganish uchun turli joylarga va turli manbalarga murojat qilish kerak. Ammo shu manbalar hammasi bir joyda bo'lsachi?! Bu bizga 'moydek' yoqadi albatda. Quyidagi link orqali AI bo'yicha Chiziqli Algebra dan tortib murakkab Generative AI gacha bo'lgan sohalarga tegishli manbalar, kitoblar va video darslarni topishingiz mumkin. Link: https://github.com/SkalskiP/courses P.s: Albatda bu postni AIga qiziquvchi yaqinlaringizga ulashing. Albatda bunda sizga bir hikmat bor. @machine_learning_lab

​​Microsoft kompaniyasidan yangi yurish! Ushbu postda OpenAI DevDay konferensiyasida bir nechta yangi xizmatlarni ko'plab IT mutaxasislari uchun taklif qilgan edi. Konferensiyada ushbu servislarni tanishtirgan inson Sam Altman OpenAI COE edi. Ushbu konferensiyada Sam Microsoft bilan keng ko'lamli hamkorlikni yo'lga qo'yishayotganini aytgan edi. Nimaga 'edi'? Sababi o'tgan haftada (17-noyabr) Sam Altman OpenAI dan ketgani haqida xabar chiqdi. Bugun esa Satya Nadella (Microsoft COE) Sam Altman ni Microsoftning yangi AI research jamoasi a'zosi bo'lganligi haqida o'zining twitterdagi sahifasida e'lon qildi. Xulosa: Yaxshi engineerlar ko'chada qolmaydi aksincha talash bo'ladi. *COE:* Chief Executive Officer - boshqaruvchi direktor. Rasmda chap tarafda Sam o'ngda Satya @machine_learning_lab

Ushbu challenge ga web developerlar ham mobile developerlar ham va software engineerlar ham qatnashsa bo’ladi! Taklif qilayotgan g’oyangiz yuqoridagi e’londa aytilgan Asosiy yo’nalishlarga mos kelsa bo’ldi! Zo’r imkoniyat, ko’p narsa o’rgansa bo’ladi! @machine_learning_lab

Uzbekistan for the Hack4DigitalVillages Innovation Challenge. Hurmatli engineerlar!!! IT Park Uzbekistan, FAO hamda OSCE hamkorlikda Uzbekistan for the Hack4DigitalVillages Innovation Challenge ni e’lon qildi! Siz kabi yosh izlanuvchilar uchun juda yaxshi imkoniyat! Tashkilotchilar Fargʻona vodiysi yoshlari orasidagi IT va raqamli texnologiyalar sohasida isteʼdodlarini aniqlash va qishloq xo’jaligi manfaati uchun ishga solish maqsadida platforma yaratishmoqda. Ushbu challenge Farg’onaning ikki qishlogi Novkent va Yuksalish misoloda o’tkaziladi. 🌱 Asosiy yo’nalishlar: - Aqlli issiqxona yechimlari - Samarali sug'orish echimlari - Pestitsidlarni qo'llashni boshqarish va nazorat qilish - Agrobiznes ta'limi 🎯 Kim: Universitet talabalari, IT va qishloq xoʻjaligi mutaxassislari hamda Fargʻona vodiysidagi qishloq xoʻjaligi muammolarini hal qiluvchi texnologik yechimlari bilan mahalliy fermerlar 📅 Qachon: 24-26 noyabr, 2023-yil 📍 Qaerda: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali 🏆 Eng yaxshi 5ta jamoa texnologik jihozlar, ustozlik  va IT Park obʼyektlaridan foydalanish imkoniyatlarini  yutadi 🌍 Tillar: oʻzbek va ingliz, sinxron ruscha tarjimasi bilan! Batafsil: https://www.fao.org/countryprofiles/news-archive/detail-news/en/c/1661981/ Ro’yhatdan o’tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScCjR2wrkt2A1OaguKhA2E64d0BIrAlPkjmiaqBiXhkq-Gpbw/viewform @machine_learning_lab

#loyiha, #greenhouse Kameralarimizni o'rnatib keldik issiqxonaga. Endi laboratoriyada turib bemalol tajribalarni qilsak bo'ladi! 😎 @machine_learning_lab

#loyiha, #greenhouse Kameralarimizni o'rnatib keldik issiqxonaga. Endi laboratoriyada turib bemalol tajribalarni qilsak bo'la
#loyiha, #greenhouse Kameralarimizni o'rnatib keldik issiqxonaga. Endi laboratoriyada turib bemalol tajribalarni qilsak bo'ladi! 😎 @machine_learning_lab

#tafsiya 🎞Xujjatli film (AI) The Guardian nashri Ilya Sutskeverni AI haqidagi qarashlari haqida qisqa metrajli xujjatli fiml olibdi. Ko'rishni tavsiya qilaman! Ilya Sutskever: Rassiyada tug'ilgan va 5 yoshida oilaviy Isroil mamlakatiga ko'chib ketishgan keyinroq esa oilaviy Canada mamlakatiga ko'chib o'tishgan. U bakalavr, magistratura hamda PhD bosqishlarini University of Toronto da tamomlagan. PhD bosqichida unga Geoffrey Hinton ("ML otasi") ilmiy rahbarlik qilgan. Ilya Deep Learning dunyosida katta burilish qilgan ("Game changer") AlexNet hamda AlphaGo maqolalariga katta hissa qo'shgan hamda hammuallif hisoblanadi @machine_learning_lab

#tafsiya OpenAI Dev Day OpenAI Dev Day: 4 ta yangi API-larni taqdim etdi. Bular: DALLE-3 (tasvir yaratish), GPT-4-vision (tasvirni aniqlash), TTS (nutq sintezi) va Whisper V3 (nutqni aniqlash). Shuningdek, GPT-4 turbo versiyasi ham taqdim etildi. Bu avvalgi GPT-4 dan 2,75 barobar arzonroq. Barcha APIlar avvalgidan arzonroq. GPT-4 turbo input sifatida 128 ming token qabul qilish qobiliyatiga ega buni 300 betli kitobga qiyoslasa bo'ladi. Ma'lumot uchun avvalgi GPT- 4 8 ming (ayrim hollarda 32 ming) token qabul qilar edi. Men yuqorida qisqacha aytib o'tdim holos. ushbu konferensiyani quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=U9mJuUkhUzk @machine_learning_lab

#Data_Analysis Polymer!!! 📊Polymer platformasi orqali juda osonlik bilan ma'lumotlar tahlilini amalga oshirishingiz mumkin! 🚀 Ushbu platforma bepul va siz maʼlumotlaringizni avtomatik ravishda tahlil qilish va qimmatli xulosalar chiqarishning oson usulini taklif etadi. 📈 Foydalanishga juda oson! Malumotlar bazasini to'liq anglab yetishga yordam beradi. Va ishingiz mahsuldorligini bir necha barobarga oshiradi va grafik ko'rinishlari jozibali! @machine_learning_lab

​​#News Rassomlar AI kompaniyalariga qarshi! Rassomlarning AI kompaniyalariga qarshi mualliflik huquqi haqidagi da'volarining katta qismi AQSH ogrugi sudi tompnidan rad etilgan. Sudya ishning ko'p qismini rad etdi, lekin mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentdan foydalangan holda AI modellarini o'qitish noqonuniymi degan asosiy savolni rad etishdan bosh tortdi. Rassomlarga Generativ AI ishlab chiquvchilari bilan davom etayotgan huquqiy urushda jiddiy zarba berildi. Dushanba kuni AQSh okrug sudyasi AI-image generatori Midjourney va raqamli san'at hamjamiyat platformasi DeviantArtga qarshi qo'zg'atilgan da'vo davom etmaydi, degan qarorga kelib, da'vogarlar mualliflik huquqining buzilishi haqidagi da'volarini qo'llab-quvvatlash uchun etarli dalillar keltirmagan deb topdi. Maqola haqida to'liqroq mana bu yerda o'qishingiz mumkin! 👉 https://decrypt.co/203789/artist-lawsuit-generative-ai-copyright-stability @machine_learning_lab