UzChess
Uzchesss loyihasining rasmiy Telegram kanali Bepul, Qiziqarli, Ommabop Rasmiy sahifalarimiz: http://youtube.com/@uzchesss https://instagram.com/uzchesss UzChess Market : @Uzchess_Pro Hamkorlik bo’yicha : @UzChess_tijoriy_bot
显示更多📈 Telegram 频道 UzChess 的分析概览
频道 UzChess (@uzchesss) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 20 388 名订阅者,在 体育 类别中位列第 3 334,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 3 919 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 20 388 名订阅者。
根据 10 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 2 549,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 44.77%。内容发布后 24 小时内通常能获得 46.76% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 9 140 次浏览,首日通常累积 9 546 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 150。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Uzchesss loyihasining rasmiy Telegram kanali
Bepul, Qiziqarli, Ommabop
Rasmiy sahifalarimiz:
http://youtube.com/@uzchesss
https://instagram.com/uzchesss
UzChess Market : @Uzchess_Pro
Hamkorlik bo’yicha : @UzChess_tijoriy_bot”
凭借高频更新(最新数据采集于 11 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 体育 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 10 十月 | 0 | |||
| 09 十月 | +7 | |||
| 08 十月 | +7 | |||
| 07 十月 | +3 | |||
| 06 十月 | +6 | |||
| 05 十月 | 0 | |||
| 04 十月 | +13 | |||
| 03 十月 | +6 | |||
| 02 十月 | 0 | |||
| 01 十月 | +8 |
| 2 | Yan Nepomnyashchiy: “Sindarov favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi”
Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashchiy The Hindu nashriga bergan intervyusida Javohir Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bo‘lajak match haqida fikr bildirdi.
“Jahon chempionligi uchun match oddiy turnirdan butunlay farq qiladi. Turnirda bir partiyani yomon o‘tkazsangiz, keyingi raqibni yutib, vaziyatni o‘nglashingiz mumkin. Bu yerda esa doim bitta raqibga qarshi o‘ynaysiz”, — dedi Nepomnyashchiy.
“Ularning ikkalasi ham juda yosh. Bu yoshda sport formasi tez o‘zgarishi mumkin. Hozir Sindarov katta favorit, ammo imkoniyatlarni 80:20 deb baholamagan bo‘lardim. Menimcha, 65:35 nisbati haqiqatga yaqinroq”, — dedi grossmeyster.
Biroq grossmeyster dastlabki partiyaning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Sindarov g‘alaba bilan boshlasa, ustunligini yanada oshirishi mumkin. Gukesh yaxshi boshlasa esa matchning borishi butunlay o‘zgarishi mumkin.
Siz Neponing 65:35 bahosiga qo‘shilasizmi?
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova | 6 238 |
| 3 | UzChess Arena'da ishtirok eting!
⚡️Vaqt nazorati: 1+0
🎁Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium
🥈 2-o‘rin — 3 oylik Uzchess Premium
🥉 3-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium
♟ Ishtirok etish uchun shu yerga bosing
20:00'da boshlanadi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 6 872 |
| 4 | Gukesh va Praggnanandhaaga 15 500 dollardan mukofot berildi!
Hindistonning Tamil Nadu shtati hukumati Samarqandda o‘tkazilgan 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasida medal qo‘lga kiritgan o‘z shaxmatchilarini pul mukofotlari bilan taqdirladi.
💰Mukofotlar:
Gukesh D — 15 500 dollar
R Praggnanandhaa — 15 500 dollar
R Vaishali — 10 400 dollar
Savitha Shri B — 10 400 dollar
Jamoa sardori Srinath Narayanan — 10 400 dollar
Hindistonning ochiq yo‘nalishdagi terma jamoasi Olimpiadada kumush, ayollar terma jamoasi esa bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
👉Taqqoslash uchun, Olimpiada chempioniga aylangan O‘zbekiston terma jamoasining har bir a’zosi 200 ming dollar, uy va Volkswagen Teramont Pro avtomobili bilan mukofotlangan.
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova | 7 694 |
| 5 | Hikaru Nakamura: “Jahon chempionligi uchun o‘ynash men uchun foydali bo‘lishiga ishonchim komil emas”
Hikaru Nakamura 2022-yilgi Nomzodlar turnirida Ding Lirenga mag‘lub bo‘lgani va jahon chempionligi uchun kurashish imkoniyatini qo‘ldan boy bergani haqida fikr bildirdi.
💬 “Ding Lirenga qarang. Jahon chempioni bo‘lish bir tomondan ajoyib, boshqa tomondan esa uning uchun juda og‘ir kechdi. Men uchun ham bu qanchalik yaxshi bo‘lardi, bilmayman.
Albatta, jahon chempionligi uchun o‘ynashni istardim. G‘alaba qozonish imkoniyatim ham bo‘lardi. Ammo jiddiy tayyorgarlik sababli strim va kontent yaratishni ancha vaqtga to‘xtatishimga to‘g‘ri kelardi.
Ehtimol, olti oy davomida umuman kontent chiqarmasdim. Gap pulda emas. Shuncha vaqt tanaffus qilsangiz, algoritmlar sizni qattiq jazolaydi.
Tasavvur qiling, olti oy kontent yaratmayman, Nepomniachtchiga yutqazaman va qaytganimda YouTube kanalimga hech kim qiziqmay qo‘ygan bo‘ladi.
Jahon chempionligi uchun o‘ynashni juda xohlagan bo‘lsam-da, bu men uchun yaxshi bo‘larmidi, bilmayman. Dingning hayotiga qarang. Menimcha, chempionlikdan keyin uning hayoti butunlay yomon tomonga o‘zgardi”.
❓Sizningcha, Nakamura haqmi? Jahon chempionligi uchun kurashish olti oylik tanaffusga arziydimi?
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova | 7 765 |
| 6 | Freestyle Friday
⚡️Freestyle Friday - Chess.com’ning har juma o‘tkaziladigan, unvonga ega shaxmatchilar uchun haftalik onlayn turniri. Turnir Chess960 (Freestyle) formatida, 3+1 vaqt nazoratida, 11 tur davomida o‘ynaladi.
🔥Musobaqaning haftalik sovrin jamg‘armasi $1,000: 1-o‘rin $400, 2-o‘rin $250, 3-o‘rin $150, 4-o‘rin $100, eng yaxshi ayol shaxmatchi $100.
🟥jonli efir
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 7 937 |
| 7 | Sizga til o‘rganishni yanada qulay qiladigan imkoniyatni taqdim etamiz.
IBRAT ARENA — сhet tillarini bepul o‘rganish imkoniyati!
⚡️ Format: 3+0
🕖Boshlanish vaqti: 20:00
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 3 oylik Premium
🥈 2-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 1 oylik Premium
🥉 3-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 1 oylik Premium
➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 7 749 |
| 8 | Germaniya shaxmat Bundesligasi boshlanmoqda: tarkiblarda 5 nafar o‘zbekistonlik!
♟
⚡Bugun, 9-oktabr kuni Germaniya shaxmat Bundesligasining 2026/27-yilgi mavsumi start oladi. Musobaqada 16 ta klub ishtirok etadi. Dastlabki uch tur 9–11-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
Klublarning rasmiy ro‘yxatlariga O‘zbekistonning besh nafar grossmeysteri kiritilgan:
- Nodirbek Abdusattorov — SC Viernheim
- Javohir Sindarov — OSG Baden-Baden
- Rustam Qosimjonov — OSG Baden-Baden
- Shamsiddin Vohidov — OSG Baden-Baden
- Nodirbek Yakubbayev — FC Bayern München
👉Amaldagi chempion — Abdusattorov ro‘yxatdan o‘tgan SC Viernheim. Baden-Baden esa bu mavsumda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sanalmoqda.
Besh nafar o‘zbekistonlikning barchasi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi partiyalarda aynan kimlar doskaga o‘tirishi hozircha tasdiqlanmagan.
1-tur bahslari bugun 19:00'da boshlanadi.
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova | 8 565 |
| 9 | 🎓Zamonaviy kasb egasi bo'lish vaqti keldi!
👉Ustoz AI Arena turnirida ishtirok eting va bugungi kunning eng daromadli mutaxassisliklarini mutlaqo BEPUL o'rganing!
⚡️ Vaqt nazorati: 2+0
🔴Boshlanish vaqti: 20:00
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 1 yillik Ustoz AI Premium
🥈 2-o‘rin — 1 oylik Ustoz AI Premium
🥉 3-o‘rin — 1 oylik Ustoz AI Premium
➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing
👉Pro obunani faollashtirish uchun: buy.uzchesss.uz
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 8 243 |
| 10 | Chess.com’da sirli maxluqlar paydo bo‘ldi!
Chess.com oktabr oyi uchun “Cryptids” — afsona va rivoyatlardagi sirli maxluqlarga bag‘ishlangan 5 ta yangi botni taqdim etdi!
🤖Bu safargi raqiblar:
Martinfoot — 250 reyting
Loch Chess Monster — 575 reyting
Mothman — 900 reyting
Checkacabra — 1250 reyting
Count Morphy — 1800 reyting
🔥Eng qizig‘i, shaxmat tarixidagi afsonaviy amerikalik shaxmatchi Paul Morphy ham vampir qiyofasida Count Morphy nomli bot sifatida qayta talqin qilingan!
👉videoni ko'rish
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 8 557 |
| 11 | Gukeshning murabbiyi: “U bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi”
Jahon chempioni Gukeshning murabbiyi Grzegorz Gajewski shogirdining Samarqanddagi Olimpiada ishtirokiga baho berdi.
“Gukeshga juda yaxshi o‘ynay olishini yana bir bor eslatish foydali bo‘ldi.”
Gayevskiyning aytishicha, Gukeshning natijasi ishonch uchun muhim bo‘lgan. Shaxmat nuqtayi nazaridan esa u Olimpiadani “yaxshi, lekin a’lo emas” deb baholagan va Gukesh bundan ham kuchliroq o‘ynay olishini ta’kidlagan. Murabbiy uchun eng muhim jihat — Gukeshning ruhiy jihatdan kuchli ko‘ringani.
Gukesh Samarqandda 8,5/11 natija qayd etdi va 4-doskada kumush medal oldi. Endi esa uning oldida eng katta sinovlardan biri turibdi — noyabr oyida Javohir Sindarovga qarshi Jahon chempionligi matchi.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 8 888 |
| 12 | 😅Restoranda shaxmat donalariga xizmat ko‘rsatish jarayonidan...
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 9 157 |
| 13 | 📚Mutolaa" ixlosmandlari va shaxmat sevarlar uchun maxsus — DAVRA ARENA'da ishtirok eting!
⚡Vaqt nazorati: 3+1
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 1 yillik Mutolaa Premium
🥈 2-o‘rin — 1 oylik Mutolaa Premium
🥉 3-o‘rin — 1 oylik Mutolaa Premium
➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 10 993 |
| 14 | Nodirbek Abdusattorov: “Ko‘p xatolar faqat shaxmatdan emas, psixologiyadan kelib chiqadi”
Nodirbek Abdusattorov yuqori darajadagi shaxmatda psixologik barqarorlik qanchalik muhim ekanini ta’kidladi:
“Partiyadan keyingi salbiy fikrlarni ortda qoldirish kerak. O‘yin davomida esa butun diqqat doska va pozitsiyada bo‘lishi kerak. Bunday fikrlar chalg‘itadi va energiyani ham olib qo‘yadi.”
Uning aytishicha, ko‘plab xatolar sof shaxmat sababli emas, balki hissiyotlar va psixologik bosim tufayli yuz beradi.
“Men shuni tushundimki, ko‘p ochkolar aynan shunday holatlarda yo‘qotiladi. Vaqt o‘tishi bilan yuqori bosimli vaziyatlarda o‘zimni yaxshiroq nazorat qila boshladim.”
Abdusattorov elit shaxmatda natijani ko‘pincha juda kichik detallar hal qilishini ham aytdi:
“Eng yuqori darajada juda kichik jihatlar ham o‘yin natijasini belgilashi mumkin. Agar shu mayda tomonlarni yaxshilasangiz, umumiy o‘yiningiz ham ancha kuchayadi.”
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 11 979 |
| 15 | ⚡️Titled Tuesday boshlandi!
Titled tuesday — har seshanba Chess.com platformasida o‘tkaziladigan onlayn blitz turniri bo‘lib, faqat rasmiy shaxmat unvoniga ega (GM, IM, FM va boshqalar) shaxmatchilar ishtirok etadi.
Format: 11 raund, shveysarcha tizim
Vaqt nazorati: 5+0
➡️Onlayn shaxmatda dunyoning eng kuchlilari bilan o'ynaymiz.
🟥Jonli efir
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 80 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 11 111 |
| 16 | Hikaru Nakamuradan yangi rekord!
🔥Hikaru Nakamura Chess.com blitz reytingida 3500 ochkoga yetgan tarixdagi ilk shaxmatchi bo‘ldi.
👉Ayni paytda u reytingda ikkinchi o‘rindagi shaxmatchidan 100 ochkoga oldinda.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 11 526 |
| 17 | “Men umuman shaxmat kitoblarini o‘qimaganman” — Faustino Oro
12 yoshli argentinalik grossmeyster Faustino Oro shaxmatni o‘rganishda asosan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini aytdi.
“Men doim texnologiyaga tayanaman. Umuman shaxmat kitoblarini o‘qimaganman. Men kompyuterlar davrida tug‘ilganman. Magnus va Kasparov davrida esa eng yaxshi yurishni ko‘rsatib beradigan kuchli dasturlar bo‘lmagani uchun ular ko‘proq kitoblardan o‘rganishga majbur edi. Hozir esa kompyuterlar bilan o‘rganish ancha osonlashgan.”
Sizningcha, kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun kitoblar hali ham muhimmi yoki zamonaviy dasturlar ularning o‘rnini bosa oladimi?
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 12 081 |
| 18 | UzChess Open’da ishtirok eting!
⚡️Vaqt nazorati: 1+0
🎁Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium
🥈 2-o‘rin — 3 oylik Uzchess Premium
🥉 3-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium
♟ Ishtirok etish uchun shu yerga bosing
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova | 10 337 |
| 19 | Rahmat bilan birga — katta turnir, katta tajriba
Samarqandda o‘tgan Shaxmat Olimpiadasi davomida UzChess jamoasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan Rahmat brendiga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Rahmat — O‘zbekistonda bizneslar uchun raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirayotgan platforma bo‘lib, yagona QR orqali to‘lov, onlayn va oflayn ekvayring, to‘lov terminallari hamda smart-kassa yechimlarini taklif etadi.
Biz uchun bu hamkorlik nafaqat Olimpiada davomida katta ko‘mak, balki kuchli mahalliy brend bilan birgalikda ishlash uchun yaxshi tajriba bo‘ldi.
Kelajakda ham Rahmat bilan yangi loyihalar va tashabbuslarda hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.
Rahmat, Rahmat! 💙
👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot | 11 297 |
| 20 | Yakubbayev — jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda
⚡Nodirbek Yakubbayev Freestyle Friday Championship umumiy reytingida 43 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
🔴Turnirning birinchi qismida peshqadam bo‘lgan Pranav Venkatesh 2027 yilgi FIDE Freestyle Chess World Championship yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritgan. Endi 18-dekabrgacha davom etadigan ikkinchi qism yakunida yana bir shaxmatchi jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.
🔥Hozir Yakubboevning asosiy raqiblaridan biri 60 ochko jamg‘argan Oleksandr Bortnyk bo‘lib, ular orasidagi farq 17 ochko. Har bir Freestyle Friday’da g‘oliblik uchun 10 ochko berilishini hisobga olsak, Nodirbekning yo‘llanma uchun imkoniyati hamon yuqori.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | 11 783 |
