U-ENTER | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
Innovation Center 📞 +998 95 052 00 53 Contact by telegram: @u_enter 📩 info@u-enter.uz 🌎 www.u-enter.uz Instagram: https://instagram.com/uenteruz LinkedIn: https://www.linkedin.com/company/100708391 📍25, Shahrisabz street
显示更多4 406
订阅者
-124 小时
+1047 天
+14030 天
帖子存档
📢 Eslatib o‘tamiz, Women Cup akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli yopilishiga 3 kun qoldi.
❗️Dedlayn - 2-avgust
📩 Ariza topshirish
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter 3D chop etish bo‘yicha bepul kursga taklif etadi
So‘nggi yillarda 3D chop etish zamonaviy ishlab chiqarishning asosiy innovatsion texnologiyalaridan biriga aylandi. Ushbu texnologiya sanoat, arxitektura, tibbiyot, dizayn va boshqa ko‘plab sohalar uchun prototiplar, funksional detallar hamda tayyor mahsulotlarni tezkor yaratish imkonini beradi.4 hafta davomida ishtirokchilar: - 3D modellar yaratishni; - modellarni chop etishga tayyorlashni; - professional 3D printerlar bilan ishlashni; - tayyor buyumga ishlov berish va ularni yig‘ishni; - o‘z loyihalarini amalga oshirishni o‘rganadilar. O'quv kursi UEnter IT laboratoriyasida amaliy shaklda, 3D modellashtirish dasturlari va yuqori tezlikda ishlaydigan 3D printerlardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Dastur bilan tanishish. Kursga ro‘yxatdan o‘tish. 🗓 Sana: 3 - 29-avgust 🏃🏻♂️ Format: oflayn 🌐 Til: o‘zbek 📍 Manzil: UEnter ___ UEnter приглашает на бесплатный курс по 3D-печати
За последние годы 3D-печать превратилась в одну из ключевых инновационных технологий современного производства. Она позволяет быстро создавать прототипы, функциональные детали и готовые изделия для промышленности, архитектуры, медицины, дизайна и многих других отраслей.За 4 недели участники научатся: - создавать 3D-модели; - подготавливать модели к печати; - работать с профессиональными 3D-принтерами; - выполнять постобработку и сборку изделий; - реализовывать собственные проекты. Обучение проходит в практическом формате в IT-лаборатории UEnter с использованием программного обеспечения для 3D-моделирования и высокоскоростных 3D-принтеров. Ознакомиться с программой. Записаться на курс. 🗓 Дата: 3 - 29 августа 🏃🏻♂️ Формат: офлайн 🌐 Язык: узбекский 📍 Локация: UEnter @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter “Women Cup” akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabulini e’lon qiladi
Women Cup — ayollar tomonidan tashkil etilgan yoki boshqarilayotgan dizayn, arxitektura, to‘qimachilik, san’at, media, animatsiya, videoo‘yinlar yaratish, 3D-printing, raqamli ishlab chiqarish va kreativ iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlaridagi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ biznesni rivojlantirishga qaratilgan dastur.Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: 🤝 Kreativ industriya sohasidagi tajribali mentor va ekspertlarning individual ko‘magi 📈 Biznes modeli, brend va masshtablashtirish strategiyasini takomillashtirish 🌍 Yangi bozorlar, hamkorlar va xalqaro imkoniyatlarga chiqish 🇦🇪✈️ Eng yaxshi ishtirokchilar 2026-yil noyabr oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan dizayn va kreativ industriyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Dubai Design Week'da ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📍Dastur formati Dastur gibrid formatda — onlayn va oflayn faoliyatlarni uyg‘unlashtirgan holda o‘tkaziladi va bu O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan ishtirokchilarga dasturda qatnashish imkonini beradi. ⏰ Arizalarni topshirish muddati - 2026-yil 2-avgust 📩 Ariza topshirish Dastur Shveysariya hukumati va Virtual Accelerate ko‘magida amalga oshirilmoqda. ___ UEnter открывает набор заявок на участие в акселерационной программе "Women Cup"
Women Cup — это программа, направленная на развитие креативного бизнеса и поддержку компаний, основанных или возглавляемых женщинами, в сферах дизайна, архитектуры, текстиля, искусства, медиа, анимации, разработки видеоигр, 3D-принтинга, цифрового производства и иных отраслей креативной экономики.Участники программы получат: 🤝 Персональную поддержку опытных менторов и экспертов креативной индустрии 📈 Усиление бизнес-модели, бренда и стратегии масштабирования 🌍 Доступ к новым рынкам, партнёрам и международным возможностям 🇦🇪✈️ Лучшие участники получат возможность принять участие в Dubai Design Week — одной из крупнейших международных выставок в сфере дизайна и креативных индустрий, которая пройдёт в ноябре 2026 года в ОАЭ. 📍Формат программы Программа будет проходить в гибридном формате, сочетая онлайн- и офлайн-активности, что позволит участникам из разных регионов Узбекистана участвовать в программе. ⏰ Дедлайн подачи заявок - 2 августа 2026 года 📩 Подать заявку Программа реализуется при поддержке Правительства Швейцарии и Virtual Accelerate. @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
🚀 O‘zbekistondagi kompaniyalarni so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz
So‘rovnoma kichik va o‘rta biznes subyektlarinining yashil va sirkulyar iqtisodiyotga o‘tishga tayyorgarlik darajasini, moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek, asosiy ehtiyojlar, mavjud to‘siqlar va zarur qo‘llab-quvvatlash choralarini aniqlashga qaratilgan.
So‘rovnomani to‘ldirish 5 daqiqadan ortiq vaqt olmaydi.
Vaqtingiz va ishtirokingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!
___
🚀 Приглашаем компании Узбекистана принять участие в опросе
Опрос направлен на изучение готовности субъектов малого и среднего бизнеса к переходу к зелёной и циркулярной экономике, потребностей в финансировании, а также на выявление ключевых барьеров, актуальных потребностей и наиболее востребованных мер поддержки.
Заполнение опросника занимает не более 5 минут.
Заранее благодарим вас за ваше время и участие!
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
+6
🎉 UEnter rezidentlari va TOBB ETU Tashkent talabalari birgalikda Yoshlar kunini bayramona ruhda nishonladilar
⚽️ Tadbirning maxsus mehmonlari sifatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Abbos Fayzullayev va Rustam Ashurmatov ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari haqida so‘zlab berdilar, ishtirokchilarning savollariga javob berdilar hamda yoshlarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirdilar.
___
🎉 Резиденты UEnter и студенты TOBB ETU Tashkent вместе отметили День молодежи в праздничной атмосфере.
⚽️ Специальными гостями мероприятия стали игроки национальной сборной Узбекистана по футболу Аббос Файзуллаев и Рустам Ашурматов, которые поделились своим опытом, рассказали о пути к успеху, ответили на вопросы участников и вдохновили молодежь на достижение новых целей.
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
+6
UEnter’da Yevropa Ittifoqi ko‘magida YeTTB bilan hamkorlikda tashkil etilgan Business Mentoring Forum bo‘lib o‘tdi
Forum mentorlar, ekspertlar, kouchlar, tadbirkorlar, shuningdek, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.
Alohida taqdimot bilan UEnter tomonidan operatorlik qilinayotgan MicroMentor platformasining O‘zbekistondagi faoliyati natijalari taqdim etildi.
O‘zining kirish nutqida YeTTBning kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Matteo Kolanjeli MicroMentor platformasi O‘zbekistonda sezilarli natijalarni ko‘rsatayotganini ta’kidlab, platformaga mamlakatning barcha hududlaridan 1,000 nafardan ortiq tadbirkor va 500 nafar mentor qo‘shilganligini, bu esa yuzlab samarali biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotganligini aytib o'tdi.Forum doirasida mentorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamalari ham tashkil etilib, tadbir yakunida esa MicroMentor platformasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. MicroMentor platformasiga qo‘shilish, mentor topish yoki mentor sifatida o‘z tajribangizni ulashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. 😊 Tadbir qanday o‘tganligini YouTube orqali tomosha qilish ___ В UEnter прошёл Business Mentoring Forum, организованный совместно с ЕБРР при поддержке Европейского Союза Форум объединил менторов, экспертов, коучей, предпринимателей, а также представителей международных и национальных организаций. Отдельно были презентованы результаты работы платформы MicroMentor в Узбекистане, оператором которой выступает UEnter.
В своей приветственной речи Маттео Коланджели, управляющий директор ЕБРР по направлению финансирования и развития малого и среднего бизнеса, отметил, что платформа MicroMentor в Узбекистане уже демонстрирует значительные результаты. К ней присоединились более 1,000 предпринимателей и 500 менторов со всех регионов страны, что позволило создать сотни эффективных деловых контактов и расширить возможности для развития предпринимательства.В рамках форума также состоялись панельные дискуссии, посвящённые развитию наставничества, а завершилось мероприятие церемонией награждения наиболее активных участников платформы MicroMentor. Присоединиться к платформе MicroMentor и найти наставника или поделиться своим опытом в качестве ментора можно по ссылке. 😊 Посмотреть как проходил форум на YouTube @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter Python tilida dasturlash bo‘yicha bepul o‘quv kursiga taklif qiladi
Python — dunyodagi eng ommabop dasturlash tillaridan biri bo‘lib, veb-ilovalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlarni tahlil qilish, avtomatlashtirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladi.Kurs davomida ishtirokchilar Python dasturlash tilining asoslari bilan tanishadi, dasturlashning asosiy tamoyillarini o'zlashtiradi va amaliy masalalarni hal qilish uchun sodda dasturlarni mustaqil ravishda ishlab chiqishni o'rganadi. Dastur bilan tanishish Kursga ro‘yxatdan o‘tish 🗓 Sana: 7–30-iyul 📍 Manzil: UEnter ___ UEnter приглашает на бесплатный курс по программированию на Python
Python — один из самых популярных языков программирования в мире, который широко используется для разработки веб-приложений, искусственного интеллекта, анализа данных, автоматизации и многих других направлений.В ходе курса участники познакомятся с основами языка Python, освоят ключевые принципы программирования и научатся самостоятельно разрабатывать простые программы для решения практических задач. Ознакомиться с программой Записаться на курс 🗓 Дата: 7 июля–30 июля 📍 Локация: UEnter @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
+9
UEnter’da Green Start startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tdi
🚀 Tadbir doirasida 12 nafar final bosqichi ishtirokchilari o‘z loyihalarini taqdim etib, dastur davomida erishgan natijalarini namoyish etdi.
🏆 Pitch-sessiyalar yakuniga ko‘ra Top-6 eng yaxshi startap aniqlandi:
- Catextra
- Ecoasfalt
- Petrobact
- Altara Organics
- Onfood
- Dolina Ecobuild
🇩🇪 Dastur g‘oliblari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan o‘quv safarida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar, shuningdek, o‘z startaplarini rivojlantirish uchun infratuzilmaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi vaucherlar bilan taqdirlandilar.
Dastur Shveysariya hukumati, GIZ Uzbekistan va Virtual Accelerate ko‘magida amalga oshirilmoqda.
___
В UEnter состоялся Demo Day программы поддержки стартапов Green Start
🚀 В рамках мероприятия 12 финалистов представили свои проекты и продемонстрировали результаты, достигнутые в рамках программы.
🏆 По итогам питч-сессий были определены топ-6 лучших стартапов:
- Catextra
- Ecoasfalt
- Petrobact
- Altara Organics
- Onfood
- Dolina Ecobuild
🇩🇪 Победители программы были награждены путевками на участие в учебной поездке в Германию, а также ваучерами на получение инфраструктурных услуг для развития своих стартапов.
Программа реализуется при поддержке Правительства Швейцарии, GIZ Uzbekistan и Virtual Accelerate.
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter C++ dasturlash tili asoslari bo‘yicha bepul kursga qabulni e'lon qiladi.
C++ – kompyuter o‘yinlari, operatsion tizimlar, ilovalar va turli qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratishda qo‘llaniladigan eng tezkor dasturlash tillaridan biri.Kurs davomida ishtirokchilar C++ dasturlash tilining asosiy tushunchalari bilan tanishadilar, zamonaviy dasturlash vositalaridan foydalanishni o'rganadilar hamda ularni amaliy vazifalarni hal etishda qanday qo'llash mumkinligini bilib oladilar. Dastur bilan tanishish. Kursga ro‘yxatdan o‘tish. 🗓 Sana: 6 – 29-iyul 📍 Manzil: UEnter ___ UEnter открывает набор на бесплатный курс по основам программирования на языке C++
C++ – один из самых быстрых языков программирования, который используется для создания компьютерных игр, операционных систем, приложений и программного обеспечения для различных устройств.В ходе курса участники познакомятся с основными концепциями языка C++, научатся работать с переменными, структурами управления, массивами и указателями, и узнают, как применять их для решения практических задач. Ознакомиться с программой. Записаться на курс. 🗓 Дата: 6 – 29 июля 📍 Локация: UEnter @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter sun’iy intellekt asoslari bo‘yicha bepul kursga qabul boshlanganini e’lon qiladi
Kurs davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning asosiy tushunchalari bilan tanishadilar, zamonaviy AI vositalaridan foydalanishni o‘rganadilar hamda ularni amaliy vazifalarni hal etishda qanday qo‘llash mumkinligini bilib oladilar.
Dastur bilan tanishish
Kursga ro‘yxatdan o‘tish
🗓 Sana: 7-iyul – 2-avgust
📍 Manzil: UEnter
___
UEnter открывает набор на бесплатный курс по основам искусственного интеллекта
В ходе курса участники познакомятся с основными понятиями искусственного интеллекта, научатся работать с современными AI-инструментами и узнают, как применять их для решения практических задач.
Ознакомиться с программой
Записаться на курс
🗓 Дата: 7 июля - 2 августа
📍 Локация: UEnter
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter YeTTB ko‘magida o‘tkaziladigan Business Mentoring Forumga taklif etadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mentorlikka zamonaviy yondashuvlar, bilim almashinuviga raqamli texnologiyalarning ta’siri hamda tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishda mentorlarning roli haqida fikr almashadilar.
Dasturda:
- O‘zbekistonda MicroMentor platformasi faoliyati natijalari;
- Raqamli davrda mentorlikning kelajagi mavzusida panel muhokamasi;
- Mentorlik madaniyatini rivojlantirishda ayollarning roli bo‘yicha sessiya;
- Tadbirkorlar va mentorlarni taqdirlash marosimi.
Tadbir kimlar uchun qiziq bo'ladi:
- Tadbirkorlar va biznes egalari;
- Startaplar va o‘zini o‘zi band qilgan mutaxassislar;
- Biznes-konsultantlar, kouchlar va mentorlar;
- Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar vakillari;
- Kasbiy rivojlanish va tajriba almashishga qiziqqan barcha ishtirokchilar.
Dastur bilan tanishish
Forumga ro‘yxatdan o‘tish
🗓 Sana: 3-iyul
⏰ Vaqt: 09:30-13:00
📍 Manzil: UEnter
___
UEnter приглашает на Business Mentoring Forum, который пройдет при поддержке ЕБРР
На мероприятии участники обсудят современные подходы к менторству, влияние цифровых технологий на обмен знаниями и роль наставников в развитии предпринимательской экосистемы.
В программе:
- Результаты работы платформы MicroMentor в Узбекистане;
- Панельная дискуссия о будущем наставничества в цифровую эпоху;
- Сессия о роли женщин в развитии культуры наставничества;
- Награждение предпринимателей и менторов.
Мероприятие будет интересно:
- Предпринимателям и владельцам бизнеса;
- Стартапам и самозанятым специалистам;
- Бизнес-консультантам, коучам и менторам;
- Представителям организаций поддержки предпринимательства;
- Всем, кто заинтересован в профессиональном развитии и обмене опытом.
Ознакомиться с программой
Зарегистрироваться на форум
🗓 Дата: 3 июля
⏰ Время: 09:30-13:00
📍 Локация: UEnter
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter Green Start yashil startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining Demo Day tadbiriga taklif etadi
Dastur doirasida mamlakat bo‘ylab jami 119 ta ariza kelib tushdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 34 ta startap onlayn va oflayn tadbirlar, mentorlik ko‘magi hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha intensiv ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan akseleratsiya dasturiga qabul qilindi.
Demo Day davomida 12 ta eng yaxshi jamoa o‘z startaplarini innovatsiyalar va investitsiyalar sohasidagi xalqaro hamda mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etadi.
🏆 Eng yaxshi startaplar Germaniyada o‘tkaziladigan o'quv dasturida ishtirok etish yo‘llanmasiga hamda hamkor fondlardan investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Barcha qiziquvchi startap hamjamiyati va biznes vakillarini tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz.
📌 Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish
🗓 Sana: 25-iyun
⏱️ Vaqt: 17:00
📍 Manzil: UEnter
___
UEnter приглашает на Demo Day программы поддержки зеленых стартапов Green Start
В рамках программы было получено 119 заявок со всей страны. По результатам отбора 34 стартапа прошли в акселерационную программу, которая включала серию онлайн- и офлайн-мероприятий, менторскую поддержку и интенсивную работу над развитием проектов.
В ходе Demo Day 12 лучших команд представят свои стартапы экспертному жюри, в состав которого войдут международные и местные специалисты в области инноваций и инвестиций.
🏆 Лучшие стартапы получат путевки на участие в образовательной программе в Германии и возможность привлечения инвестиций от партнерских фондов.
Приглашаем всех заинтересованных представителей стартап-сообщества и бизнеса.
📌 Зарегистрироваться на мероприятие
🗓 Дата: 25 июня
⏱️ Время: 17:00
📍 Локация: UEnter
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
🇯🇵 UEnter «Innovatsion menejmentning yapon amaliyoti: Kaizen usuli» seminariga taklif etadi
Dasturda:
🔹 Kaizen falsafasi va usuli
Uzluksiz takomillashtirish madaniyatini joriy etish hamda kichik, ammo tizimli o‘zgarishlar orqali biznes samaradorligini oshirish.
🔹 5S ish joyini tashkil etish tizimi
Ish jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining samaradorligini oshirish, vaqt va resurslar yo‘qotilishini kamaytirishga xizmat qiluvchi amaliy vosita.
Seminar ishtirokchilari:
- Samaradorlikni oshirish vositalarini o‘zlashtirish;
- Kaizen va 5S usullarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganish;
- Amaliy keyslarni tahlil qilish va ekspertga savollar berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
🎤 Spiker: Yelena Kiseleva — «SAVA KONSALT» direktori, tejamkor boshqaruv bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega ekspert.
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish
🗓 Sana: 2026-yil 19-iyun
⏱️ Vaqt: 17:00
📍 Manzil: UEnter
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish so'raladi.
___
🇯🇵 UEnter приглашает на семинар «Японские практики инновационного менеджмента: метод Кайдзен»
В программе:
🔹 Философия и метод Кайдзен
Как внедрить культуру непрерывных улучшений и повышать эффективность бизнеса за счет небольших, но системных изменений.
🔹 Система организации рабочего пространства 5S
Практический инструмент для повышения эффективности рабочих процессов и производственной среды, способствующий сокращению потерь времени и ресурсов.
Участники семинара смогут:
- Освоить инструменты повышения эффективности;
- Узнать, как применять Кайдзен и 5S на практике;
- Разобрать кейсы и задать вопросы эксперту.
🎤Спикер: Елена Киселева — директор «SAVA KONSALT», эксперт по бережливому управлению с 30-летним стажем.
Зарегистрироваться на мероприятие
🗓 Дата: 19 июня 2026
⏱️ Время: 17:00
📍 Место: UEnter
Участие бесплатное, предварительная регистрация обязательна.
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter CA Femtech Landscape Study — Markaziy Osiyodagi femtech ekotizimini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotda ishtirok etishga taklif qiladi
Femtech — ayollar salomatligi sohasidagi mahsulot, kompaniya, texnologiya yoki xizmatdir.Tadqiqot quyidagi savollarga javob topishni maqsad qilgan: - mintaqa ichki bozorlarida femtech yechimlariga bo‘lgan ehtiyoj qanday; - Markaziy Osiyoda ayollar salomatligi uchun innovatsion yechimlarni kimlar yaratmoqda; - ushbu yechimlarning bozorga chiqishi va kengayishiga kimlar ko‘mak bermoqda. Tadqiqotda ayollar salomatligi sohasida yechimlar yaratayotgan barcha, jumladan, biotexnologiya, medtexnologiya va digital health yo‘nalishlari vakillari, shuningdek, kengayish va monetizatsiya salohiyatiga ega ijtimoiy loyihalar ham qatnashishi mumkin. ➡ So‘rovnomani havola orqali to‘ldirishingiz mumkin. ___ UEnter приглашает принять участие в исследовании femtech-ландшафта Центральной Азии — CA Femtech Landscape Study
Фемтех (femtech) — продукт, компания, технология или сервис в сфере женского здоровья.Исследование ищет ответ на вопросы: - какова потребность внутренних рынков региона в фемтех-решениях; - кто в Центральной Азии уже создаёт инновационные решения для женского здоровья; - и кто помогает этим решениям дойти до рынка и масштабироваться. В исследовании могут принять участие все, кто создаёт решения в сфере женского здоровья — от биотеха, медтеха и digital health до социальных проектов с потенциалом масштабирования и монетизации. ➡️ Заполнить анкету можно по ссылке. @uenteruz Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter “Startap 2026: O‘zbekiston” tadqiqotini taqdim etadi
Biz 400 ta startap o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslangan mamlakatdagi eng yirik startap tadqiqotlaridan birini yakunladik.
Hisobot mamlakat startaplarining bugungi holatini aks ettiradi hamda loyihalarning rivojlanish bosqichlari, moliyalashtirish manbalari, asosiy muammolar, ehtiyojlar va kengayish rejalari kabi keng doiradagi masalalarni qamrab oladi.
Natijalarni 2024-yilda ayni metodologiya asosida o‘tkazilgan tadqiqot bilan qiyoslash orqali so‘nggi ikki yil ichida yuz bergan o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston startap ekotizimining rivojlanish tendensiyalari aniqlandi.
Tadqiqot bilan tanishish:
• o‘zbek tilida
• rus tilida
• ingliz tilida
Tadqiqot GIZ Uzbekistan ko‘magida amalga oshirildi.
___
UEnter представляет исследование «Стартап 2026: Узбекистан»
Мы завершили одно из крупнейших исследований стартапов страны, основанное на опросе 400 стартапов.
Отчёт отражает текущее состояние стартапов Узбекистана и охватывает широкий круг вопросов — от стадий развития проектов и источников финансирования до ключевых вызовов, потребностей и планов масштабирования.
Благодаря сопоставлению результатов с аналогичным исследованием 2024 года, проведённым по той же методологии, удалось зафиксировать произошедшие за последние два года изменения, а также выявить ключевые тенденции развития стартап-экосистемы Узбекистана.
Ознакомиться с исследованием:
• на узбекском языке
• на русском языке
• на английском языке
Исследование проведено при поддержке GIZ Uzbekistan.
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
🔥 Специальное предложение для резидентов UEnter
Теперь резиденты UEnter могут не только продуктивно работать, но и тренироваться в современном спортзале, не выходя из здания.
📞 Звоните: +998 95 052 00 53
🕊Пишите в Telegram: @uenter_marketing
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
🔥 UEnter rezidentlari uchun maxsus taklif
Endi UEnter rezidentlari nafaqat samarali ishlashlari, balki binodan chiqmasdan zamonaviy sport zalda mashq qilishlari ham mumkin.
📞 Qo‘ng‘iroq qiling: +998 95 052 00 53
🕊 Telegram orqali yozing: @uenter_marketing
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter ShHT Yoshlar innovatsiyalari va tadbirkorligi tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi
Tanlovda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
• G‘oya, pre-seed va seed bosqichidagi loyihalar
• Startap va tadqiqotchi jamoalar
• Innovatsion va texnologik yechimlar
Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga AI, intellektual ishlab chiqarish, yangi energiya manbalari, zamonaviy materiallar, agrotexnologiyalar va boshqa strategik sohalar kiradi.
🏆 Eng yaxshi loyihalar Xitoyning Sindao, Usi va Shanxay shaharlarida bo‘lib o‘tadigan 15 kunlik xalqaro bootcampda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗓 Saralash bosqichi 5-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
⏰ Arizalar qabul qilishning so‘nggi muddati: 2-iyun
📩 Ariza topshirish
ℹ️ Havola orqali dastur haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
___
UEnter приглашает к участию в Конкурсе молодёжных инноваций и предпринимательства ШОС
К участию приглашаются:
• Проекты на стадии идеи, pre-seed и seed
• Стартап- и исследовательские команды
• Инновационные и технологические решения
Приоритетные направления включают ИИ, интеллектуальное производство, новые источники энергии, современные материалы, агротехнологии и т.д.
🏆 Лучшие проекты получат возможность участвовать в 15-дневном международном буткемпе в Циндао, Уси и Шанхае (Китай).
🗓 Отборочный этап состоится в Ташкенте - 5 июня.
⏰ Дедлайн подачи заявок: 2 июня
📩 Подать заявку
ℹ️ Подробную информацию о программе можно узнать по ссылке.
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
UEnter barchani ulug‘ ayyom Qurbon hayiti bilan tabriklaydi!
Ushbu ajoyib kunda barchaga baxt, sog’lik va farovonlik tilab qolamiz!
___
UEnter поздравляет всех со священным праздником Курбан хайит!
В этот прекрасный день желаем всем счастья, здоровья и благоденствия!
@uenteruz
Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
