ch
Feedback
Muhammadjon's

Muhammadjon's

前往频道在 Telegram

Muhammadjon Toshpo'latovning shaxsiy blogi. Kanadadagi va Google'dagi hayot, kuzatuvlar hamda shaxsiy fikrlar

显示更多
524
订阅者
无数据24 小时
无数据7
无数据30
帖子存档
No hello! Bekzod bir kishidan savol so'rash uchun yozyapti: "Assalomu alaykum! Yaxshimisiz Akmal aka? Ishlariz yaxshimi?" (1 soat kutadi...). Akmal: "Va alaykum assalom". (30 minut...) Bekzod: "Sizdan bir savol so'ramoqchi edim. "Atomic Habits" degan kitob bormi do'koningizda?" (10 minut...) Akmal: "Bor". (10 minut..) Bekzod: "Nechchi pul?" (15 minut...) Akmal: "350 ming so'm". Orada shuncha vaqt ketgani qoldi, xolos. Bekzod quyidagicha yozishi mumkin edi: -"Akmal aka, do'koningizda hozir "Atomic Habits" bormi va nechchi pul?" -"350 ming so'm". 2-usulda yozish "no-hello" deb ataladi. Siz suhbatning kirish qismi, salom alik yoki rasmiyatchilikni o'tkazib, gapning muddaosiga o'tasiz. To'g'ri, yaqin o'rtoqlarimizdan tashqari kimgadir yozayotganda qo'pol bo'lmasligi uchun salom-alikdan boshlashga o'rganib qolganmiz. Shuning uchun "Assalomu alaykum. Yaxshimiz? Shu kitob bormi va nechchi pul?", deb yozsa ham bo'laveradi ("Not just hello"). Asosiysi, suhbatning boshidayoq maqsadga o'tish. Ishdagi, band odamlar uchun bu juda qo'l keladi. Siz narigi odamning vaqtini olmaysiz, ishingiz ham tezroq bitadi va deyarli doim savolingizga javob olasiz. Faqatgina salomdan boshlasangiz, umuman javob kelmasligi ham mumkin (ayniqsa, Telegramning chatni ochmasdan o'qish va "last seen" funksiyalarini hisobga olsak🤓). Juda oddiy, lekin foydali odat. https://t.me/muhammadjohns

Kanadada nimalar bo'lyapti?! Kanada hukumati yaqinda mahalliy matbuotlarni qo'llab-quvvatlash uchun Bill C-18 (The Online News Act) deb nomlangan yangi qonunni imzoladi. Unga ko'ra, katta tex-kompaniyalar, shu jumladan Google va Meta, Kanadaning yangiliklar ulashadigan vebsaytlariga (matbuot, telekanal) havola (link) ko'rsatgani uchun ularga pul to'lashi kerak. Sodda qilib aytganda, Google va Meta Kanadadagi nashriyotlarning yangiliklarini odamlarga yetkazishga yordam beradi va buning uchun pul to'lashi kerak bo'ladi. Google bunday yondashuv to'g'ri emasligini aytib, har xil yechimlar taklif qildi. Lekin Kanada hukumati ularni qabul qilmadi. Bunga javoban, ushbu qonun kuchga kirishi bilan Google va Meta o'z platformalaridan bunday linklarni olib tashlashga qaror qilishdi. Bu nima degani? Endi qonun kuchga kirgan kundan boshlab, Kanadadagi yangiliklarni Google Search qilib topa olmaysiz yoki ularni Facebook va Instagramda ko'rmaysiz. Odamlar yangiliklarni bilishmoqchi bo'lishsa, boshqa yo'llarni qidirishiga to'g'ri keladi. Bular gigant kompaniyalar bo'lsa, tinchgina rozi bo'lishsa, bo'lishmasmidi? Google va Meta rozi bo'lmaganligining asosiy sabablaridan biri – to'lov miqdorining chegaralanmaganligi (uncapped financial liability). Birgina, o'tgan yilning o'zida Google 3.6 milliard marta yangiliklarga link ko'rsatgan. Har bitta link uchun 5 sentdan to'lasa, yiliga o'rtacha 180 million dollar bo'ladi. Agar odamlar juda ko'p yangiliklar qidirib yuborishsa, bu miqdor juda oshib ketishi hech gap emas. Hozircha kuzatamiz. Balki hukumat qonunga o'zgartirish kiritar yoki butunlay bekor qilar. Bo'lmasa, oddiy aholiga qiyin bo'lishi mumkin. Yuqoridagilar mening shaxsiy fikrlarim, Google'ning nomidan emas. https://t.me/muhammadjohns

Boiling frog "Boiling frog" - "qaynayapgan qurbaqa" metaforini eshitganmisiz? Agar siz qurbaqani issiq suv ichiga tashlasangiz, u suvning issiqligini sezib, sakrab chiqib ketadi. Lekin qurbaqani sovuq suvning ichiga tashlab, suvni asta-sekin isitsangiz, suv qaynagunigacha qurbaqa sezmay, ohiri pishib qoladi. Bu metafor atrofimizdagi o'zgarishlarning asta-sekinlik bilan bo'lishini sezmasligimizga nisbatan ishlatiladi: • Proyektga "hozir deadline yaqin, keyinroq to'g'irlab qo'yaman", deb pala-partish qo'shilgan kodlar, borib-borib spaghetti codega olib keladi. • Sekin-sekin vazn yig'ilib, qorin chiqib qoladi :). • Daraxtlar bitta-bitta kesilib, shahar yalong'och holga keladi. Shuning sababli, o'zimiz va atrofimizda bo'lyapgan har bir kichik o'zgarishni e'tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. 🐸🐸🐸 https://t.me/muhammadjohns

Hamkasblaringizga hammaning oldida rahmat ayting. • Kimdir o'zi yozgan API ga juda zo'r dokumentatsiya yozib, tushunishga juda oson qilib qo'ygan. Shu sabab siz uni osonlikcha tushunib, ishlatishni boshladingiz. • Komandangizdagi bir senior dasturchi eng ko'p ishlatiladigan funksiyalarni har xil kategoriyalarga ajratib, alohida "library" qilib qo'ygani sababli siz har kuni o'rtacha 30 minut vaqt tejayapsiz. • Bitta "bug" ustida 2 soat bosh qotirganingizdan keyin, yanada ko'p vaqt sarflamaslik uchun komandadagi boshqa bir dasturchiga muammoni ko'rsatdingiz va u sizga 10 minut ichida "bug" qayerda ekanini topib berdi. Rahmat aytib, ishingizda davom etasiz. Boshqalar bu haqida bilmadi. Yuqoridagi holatlarning ba'zilari yoki hammasi kimdadir bo'lgan. Bir odam o'zining vaqtini boshqalarning unumdorligi uchun sarflaydi. Ba'zan hech kim buni e'tirof etmasligi mumkin. Keyingi safar "team meeting" bo'lganida, o'sha odamga hammaning oldida rahmat aytib qo'ysangiz, u yanada ko'proq boshqalarga yordam berishga harakat qiladi va boshqalar ham shunday qilishi mumkin. Bizning jamoada har dushanbda kuni "weekly stand-up meeting" bo'ladi. Unda har bir kishi o'zining bir hafta davomida "qoyillatgan" ishlari, aktual muammolari ("blocker"), va minnatdorchiliklari ("kudos") haqida gapiradi. "Kudos to John for reviewing my change and catching one issue that I overlooked", deganga o'xshagan bir qator gap bilan hamma kimgadir o'z minnatdorchiligini bildirishi mumkin. Siz ham buni sinab ko'ring. Balki, asta-sekin jamoangizga (yoki kompaniyangizga) yaxshi bir madaniyatni olib kirarsiz :) https://t.me/muhammadjohns

Oramizda Android ilovalarni to'liq "Jetpack Compose" yozyapganlar yoki bir necha yil oldin "XML View"da yozilgan ilovalarni s
Oramizda Android ilovalarni to'liq "Jetpack Compose" yozyapganlar yoki bir necha yil oldin "XML View"da yozilgan ilovalarni sekin-asta "migrate" qilyapganlar anchagina ko'payib qolgan bo'lsa kerak. Agar hali ham Jetpack Compose'ga o'tolmay yurgan bo'lsangiz, quyidagi ma'lumot biroz motivatsiya berishi mumkin: "Threads" ilovasi ham to'liq Jetpack Compose'da yozilgan ekan.

Repost from Vohid Karimov
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaydiganlar uchun 3-5 yillik plan: — Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling — Computer Science mavzularini chuqur o'rganing — Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo) — Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing — Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing — O’zingizni pet proyektlaringizni yarating — Har kuni ko'p kod yozing — Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham) — Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi. Jarayondan zavq oling!

Yuqoridagi sammitni quyidagi link yordamida YouTube'da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/KFtAL9-DpfI?feature=share Boshlanyapti :)

22-23 май кунлари 62-анъанавий Гуллар фестивали доирасида "Namangan Tech Summit" - халқаро АйТи форуми бўлиб ўтади 📍Манзил: Наманган шаҳар Давлатобод тумани "Янги Ўзбекистон - ёшлар зиё маскани" ахборот-кутубхона маркази

Google'dagi boshqa o'zbeklar – Sherali va Ortig'ali akalar bilan ko'rishib, yaxshi mavzularda suhbatlashdik. https://t.me/muh
Google'dagi boshqa o'zbeklar – Sherali va Ortig'ali akalar bilan ko'rishib, yaxshi mavzularda suhbatlashdik. https://t.me/muhammadjohns

photo content
+5

Sunnyvale va Mountain View (ing.) shaharlaridagi Google ofislaridan rasmlar. U yerda ishchilar uchun basseyn, pilyaj voleybol
+9
Sunnyvale va Mountain View (ing.) shaharlaridagi Google ofislaridan rasmlar. U yerda ishchilar uchun basseyn, pilyaj voleyboli, tennis maydonchalari ham bor ekan. Biz bu yerda stol tennisiga xursand bo'lib yuribmiz (hazil, albatta). Hamma joyni aylanib chiqish uchun bir hafta kamlik qilarkan. Lekin asosiysi – foydali va maroqli hafta bo'ldi. Endi ishga qaytamiz :) https://t.me/muhammadjohns

+2
Salom, GDG-Tashkent, Uzbekitan! Mana hozir "Shoreline Amphitheater" ga kirib kelib, joylashib oldik. 10 daqiqadan so'ng Google I/O 2023 boshlanadi. Videoda ko'rib turganingizdek, hali ham odamlar kirib kelishyapti. Google ishchilari, hukumat va media vakillari, mashhur YouTuberlar va boshqalar tashrif buyurishgan. Bu yilgi Google I/O ga qiziqish ancha yuqori. Stay tuned! #gdg #gdgtashkent #uzbekistan https://t.me/muhammadjohns

2 kun oldin jamoaviy sammitda qatnashish uchun "Silicon Valley"ga keldim. Jamoaviy sammit — Google'dagi bir jamoaning barcha
2 kun oldin jamoaviy sammitda qatnashish uchun "Silicon Valley"ga keldim. Jamoaviy sammit — Google'dagi bir jamoaning barcha a'zolari Google'ning biror bir shahardagi ofisiga kelib, bir necha kun davomida birgalikda vaqt o'tkazish uchun yig'ilishi. Unda prezentatsiyalar, yig'ilishlar va har xil o'yinlar tashkillashtirilishi mumkin. Birinchi kun, ya'ni kecha (Kalifnorniya vaqti bilan), asosan boshqalar bilan ko'rishish hamda Saniveyl (Sunnyvale) shahridagi Google ofislarini aylanish bilan band bo'ldik. Bundan tashqari, lego musobaqasida qatnashishga ham ulgurdim😆 Ikkinchi kun, ya'ni bugun bo'lsa, bir nechta foydali prezentatsiyalarda qatnashdim. Umuman olganda, vaqt a'lo darajada o'tyapti. Hafta davomida, taassurotlar bilan ulashib turishga harakat qilaman. Yuqoridagi rasmda — ba'zi Google ofislari. https://t.me/muhammadjohns

Bir vaqtning o'zida bir qadam tashlash Ko'pchilik menga yozib, maslahatlar so'raydi. Savollar tahminan quyidagicha: • "Men Kanadaga bormoqchiman, vizasini olish qiyin ekan deb eshitdim, topshirishni maslahat berasizmi?" • "Men Kanadaga o'qishga topshirmoqchiman, faqat bank hisobimda ko'rsatishga katta miqdorda summa yo'q, siz nima qilgansiz, boshqa yo'llari bormi?" • "Men hozir IELTSga tayyorlanyapman. Agar Kanadaga o'qishga kirsam, ishlab kontraktimni qoplay olamanmi?" • "Kanadada XYZ sohada o'qisam, keyinchalik o'sha yerda ish topa olamanmi?" Umuman olganda, shunday savol beradiganlar hali umuman universitetga hujjat topshirmay turib, undan 2-3 "qadam" naridagi narsalar haqida o'ylashni boshlashadi. Natijada, oldilariga qo'ygan maqsadlariga erishish juda qiyindek bo'lib ko'rinadi. Menda qanday bo'lgandi? • Bakalavriatni bitirib, O'zbekistonda ishlab yurgan paytlarimda asosiy bosh qotirgan narsam universitetlarga hujjat topshirib, magistraturaga qabul qilinib olish bo'lgan. Shuning o'zining ham bir qancha yugur-yugurlari bor: IELTS imtihoni topshirish, har bir universitetga alohida "statement" yozish, hujjatlar tayyorlash, professorlardan tavsiyanomalar olish va hkz. • Topshirgan universitetlarimdan "offer" olganimdan keyin grant yutgan-yutmaganimga qarab, o'sha davlatlardagi talabalar uchun ishlash sharoitlari, eng kam ish haqi haqida ma'lumotlar to'plaganman, hisob-kitob qilib ko'rganman. O'zbekistonning o'zidan homiylar topishga harakat qilganman. • Undan keyin eplab ketishga ko'zim yetgan davlat (Kanada) uchun viza olish jarayoni haqida o'rganishga kirishganman: qanday hujjatlar kerak, bankda qancha pul ko'rsatish kerak, nima qilsam viza olish shanslarim oshadi. • Vizam chiqishi aniq bo'lganidan keyin onlayn tarzda Kanadada yashash uchun joy qidirishni boshlaganman. • Keyin o'qish jarayoni boshlandi. O'qishni bitirib, ish topish uchun harakatlar, degandek. .... Hozir o'ylab qarasam, agar o'qishga topshirish jarayonidayoq, undan keyingi qadamlar haqida o'ylaganimda, ehhe, umuman harakat qilmagan bo'larmidim?! Shundan kelib chiqsak, masalahatim quyidagicha: Hozir juda uzoq haqida o'ylashingiz shart emas. Faqat keyingi qadam haqida o'ylang va bor energiyangizni shunga sarflang. Hozirdan boshlab 1-2 yildan keyin nima bo'lishini umuman bilmaysiz. Balki hozir mavjud bo'lmagan yangi grant chiqib qolar, balki siz topshirmoqchi bo'lgan davlatda aynan siz o'qigan yo'nalish uchun kadrlarga talab keskin ko'tarilib ketar. Bunday yondashuvni juda ko'p holatlar uchun qo'llasa bo'ladi. Eng asosiysi, keyingi maqsadni aniq qilib olib, harakatdan to'xtamaslik. https://t.me/muhammadjohns

Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!!! 🥳🥳🥳 Keyingi Ramazon oylariga omonlikda yetib olishlik nasib qilsin!

Google'dagi ommaviy ishdan bo'shatishlar natijasida ishdan ketgan sobiq SRE injenerining LinkedIn'dagi postidan tarjima qilyapman. (SRE - Site Reliability Engineer, platforma yoki ilovaning ishonchli va uzluksiz ishlashini kuzatib boradigan injener): * * * "Google'da ko'pgina SRE jamoalar kamida 2 ta vaqt-zonasi bo'yicha bo'lingan. Sababi — 24 soat davomida ilovalarning ishlayapganligini to'xtovsiz kuzatib borish hamda hech kim tunda ishlashga majbur bo'lib qolmasligini ta'minlash. Eng yomon uzilishlar ro'y bergan vaqtdayam, ish vaqti tugayapgan injenerlar boshqalarga ishni qoldirib, uxlab olishi kerak. O'sha kuni men navbatchi edim. Odatda, navbatchiligim to'liq bir hafta bo'lib, dushanbadan yakshanbagacha, 10:00 dan 22:00 gacha bo'ladi. Uxlashdan oldin kechasi soat 2:00 lar atrofida nimanidir tekshirish uchun ish emailimni ochdim. Qarasam, ishdan bo'shaganim haqida email kelibdi. Hayolimga kelgan birinchi narsa: 8 soatdan keyin mening ish vaqtim boshlanadi, endi kimdir mening o'rnimga navbatchilikni qabul qilib olishi kerak, aks holda uzilish ro'y bersa, hech kim sezmay qolishi mumkin. Shu xavotirda, Saniveyl (AQSH) shahridagi SRE injenerlarga aloqaga chiqishga harakat qoldim: uxlab yotishibdi. Kimningdir telefon raqamini qidiraman desam, unday informatsiya men uchun cheklab qo'yilgan ekan (ishdan bo'shatilgan ishchilar uchun o'sha zahoti kompaniyaning ichki ma'lumotlariga cheklov o'rnatilgan). Peyjerdan foydalanib, barcha SRE injenerlarga quyidagi xabarni yuborishni boshladim: "8 soatdan keyin o'rnimga boshqa navbatchi kerak. Hozirgina ishdan bo'shatildim... ." Ish berdi. Dublin (Irlandiyada) dagilar mening xabarimni qabul qilishdi. ... Men Google'da sakkiz yarim ishladim. 3-4 yil oldin mening xatoyim sababli YouTube yarim soatga ishlamay qolgan. Keyinroq yana shunday holat ro'y bersa, qanday bertaraf etish kerakligi haqida ma'lumotlar yozib chiqqanman. Google'dagi "hech kimni ablamaslik madaniyati" ("Blameless Postmortem Culture") rostdan ham bor va bu juda muhim. Xato qilib qo'ygan odam ham hech qanday xavotirsiz ("xatoyim sababli ishdan bo'shatvorishsa-chi", degan xavotir) faqat muammoning yechimini topishga bor e'tiborini berishi mumkin. Bundan tashqari sizni o'z jamoangiz ham qo'llab-quvvatlab turadi. Biror narsani eplay olmasangiz, uni tajribaliroq odamlarga taqdim qilishingiz yoki yordam olishingiz mumkin. Hattoki, eng yomon uzilishlarda ham ish vaqtingizni tugatib, bemalol uyqiga ketishingiz mumkin. Chunki bilasizki, bu muammoni boshqalar aniq bartaraf etadi. Men ham shunday qildim: qo'limdan kelganicha harakat qildim, boshqa navbatchilarga xabar berdim. Hozir yakshanba, 22:00 22-yanvar, 2023-yil. Mening ish vaqtim tugadi." * * * Post tugadi. Ishdan bo'shatilgan bo'lsa ham, baribir Google uchun qayg'urgan bu ishchining posti juda mashhur bo'lib ketdi. Kimdir uning qilgan ishiga qoyil qolgan bo'lsa, kimlardir unday qilishga majbur emasligi haqida sharh qoldirgan. Google'dagi "Blameless Postmortem Culture" esa — alohida mavzu. U haqida boshqa kuni post yozishga harakat qilaman. https://t.me/muhammadjohns

Kecha OpenAI kompaniyasi GPT-4 ni e'lon qildi. GPT — bu katta ma'lumotlar to'plami yordamida "shug'ullantirilgan" sun'iy intellekt til modeli. GPT-4 avvalgi versiyaga solishtirganda anchagina ko'p ma'lumotlar yordamida kuchaytirilgan. Tez orada ushbu modelni ChatGPT ilovasi orqali ishlatib ko'rish mumkin bo'ladi. Xuddi shu kuni Google ham sun'iy intellektni o'z produktlariga kengroq integratsiya qilishi haqida xabar berdi. Bu birinchi bo'lib Workspace mahsulotlaridan boshlanadi (Gmail, Docs, Sheets, Chat, ...). Bu nima degani? Aytaylik, siz qandaydir matn yaratmoqchisiz. Tahminan nima haqidaligini bilasizu, lekin aniq qanday yozishni bilmayapsiz. Shu hayolingizdagi 1-2 ta gapni yozsangiz, sun'iy intellekt modeli siz uchun to'liq matn yaratib beradi. Yuqoridagi videoda shuni ko'rishingiz mumkin. Bora-bora hech narsani o'zimiz yozmay qo'yamiz shekilli :) https://t.me/muhammadjohns

Google'dagi layoff'lar Ohirgi 2-3 oy ichida bir nechta texnologiya kompaniyalari ommaviy ishdan bo'shatishlar (layoffs) ni e'lon qildi. Afsuski, Google ham bundan mustasno bo'lmadi. Bunga sabab nima edi? Pandemiya davrida odamlar uyda o'tirib, vaqtni asosan internetga sarflashdi, ba'zi bizneslar o'z ishlarini onlayn ko'rinishga o'tkazdi, onlayn savdolar hajmi anchagina oshdi. Natijada, Amazon, Microsoft, Facebook, Google kabi kompaniyalarning servislariga bo'lgan talab keskin ko'tarilib bordi. Talabni qondirish maqsadida ushbu kompaniyalar ko'proq ishchilarni ishga olishni boshlashdi. Bundan tashqari daromad oshgani sababli har xil yangi, unchalik yuqori prioritetli bo'lmagan proyektlar uchun ham bemalol resurslar (ishchi kuchi va mablag') yo'naltirildi. 2022-yildan boshlab, pandemiya cheklovlari yumshatilgani yoki butunlay olib tashlangani sababli odamlar oldingi hayotga qaytishi oqibatida kompaniyalarning daromadlarining o'sishida sekinlashish boshlandi. Google'ning 2021-yildagi daromadi 2020-yilga nisbatan 41% ga o'sgan bo'lsa, 2022-yilda o'sish 10% dan kamroq bo'ldi. Kelajak uchun uzoq yillik rejalar asosida faoliyat yuritadigan bu kompaniyalar keskin qarorlar qabul qilishiga to'g'ri keldi: ortiqcha ishchi kuchidan voz kechish, muhim bo'lmagan proyektlarni to'xtatish. Shu yil 20-yanvar kuni Google'ning barcha ishchilari ijrochi direktor — Sundar Pichai'dan email qabul qilib oldi. Unda taxminam 12 ming kishi ishdan bo'shatilishi aytilgan edi. Lekin hamma birdan ishdan ketkazilmadi. O'sha kuni faqat AQSH dagi omadsiz ishchilarga "javob berildi". 6-fevral kuni Kanadadagi Google ishchilariga ham xabar berildi. 12 ming ishchilarning barchasini bir vaqtda ishdan ketkazilmagani sababi — ba'zi davlatlarda ishchilarni (ommaviy) ishdan bo'shatishni qiyinlashtiruvchi qonunlar bor bo'lib, Google kasaba uyishmalari bilan ish olib borishi kerak. Hali bu jarayon yakuniga yetgani yo'q. Boshqa davlatlardagi ofislarlarga birin-ketin xabar berilyapti. Hali yana bir necha oy davom etsa kerak... https://t.me/muhammadjohns

Yangi Yil barchamizga qutlug' kelsin!!! 🎉🥳🎊

Davomi... Rasmlarni o'zim olganman :)
+8
Davomi... Rasmlarni o'zim olganman :)