"UNIVERSAL" o'quv markazi
前往频道在 Telegram
293
订阅者
无数据24 小时
-27 天
+1030 天
帖子存档
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi
▶️ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:
🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.
📚 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.
✅ Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:
1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.
📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.
Bizning kanal:
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Tafakkur vaqti
Kitob mutolaasidan foydali jumlalar
🙂 Tonggi odatingizning sifati kun davomidagi mehnatingizning darajasini belgilab beradi.
🙂 Zafar eng koʻp mashq qilganlarga tegishlidir.
🙂 Tashqi dunyoda qilayotgan ishlaringizning barchasi ichki dunyongizda roʻy berayotgan voqealarni aks ettiradi.
🙂 Dunyodagi yagona iblislar faqatgina sizning qalbingizda yashaydi. Haqiqiy janglar oʻsha yerda yuz beradi.
🙂 Buyuklik ichkaridan boshlanadi.
🙂 Chala ishtiyoq chala natijalarni
olib keladi.
🙂 Oʻtmishda yashashni bas qiling. Oʻtmishdan faqat xulosa chiqaring.
🙂 Fikrlash tarzimiz hammasini hal qiladi.
🙂 Miyangizni tozalashni bas qiling. Undan koʻra qalbingizni tozalang.
🙂 Tonggi odatlaringizning bir qismi minnatdorchilik mashqlaridan iborat boʻlishi kerak.
🙂 Hatto eng oddiy mashqlar ham har bir kunimizni keskin yaxshilaydi.
🙂 Xavotir, taqchillik, xudbinlik, va baxtsizlik - bularning barchasi qoʻrquvning farzandlaridir.
🙂 Koʻpchiligimiz yaratish, yordam berish va sayohat qilish oʻrniga yigʻish, toʻplash va qiyoslashga berilib ketganmiz.
🙂 Tolstoy: Yordamga muhtoj va birovdan yordam olishga odatlanmagan insonlarga foyda keltiring.
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Qabul_2023
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
✅ Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2023-2024-oʻquv yili uchun xujjatlar qabul qilish boshlandi.
▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-sinfga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.
❓ Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
✅• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
Xujjatlar https://ariza.piima.uz/ sayti orqali 10-30-iyun kunlari qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar:
☎️+998945002326
☎️+998946171719
☎️+998901540787
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🧮 Endi bizda sizning farzandingiz o'z iqtidorini sinab ko'rishi mumkin...
🙋♀🙋♂ 7-10 yoshli bolalarning yozgi ta'til davrini mazmunli o'tkazish uchun
MENTAL ARIFMETIKA darslariga qabul boshlandi!
Mental arifmetika darslarida farzandingiz:
- Ongda tez hisob-kitob qiladi;
- Diqqati mustahkamlanadi;
- Xotirasi rivojlanadi;
- Maktab dasturini yaxshi o'zlashtiradi;
- Yangi qobiliyatlari paydo bo'ladi;
- Moslashuvchan fikrlash qobiliyatiga ega bo'ladi.
⚡️Hoziroq MENTAL ARIFMETIKA darslariga yoziling!
✅ Darslarni trener, mentor, Prezident Davlat xizmatlari markazi ARGOS psixologlar klubi a'zosi va bolalar iqtidoriga to'g'ri yondasha oluvchi magistr psixolog Bоzarova Shaxnoza olib boradi.
✅ Darslar haftasiga 3 kun, 2 soatdan olib boriladi.
🏫 "UNIVERSAL" o'quv markazi qabulxonasi
📞 +998905999532
📍Manzil: Kosonsoy tumani Bog'ibaland MFY. Sobiq 52-DIUM ro'parasida.
❗️"UNIVERSAL" o'quv markazi - intellektni rivojlantirish markazi!
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Abituriyentlarda biometrik pasport yoki ID-karta boʻlishi kerak
Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda attestat ma’lumotlarini elektron dasturga kiritishi talab etiladi.
❌ Bu hujjatlarsiz elektron ariza topshirib boʻlmaydi.
Arizani biometrik (yashil) pasport bilan ham kiritish mumkin, ikki hujjatdan biri — biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.
❗️O'tgan yillarda bitirgan va ayni damda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas. ID-karta bo‘lishi kerakligi haqidagi talab faqat hali pasport olmagan o‘quvchilarga tegishli. Chunki hozir biometrik pasport berilmayapti.
Avvalroq vazirlik maktablarning 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarini tezroq ID-karta olishga chaqirgandi.
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини
ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади!
🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?!
Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд.
"UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
▪️Математика
▪️Инглиз тили
▪️Кимё
▪️Биология
▪️Тарих
▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарсларига қабул бошланмоқда.
❗️ШУНИНГДЕК:
✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили)
✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари.
✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда.
🙋♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни
ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ
🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида
#МОТИВАЦИЯ
▪️Қизиқувчан бўлинг. Менинг ҳеч қандай истеъдодим йўқ. Мен шунчаки, жуда қизиқувчанман.
▪️Бeбаҳо қатъият. Мен ҳар бир масалага, бошқаларга нисбатан кучли эътибор ва эҳтиёткорлик билан қарайман.
▪️Вақтдан ютишга ҳаракат қилманг. Бир вақтда бир неча иш қила оласиз, лекин ҳаммасини мукаммал адо этолмайсиз.
▪️Хато қилиш. Ҳеч қачон хато қилмаган инсон, янги нарсани умуман татиб кўрмайди.
▪️Ҳозирги вақт билан яшанг. Мен ҳеч қачон келажак ҳақида ўйламайман – у жуда тез яқинлашиб келади.
▪️Қадриятларни яратинг. Муваффақиятга эришиш учун эмас, балки ҳаётингиз мазмунли бўлишига интилинг.
▪️Такрорламанг. Бир ишни қайта-қайта қилиб, лекин ҳар хил натижани кутиш – аҳмоқлик.
▪️Билим тажрибадан кeлиб чиқади.
Ахборот – билим эмас. Илмнинг ягона манбаси – тажриба.
▪️Яхшироқ ўйнаш учун қоидаларни билиш кeрак.Сиз ўйин қоидаларини ўрганинг. Шундан сўнг, ҳаммадан кўра яхшироқ ўйнашингиз мумкин.
© Альберт Эйнштейн.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi.
1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
O‘zbekistonda test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi
🏢 O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
⏰ Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.
✅ Uch yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q.
Shu sababli, xuddi 2018—2019-yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#11. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar.
❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi.
(manba: @piimauz)
👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📖 O‘zingizga ishoning!
Bu bola faqatgina sinfda emas, balki butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: o‘zi nima ahvolda-yu, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida yetti betlik insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma.
Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘ldi. Dars tugagach o‘qituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qo‘yganini so‘radi. Shunda o‘qituvchi:
🔴“Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang bo‘lmaydimi? Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom-hayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz”.
🤔 Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib oʻtirdi... Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib bordi va unga qarata shu so‘zlarni aytdi: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni...”
Yillar o‘tdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uyda o‘tirardi. Ro‘parasidagi devorda esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...
☝️Xulosa: O‘zgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yoʻqotmang!
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#жараён
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида ТЕСТ СИНОВИ бўлиб ўтмоқда!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Бугун Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-5-6-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун
ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилди.
✅Tobora yaqinlashayotgan imtixon uchun bunday sinov testlar muvaffaqiyat kaliti bo'lishi aniq!
Барча ўқувчиларга омад ёр бўлсин!
🙋♂️Барча ўқувчиларни келгуси ТЕСТ СИНОВЛАРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида навбатдаги ТЕСТ СИНОВИ!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-5-6-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун ҳар ойда икки маротаба якшанба кунлари ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилмоқди.
🕥КУТИЛАЁТГАН НАТИЖА
✅ Ўқувчиларни тайёргарлик ва реал билим даражасини аниқлаш, шунингдек ҳар бир фан бўйича таҳлил натижаларини чиқариб бериш.
✅ Ўқувчиларни асосий имтихонларга тайёрлаб бориш ҳамда ўқувчиларда кўникма ва амалиёт ҳосил килиш.
✅ Тест синовларида юқори натижага эришган ўқувчиларни тақдирлаш ва соғлом рақобатни ташкил этиш.
⚡️Диққат, навбатдаги ТЕСТ СИНОВИ 2023 йил 4-июн ЯКШАНБА куни соат 9:00 да бошланади!
🙋♂️Барча ўқувчиларни ТЕСТ СИНОВИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ.
🎯Мўлжал:собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида
Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda ijod maktablariga hujjatlar iyun oyida onlayn qabul qilinadi;
imtihonlar iyul-avgust oylarida katta sig‘imli 58 ta yopiq pavilyonlarda bo‘ladi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari har doimgidek Cambridge Assesment Admissions Testing tashkiloti (Buyuk Britaniya) tomonidan tuzilgan nazorat materiallari asosida ushbu tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda 14 ta Prezident maktablariga 5-sinfdan, 169 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internetlarga 5,7-sinfdan (yangi ochilganlariga 5-11-sinfdan), 9 ta ijod maktabiga esa 7-sinfdan o‘quvchilar saralab olinadi.
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Tafakkur vaqti
📖 Kitob mutolaasidan foydali jumlalar...
🫥 Chalgʻituvchi narsalarga ruju qoʻyish ijodiy qobiliyatlarni soʻndiradi.
🫥 Yangi texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar nafaqat samarador salohiyatimizning choʻqqilarini pasaytirmoqda, balki bizni insoniylik tuygʻularidan mahrum qilmoqda.
🫥 Insonlarning eʼtibori keraksiz narsalarga qaratilgani tufayli oʻz sohalarida buyuk ishlarga qoʻl urish va hayotlarini yaxshilab olish imkoniyatidan mahrum boʻlishmoqda.
🫥 Vaqtingizni boshqarish oʻrniga
diqqat-eʼtiboringizni boshqaring.
🫥 Stiv Jobs butun dunyoga sotgan narsalarini oʻz farzandlariga bermagan. U bunday narsalardan notoʻgʻri foydalanilsa, ular insonlarni oʻzlariga qanchalik mubtalo qilib, insoniylikdan mahrum qilib qoʻyishi mumkinligini bilgan.
🫥 Qiyoslash bizni quvonchdan
mahrum qiladi.
🫥 Sizdagi ochkoʻzlik hissi qalbingizdagi taqchillik tuygʻusi tufayli yuzaga chiqadi.
🫥 Qoʻrquvga qaramay oʻz ishini yakuniga yetkazadigan insonlargina afsonaga aylanadi.
🫥 Heminguey: erta tongda sizni hech kim bezovta qilmaydi, havo salqin va sovuq boʻladi va ishga kirishish orqali isina boshlaysiz.
🫥 Shosha-pisha koʻplab topshiriqlarni bajarish oʻrniga, bir dona muhim ish bilan shugʻullaning.
🫥 Albert Eynshteyn: biror ishga oʻzining butun shijoati va qalbini safarbar eta oladigan insongina asl mahorat egasi boʻla oladi.
🫥 Buyuk insonlar hech narsani anglatmaydigan minglab ishlarga qoʻl urishdan koʻra, kelajak avlodlarni ham ilhomlantiradigan birgina ajoyib sanʼat asarini yaratishni afzal koʻrishadi.
🫥 Aql-zakovat samimiyliksiz hech narsaga arzimaydi. Buyuk yutuqlar oddiy mehr-oqibatsiz hech narsani anglatmaydi.
👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
