O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
前往频道在 Telegram
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali 🌐 www.uzmrc.uz 📧 info@uzmrc.uz ⏺ linkedin.company/uzmrc/ 📍 100000, Toshkent shahri, Oloy bozori berk ko'chasi, 64-uy, "Orient" biznes markazi
显示更多3 166
订阅者
-1924 小时
-2357 天
-65530 天
帖子存档
1️⃣🤝✅🏦⚡️
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak!
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” jamoasi barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak!
#Uzbekistan35 #UzMRC #MustaqillikBayrami
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston ipoteka obligatsiyalari — xorijiy axborot kanallarida
⚡️ O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan pilot loyiha xorijiy axborot kanallarida ham e’tirof etildi.
✔️Loyiha doirasida beshta tijorat banki ishtirokida 5 ta yopiq joylashtirish amalga oshirilib, RFB «Toshkent» orqali jami 200,875 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari muvaffaqiyatli joylashtirildi.
✔️Mazkur natija O‘zbekistonda ipoteka va kapital bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, ipoteka moliyalashtirishining yangi mexanizmlarini joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
📌 Ipoteka obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi nafaqat mahalliy, balki xorijiy professional va moliyaviy axborot maydonlarida ham e’tibor qozonmoqda.
#UzMRC #IpotekaObligatsiyalari #Ipoteka #KapitalBozori #MoliyaBozori #MortgageBonds
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📌 Ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi
Kompaniya boshchiligida Markaziy bank, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hamkor tijorat banklar vakillari ishtirokida ipoteka bozorining dolzarb masalalari va kelgusidagi ustuvor maqsadlarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida:
🟣 Kompaniyaning biznes rejasi va 2026-yil uchun ustuvor vazifalari;
🟣 banklarning taklif va ehtiyojlari;
🟣 norasmiy daromadga ega fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratishning yangi yondashuvlari;
🟣 ipoteka bozoridagi asosiy o‘zgarishlar;
🟣 ipoteka aktivlarini sekyuritizatsiya qilish va uzoq muddatli resurslarni jalb etish;
🟣 banklar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ipoteka savdolarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Tadbirning ikkinchi qismida ipoteka kreditlarini faol sotayotgan banklar bilan davra suhbati tashkil etilib, mijozlar bilan ishlash, sotuv samaradorligini oshirish va ilg‘or bank amaliyotlarini ommalashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
📈 Uchrashuv yakunida ipoteka bozorini rivojlantirish, banklar bilan hamkorlikni mustahkamlash va aholining ipoteka olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Kompaniya bu kabi tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshishda davom etadi.
#Ipoteka #IpotekaBozori #Moliyalashtirish #Banklar #Hamkorlik
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
📊 Kompaniya faoliyati va ipoteka bozori tahlili 2026-yil II chorak
🏠 2026-yil II chorak yakuniga ko‘ra, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilgan ipoteka portfelining jami ipoteka portfelidagi ulushi 8,5%ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga oshgan.
👥 2021–2026-yillar davomida qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha mijozlar soni 7 883 nafardan 35 318 nafargacha oshdi — bu 4,5 barobar o‘sish demakdir. 2026-yil II chorakda mijozlar soni 2025-yilga nisbatan 15,9%ga ko‘paydi.
📈 2020–2025-yillarda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar portfeli 54,9 trln so‘mdan 220,3 trln so‘mgacha oshdi. Ipoteka kreditlari esa ushbu portfelning 36%ini tashkil etib, yetakchi segment bo‘lib qolmoqda.
🌱 2026-yil II chorakda banklarning yashil ta’mir uchun ipoteka mahsulotlarida foiz stavkalari 19–24% atrofida shakllangan.
📌 Kompaniya ipoteka bozorining barqaror rivojlanishi va aholining uy-joy moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shishda davom etmoqda.
📎Batafsil
#UzMRC #Ipoteka #IpotekaBozori #UyJoy #QaytaMoliyalashtirish #IpotekaKrediti #YashilTamir #UyJoyMoliyalashtirish
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
Dushanba — yangi marralar starti!
⚡️ Bayramona kayfiyat, samimiy muhit va cheksiz energiya — yangi haftani aynan shunday qarshi oldik.
🤝 Har bir kunimiz ilhomga va barakali natijalarga boy bo'lishiga ishonamiz!
📌 Yangi maqsadlar sari birga intilamiz
#YangiHafta #UzMRC
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
Kompaniya loyihasi doirasida 200,88 mlrd so‘mlik obligatsiyalar joylashtirildi
🎉 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-sonli Farmoni doirasida ipoteka obligatsiyalarini tajriba tariqasida muomalaga chiqarish va joylashtirish bo‘yicha «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ (Kompaniya) tomonidan amalga oshirilgan pilot loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.
✔️Loyiha doirasida Kompaniya huzuridagi «UMRC SPV» MCHJ tomonidan chiqarilgan ipoteka obligatsiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida beshta tijorat banki ishtirokida bosqichma-bosqich joylashtirildi.
Xususan:
🟣«O‘zmilliybank» AJ — 40,4 mlrd so‘mlik;
🟣 «Asakabank» AJ — 39,63 mlrd so‘mlik;
🟣ATB «O‘zsanoatqurilishbank» — 40,15 mlrd so‘mlik;
🟣AT «Xalq banki» — 40,55 mlrd so‘mlik;
🟣ATB «Agrobank» — 40,15 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari joylashtirildi.
Shu tariqa, beshta yopiq birja bitimi doirasida jami 200,88 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari muvaffaqiyatli joylashtirildi.
📊 Mazkur loyiha Kompaniyaning ipoteka bozorida yangi moliyaviy instrumentlarni amaliyotga joriy etish, ipoteka kreditlashni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va kapital bozori mexanizmlaridan samarali foydalanish borasidagi muhim tashabbuslaridan biridir.
📌Pilot loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Kompaniyaning ipoteka obligatsiyalari bozorini rivojlantirish va ushbu mexanizmni kelgusida yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim natijasidir.
#UzMRC #UMRC #UMRCSPV #IpotekaObligatsiyalari #IpotekaBozori #KapitalBozori #Banklar
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🌿 YASHIL TA’MIR — EKOLOGIK MAHSULOT, TEJAMKOR UY VA FOYDA DEMAKDIR!
🟣Qulay kredit shartlari:
Muddati: 10 yilgacha
Miqdori: 350 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi: 19% dan
Boshlang‘ich to‘lov: 0%
📌Uy-joyingizni zamonaviy va ekologik yechimlar bilan yangilang, hozirdan tejamkor tanlov qiling.
#yashil_tamir
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
⚡️ Bir jamoa — bir maqsad, bir yutuq!
🏔️ Kompaniya jamoasining navbatdagi teambuilding tadbiri bu safar so‘lim va betakror Zomin bag‘rida, yuqori kayfiyat hamda qiziqarli Fun Quiz yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi.
✅ Jamoaviy bilim, topqirlik va tezkor fikrlashni sinovdan o‘tkazgan turli qiziqarli shartlar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
🤝 Tadbir davomida xodimlar o‘rtasidagi hamjihatlik, o‘zaro ishonch va jamoaviy ruh yanada mustahkamlandi.
📌 Bunday teambuildinglar nafaqat maroqli dam olish, balki jamoani birlashtirish, yangi g‘oyalarni uyg‘otish va kelgusidagi samarali hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi.
#teambuilding2026 #birjamoa #biryutuq #biryutuq
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
+1
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📊 Uy-joy bozoridagi foiz stavka va kredit miqdorlari bo'yicha haftalik ma'lumotlar (2026-yil 20-avgust holatiga)
✅Kompaniya mas'ul xodimlari tomonidan tijorat banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar asosida ipoteka foiz stavka va miqdorlari o‘rganib chiqildi.
Unga ko'ra:
🏠 Birlamchi va ikkilamchi uy-joy kreditlari:
— Foiz stavkalari: 0% dan 30% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 4 120 mln so‘mgacha
🌿 Yashil ta’mir va ta’mir kreditlari:
— Foiz stavkalari: 18% dan 34,1% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 1 442 mln so‘mgacha
❔Batafsil ma'lumotlar uchun tijorat banklariga murojaat qiling!
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
+1
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📊 Uy-joy bozoridagi foiz stavka va kredit miqdorlari bo'yicha haftalik ma'lumotlar (2026-yil 19-avgust holatiga)
✅Kompaniya mas'ul xodimlari tomonidan tijorat banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar asosida ipoteka foiz stavka va miqdorlari o‘rganib chiqildi.
Unga ko'ra:
🏠 Birlamchi va ikkilamchi uy-joy kreditlari:
— Foiz stavkalari: 0% dan 30% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 4 120 mln so‘mgacha
🌿 Yashil ta’mir va ta’mir kreditlari:
— Foiz stavkalari: 18% dan 34,1% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 1 442 mln so‘mgacha
❔Batafsil ma'lumotlar uchun tijorat banklariga murojaat qiling!
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📌 Yangi hafta — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar!
Har bir yangi hafta — kechagi natijalarni sarhisob qilib, bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanish va ertangi katta marralar sari dadil qadam tashlash uchun yangi start.
🎯 Maqsadlarimiz aniq.
🤝 Jamoamiz birlashgan.
⚡️ Harakatimiz izchil.
🏆 Natijalarimiz esa yanada katta bo‘lsin!
✅ Yangi haftani katta ishonch va yuqori samaradorlik bilan boshlaymiz!
#YangiHafta #YangiImkoniyatlar #YangiMarralar #Samaradorlik #BirgalikdaRivojlanamiz
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🌿 Yashil ta’mir — sog‘lom va ekologik uy sari qadam!
Ta’mir qilishda faqat qulaylik emas, balki sog‘liq va tabiat haqida ham o‘ylash kerak.
🟣 Tabiiy va ekologik xavfsiz mahsulotlar
🟣 Energiya tejovchi texnologiyalar
🟣 Qayta ishlangan materiallar
Bu — nafaqat tabiatni asraydi, balki siz va oilangiz uchun ham xavfsiz muhit yaratadi.
#Yashil_Tamir
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
🎓 Kompaniyada ilk bor — yoshlar uchun amaliyot dasturi!
🗣Yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularni real ish muhitiga tayyorlash hamda professional ko‘nikmalarini shakllantirish — Kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Kompaniyada ilk bor amaliyot dasturi yo‘lga qo‘yildi.
✅ Amaliyot dasturi yosh mutaxassislarga nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, Kompaniyaning faoliyati va real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Dastur davomida ishtirokchilar:
🟣real ish jarayonlarida ishtirok etadi;
🟣professional muhitda amaliy tajriba orttiradi;
🟣jamoada ishlash va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
🟣Kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishadi;
🟣tajribali mutaxassislardan bilim va amaliy tavsiyalar oladi.
🚀 Kompaniyada yo‘lga qo‘yilgan ushbu yangi tashabbus — yosh mutaxassislar uchun muhim imkoniyat, Kompaniya uchun esa kelajak salohiyatiga kiritilgan sarmoyadir.
🤝Kompaniya yoshlarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish va kelajak uchun malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.
#UzMRC #AmaliyotDasturi #YoshMutaxassislar #Imkoniyat
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
+1
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📊 Uy-joy bozoridagi foiz stavka va kredit miqdorlari bo'yicha haftalik ma'lumotlar (2026-yil 10-avgust holatiga)
✅Kompaniya mas'ul xodimlari tomonidan tijorat banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar asosida ipoteka foiz stavka va miqdorlari o‘rganib chiqildi.
Unga ko'ra:
🏠 Birlamchi va ikkilamchi uy-joy kreditlari:
— Foiz stavkalari: 0% dan 30% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 4 120 mln so‘mgacha
🌿 Yashil ta’mir va ta’mir kreditlari:
— Foiz stavkalari: 18% dan 34,1% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 1 442 mln so‘mgacha
❔Batafsil ma'lumotlar uchun tijorat banklariga murojaat qiling!
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
☀️ “Yashil Ta'mir” ipoteka krediti va quyosh panellari
📌 Panellar farqi:
Bir tarafli: Nur faqat old tarafidan tushadi.
Ikki tarafli: 30° qiyalikda va orqa foni aks ettiruvchi qilib o'rnatilsa, oldi ham, orqasi ham nur olib, ko'proq elektr beradi. Quyosh chiqishi va botishida ham samaradorligi yuqori bo'ladi.
Asosiy mezon: Qaysi birini tanlashdan qat'i nazar, foydali ish koeffitsienti hamda 10–30 yildagi eskirish darajasiga qaraladi.
🏡 "Yashil Ta'mir" afzalliklari:
Bepul energiya: Uy yoritish, isitish va sovutish xarajatlari tejaladi.
Cho'ntakka daromad: Ortiqcha energiyani sotish yoki tejash orqali daromad keltiradi.
Ekologiya: Havoni toza saqlashga munosib hissa qo'shiladi.
🎬 Mavzu bo'yicha to'liq va batafsil ma'lumotni ushbu videoda tomosha qiling:
👉 Videoni ko'rish uchun bosing
💡 Uyingizni zamonaviy va tejamkor energiyaga o'tkazing!
#Yashil_tamir #Quyosh_panellari
#Energiya_samaradorligi
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
Kuchli jamoa — barqaror taraqqiyot garovi!
📌 Har qanday yirik natija ortida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, bilim va tajribasini doimiy rivojlantirib boradigan jamoa turadi.
👥 Kompaniyamizda har bir mutaxassis o‘z yo‘nalishida professional yondashuvi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnati bilan umumiy maqsadlarimiz sari dadil qadam tashlashga hissa qo‘shmoqda.
📈 Kundalik mehnat, o‘zaro ishonch va jamoaviy hamkorlik tufayli biz nafaqat bugungi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshiryapmiz, balki kelajakdagi yirik marralar uchun ham mustahkam poydevor yaratmoqdamiz.
✨Biz inson kapitalini eng muhim qadriyat deb bilamiz. Zero, Kompaniyamizning har bir yutug‘i ortida jamoamiz bilimi, mehnati va sadoqati mujassam.
#Bizning_xodimlar
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📌 Yangi kun — yangi imkoniyatlar
Belgilangan maqsadlar sari izchil harakat qilish, samaradorlikni oshirish va yangi natijalarga erishish uchun yana bir imkoniyat.
Birgalikda yanada katta yutuqlarga erishamiz!
#Yangi_kun #Samaradorlik #BirgalikdaRivojlanamiz
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
☀️ Shunchaki ta'mir emas, kelajakka investitsiya: Nima uchun zamonaviy xonadon egalari "Yashil Ta'mir" va quyosh panellarini tanlashmoqda?
✅ Uy joyingizni energiya tejamkor va zamonaviy yechimlar bilan ta’mirlash uchun “Yashil Ta’mir” ipoteka kreditini taklif qilamiz
📌Kredit shartlari esa qulay:
🟣Muddati: 10 yilgacha
🟣Miqdori: Toshkent shahri bo’yicha 350 mln so'mgacha, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimida 250 mln so’mgacha
🟣Foiz stavkasi: 19% dan
🟣Boshlang'ich to'lov: 0%
🏦 Batafsil ma’lumot uchun hamkor tijorat banklarimizga murojaat qiling:
🟣Xalqbanki
🟣Agrobank
🟣Asakabank
🟣Hamkorbank
🟣InFinBank
🟣Turonbank
🟣Ipotekabank
🟣BRB
🟣SQB
🟣NBU
🟣OFB
#yashil_tamir
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
+1
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📊 Uy-joy bozoridagi foiz stavka va kredit miqdorlari bo'yicha haftalik ma'lumotlar (2026-yil 27-iyul holatiga)
✅Kompaniya mas'ul xodimlari tomonidan tijorat banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar asosida ipoteka foiz stavka va miqdorlari o‘rganib chiqildi.
Unga ko'ra:
🏠 Birlamchi va ikkilamchi uy-joy kreditlari:
— Foiz stavkalari: 0% dan 32% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 4 120 mln so‘mgacha
🌿 Yashil ta’mir va ta’mir kreditlari:
— Foiz stavkalari: 18% dan 34,1% gacha
— Eng yuqori kredit miqdori: 1 442 mln so‘mgacha
❔Batafsil ma'lumotlar uchun tijorat banklariga murojaat qiling!
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
1️⃣🤝✅🏦⚡️
📊 Kompaniya resurslari doirasida ishtirokchi banklar tomonidan birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida ajratilayotgan ipoteka kreditlari
2026-yil 27-iyul holatiga:
🏠 Birlamchi va ikkilamchi uy-joy kreditlari:
— Foiz stavkalari: 20,99% dan 22% gacha
📉 Yaxshi yangilik!
Turonbank foiz stavkasini 25% dan 22% gacha pasaytirdi.
❔Batafsil ma'lumotlar uchun tijorat banklariga murojaat qiling!
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
