ch
Feedback
🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿

🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿

前往频道在 Telegram

🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿 KANALI ✓KO'RGAZMALAR ✓ISH REJA ✓MTT Mp3 ✓MUTFILIMLAR ✓MTT_HODIMLAR IJODI 💡☝️ Online test guruhimiz 👇👇👇 @yangi_tarbiyachilar Biz bilan yuksalasiz 🤗☝ 17.06.22 Admin: @Mir9124 @MTT_USTOZ

显示更多
2 825
订阅者
无数据24 小时
无数据7
无数据30
帖子存档
Ana bulmasam endi hamma til o'rganadi

“Аввал тест, сўнг танлов” тамойили жорий этилади — Президент фармони 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб давлат олий ва профессионал таълим муассасаларига (касб-ҳунар мактаби бундан мустасно) қабул қилиш бўйича имтиҳонлар “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ бир вақтда ўтказиади. Бунда: ▪️абитуриентлар ўз танловига кўра тест синови натижасида тўплаган балидан келиб чиқиб, дастлаб олий таълимнинг бакалавриат таълим йўналишларига, сўнг профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш учун танловда иштирок этади; ▪️давлат олий таълим муассасалари бакалавриатига қабул жараёни қуйидаги икки босқичда амалга оширилади: — биринчи босқичда абитуриентлар ҳар йили 5 июндан 25 июнга қадар (25 июнь куни ҳам) тест синови топшириш учун рўйхатдан ўтади ҳамда тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, таълим тили ва тест топшириш ҳудудини ҳамда кириш имтиҳонлари таркибида касбий (ижодий) имтиҳон бўлса, ушбу имтиҳонни топширадиган давлат олий таълим муассасасини танлайди. Бунда бакалавриат таълим йўналишлари бўйича ягона касбий (ижодий) имтиҳонлар дастурлари ва баҳолаш мезонлари тегишли вазирликлар (идоралар) томонидан Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан келишилган ҳолда тасдиқланади; — ўқишга қабул қилиш бўйича кириш имтиҳонлари июль–август ойларида ўтказилади; — иккинчи босқичда абитуриентлар тест синовлари тўлиқ якунланганидан сўнг 15 кун давомида олий таълим муассасаси, бакалавриат таълим йўналиши ва таълим шаклини танлайди; ▪️2025/2026 ўқув йили қабулидан бошлаб фанлар мажмуасида чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига қабул хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификат асосида амалга оширилади; ➖ барча давлат коллеж ва техникумларига “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ қабул қилишда абитуриентлар коллеж ва (ёки) техникумни, касб ва мутахассисликни ҳамда таълим шаклини олий таълим муассасаларига қабулнинг якуний натижаси эълон қилинганидан сўнг 10 кун муддатда танлайди.

TILLA Qongiz deb nomlangan yanggi qoshiq mtt musiqachisi Ismonov Mominjon ijrosida

Sevinchidan ko‘z yoshlar maysa-o‘t, Yig‘loq chigirtkalar ovunar. Ichlariga sig‘may quvonchi, «Tars» yorilib ketar qovunlar. https://t.me/MTT_USTOZ

Chekinadi qora ga‘m-zulmat, Yorishadi yuzi osmonning. Dalalarni oladi chulg‘ab, Oppoq shodlik kabi yoz tongi. https://t.me/MTT_USTOZ

Oydin tunlar pallasi, Baqalarning yallasi. Handalakning bo’ylari, Dehqonbuva to’lari, Yozdan darak bermoqda, Qarang, laylak kelmoqda! https://t.me/MTT_USTOZ

Ta‘til bu ta‘til, Yayrab, o‘ynar dil, Kuyga jo‘rovoz, Qay fasl bu? Yoz. O‘ynab o‘tloqda, So‘ngra buloqda, Cho‘milish xo‘p soz, Qay fasl bu? Yoz. Qiladi betob, Uradi oftob, Aylansang bir oz, Qay fasl bu? Yoz. https://t.me/MTT_USTOZ

Kunning qizishi, Havo isishi. Saratonga hos, Qaysi fasl bu? Yoz. Mevalar liq-liq, Atrofga to‘liq, Go‘yo poyondoz, Qaysi fasl bu? Yoz. https://t.me/MTT_USTOZ

Yoz keldi-yu, yoz keldi, Doira bilan soz keldi. Uchib kelgan laylaklar, Qanoti qog‘oz keldi. Tunni qilib tongotar, Sho‘x bolalar dong qotar. Bir tutam yoz tunida, Dehqon tongni uyg‘otar. https://t.me/MTT_USTOZ

Bizlar sevgan issiq yoz Bizlar sevgan issiq yoz Keldi ko‘klam kabi soz, Bizlar sevgan issiq yoz. Ekin o‘sdi yerlarda, Bug‘doy pishdi qirlarda… Poliz to‘la bodring, Bog‘bon, tez uzib bering! – Sabr qiling siz andek, So‘yib beray handalak. https://t.me/MTT_USTOZ

Ravshan FAYZ YOZ Ko'kning ko'ngli ochilib Ko'z yoshi tinib qoldi. Qizg'aldoqning qirmizi Kosasi sinib qoldi. Endi quyosh barchani Bir mehrda suyadi. Yalangoyoq yursang gar, Oyoqlaring kuyadi. Shippagi yo'q shamol-chi, Darrov yo'lin topadi: Oyog'in qoiga olib Tutqich bermay chopadi. 🌞 🌞 🌞 Sobir JABBOR YOZ Rang kirdi Dovuchchaga, Sig'may qoldik ko'chaga. Chorlaydi chamanzorlar, Yoz xizmatga bel bogiar. Dala qizib, Hovuchlab Daryodan suv ichadi. Endi keksa tog'lar ham Oq qalpog'in yechadi. Baliq kabi suzamiz, So'ngra chiqib qirg'oqqa, Ko'ksimizni bosamiz Issiq Ona-tuproqqa... "YOZ KELDI-YU, YOZ KELDI..." Nurullo OSTON YOZ KELDI Yoz keldi-yu, yoz keldi, Doira bilan soz keldi. Uchib kelgan laylaklar Qanoti qog'oz keldi. Tunni qilib tongotar Sho'x bolalar dong qotar. Bir tutam yoz tunida Dehqon tongni uyg'otar. Odil ABDURAHMON QUYOSH JON Yon, quyoshjon, Jon quyoshjon, Otdi oppoq Tong, quyoshjon. Don-dunimga Hosil tilab, Boshlarini Qo'ygin silab... Yurtimizga Nur sochaver, Xalqimizga Baxt ochaver. https://t.me/MTT_USTOZ

Bolalar nutqini rivojlantirishda qum terapiyasidan foydalanish Olimlar hozirgi kunda bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish m
Bolalar nutqini rivojlantirishda qum terapiyasidan foydalanish Olimlar hozirgi kunda bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish maqsadida turli izlanishlar olib borib, yangi metodikalar ustida ishlashmoqda. Qum terapiyasi ana shunday usullardan biri. Unga birinchi bo‘lib shvetsariyalik faylasuf va psixolog Karl Gyustav Yung asos solgan. Logopediyada qum terapiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu mashg‘ulot bola uchun juda qulay. O‘z fikrini so‘z bilan ifodalashga qiynalgan bola, qumdan o‘z tasavvuridagi qahramonlarini yasash https://t.me/MTT_USTOZ

Mana sizga ajoyib yozgi o'yinlardan biri albatta bolajonlar birga o'ynab ko'ring👍 https://t.me/MTT_USTOZ

Aссалому Алайкум. Чоршанба тонги муборак бўлсин 😊👍 Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин! Ҳамиша Аллоҳнинг панохида бўлинг🤲

🌤 ХАЙРЛИ ТОНГ! 🌺Ассалому алайкум! Чоршанба тонги муборак бўлсин! 🌺Сиз ва бизларни соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин! Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг 🤲

Календарно_тем_планирование_Муз_Кружок.docx0.33 KB

+3
Шаблон плана работы кружков.docx0.63 KB

#alifbo O‘zbek alifbosi - O' harfi | Bolalar uchun ✅ Ushbu o‘quv videosi orqali bolajonlar o‘zbek alifbosini qiziqarli tarzda o‘rganishlari mumkin.