ch
Feedback
Montino_store

Montino_store

关闭频道

𝐏𝐨𝐬𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐦𝐚𝐧𝐛𝐚𝐚

显示更多
1 414
订阅者
无数据24 小时
-157 天
-6830 天
帖子存档
Duoyingiz kerak shudringchalarim Bugun eng muhum kun. Vebinar qilamiz. Rosa ham hayajondaman. Koʻp vebinarlar oʻtkazganman. U
Duoyingiz kerak shudringchalarim Bugun eng muhum kun. Vebinar qilamiz. Rosa ham hayajondaman. Koʻp vebinarlar oʻtkazganman. Ular bilan pulga kelishmagandim. Loyiha ichida ketardi. Bu safar alohida loyiha. Haqiqiy progrev qildim. Xatolarimni angladim. Tajriba oshirdim. Bugun 10 kun qilgan ishimning mevasi koʻrinadi. Yuzlarimiz yorugʻ boʻlib, chiroyli qilib oʻtkazib olaylik🤲 Dizaynni GPT ga qildirdim. Mazzeykaney shu ai’lar ham. Ancha ishlarimni yengil qivotti

Hali ham vebinarni qizdirvomman Oʻquvchilari gaplashib ketishdi marafon haqidagi taassurotlarini boʻlishib.
Hali ham vebinarni qizdirvomman Oʻquvchilari gaplashib ketishdi marafon haqidagi taassurotlarini boʻlishib.

Hayotimga aylanvotti 2 ta loyihada progrev boshlangan. Bittasida bugun VEBINAR — 2-da ertaga vebinar boʻladi. Ertaga ogʻirdan
Hayotimga aylanvotti 2 ta loyihada progrev boshlangan. Bittasida bugun VEBINAR — 2-da ertaga vebinar boʻladi. Ertaga ogʻirdan yengil kun boʻladi. Sababi, 2 ta loyihamda baravar vebinar. Man qatnashishim shart. Deme, ertaga ikkiga boʻlinaman. Ham dietolog ham psixolog kanalida birdan ishliyman. Alloh quvvat bersin. Manga qiyin, Allohga osssooon. Bu baxtni oʻzim soʻrab olganman. Erishvomman. Alhamdulillah.

Qani podyum sizniki Bir oʻynab yurib beringchi Oypopuk

Endi veshilka kerakmas, model ham Modellar bitta libosni 50-80 mingdan kiyib berishadi. Yana yoʻl kira, obed, soatiga pul toʻ
+5
Endi veshilka kerakmas, model ham Modellar bitta libosni 50-80 mingdan kiyib berishadi. Yana yoʻl kira, obed, soatiga pul toʻlanadi. Fotograf taklif qilasiz. 💐 Man esa buni bitta oʻzim 10 minutda kiydirib qoʻydim. Yanachi, videoga ham tushib berdi modelimiz. 🤭. Keyingi postda video joyliyman.

Hayrli kun shudringchalarim Bugungi kunni ham oʻrtasiga kelib, saaa oʻtib qoʻyibmiz. ❤️‍🔥 Kecha shu rasmlarni zakazga yasab
+3
Hayrli kun shudringchalarim Bugungi kunni ham oʻrtasiga kelib, saaa oʻtib qoʻyibmiz. ❤️‍🔥 Kecha shu rasmlarni zakazga yasab berdim. Ishonasizlarmi 10 minut voxtim ketdi. Veshelkada ilingan dvoykani modelka kiydirdim. Yasab bergan odamimga rosayam yoqdi. Keyingi postda boshqacha stil joyliyman. U ham zoʻr chiqdi.

Bugun ertalabdan kichintoyim xursand qildi ☺️ Oʻzim bilan oʻzim ovora boʻlib yurgandim hommomda. Tush qigisi kevotganini ovoz
Bugun ertalabdan kichintoyim xursand qildi ☺️ Oʻzim bilan oʻzim ovora boʻlib yurgandim hommomda. Tush qigisi kevotganini ovozi eshitildi. Shoshib chiqsam garshogida oʻtiribdi. Roziya qizim singlisini garshokga oʻtqizmaganini etdi. Asalim oʻzi oʻtirib olibdi. Yana ayiqchasini yuziga barmoqchasini olib borib “ Aya-ya-ya” diydi. 🤩Ichimda kapalaklar uchdi. Boshqacha his boʻldi.

Progrev sirlari va bitta loyihadan kamida qancha daromad qilishingiz qiziqmi? 🌸 Birinchi marta progrev qiluvchi 200$ dan boshliydi. Manda tajriba boʻlgani sabab man sal kottaroq summadan boshladim.
Bu 1 oy uchunmas. 2 hafta uchun. Mazzami?
2 hafta post yozasiz va kamida 200$ kartezga tushib turibdi. Bugun ustozim progrev haqida va tajribalari bilan boʻlishib jonli efir qivottilar kanallarida. https://t.me/+IyeMa14z8-81ZTdi Kanal linkini qoldirdim. Agar biz progrevchilar qando pul topishimni bilmoxchi boʻlsez, yoki progrev nimaligi qiziq boʻlsa kanalga oʻtib oling. 🥰

Progrevda oʻqiganimni bilasizlar-a 🥰 Progrev boʻyicha ish topib ishlavomman. Tepada post yuborgandim. Qanchaga kelishganimni etmiyman. Oldin mehnat haqqimni ovoliy keyin mahtanaman, InshaaAllah. Oldindan progrev qilib qilganman. Ekspertlarimning sotuvlarini oshirganman.
Lekin, haqiqiy progrevni va qadamlarini, ketma - ketligini aynan progrev kursida oʻqib oʻrgandim.

+2
Hammaga qorli hayrli kun Bugun havo rosa ham zoʻr. Quyosh chiqib qor yogʻvotti xuddi ertaklardagidek🥰 Baho bering. Qanaqa chiqibdi bu video. Avval model tanladim. Unga ustozim taraflaridan berilgan shu koʻylaklarni kiydirdim.

Shudringchalarim hayrli sovuqli kun Bugun poliklinikaga bordim. Pochkam ogʻrivotganini etgandim esingizda boʻlsa. Analizlarim
Shudringchalarim hayrli sovuqli kun Bugun poliklinikaga bordim. Pochkam ogʻrivotganini etgandim esingizda boʻlsa. Analizlarim yaxshi chiqdi. Hamd. Shishlarim ham kamaydi. Faqat ogʻriqlar asabiy qilib qoʻydi. Oʻzimmi “loʻliga” oʻxshatvorvomman. Sal narsaga Zuhra Soliyevadek baqirvomman😅. Kichkintoyimni gʻingshigani uchun, oʻrtancham oʻyin qilib chiyillagani uchun, kotta qizim Uy ishlarini eplab qimyotganiga, oʻgʻlimniku dars qilsayam, yotsayam qaynonaga oʻxshab tergiyvurishim bollarimni jonidan oʻtqizvordi🤭. Foto infografika. Sun’iy intellekt kursimdan Vazifam. Birinchi marta shunaqa dizayn qildim. 🥰

Buxorolik ekspertim bilan Navoiylik ekspertim qor yogʻvotganini etishib, “dumaloq video qilib qoʻysam maylimi”— deb soʻrashgandi Bosingiz- degandim. Koʻchaga chiqsam bizda ham qorakan. Muncha zoʻr-a. Kechqurun yogʻan qorni yaxshi koʻramam

Aktivligim kamaydiya Sababi yoooomoooon pochkam ogʻrivotti. Hamma etardi, “Pochken ogʻrisa siygʻo boʻlib qolasan” dib. 💡Manga har doimgidek aksi ta’sir qildi. Shunaqa yomon ogʻrivotti, lekin hojotga borishga zorman. Ishib, dombira boʻlib ketdim. Holatimni koʻrib qoʻrqib ketdim va kamharakatlikdan dib oʻylab koʻchada 4 soat tinmiy yurdim. Oqibatda pochkam ishlab ketdi Hamd. Amcha shishlarim qaytdi. Pochkam ogʻrigʻi ham kamaydi. Alhamdulillah🤲

Manashu goʻzallikga suv quyyotib, koʻchadan oʻtib ketayotgan 3 oʻspirin yigitlar e’tiborimni tortishdi Koʻcha sovuq shekilli
Manashu goʻzallikga suv quyyotib, koʻchadan oʻtib ketayotgan 3 oʻspirin yigitlar e’tiborimni tortishdi Koʻcha sovuq shekilli kurtkaning kapishonigacha kiyib olishgan. Xiringlab, gaplashib ketishvotti. Boʻyi pastrogʻi tanish tuyuldi. Oyoq kiyimi tanish. Yaxshilab qaradim. Sumkasiga, kurtkasiga. Oʻzi derazaga qarab qoldi va mandan musht qabul qilib oldi. Rangi oʻzgardi bolamni darrov. Yuzidan kulgusi ham qochib ketdi. Sababi, uyimizga teskari tomondan kevotgandi. Darrov qoʻlga tushdi. Qizimni ham tutib olaman shunaqa. Rosa urushaman. Baribir shu koʻchadan yurish qiziq ularga. Tovba.

Kayfiyat uchun🥰 Sizni ham farzandlarizni shunaqa qiberish kerak boʻlsa etvurasizlar.

Siz borsiz biz tinchmiz Yuragi oʻtga toʻlgan oʻgʻlonlarimiz, Tinchligimiz uchun kecha-yu kunduz qalqonlarimiz, “Havas”la boqadi katta-yu, kichik — Baxtimizga sogʻ boʻling harbiylarimiz! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! #vazifa_2_kun

Non yopganda-non yopganda Mening oyim, mening oyim Haftalardan beri opamlar bolaligimizda tovada yopib beradigan nonlarini so
Non yopganda-non yopganda Mening oyim, mening oyim Haftalardan beri opamlar bolaligimizda tovada yopib beradigan nonlarini sogʻingandim. Eslab-eslab man ham kecha yopib koʻrdim. Sal kuydi. Bugungisi ideyal chiqdi biza uchun. Oʻsha paytlarda 8-9 yoshlarda edim. Har kuni bir togʻora hamirdan ertalabdan obedgacha non yopardik bitta-bittalab. Bir kun man, bir kun singlim yopardik. Bir pasta oʻzimiz kotta xotin boʻlib, bollarimiz ham oʻzimizdan boʻylari uzun boʻlib ketishdi🥺.

Xuddi fotodakaman. 1 ga 1 oʻxshagan. Yuzim (bepardoz yuraman doim🥰), telefonim va barmogʻimdagi uzugim. Hammasi oʻzimniki☺️

Hayot bir tekismas va ideyalmas Mani kulib yurishim, koʻchada va domda qoʻl ushlashib yurishlarimizdan koʻpchilik “Bular urus
Hayot bir tekismas va ideyalmas Mani kulib yurishim, koʻchada va domda qoʻl ushlashib yurishlarimizdan koʻpchilik “Bular urushmiydi” deb oʻylasharkan. Lekin, hayot va turmush ertakmas. Bu hayot, hayot jannatmas- bu hayot. Unda yaxshi va ogʻir kunlar oʻtadi. Urush-janjallar, tushunmovchiliklar boʻladi. Achchiq haqiqatlar boʻladi… #Yorim oxirgi 11 kunda uydalar. Mani yonimda ertalabdan kechgacha. Man sogʻlom ovqatlanishdaman. Koʻproq meva va sabzavotlar, shakarsiz kompotlar, hamirsiz ovqatlar yeyman. Kechga asosan kefir ichaman. Shirinlik va gazli ichimliklarni koʻnglim tusamiy qoʻygan. Xatto novvot choy ichoomiydigan darajaga kelganman.
Yaxshi ham asal bor. Asal manga shirinlik va shirin choy oʻrnida yetib ortvotti.
Shu yangi yilning 1-kunidan boshladilar “Yema san, nimaqilasan yeb. Yoʻq, hechnarsa yema. “ Obedga brokkolin qovurdim. Mazasi rosa yoqadi. #Yorimga yoqmasakan. 3-4 kun oldin yana brokkolin pishirvolib oʻtirgandim. “Bor naryoqda ye” deb qattiq gapirdilar. Voy oʻzi toʻlib turgandim 17,5 yil diganda boʻkirib-oʻkirib yigʻladim-kuuu. Bollarim birinchi marta yigʻlaganimni guvohi boʻlishdi. Va qoʻrqib ketishdi. Toʻgʻrisi, oʻzim ham qoʻrqib ketdim. Sababi yigʻlasam bolaligimdan hovo yetmiy, nafas olomiy qolaman. Shunaqa boʻldi. 🤭. 2-3 soat kerak boldi-ye oʻzimga kevogunimgacha. Tishlarimgacha uvushib ketdi. Haliyam egilsam yuzlarimda sezilvotti 3-4 kun oʻtgan boʻlsa ham. 🙈. Shundan keyin #Yorim ochildilar. Kuzatishlari natijasida ovqat kam yeganman. Telefondan bosh koʻtarmaganman. Va bu ularni hovotirga solgan. Kesatishni boshlaganlar. Ochiq etmiy. Man siqilib yurganman. Yigʻlaganimdan keyin kelishib oldik. Baquvvat ovqatlanishga. Qani ishtaha. Qani oshqozonim bu ovqatlarni hazm qilsa😅. P|S: foto by #yorim + GPT standard😁.

Alhamdulillah🤲