SMART EDUCATION
前往频道在 Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
显示更多695
订阅者
-124 小时
-97 天
-4430 天
帖子存档
#Qabul2026
⚡️Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
@SMART_STUDY_LC
🧪 TIBBIYOT ORZUSIDAGILAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! 👨⚕️👩⚕️
🎓 “SMART STUDY” o‘quv markazida
🧬 KIMYO fanidan YANGI GURUH ochilmoqda!
📚 Darslar tajribali ustozlar bilan
📈 meditsinaga kirish maqsadidagi abituriyentlar uchun maxsus yo‘nalishda olib boriladi.
📅 Boshlanish sanasi: 18-MAY
🕑 Vaqti: 14:00
📍 Manzil: Varzik qishlog‘i markazi, eski selsovet binosi
📞 Murojaat uchun: +99894 630 30 55
🔥 O‘z kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang!
✨ “SMART STUDY” — bilim va natija sari to‘g‘ri tanlov!
@SMART_STUDY_LC
📚 MAJBURIY “OʻZBEKISTON TARIXI” fanidan qulay qoʻllanma asosida tashkil etilgan 12 ta darsdan iborat maxsus kursimizga qabul davom etmoqda!
✅ Qisqa va tushunarli mavzular
✅ Testlar va tahlillar
✅ Tajribali ustozlar bilan sifatli tayyorgarlik
⏳ Joylar soni cheklangan!
Hoziroq roʻyxatdan oʻting va tarixni oson oʻrganishni boshlang! 🚀
📩 Murojaat uchun: @Ahmedov_Sunnatillo
@SMART_STUDY_LC
❗️Bugun, Ingliz tilidan bo'lib o'tgan imtihon natijalari e'lon qilinadi.
@SMART_STUDY_LC
⚡️TARIX MAJBURIY FAN SIFATIDA QOLDIRILDI!!!
Xabaringiz bor, bundan bir necha hafta oldin yagona imtihon tizimini joriy etish bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Mazkur loyihada tarix fanini majburiy fanlar ro‘yxatidan chiqarish taklif etilgandi.
Biroq loyiha yuzasidan kelib tushgan takliflarning 92 foizdan ortig‘ida tarix fanini majburiy fan sifatida saqlab qolish zarurligi ta’kidlandi. Jamoatchilik fikri va takliflari inobatga olinib, Prezident farmonining yakuniy loyihasida tarix fani majburiy fan sifatida qoldirildi.
Hozirda hujjat loyihasi ekspertizadan o‘tkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilgan.
❗️Tarix — bu shunchaki fan emas, balki millatning xotirasi, o‘zligi va kelajagini anglash uchun muhim asosdir.
@SMART_STUDY_LC
Alloh barcha iymonda o'tgan mo'minlarni, yaqinlarimizni, shahidlarimizni rahmatiga olsin! Avlodlarimizdan Imom Buxoriyday zabardast ulamolarni chiqarsin.
Gapda mazmun yo‘q, fikrda davomiylik yo‘q. Shu shovqindan odamning ba’zida 100 ta qo‘y olib tog‘larga ketgisi keladi.
Bugun internetda eng baland ovoz — eng aqlli fikr emas. Kimdir o‘zini “jadid” qilib ko‘rsatadi, kimdir 2 oyda mo‘jiza yaratgandek gapiradi. Lekin gapning mazmuni, fikrning og‘irligi, insonning haqiqiy saviyasi ko‘pincha jimlikda bilinadi.
Telegramda hamma ustoz, Instagramda hamma motivator. Ammo ko‘pi bir gapni chiroyli aytishni biladi, chuqur o‘ylashni emas. Shuning uchun odam ba’zida shovqindan charchaydi. Tog‘larga chiqib, telefonni o‘chirib, faqat shamol ovozini eshitgisi keladi.
Hozir ko‘pchilik yaxshi inson bo‘lishga emas, yaxshi ko‘rinishga urinadi. Internet esa bunga juda qulay joy: kamera oldida samimiylikni ham rol qilish mumkin. Lekin vaqt hammani ajratadi — kim haqiqiy, kim shunchaki obraz ekanini.
Baribir sokin, mazmunli odamlar yo‘qolib ketgani yo‘q. Ular shunchaki kamroq shovqin qiladi.
@SMART_STUDY_LC
Tinch joy qolmadi, sezyapsizlarmi, telegramga kirsa o'zidan jadid yasaganlar. Instagramga kirsa siz go'dak ediz deb 2 oyda A oldirdim deydi. Gapni mazmuman, fikrni davomiy qilmaydi bular. Bir 100 ta qo'yni olib togʻlarga ketvorgisi keladi odamni. Odamlar yaxshi bo'lishga emas, yaxshi ko'rinishga harakat qiladi bu internetda.
