SMART EDUCATION
前往频道在 Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
显示更多690
订阅者
+124 小时
-127 天
-5430 天
帖子存档
❗️BU JUDA MUHIM
◾️ Tavsiya etiladigan darsliklarni umuman e'lon qilmaslik kerak. Bu faqatgina ustoz va abituriyentlarni chalg'itadi oxir-oqibatda bu yilgidek katta tushunmovchilikka sabab bo'ladi.
◾️Faqatgina o'quv dasturi asosidagi SPETSIFIKATSIYAni e'lon qilishning o'zi yetarli.
❓O'zi darslikning e'lon qilinishing sababi nimada?
Chunki, 2019-yilga qadar test savollari o'quv darsliklari asosida tuziladi degan qoida bo'lgan. 2019-yildan esa, test savollari darslikdan emas, o'quv dasturidan tuziladi degan qoida o'rnatilgan.
Mantiqan ham shunday. Agar savol faqat darslikdan tuziladigan bo'lsa, darslikdagi xato ma'lumotlarni ham to'g'ri deb qabul qilishga to'g'ri kelib qolardi. Bu esa katta mantiqsizlik.
Shuning uchun o'quv dasturidan savol tuziladi. O'quv dasturi esa juda turfa. Buni agentlikka maktabgacha va maktab vazirligi taqdim etadi. Shular ichidan testologiya qoidalaridan kelib chiqib agentlik SPETSIFIKATSIYA tasdiqlaydi hamda savollar dastur asosida tuziladi.
Gap cho'zilib ketdi.
❗️❗️Qisqasi tavsiya etiladigan adabiyotlar e'lon qilinmasligi kerak. Qilinmasin ham. Buni e'lon qilish yana yangi mash-mashaga olib kelishi mumkin.
@smart_study_lc
❗️BU JUDA MUHIM
◾️ Tavsiya etiladigan darsliklarni umuman e'lon qilmaslik kerak. Bu faqatgina ustoz va abituriyentlarni chalg'itadi oxir-oqibatda bu yilgidek katta tushunmovchilikka sabab bo'ladi.
◾️Faqatgina o'quv dasturi asosidagi SPETSIFIKATSIYAni e'lon qilishning o'zi yetarli.
❓O'zi darslikning e'lon qilinishing sababi nimada?
Chunki, 2019-yilga qadar test savollari o'quv darsliklari asosida tuziladi degan qoida bo'lgan. 2019-yildan esa, test savollari darslikdan emas, o'quv dasturidan tuziladi degan qoida o'rnatilgan.
Mantiqan ham shunday. Agar savol faqat darslikdan tuziladigan bo'lsa, darslikdagi xato ma'lumotlarni ham to'g'ri deb qabul qilishga to'g'ri kelib qolardi. Bu esa katta mantiqsizlik.
Shuning uchun o'quv dasturidan savol tuziladi. O'quv dasturi esa juda turfa. Buni agentlikka maktabgacha va maktab vazirligi taqdim etadi. Shular ichidan testologiya qoidalaridan kelib chiqib agentlik SPETSIFIKATSIYA tasdiqlaydi hamda savollar dastur asosida tuziladi.
Gap cho'zilib ketdi.
❗️❗️Qisqasi tavsiya etiladigan adabiyotlar e'lon qilinmasligi kerak. Qilinmasin ham. Buni e'lon qilish yana yangi mash-mashaga olib kelishi mumkin.
@smart_study_lc
⚡️Oʻquv markazimiz nomidan imtihonda qatnashayotgan barchagaomad yor boʻlsin!
@smart_study_lc
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan “test savollari va ularning javoblari sotilayotgani” haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
❌ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan test materiallari oldingi imtihonlarda qo‘llanilgan savollar bo‘lib, ularning yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Agentlik aholini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalar orqali aniq axborot olishga chaqiradi.
@smart_study_lc
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 3–4-noyabr va 8–9-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
🔷 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.
🔷Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
@smart_study_lc
⚡️ Hozir bir fikr keldi, ertaga matematikadan olimpiada qayta tashkil etiladi. 1-oʻrinni olganlar 57-oʻrinni olsa nima boʻladi? Oʻsha kuni favqulodda miyyasi yaxshi ishlab ketgan ekan deyiladimi?🤣
@smart_study_lc
⚡️Tarix fani o‘qituvchilarining attestatsiya bo‘yicha sud ishi boshqa kunga qoldirildi
To‘rt nafar tarix fani o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergani haqida avvalroq xabar bergndik.
2025-yil 15-oktabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan kiritilgan shikoyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tgandi va keyingi sud 2025-yil 22-oktabrga qoldirilgandi.
Ammo, bugun bo’lib o’tishi reja qilingan sud majlisiga Bilim va malakalarni baholash agentligidan vakil, tegishli institutlar pedagoglaridan vakil hamda 2022-yilda nashr qilingan 7-sinf “Jahon tarixi” darsligi mualliflari kelmaganligi sababli, sud 2025-yil 29-oktabrga qoldirildi.
@smart_study_lc
#OLIMPIADA
⚡️ Eng katta oʻyinlar menimcha bugun HUQUQSHUNOSLIK fanida boʻlsa kerak!
❗️11-sinflar astoydil boʻlinglar.
@smart_study_lc
#OLIMPIADA #TUMANBOSQICH
🔥 Abduqodirov Qilichbek Abdulatif oʻgʻli
✅ Chust tumani Varzik shaharchasi 13-maktab.
✅ 11-sinf oʻquvchisi.
✅ Chust tumani 2-OʻRIN.
🤩 TABRIKLAYMAN SHOGIRT! Maktabdagi ustozlaring, ota-onanga rahmat hamisha yaqinlaringni boshini egmaydigan farzand boʻlishingni tilab qolaman!
❗️ P.S: 9-10-sinfdagi oʻqiydigan oʻquvchilarim hech koʻnglingizni choʻktirmang sizlar uchun bu olimpiada muhim emas! Keyingi (2026-2027-oʻquv yilida) sizlarni albatta yuqori oʻrinlarga da'vogar boʻlishlaringa birgalikda harakat qilamiz! BIZNI MAQSAD HOZIRDA YUQORI BALLI SERTIFIKAT OLISH!
🫴 @smart_study_lc
⚡️Rasman: Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.
❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanadi.
@smart_study_lc
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda.
Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarning zimmasidagi vazifaga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallar tarqaldi.
Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.
Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz.
Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir.
Shu munosabat bilan, agar Sizga:
➖ olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa,
➖ jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzatingTelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⚡️ Fan olimpiadasi tuman bosqichida savollar tarqaliptimi?
MATEMATIKA❓
@smart_study_lc
⚡️ Natijalar RASH modelida hisoblandi.
❗️Bizda barcha fanlardan MILIIY SERTIFIKAT hamda DTM guruhlarimiz mavjud!
@smart_study_lc
⚡️Bugun tarix fanidan MOCK imtihonda qatnashgan oʻquvchilar natijalar hisoblash RASH modelida hisiblanganligi uchun natijalar chiqishi kechikishi kutilmoqda...
Bu safargi natijalar BMBA darajasida e'lon qilinadi!
Hali bunaqasi OʻZBEKISTONda boʻlmagan boʻlsa kerak!
KUTING! KUTISHGA ARZIYDI!
P.S: Natijalar ertaga (23:00 gacha) e'lon qilinadi!
@SMART_STUDY_LC
⚡️Ayni haqiqat-aaa?
❗️Sertifikat olish uchun kurslarimizga yoziling!
@smart_study_lc
