SMART EDUCATION
前往频道在 Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
显示更多695
订阅者
-124 小时
-97 天
-4430 天
帖子存档
Ustoz, bugungi erishgan C darajali natijam — Sizning menga sarflagan vaqtingiz va bildirgan ishonchingiz mahsulidir. Darslardagi o‘gitlaringiz faqat imtihon uchun emas, balki men uchun hayotiy ilm bo‘ldi. Muvaffaqiyatim poydevori bo‘lganingiz uchun rahmat. Mehnatlaringizga rozi bo‘ling! 🎓🌟🌿"
Assalomu alaykum ustoz raxmat bergan bilimlaringizga rozi bo'ling qisqa vaqt ichida natija qilib berdingiz.
Ertalabdan qaynoq yangilik..🗣️
📆April-May oylaridan O’zbek tili va adabiyoti fani yuzasidan bólib o’tgan Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi..
My.gov.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetingizdan natijalarni yuklab olishingiz mumkin.
📢 BARCHA YO‘NALISHLAR BO‘YICHA NAVBATDAGI BLOK TEST! ❤️🔥
🎯 Yo‘nalishlar:
✅ Iqtisod
✅ Tibbiyot
✅ Ijtimoiy-gumanitar
✅ Yurisprudensiya
✅ Temurbeklar maktabi
✅ Ichki ishlar akademik litseyi (SHO‘RO)
🏅 Barcha turdagi sertifikatlar inobatga olinadi!
⏰ Sana va vaqt: 21-iyun (yakshanba), soat 07:30
📍 Manzil: Varzik shaharchasi, Eski selsovet binosi
📝 Blok testda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: 😎 @Ahmedov_Sunnatillo
📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 222 24 59
🚀 SMART EDUCATION — abituriyentlarga o‘z bilimini sinab ko‘rish va haqiqiy imtihon muhitini his etish imkoniyatini taqdim etadi!
📢 @smart_study_lc
Bu yil oxirgi marta BMBA testlari tuziladigan manbalar qaysi ekannini bilasizmi?
• budjet kodeksi;
• soliq kodeksi;
• vatanparvarlik konsepsiyasi;
• HMQO;
• huquqiy ong va madaniyat... PF;
Keyingi imtihonlarda ushbu hujjatlardan savollar tushmaydi. Dasturdan chiqib ketadi.
@SMART_STUDY_LC
🚔 ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIK LITSEYIGA KIRISH SINOVLARI
📍 Chust tumani nomzodlar uchun
✍️ Diktant — 11-iyun
🏃 Sport sinovlari — 16-iyun
🗣️ Suhbat — 23-iyun
⚠️ Muhim eslatma:
✍️ Diktant sinovlari 11-iyun kuni soat 08:00 da Namangan IIV Akademik Litseyi binosida o'tkaziladi.
📌 Barcha nomzodlardan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so'raladi.
Omad tilaymiz! 🍀🚔📚
@SMART_STUDY_LC
📚 MAJBURIY “OʻZBEKISTON TARIXI” fanidan qulay qoʻllanma asosida tashkil etilgan 12 ta darsdan iborat maxsus kursimizga qabul davom etmoqda!
✅ Qisqa va tushunarli mavzular
✅ Testlar va tahlillar
✅ Tajribali ustozlar bilan sifatli tayyorgarlik
⏳ Joylar soni cheklangan!
Hoziroq roʻyxatdan oʻting va tarixni oson oʻrganishni boshlang! 🚀
Ikkinchi dars ERTAGA: 10:00 da
📩 Murojaat uchun: @Ahmedov_Sunnatillo
@SMART_STUDY_LC
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #OnlaynRoʻyxatdanOʻtish
Abituriyentlar diqqatiga!
Hurmatli abituriyentlar! 2026-2027-o‘qyv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 5-iyun kuni soat 8:00 dan boshlanadi
Unutmang! Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yakuniy natijalarni olish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Bunda abituriyentlar:
- birinchi bosqichda har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliy ta’lim tashkilotini;
- ikkinchi bosqichda test sinovi to‘liq yakunlangandan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyenlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📢 MUHIM E’LON
Hurmatli o‘quvchilar, ota-onalar va hamkorlar!
5 yil davomida SMART STUDY LC brendi ostida faoliyat yuritib, katta yutuqlar va tajribalarga erishdik. Bu davr biz uchun muhim bosqich bo‘ldi.
Endilikda esa, bugundan boshlab biz o‘z faoliyatimizni yangi brend — SMART EDUCATION nomi ostida davom ettiramiz.
Bu o‘zgarish — yangi maqsadlar, yanada yuqori sifat va kengroq imkoniyatlar sari tashlangan muhim qadamdir.
Bizga ishonch bildirgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida ham birgalikda katta yutuqlarga erishishga umid qilamiz.
📚 SMART EDUCATION — kelajak sari ishonchli ta’lim!
@SMART_STUDY_LC
