ch
Feedback
Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиали

Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиали

前往频道在 Telegram

Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиалининг расмий телеграм канали t.me/rttyomtvf

显示更多
2 774
订阅者
-324 小时
-177
+12130
帖子存档
🏆#WorldCup2026 🇺🇿 O'zbekiston - Portugaliya 🇵🇹 OMAD YIGITLAR !!!!
🏆#WorldCup2026 🇺🇿 O'zbekiston - Portugaliya 🇵🇹 OMAD YIGITLAR !!!!

https://t.me/ToshVil103Bot 🟥🟥🟥🟥 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Tursunpo'lat Umarovich Axtamovning murojaatlarni qabul qilish Telegram-boti ishga tushdi. 😎 Telegram ijtimoiy tarmog'ida mazkur BOT ga tez tibbiy yordam sohasiga oid bo'lgan taklif, murojaat, shikoyatlarni xodimlar va Viloyatimiz fuqarolari tunu-kun yuborishi mumkin.

‼️‼️‼️ ✨✨✨✨ 📣 Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar! 🎉Sizlarga ma’lum qilamizki, 😎Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 🏥RTTYoM Toshkent viloyatining rasmiy sahifasi o‘z faoliyatini boshladi. 🎬 Sahifani sifatli va qiziqarli kontentlar bilan boyitish maqsadida ijodkor hamkasblarimizni hamkorlikka chorlaymiz. 📹 Ish jarayonlari, xizmat faoliyati, standartlar asosida olib borilayotgan ishlar hamda fuqarolar uchun foydali va qiziqarli mavzularda videoroliklar tayyorlab, bizga yuborishingizni so‘raymiz. ➡️Videoroliklar quyidagi talablarga mos bo‘lishi maqsadga muvofiq: ✅Sifatli tasvir va montaj; ✅Mazmunli va foydali kontent; ✅Kreativ yondashuv; ✅Muassasa faoliyatini ijobiy yoritish. ⭐️ Yuborilgan videolar saralanadi va eng yaxshi ishlanmalar rasmiy Instagram sahifamizga joylashtiriladi. 🤝Faolligingiz va hamkorligingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz! 📱 Instagram sahifamiz: @103_toshkentviloyati 📱https://www.instagram.com/103_toshkentviloyati/ 📞Admin: +998998187282

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💜💜💜 💚💚💚 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali mutaxassisi tomonidan cho‘milish mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, cho‘kish holatlarining oldini olish hamda jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. ▶ Barcha fuqarolarni suv havzalari yaqinida ehtiyotkor bo‘lishga, belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga, voyaga yetmagan bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka hamda faqat ruxsat etilgan joylarda cho‘milishga chaqiramiz. ⚠️ Unutmang, ogohlik va ehtiyotkorlik inson hayoti va salomatligini asrashning eng muhim omillaridan biridir.

Бутунлай бошқа даражада яратилган видероликимизни 😎 Instagram ижтимоий тармоғида ҳам қўллаб қувватланг. Яқинларингизга улашинг ва Ватанимиз терма жамоасини қўллаб қувватлашга бефарқ бўлманг. 😎 Видеони томоша қилиш

📣 OLG'A O'ZBEKISTON! ⚽️ 🏥 Barcha soha vakillari qatorida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali va Filial direktori Axtamov Tursunpo’lat Umarovich O’zbekiston milliy terma jamoasini qo’llab quvvatlaydi. 💚 Tarixda ilk bor mundialda ishtirok etayotgan terma jaoamiz vakillariga omad va zafarlar tilab qolamiz! 🇺🇿 Olg’a O’zbekiston! 🏆

Repost from 103_Press_Official
❤️❤️❤️🩷 🙏 Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi koʻp yillar davomida Markaz direktorining oʻrinbosari lavozimida sam
❤️❤️❤️🩷 🙏 Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi koʻp yillar davomida Markaz direktorining oʻrinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan Baxodir Erkinovich Bilalovni kuzatib qoʻydi.
Faoliyati davomida u mamlakatimizda tez tibbiy yordam xizmatini alohida tashkilot sifatida shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshdi. Tez tibbiy yordam tizimida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, xizmat koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish, yangi davolash standartlari hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish tartiblarini amaliyotga tatbiq etishda bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, Baxodir Erkinovich sohani tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning katta qismini ishlab chiqishda tashabbuskor boʻlib, tez tibbiy yordam tizimining bugungi taraqqiyotida oʻzining salmoqli izini qoldirdi. Uning fidokorona mehnati, yuqori kasbiy mahorati, masʻuliyati va insoniy fazilatlari jamoamiz tomonidan doimo yuksak qadrlanadi. Bugun hamkasbimiz masʻuliyatli va sharafli yangi lavozimga oʻtmoqda. Ishonamizki, u yangi vazifalarida ham oʻzining boy tajribasi, bilim va salohiyatini namoyon etib, yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qoʻshishda davom etadi.
🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi nomidan unga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, yangi lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar va ezgu ishlarida omad tilaymiz. #tez_tibbiy_yordam #minnatdorchilik #omad #Bilalov Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

#Ана_жиннилик ‼️🔞Тез ёрдамга қўнғироқ қилиб «қиз» сўрайдиган аҳмоқлар боракан🤬 Ҳақиқатда ёрдамга муҳтожлар қўнгироғини банд қиладиган бунақа аҳмоқларни топиб, оммага олиб чиқиб шармандасини чиқариш керак.
❗️Сўнги пайтларда тез тиббий ёрдамнинг Call марказига қўнғироқ қилиб ходимларга шилқимлик қилиб уларни ҳақорат қилаётган фуқаролар тез-тез учраб турибди экан. Баъзилари яхши қизлар топиб беринг деяётган бўлса, баъзилари ўзингиз келинг дейишмоқда. Тез ёрдам Call марказига тушиб қолганини айтаётган ходимлар куракда турмас ҳақоратлар эштишмоқда. Бу фақат ходимларни камситилиши эмас балки бир неча Call маркази ходимларини линиясини банд қилиб тез ёрдамга мухтож беморларни кутиб қолишига сабаб бўлмоқда.
👉@QORAXABAR - Телевизорда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар канали!

Repost from 103_Press_Official
🟦🟦🟦 Joriy yilning 6-iyun kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Xuseynovich Gafurovning 08.00.16
+5
🟦🟦🟦 Joriy yilning 6-iyun kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Xuseynovich Gafurovning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Tez tibbiy yordam xizmat samaradorligini raqamli texnologiyalar asosida ta’minlash” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Himoya Tashkent International University huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.30.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi Abduvoitjon Xuseynovichni PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan samimiy muborakbod etadi.
Bu yuksak natija Sizning ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishingiz, chuqur bilim va tinimsiz izlanishlaringizning munosib samarasidir. Erishilgan ushbu yutuq nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatingiz, balki sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shayotgan salmoqli hissangizning e’tirofidir. Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, ilmiy izlanishlaringizda yangi yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. PhD ilmiy darajasi muborak bo‘lsin! Yangi marralarni zabt etishda omad va muvaffaqiyatlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi #tez_tibbiy_yordam #dissertatsiya #himoya #PhD #Gafurov Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanida tez tibbiy yordam avtomashinasining nosozligi haqida video t
🟦🟦🟦🟦
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanida tez tibbiy yordam avtomashinasining nosozligi haqida video tarqaldi
🔴 Mazkur holat Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali mas'ullari tomonidan zudlik bilan o'rganib chiqildi. 🚑 Aniqlanishicha Parkent tumani, Hisorak qishlog'i hududida faoliyat yurituvchi Davlat raqami 10 080 STY "Damas" rusumidagi avtomashinasida 02.06.2026 yil sanasida ertalab chaqiruvdan qaytish chog'ida kichik texnik nosozlik yuzaga kelgan. Mazkur texnik nosozlik bartaraf etilgan. ▶ Eng asosiysi ushbu holat chaqiruv bilan bog'liq bo'lmagan vaqtda yuzaga kelgan. Qisqa muddatli texnik nosozlik oqibatida aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish sifatiga putur yetmagani ma'lum qilinadi. ⚠️ Shuningdek, holat yuzasidan Filialning Transport bo'limi mas'ullariga yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik nosozliklarning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida qat'iy tushuntirish ishlari olib borildi. #tez_tibbiy_yordam #rasmiy_munosabat

TA'ZIYA Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali Chinoz tumani tez tibbiy yordam stansiyasida chaqiruv
TA'ZIYA Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali Chinoz tumani tez tibbiy yordam stansiyasida chaqiruv brigadasi feldsheri sifatida faoliyat yuritgan Xasanov Muzaffar Bekjan o‘g‘lining bugun ertalab vafot etgani haqidagi qayg‘uli xabar barchamizni chuqur iztirobga soldi. Marhum Muzaffar Xasanov o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati va bemorlarga ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari bilan jamoamiz orasida hurmat qozongan edi. U ko‘p yillar davomida tez tibbiy yordam tizimida halol mehnat qilib, insonlar hayotini saqlash yo‘lida bor bilim va tajribasini ayamagan. 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali marhumning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Ularning og‘ir qayg‘usiga sherik ekanimizni izhor etamiz. ✨ Marhumning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi.

Repost from 103_Press_Official
✅✅✅✅ Bayram kunlarida ham xalq tinchligi va salomatligi yoʻlida xizmat toʻxtamaydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshk
+5
✅✅✅✅ Bayram kunlarida ham xalq tinchligi va salomatligi yoʻlida xizmat toʻxtamaydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari kechayu-kunduz, dam olishsiz, yuksak masʼuliyat bilan oʻz vazifasini ado etmoqda. Dispetcherlik xizmati, tez yordam brigadalari va sanitar avtotransportlar har bir chaqiruvqa tayyor holatda ish olib bormoqda. Chunki tez tibbiy yordamda har bir daqiqa — inson hayoti, har bir chaqiruv — taqdir bilan bogʻliq. Bayram ayyomida ham tizimning asosiy maqsadi bitta: aholiga tezkor, uzluksiz va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishdir.
🚑 Bayram munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida “103” xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali 22 ta hududiy stansiyasi, 238 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan boʻladigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Tursunpulat Axtamov boshchiligida maʼmuriyat xodimlari bayram va dam olish kunlarida viloyat miqyosida tez tibbiy yordam xizmatining uzluksiz hamda sifatli tashkil etilishini nazorat qilib, xodimlarga kerakli koʻrsatmalarni berishdi. #tez_tibbiy_yordam #nazorat #Toshkent_viloyati Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani tez tibbiy yordam xodimlari spirtli ichimlik i
🟦🟦🟦🟦
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani tez tibbiy yordam xodimlari spirtli ichimlik ichgani va tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi nosozligidan norozi bo'lgan video tarqaldi
🔴 Mazkur holat Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali mas'ullari tomonidan zudlik bilan o'rganib chiqildi. ⚠️ Ushbu holat bo'yicha fuqaroning noroziligiga sabab bo'lgan vajlar o'rganilib, aybdor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilindi. Shuningdek, yuqoridagi holat qayta takrorlanmasligini ta'minlash maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi. #tez_tibbiy_yordam #rasmiy_munosabat

🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani tez tibbiy yordam xodimlari spirtli ichimlik i
🟦🟦🟦🟦
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani tez tibbiy yordam xodimlari spirtli ichimlik ichgani va tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi nosozligidan norozi bo'lgan video tarqaldi
🔴 Mazkur holat boʻyicha Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali mas'ullari tomonidan nazoratga olingani, zudlik bilan o'rganish ishlari boshlanganini, tekshiruv natijasi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berilishi ma'lum qilinadi. #tez_tibbiy_yordam #rasmiy_munosabat

🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ Sizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu ulug‘ va f
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ Sizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu ulug‘ va fayzli bayram xonadoningizga tinchlik, mehr-oqibat, sihat-salomatlik hamda qut-baraka olib kelsin. Ezgu niyatlaringiz amalga oshib, qilgan barcha yaxshi amallaringiz va duolaringiz ijobat bo‘lsin. Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Repost from 103_Press_Official
❤️❤️🩷🩵❤️❤️❤️💜 Respublika tez tibbiy yordam markazining tegishli buyrug‘i bilan Axtamov Tursunpo‘lat Umarovich Respublika t
+5
❤️❤️🩷🩵❤️❤️❤️💜 Respublika tez tibbiy yordam markazining tegishli buyrug‘i bilan Axtamov Tursunpo‘lat Umarovich Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori etib tayinlandi. Tursunpo‘lat Axtamov 2008-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlab, “Davolash ishi” ixtisoslikka ega bo‘ldi. U tayinlovga qadar Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati hududiy filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Shu sababli, bugun Toshkent viloyati filiali binosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati ishtirok etib, Axtamov Tursunpo‘lat Umarovichni jamoaga tanishtirdi hamda viloyat miqyosida tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi. #tez_tibbiy_yordam #tayinlov #Toshkent_viloyati Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ҳурматли жамоамиз ходимлари! Мен учун Тез тиббий ёрдам тизимида сизлар билан бирга меҳнат қилиш, халқимиз саломатлиги йўлида
Ҳурматли жамоамиз ходимлари! Мен учун Тез тиббий ёрдам тизимида сизлар билан бирга меҳнат қилиш, халқимиз саломатлиги йўлида хизмат қилиш катта шараф бўлди. Фаолиятим давомида жамоамизнинг фидойилиги, масъулияти ва инсонпарварлигига яна бир бор амин бўлдим. Бугун бошқа ишга ўтиш муносабати билан лавозимимни тарк этар эканман, барчангизга самимий миннатдорчилигимни билдираман. Кечаю кундуз, иссиқ-совуқ демай инсонлар ҳаёти учун курашаётган меҳнатингиз ҳар қандай эътирофга муносиб. Мен билан бирга ишлаган ҳар бир ходимга алоҳида раҳмат айтаман. Биргаликда қилинган ишлар, эришилган натижалар ва жамоамиздаги аҳиллик мен учун доимо қадрли бўлиб қолади. Сизларга мустаҳкам соғлиқ, оилангизга хотиржамлик, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда улкан зафарлар тилайман. Тез тиббий ёрдам тизими ҳамиша халқ ишончига муносиб бўлиб қолсин. Ҳурмат ва эзгу тилаклар билан Дониёр Бурибаев

Ҳурматли жамоамиз ходимлари! Мен учун Тез тиббий ёрдам тизимида сизлар билан бирга меҳнат қилиш, халқимиз саломатлиги йўлида
Ҳурматли жамоамиз ходимлари! Мен учун Тез тиббий ёрдам тизимида сизлар билан бирга меҳнат қилиш, халқимиз саломатлиги йўлида хизмат қилиш катта шараф бўлди. Фаолиятим давомида жамоамизнинг фидойилиги, масъулияти ва инсонпарварлигига яна бир бор амин бўлдим. Бугун лавозимимни тарк этар эканман, барчангизга самимий миннатдорчилигимни билдираман. Кечаю кундуз, иссиқ-совуқ демай инсонлар ҳаёти учун курашаётган меҳнатингиз ҳар қандай эътирофга муносиб. Мен билан бирга ишлаган ҳар бир ходимга алоҳида раҳмат айтаман. Биргаликда қилинган ишлар, эришилган натижалар ва жамоамиздаги аҳиллик мен учун доимо қадрли бўлиб қолади. Сизларга мустаҳкам соғлиқ, оилангизга хотиржамлик, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда улкан зафарлар тилайман. Тез тиббий ёрдам тизими ҳамиша халқ ишончига муносиб бўлиб қолсин. Ҳурмат ва эзгу тилаклар билан Дониёр Бурибаев

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🤩 Инсон ҳаётида шундай касблар борки, уларни оддий меҳнат деб аташ камлик қилади. Ҳамширалик — бу меҳр,
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🤩 Инсон ҳаётида шундай касблар борки, уларни оддий меҳнат деб аташ камлик қилади. Ҳамширалик — бу меҳр, сабр, жасорат ва инсонпарварлик мужассам бўлган муқаддас касбдир. Чунки шифокор даволаса, ҳамшира беморга руҳ беради, умид беради, меҳр беради. ➕ Тиббиёт муассасаларининг энг сермасъулият, энг серташвиш нуқталарида айнан ҳамшираларимиз беморлар дардига малҳам бўлиб келмоқда. Тунни тонгга улаб хизмат қилиш, инсон ҳаёти учун курашиш, оғир пайтларда ҳам меҳрибонликни йўқотмаслик — бу ҳар кимнинг ҳам қўлидан келмайди. 🚑 Бугунги кунда соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган ислоҳотлар, халқимизга кўрсатилаётган тиббий хизмат сифати ортишида ҳам сиз азиз ҳамшираларнинг муносиб ҳиссангиз бор. Сизларнинг фидокорона меҳнатингиз, масъулият ва садоқатингиз ҳар қандай эътирофга муносиб. 🏥 Айниқса, филиалимизда фаолият юритаётган ҳамшираларимиз нафақат ўз касбининг етук мутахассиси, балки жамоанинг таянчи, беморлар учун ишонч ва меҳр манбаи бўлиб хизмат қилиб келмоқда. Бунинг учун сизларга чексиз миннатдорчилик билдираман. Қадрли ҳамширалар ва ўрта тиббиёт ходимлари! Сизларга мустаҳкам соғлиқ, оилавий бахт, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда улкан зафарлар тилайман. Ҳар доим халқимиз эъзозида, жамоамиз ардоғида бўлинг! Байрамингиз муборак бўлсин! Ҳурмат билан Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиали Директори, тиббиёт фаънлари номзоди Д.Г.Бурибаев