.•°❁⊱𝐷𝑖𝑙 𝑑𝑎𝑓𝑡𝑎𝑟𝑖𝑚⊰❁°•.
前往频道在 Telegram
Ketganlar uchun mahzun boʻlmang, kelganga sevining. Allohning bergani rahmat, bermagani hikmatdir... Siz Alloh bilan boʻling, Alloh har narsada siz bilan boʻladi... Sɪᴢ ɪᴢʟᴀɢᴀɴ ʏᴀɢᴏɴᴀ ᴍᴀɴᴢɪʟ..🔥
显示更多194
订阅者
-124 小时
-27 天
-330 天
帖子存档
Eng yaqin doʻstimning yuragidaman,
Ham duo, ham ezgu tilagidaman.
Yuzimda samimiy tabassum bilan,
Hayotning eng goʻzal kunlaridaman...
Topganim halovat, totganim huzur,
Yaxshi insonlarning dillaridaman.
Yonimda onam bor Allohga shukur,
Umrimning mazmunli yillaridaman...
Bogʻlarda bahorlar, kezar har fasl,
Gullarning titragan yaprogʻidaman.
Shudring men haqimda aytar batafsil,
Kuz kelgach, unumdor tuprogʻidaman...
Gʻiybat-u tuxmatning yoʻlini yopib,
Baxt oʻzi kelmoqda ortimdan chopib.
Men ham borayapman, oʻz yoʻlimni topib,
Taqdirning eng goʻzal yoʻllaridaman...
Qalblardan qalblarga koʻchsin soʻzlarim,
Ilm-u maʼrifatning oʻchogʻidaman.
Yurakdan chiqmoqda yozgan she'rlarim,
Mehr-u muhabbatning quchogʻidaman...
Yulduzlar yogʻdusi koʻrinar har tun,
Hurriyat qushining qanotidaman.
Dildagi orzular uzundan-uzun,
Toat, ibodatning sabotidaman...
Ne foyda topardim koʻnglimni gʻashlab,
Keng, yorugʻ va sokin dunyosidaman.
Hayotdan mamnunman, onamga oʻxshab,
Kun-u tun ularning duosidaman!
Balki nazarimda lekin oʻzim yozdim)
(19.08.2026 18:55)
#Shunchaki_oʻzim🙂
