ch
Feedback
TTT

TTT

前往频道在 Telegram
479
订阅者
+124 小时
+17
+130
帖子存档
TTT
479
Javob: 10/3 Masalaning yechimini mobil ilovaning Forumlar > MATEMATIKA OLIMPIADA bo'limida ko'rishingiz mumkin

TTT
479
Yaxshi masala ekan (standart masalalardan zerikkanlar uchun)
Yaxshi masala ekan (standart masalalardan zerikkanlar uchun)

TTT
479
Assalomu alaykum azizlar! Telegramda matematikaga doir ma'lumot yozmoqchi bo'lsam, uni dastlab boshqa dasturda zarur ko'rinishga keltirib keyin rasm yoki pdf yoki video ko'rinishida e'lon qilishim kerak edi. Bundan tashqari materiallarni unumli guruhlash imkoniyati yo'q (albatta Telegramni vazifasi boshqa). Shuning uchun aynan fan doirasida ma'lumotlar uchun mo'ljallangan mobil dastur yaratishga qaror qilgandik. Bu orqali Respublika bo'yicha professional mutaxassislarni bitta universal platformaga yig'ishni niyat qilganmiz (buning samarasini yuqorida keltirib o'tganman). Umid qilaman boshlagan ishimiz barchamizga manfaatli bo'ladi!

TTT
479
Jamoamiz bilan birgalikda fan doirasida ma'lumotlar yoziladigan mobil dasturni ishga tushurdik. Asosiy ikkita bo'lim bor: Maq
Jamoamiz bilan birgalikda fan doirasida ma'lumotlar yoziladigan mobil dasturni ishga tushurdik. Asosiy ikkita bo'lim bor: Maqolalar va Forumlar. Ilovadan foydalanish (rasmga qarang) quyidagicha: 1️⃣ muallifni qo'llab quvvatlash; 2️⃣ ma'lumotni saqlash (saqlangan ma'lumotlarni Saqlangan bo'limida tezda topishingiz mumkin); 3️⃣ ma'lumotni to'liq o'qish; 4️⃣ ma'lumotni do'stlar bilan ulashish; 5️⃣ ma'lumot statistikasi; 6️⃣ postga javoblar soni; 7️⃣ ma'lumotlarni teglar bo'yicha filtrlash (teg statistikasi qavs ichida). Yuklab olish uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=ttt.org.uz

TTT
479
Repost from KHISO olimpiada
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-turi Urganch shahrida o‘tkazildi! 2022-yil 29-dekabrda Xorazm viloyatining yangi hokimi Jo‘rabek Raximovga KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev tomonidan "Viloyat hokimi olimpiadasi" marafoni tashkil etish taklifi bildirilgan edi. Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazildi. G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi. Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida Urganch va Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan 5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 7-8 sinf o‘quvchilariga kimyo, biologiya, fizika (navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Endilikda Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ushbu olimpiada tashkil etilishi rejalashtirilmoqda!

TTT
479
#Kun_olimpiadasi #Maktab #Talabalar_uchun 1. Universitet talabalari uchun 4 ta masala va yechim; 2. Universitet talabalari uchun 4 ta masala va yechim; 3. Universitet talabalari uchun 4 ta masala va yechim; 4. Maktab o'quvchilari va Universitet talabalari uchun 3 tadan masala va yechim; 5. Maktab o'quvchilari va Universitet talabalari uchun 3 tadan masala va yechim; 6. Maktab o'quvchilari va Universitet talabalari uchun 3 tadan masala va yechim;

TTT
479
#E'lon 16.11.2022 sana soat 12:00 da O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti binosi J-112 auditoriyada PDP ACADEMY direktori va o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

TTT
479
Foydali materiallarga havolalar: > Aniq integrallarga doir tengsizliklar; > Aniq integral uchun Koshi-Shvarz tengsizligi Ex3; > Aniq integral uchun Koshi-Shvarz tengsizligi Ex4; > Aniq integral uchun Koshi-Shvarz tengsizligi Ex5-6; > Aniq integrallar uchun Gyolder, Chebishev tengsizliklari; > The Chebyshev Polynomials; > Sonli ketma-ketliklarda ikkita hadi uchun berilgan munosabatga ko'ra uning umumiy hadini topish; > Sonli ketma-ketliklarda ikkita hadi uchun berilgan munosabatga ko'ra uning umumiy hadini topish 2.b; > Mantiqiy masalalarni yechishning bir usuli; > To'plamlarga doir bazi olimpiada masalalari; > Ptolomey va Paskal teoremalarining turli isbotlari; > Coefficients and roots of polynomials; > Uchburchak ichida olingan nuqtaga ko'ra hosil qilingan tenglik va tengsizliklarni isbotlash; > Density of a set in an interval; > To'rtta nuqtaning o'zaro garmonik munosabatiga doir xossalarni geometrik masalalarni isbotlashda qo'llanilishi; > 2015 yil olimpiadalari; > Matrix problems; > 2008-2017 yillarda viloyat, Respublika, XMO saralash olimpiadalari masalalari; > Viloyat olimpiadasi testlari; > Uchburchak va aylanalar; > Trigonometrik tengsizliklarni vektorlar yordamida isbotlash; > Qavariq to'rtburchakning diagonallari perpendikulyar bo'lishi uchun zarur va yetarli shartlar; > To'rtta nuqtaning bitta aylanada yotishini isbotlashga doir masalalar; > Ichki-tashqi aylana radiuslari uchun bir nechta munosabatlar; > Masalalarni blok matritsa qurish yordamida yechish; > Ko'phadning haqiqiy ildizga ega bo'lishiga doir masalalarni yechish; > FMI maqolalar;

TTT
479
Using Augmented Reality (AR) to learn Chemistry. This app leverages augmented reality to visualize different types of bonds, lattices, molecules & orbitals, just by using your devices' camera. Video credits: Wevolver

TTT
479
Masala ko'rinishi sodda bo'lishi mumkin, lekin bunga qarab harakatni boshlash noto'g'ri! Bu masala Lehmer tomonidan 1947 yild
Masala ko'rinishi sodda bo'lishi mumkin, lekin bunga qarab harakatni boshlash noto'g'ri! Bu masala Lehmer tomonidan 1947 yilda o'rganilgan ekan, va u bunaqa koefitsiyent 214 928 639 999 gacha bo'lgan hadlar orasida yo'qligini isbotlay olgan (1949). 2013 - yildagi natijaga ko'ra esa bu ko'rsatgich 816 212 624 008 487 344 127 999 ga o'zgargan, va hozirgacha to'liq isbot yo'q.

TTT
479
Ma'lum fanlarni mustaqil o'rganish mumkin bunga harakat qilib o'zingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi. Lekin Matematikada buni tavsiya qilmagan bo'lar edim, ozgina xato va juda ko'p resurs: energiya va eng asosiysi qimmatli vaqtingizni yo'qotasiz. Shuning uchun boshidan to'g'ri ustoz tanlash juda muhim! Izoh. Ingliz tili o'rganishni boshlaganimda 30 dan ortiq o'quv markazga borib ko'rganman, sohani haqiqiy mutaxassisini topgunimcha juda qiynalganman.

TTT
479
Repost from N/a
​​#bizningjamoa 📝 Matematika fanini haqiqiy professionaldan o'rganing! Nodir Narziyev ✅ Siz bizda ta'lim olish orqali quyidagilarga ega bo'lasiz: 👨‍🏫 Malakali ustozlar qo'lida tahsil olish; 🎯 Yillar davomida sinovdan o'tgan o'quv dasturlari; 📚 Eng qulay va samarali darsliklar; 📅 Haftalik va oylik, tizimlashtirilgan imtihonlar; ⚡️Raqobatga asoslangan atmosfera. 💡 Marhamat, guruhlarimizga yoziling, tezda ta'lim olishni boshlab, natija sari qadam qo'ying! 📍Manzil: Beruniy metro bekati 📍Mo'ljal: Akfamedline 📞 Telefon: +998 91-796-46-77 +998 97-774-46-77 Kanalga ulanish: 👉 @Veduuz

TTT
479
photo content

TTT
479
Quyida o'zim foydalangan kitoblar, video darslar, veb saytlar va youtube kanallar (ustiga chizilgani tugatilmagan, Udemyda kurslar 11-15$ atrofida, LinkedIn da lab studentlari uchun tekin edi): 1. Y. Daniel Liang - Introduction to Java programming, Tenth Edition (book) 2. Herbert Schildt - Java: The Complete Reference, Eleventh Edition (book) 3. Tim Buchalka - Java Programming Masterclass covering Java 11 & Java 17 (80.5 hours, Udemy) 4. Jose Portilla - The Complete SQL Bootcamp 2022: Go from Zero to Hero (9 hours, Udemy) 5. Miki Tebeka - Learning Vim (1 hour 16 min, LinkedIn) 6. Kevin Skoglund - Git Essential Training: The Basics (2 hours 55 min, LinkedIn) 7. Kevin Skoglund - Git Intermediate Techniques (2 hours 53 min, LinkedIn) 8. Kevin Skoglund - Git: Branches, Merges, and Remotes (3 hours 3 min, LinkedIn) 9. Benjamin Muschko - Learning Groovy (1 hour 10 min, LinkedIn) 10. Benjamin Muschko - Learning Gradle (51 min, LinkedIn) 11. Benjamin Muschko - Gradle for Java-Based Applications and Libraries (57 min, LinkedIn) 12. Chad Darby - Spring & Hibernate for Beginners (includes Spring Boot) (42.5 hours, Udemy) 13. Chad Darby - JSP, Servlets and JDBC for Beginners: Build a Database App (9 hours, Udemy) 14. Ketkee Aryamane - Spring: Spring MVC (5 hours 30 min, LinkedIn) 15. Shonna Smith - Spring: Test-Driven Development with JUnit (1 hour 12 min, LinkedIn) 16. David Gassner - Java: Database Integration with JDBC (2 hours 51 min, LinkedIn) 17. Angie Jones - Java: Automated API Testing with REST Assured (1 hour 16 min, LinkedIn) 18. Dan Sullivan - Advanced SQL for Query Tuning and Performance Optimization (1 hour 44 min, LinkedIn) 19. Matt Greencroft - Java Memory Management (3 hours, LinkedIn) 20. Jeremy Villeneuve - AWS Essential Training for Developers (3 hours 17 min, LinkedIn) Asosiy veb saytlat: 21. baeldung.com 22. javatpoint.com 23. thorben-janssen.com 24. stackoverflow.com Youtube kanallar: 25. Thorben Janssen 26. Amigoscode Izoh. Menga asosan kitob o'qish ma'qul, lekin oldin mavzu haqida qisqacha tushunchaga ega bo'lish uchun video dars ko'raman. Youtube ni esa tavsiya qilish qiyin, chunki u yerda chalg'ituvchi ko'p va shuning uchun "ko'ngli bo'shlarni" uncha munchaga qo'yib yubormaydi - o'qiyman deb kirasiz va ... .

TTT
479
#New_Job 🎉🎉🎉 Junior Software Engineer at EPAM Systems

TTT
479
Yechim 12. n ta urinishda qavatni aniqlash mumkin bo'lsin. Dastlab n-qavatdan birinchi tuxumni tashlab ko'ramiz: - agar u sinsa endi ikkinchi tuxumni 1-qavatdan tashlab ko'ramiz, agar sinsa demak bizga kerak qavat 1 bo'ladi va urinishlar soni 2, agar sinmasa 2-qavatdan tashlab ko'ramiz, ... bunda eng ko'pi bilan n-1-qavatgacha kelamiz va shuning uchun ham urinishlar soni =< 1+(n-1)=n; - agar u sinmasa endi ikkinchi tuxumni n+(n-1) = 2n-1 qavatdan tashlab ko'ramiz (bitta urinishdan allaqachon foydalandik shuning uchun bu safar qadamni n-1 qilamiz): -- agar u sinsa n+1-qavatdan boshlab tekshiramiz, ... bunda ko'pi bilan n-2 urinish bo'ladi (2n-2 gacha) va shuning uchun jami urinishlar soni =<2+(n-2)=n; -- agar u sinmasa endi ikkinchi tuxumni n+(n-1)+(n-2) = 3n-3-qavatdan tashlab ko'ramiz ... . E'tibor beradigan bo'lsak biz maksimal urinishlar sonini =<n kabi saqlab kelayapmiz va bu orqali tekshira oladigan qavatlarimiz soni n+(n-1)+(n-2)+(n-3)+... ga teng, jarayonni qadam 1 bo'lguncha davom qildira olamiz. Demak jami tekshira oladigan qavatlarimiz soni = n+(n-1)+...+1=n(n+1)/2 ekan. 100 qavatni to'liq tekshirishimiz uchun n(n+1)/2>=100 bo'lishi kerak, ya'ni => n>=14.

TTT
479
#Medium Savol 12. Faraz qiling biz 100 qavatli binoning qaysi qavatidan tuxum tashlanganida sinishini topmoqchimiz. Bunda quyidagi shartlar o'rinli: > tuxum k-qavatdan tashlanganida sinsa, u istalgan m>k uchun m-qavatdan tashlanganida ham sinadi; > tuxum k-qavatdan tashlanganida sinmasa, u istalgan m<k uchun m-qavatdan tashlanganida ham sinmayadi; > sinmagan tuxumni qayta ishlatish mumkin; > singan tuxumni qayta ishlatib bo'lmaydi; > barcha tuxumlar uchun natija bir xil; Agar bizda ikkita tuxum bo'lsa, ular tashlanganida sinadigan eng kichik qavatni aniqlashimiz uchun eng kamida nechta urinishni amalga oshirishimiz kerak?

TTT
479
#Easy Savol 11. Tasavvur qiling, siz do'stingiz bilan quyidagicha o'yin o'ynamoqchisiz: > Dastlab stol ustiga n ta tanga joylanadi; > Siz va do'stingiz navbat bilan shartni bajarasizlar, va siz birinchi boshlaysiz; > Har bir ishtirokchi o'zini navbatida 1 tadan 3 tagacha (1, 2, 3) tangani olishi mumkin; > So'ngi marta tangani olgan ishtirokchi o'yinda g'olib hisoblanadi. Agar ikkala ishtirokchi ham optimal o'ynasa, n ni bilgan holda kim yutishini topish mumkinmi?

TTT
479
#Easy Savol 10. Sport musobaqasida n ta ishtirokchi bor. Har bir bosqichda sportchilar quyidagicha guruhlarga ajratiladi: > Agar n juft bo'lsa, sportchilar 2 nafardan guruhlarga ajratiladi va har bir guruh g'olibi keyingi bosqichga o'tadi; > Agar n toq bo'lsa, 1 nafar sportchi g'olib hisoblanadi va keyingi bosqichga o'tkaziladi, qolgan n-1 nafar sportchi esa 2 nafardan guruhlarga ajratiladi va har bir guruh g'olibi keyingi bosqichga o'tadi; Musobaqa g'olibi aniqlangunga qadar necha marta guruh tuziladi? Bunda n toq holatida tanlangan 1 nafar sportchi ham guruh deb hisoblansin.

TTT
479
#Medium Savol 9. Tasavvur qiling sizda 25 ta ot bor, va siz ularning eng tezkor 3 tasini aniqlashni xohlaysiz. Buning uchun siz ko'pi bilan 5 ta ot o'rtasida poyga o'tkazishingiz mumkin va bu poyga orqali faqatgina ularning nisbiy tezligini aniqlay olasiz (5 tani ichida qaysi biri eng tezkor, ..., eng sekin), hech qanday holatda siz poygada otning haqiqiy tezligini topa olmaysiz. Shu holatda 3 ta eng tezkor otni aniqlash uchun eng kamida nechta poyga o'tkazishingiz kerak?

TTT - Telegram 频道 @ttt_org_uz 的统计与分析