ch
Feedback
MIGRATIONuzkr

MIGRATIONuzkr

前往频道在 Telegram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341

显示更多
2 894
订阅者
无数据24 小时
-197 天
-8330 天
帖子存档
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi bilan ikkinchi marotaba mehnat shartnomasi (VIP) asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz diqqatiga!!! Siz vizangizni E-9 vizasidan E-7-4 malakali ishchi vizasiga o'zgartirishingiz mumkin. Viza maqomini o'zgatirishning amaldagi tartibga ko'ra quyidagi talablar asosiy hisoblanadi - 4 yildan ortiq E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo'lishi; - yillik daromad 26 000 000 vondan yuqori bo'lishi; - koreys tilini bilish darajasi TOPIK 2 yoki KIIP 2-daraja yoki undan yuqori bo'lishi kerak; Keyinchalik E-7-4 vizasidan F-2 vizasiga, soʼngra F-5 vizasiga ham almashtirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Agar siz yuqoridagi talablarga mos kelib, viza maqomini o'zgartirish istagida bo'lsangiz TMMAning Koreyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

❔Eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar. 1. AMIROV UCHQUN: 퇴직금 13-oylik masalasi bo’yicha savol yuboryapman: zavodda 11 oy
Eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar.
1. AMIROV UCHQUN:  퇴직금 13-oylik masalasi bo’yicha savol yuboryapman: zavodda 11 oyu 15 yoki 20 kun ishlab, zavoddan ma’lum bir sababga ko’ra otkaz   olgan taqdirda, 13-oylikni zavod beradimi yoki bermasligi ham mumkinmi?  
 Javob: 13-oylikni bir yil to'liq ishlagandan keyin olish mumkin.
2. Abdug'aniyev Alibek: E-9 vizasi bilan ikkinchi marta 1 yil-u 8 oy ishlab ma’lum sababga ko'ra vatanga 퇴직금larni olib qaytib keldim. Qaytib kelganimga 6 oy bo'ldi ID karta o'zimda, qayta yana keta olamanmi imtihon topshirmasdan?
Javob: Yo’q, imtihon topshirib ham keta olmaysiz. Sababi, siz ishni tugallab kelgansiz va kelganingizga 6 oydan o'tgan. Koreya qonunchiligiga asosan Ishchi ishdan bo'shagandan keyin 21 kun ichida ishdan bo'shaganlik qog'ozini olishi va 3 oy ichida yangi ishga kirgan bo'lishi lozim.
3. Suvanov Nodirbek: Koreyada E-9 vizasida yurib haydovchilik guvohnomasisiz mashina xaydab jarima to’laganman, endi elchixona viza bermayapti. Shu muammoga Koreya respublikasi bilan gaplashib biron yechim topib berishingizni iltimos qilaman.
Javob: Bunday imkoniyat mavjud emas. Agentlik Koreya Respublikasi qonunchiligini buzgan fuqarolar uchun viza berish va olish ishlariga aralasha olmaydi.
4. Ismoilova Fotima : Assalomu alaykum men o'tgan yili Koreyaga ketish maqsadida o'qish vizasiga topshirdim va 6-band bilan otkaz berib 1 yilga viza ariza qilishni ta’qiqlab qo’ydi lekin hozir ta’qiq ochilgan. Endi E-9 vizasiga ariza topshirsam mabodo yana viza otkaz bersa, men qilgan barcha to'lovlarga kuyamanmi? Masalan; 1 haftalik o'quv puli, agentlik to’lovi, tibbiy tekshiruvlar?
Javob: Vizasi chiqmasdan qaytgan fuqaroga agentlik harajatlari qaytariladi. Tibbiy ko'rik to'lovi, elchixona badali bundan mustasno Agar fuqarolar viza haqida ma'lumotga ega bo'lmasalar, viza chiqishga amin bo'lmasalar, ishchi viza bilan bir vaqtda boshqa vizalarga topshirmasliklarini so'rab qolamiz
5. Mamasharipov Islombek:  2024 yil 8-12 fevralda bo’lgan EPS  registratsiyadan  muvaffaqiyatli o’tgandim ammo imtihon kunini qachon bo’lishi haqida hechkim xabar bermadi. Imtihondan qolib ketdim endi nima qilaman keyingi registratsiyadan yana to’lov qilamanmi ? Keyingi registiratsa qachon bo’ladi.
Javob: Bunday vaziyatda fuqarolardan ma'sulyatli bo'lishlarini so'rab qolamiz. Ro'yhatdan o'tgan fuqarolar rasmiy axborot kanallarimizni kuzatib borishlari tavsiya etiladi. Rasmiy axborot kanallarimizda berilgan e'lonlar orqali imtihon kuni, manzili va shu kabi ma'lumotlarni olishlari mumkin. Rasmiy kanallarimiz: 👉https://t.me/koreya24soat 👉https://t.me/migratsiyaagentligi
6. Tursunov Borivoy:  E-9 Vizasi bilan ayolim va ikki o'g'limni uzoq mudatga chaqira olamanmi Koreyaga?
Javob: E-9 viza turidagi fuqarolar oila a’zolarini chaqira olmaydi. Ammo fuqarolar E-7 vizasini olgandan 6 oydan so'ng oila a'zolarini chaqirishlari mumkin.
7. Kamalov Ulugbek                Men o’tgan yili imtihondan o’tgan edim bazaga tushmadim. Telefon qilib so’rasam siz 2 marta Koreyaga borib kelganingiz uchun baza qabul qilmayapti deyishdi lekin 2 marta borib ishlab kelganlar ham, bazada viza kutganlar ham ko'p ekan  nima sabab meni qabul qimayapti? Biron qoida buzmagan bo'lsam Koreyada?
Javob: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida 2 marotaba borishlari mumkin. 3-marotaba imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda ham maxsus baza avtomatik tarzda fuqaro ma'lumotlarini qabul qilmaydi.
8. Savol: Meni Rossiyada, Turkiyada, Polshada deportim bor.  Koreyaga borishimga bu narsa halaqt qilmaydimi?
Javob: Yuqoridagi davlatlardan olgan ta'qiq sizni Koreya Respublikasiga kirishingiz uchun to'sqinlik qilmaydi. Ammo boshqa davlat qonunchiligini buzmasligingiz so'rab qolinadi. #savol_javob Bizni kuzatib boring 👇 😎@koreya24soat

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov xorijdagi barcha toshkentlik yoshlarni online uchrashuvga taklif qiladi!
🎯Uchrashuv maqsadi: Xorijda istiqomat qilayotgan toshkentlik yoshlar bilan shahar rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish va xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitishdir.
⌛️Uchrashuv sanasi: 20-iyul, shanba. Soat 15.00da (Toshkent vaqti bilan) Uchrashuv formati: online Uchrashuvda xorijda istiqomat qilayotgan barcha toshkentlik yoshlar ishtirok etishi mumkin. 🤝 Poytaxtimiz rivoji uchun o'z hissangizni qo'shing! 📝Uchrashuvda ishtirok etish uchun havola: https://t.me/kxudoyorov https://t.me/m_akramovv 🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz 🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn www.wayu.uz

Repost from Koreya 24 soat
CCVI vizasi berilgan ammo hujjatlarini agentlikka topshirmagan fuqarolar ro'yhati. 17.07.2024 holati 👉 VIP vizasidagi fuqaro
CCVI vizasi berilgan ammo hujjatlarini agentlikka topshirmagan fuqarolar ro'yhati. 17.07.2024 holati 👉 VIP vizasidagi fuqarolar ro'yhati 👉 Koreya Respublikasiga birinchi marta ketayotgan fuqarolar ro'yhati 👉 Talab etilgan hujjatlar ro'yhati
Ushbu ro'yhatdagi fuqarolar agentlikka zudlik bilan talab etilgan hujjatlarni topshirishlari so'raladi.
📍Agentlik manzili: Toshkent shahar, Qamarinso ko'chasi 1-uy 📱 Googleda manzil 📱 Yandexda manzil 😎@koreya24soat

Repost from Koreya 24 soat
✈️ Avgust oyida rejalashtirilayotgan reys kunlari haqida ma'lumot. (VIP vizadagi fuqarolar uchun qo'shimcha reys qo'yilishi r
✈️ Avgust oyida rejalashtirilayotgan reys kunlari haqida ma'lumot. (VIP vizadagi fuqarolar uchun qo'shimcha reys qo'yilishi rejalashtirilmoqda) 📱 https://t.me/koreya24soat

Repost from Koreya 24 soat
🎬Skill test haqida umumiy tushunchaga ega bo'lish uchun video ma'lumot. Yuqoridagi videoda skill test qanday bo'lishi haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Videoda ko'rsatilgan daltonik(rang ajratish) hamda videoni oxiridagi oshiq-moshiq qotirish ishlari bo'lmasligi mumkin. 📱 https://t.me/koreya24soat

Repost from Koreya 24 soat
Skill test uchun qo'llanma 📖 📱 https://t.me/koreya24soat

Repost from Koreya 24 soat
⚠️Eslatma! Skill testga oz qoldi!🇰🇷 📆imtihon 18-25 iyul kunlari bo'lib o'tadi. 😀 Xorijga chiqish passporti (qizil passpor
⚠️Eslatma! Skill testga oz qoldi!🇰🇷 📆imtihon 18-25 iyul kunlari bo'lib o'tadi. 😀 Xorijga chiqish passporti (qizil passport) bilan kelish kerak. ❗️ Imtihon vaqtidan bir soat avval kelish talab etiladi. Skill test bo'lib o'tadigan imtihon manzili 📍Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. (Bino yon tomonidan kiraverishda orqa eshikdan kiriladi) 📱 Googledan lokatsiya 📱 Yandexdan lokatsiya 🔍imtihondan o'tgan nomzodlar ro'yhatini ko'rish Bizni telegramda kuzatib boring 📱@koreya24soat

🔊ESLATMA! 🇰🇷Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatidagi hamda hozirda Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqatiga! Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish borasida sizni qiziqtirgan barcha savollarga joriy yil 19-iyul soat 11:00 da tashkil etiladigan onlayn muloqot orqali javob beramiz. Sizda Koreyaga ishga borish bo'yicha savollar bo'lsa, quyidagi bot orqali 17-iyul 18:00 ga qadar yuborishingiz so'raladi: 👉 Bot havolasi Muloqotni jonli kuzatish: 👉 @koreya24soat 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Instagram | YouTube

🇰🇷Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatidagi hamda hozirda Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqatiga! Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish borasida sizni qiziqtirgan barcha savollarga joriy yil 19-iyul soat 11:00 da tashkil etiladigan onlayn muloqot orqali javob beramiz. Sizda Koreyaga ishga borish bo'yicha savollar bo'lsa, quyidagi bot orqali 17-iyul 18:00 ga qadar yuborishingiz so'raladi: 👉 Bot havolasi Muloqotni jonli kuzatish: 👉 Тelegram 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Instagram | YouTube

Koreya Reapublikasida qonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan xotin-qizlar diqqatiga! Joriy yilning 12 iyul kuni Koreya vaqti bilan soat 19:00 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda tegishli vazirliklarning mas'ul bo'linmalari ishtirokida, xorijda ish faoliyati davrida taziyqga uchragan, qiyin ahvolda qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimizning muammo va takliflarini tinglash hamda ushbu muammolarga yechim topish maqsadida onlayn muloqat o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu havola orqali onlayn ishtirok etishingiz so'raladi: https://t.me/koreya_migratsiya_2024 Qatnashuvchi fuqarolarimizdan avvaldan quyida ko'rsatilgan raqamlarga qo'ng'iroq qilgan holda ma'lum qilishlarni so'rab qolamiz. 070-4252-2772 062-962-02-01 Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: Telegram |Facebook|Instagram

🇰🇷🇺🇿Koreyada E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqqatiga! Agar siz E-9 vizasini uzaytir
🇰🇷🇺🇿Koreyada E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqqatiga! Agar siz E-9 vizasini uzaytirishda, zavod yoki o'zingiz sababli uzaytirish kuni kechikkan bo'lsa, hamda vizangiz maqomini E-7-4 malakali viza turiga o'tishda RAD javobini olgan bo'lsangiz, endilikda kechiktirilgan viza muddati 3 oydan kam bo'lsa, K-Point E-7-4 vizasiga topshirsangiz bo'ladi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from Bandlik vazirligi
Janubiy Koreya. Oʻzbekona dasturxon atrofida vazir bilan samimiy gurung Ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻlib turibdi. Dam olish kunlari delegatsiya aʼzolari Koreyaning Incheon shahridagi “OCKDONG” metallni qayta ishlash zavodida boʻlib, ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan bir guruh hamyurtlarimiz bilan uchrashib ularning ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Yurtdoshlarimiz bilan suhbat osh tortilgan oʻzbekona dasturxon atrofida davom etdi. Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy muloqotda vazir ular bilan dildan suhbat qurdi. Hamyurtlarimizni qaysi masalalar oʻylantiryapti, qanday muammolarga duch kelmoqda, mehnat, tibbiy, ijtimoiy huquqlarining taʼminlanishi, qanaqa takliflari bor? Barchasi oʻrtaga tashlandi, yechimlar taklif qilindi. Muloqotda chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonliklarning har qanday masalasi eʼtiborsiz qolmasligi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham oʻz vatanidagi kabi himoyada boʻladi va hamisha qoʻllab-quvvatlanadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🇰🇷Xabar berilganidek, O'zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vako
+1
🇰🇷Xabar berilganidek, O'zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi mas'ullari bilan hamkorlikda Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizning yashash va mehnat faoliyati doimiy tarzda monitoring qilib bormoqda. Xususan Yangsan shahrida joylashgan "Kyunghyun Co., Ltd." korxonasi mas'ullari hamda ushbu korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashilib mazkur davlatda mehnat faoliyatini olib borish davrida mehnat faoliyati yoki konsullik xizmatlari bilan bog'liq o'zlarini qiziqtirgan savollari yoki muammoli holatlar yuzasidan murojaat qilishlari mumkinligi, shuningdek Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi. Ma'lumki, bugungi kunda Koreya davlati 16 davlatdan E-9 ishchi vizasi asosida xorijlik ishchilarni ishga jalb qilib kelmoqda. Shu o'rinda ish beruvchi korxona mutasaddilariga hamyurtlarimiz mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, Elchixona hamda Agentlikning Koreyadagi Vakolatxonasi ishchi kuchi yetkazib berish bilan bog'liq masalalarda doimiy hamkorlikka tayyorligi aytib o'tildi va olib borilgan muzokara natijasida endilikda mazkur korxonadagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga aynan o'zbekistonlik hamyurtlarimiz ishga jalb qilinishiga kelishildi 🇺🇿Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. 😎070-4252-2772 😎062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram |Facebook|📹Instagram

O'zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi mas'ullari bil
+2
O'zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi mas'ullari bilan hamkorlikda Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizning mehnat faoliyati doimiy tarzda monitoring qilinib, mehnat shartnomasi talablarini buzgan va oylik ish haqlari noto'g'ri hisoblanib kelingan ish beruvchi korxona mutasaddilari bilan muzokaralar o'tkazib fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etib berilmoqda. Xususan joriy yilning 25-aprel kunida Kyongsannamdo provinsiyasida joylashgan "Dongnam Elevator & Parking System" korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan bir nechta fuqarolarimizning oylar davomida noto'g'ri hisoblab kelingan oylik ish haqlari yuzasidan ish beruvchi korxona mutasaddilari bilan muzokara olib borilib tegishli tartibda oylik ish haqlarining bir qismi undirib berildi va qolgan qismi ham qayta hisoblanib, mazkur korxonada faoliyat olib borayotgan fuqarolarimiz hisob raqamlariga o'tkazib berishga kelishildi. 🇺🇿Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. 😎070-4252-2772 😎062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram |Facebook|📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish
🇰🇷🇺🇿Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi ishtirokidagi ishchi guruh Koreya Respublikasining Kanvangdo pronvinsiyasi Xongson shahridagi "SEOUL F&B" hamda Kyonggi-do provinsiyasi Inchon shahri "NIKS Industries " korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur korxonalarda mavjud muammo hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, ish beruvchilar tomonidan kelajakda mazkur korxonada mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 122 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga ye
🇰🇷Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 122 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi. Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi. Vakolatxona jamoasi yurtdoshlarimizning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi! Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilishi bilan bog'liq masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. Murojaat uchun a'loqa raqamlarimiz: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Aziz vatandoshlar! Joriy yilning 16-18 aprel kunlari O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar
Aziz vatandoshlar! Joriy yilning 16-18 aprel kunlari O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Janubiy Koreyaga tashrifi rejalashtirilgan. O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar tashkil qiladi. Uchrashuv quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi: - 16 aprel soat 16.00 da Seul shahridagi markaziy masjidda. (Manzil: 서울용산구 우사단로10길 39) - 17 aprel soat 15.30 da Kimhe shahridagi “Al Buxoriy masjidi”da. (Manzil:경남 김해시 분성로 327). Janubiy Koreyada bo‘lib turgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu uzoq kutilgan uchrashuvga taklif qilamiz. O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari Pyontek shahrida joylashgan “ Korea Eco Industry” korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida vatandoshlarimizga hamda koreyalik ish beruvchilarga mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish borasida yaratilayotgan sharoitlar va islohotlar bo‘yicha ma'lumotlar yetkazildi. Shuningdek o‘zbekistonlik ishchilarga mazkur davlat qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, fuqarolarimizga bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari xususan, E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etishi hamda 4-yildan ortiq mehnat faoliyatini olib borgan va koreys tili bo‘yicha Topik-II sertifikatiga ega bo‘lgan hamyurtlarimizga vakolatxona mas'ullari tomonidan viza maqomini E-7-4 ga o‘zgartirishda amaliy yordam berilishi ma'lum qilindi. Muloqot davomida dunyoning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalardan kelib chiqqan holda, vatandoshlarimizga ularning turli diniy-ekstremistik tashkilotlar hamda oqimlar ta'siriga tushib qolmasliklari uchun kerakli tavsiyalar berildi. Uchrashuv so‘ngida fuqarolarimizga konsullik-huquqiy masalalari bo‘yicha elektron murojaat qilishlari, xorijga chiqish pasporti va FXDYo hujjatlarini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va elchixona tomonidan amalga oshirilayotgan boshqa konsullik harakatlari haqida ma'lumotlar berildi. 😎070-4252-2772 😎062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram |Facebook|📹Instagram