Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
前往频道在 Telegram
Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir! Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchun. Blog avtori: © Muhammad Aziz (@mamasodikoff) 🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos - Web sayt: flutterdev.uz
显示更多383
订阅者
无数据24 小时
-37 天
-230 天
帖子存档
Flutterda keng ishlatiladigan "Hive" NoSQL ma'lumotlar bazasini kamchiliklari talaygina :(
Ulardan asosiylari:
- Siz maximum 223 ta typeID register qila olasiz. (Bunga "workaround" qilsa bo'ladi, kimga kerak bo'lsa batafsil yozaman)
- Biror bir "Hive" model klasidagi maydonni o'zgartirish haqiqiy azob. Tipni o'zgartirish esa mumkin emas! Bu haqda batafsil...
- Oxirgi ishlatilgan TypeID larni yodda saqlab yoki biror burchakka yozib yurishingiz kerak..
- va boshqalar...
#hive #db
@flutterblogs
#YouTube #newcontent
🙄Hive package'ini eshitgansiz-u qanday ishlashi va ishlatilishini bilmaysizmi?
Hive Sqflitedan ko'ra ancha oson va tushunarli ekanidan xabaringiz yo'qmi?
😉 Bugungi kunga kelib ancha ommalashgan local database "Hive" ni quyidagi link orqali o'rganishingiz mumkin.
👉 https://youtu.be/j2fbFlFYMsY
@ahadjonovss
Endi google search qilish shartmas ekan )
Studio Bot bizga Android Studio ichida yordam beradi
➖@android_uzbekk➖
Google I/O 23 da AI bo'yicha ko'p yangiliklar yangramoqda )
Shulardan biri Android Studio ichidagi Studio Bot ! . Endi ChatGPT Android Studio ichida 😅
➖ @flutter_uzbek➖
Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak
Bir yigit dasturchilikka juda qiziqib qolibdi va uni o’rganishni boshlabdi. O’rganayotganida turli qiyinchiliklarga duch kelibdi. Bu sohani yaxshiroq biladiganlardan savol so’rashga qaror qilibdi. So’ramoqchi bo’lgan insondan shaxsan so’ramoqchi bo’libdi. Qayerda yashashini qidirib topib uyiga boribdi. Eshikni taqillatibdi, hech kim ochmabdi. Keyin telefon qilishga harakat qilibdi. Nomerini topib telefon qilibdi. Hech kim olmabdi. Ohiri telegramdan qidirib topib unga yozibdi.
“Assalomu aleykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Bir narsa so’ramoqchi edimda” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka bir yordam qilingey iltimos” deb yozibdi. Ohiri savol so’ragan inson jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka qiynalib ketdimda” deb yozibdi. Yana javob olmabdi. “Aka?” deb yozibdi. Yana jahli chiqib “Savolingiz qani?” deb yozibdi. “Aka, shu Pythonda bir ish qilayotgandim xato chiqyaptida. Yordam bervoring debdi”. Haligi inson ohiri bloklab qo’yibdi. Natijada bu yigit savoliga javob ola olmay haftalab vaqti o’tib ketibdi. Har safar savol paydo bo’lganda shunday hatti harakatlar bilan u ko’p vaqt bekorga sarflaydigan bo’libdi.
Shu yigit bilan dasturlashni bir vaqtda boshlagan Toshmat degan yigit esa sal boshqacharoq ish qilibdi. Savol bermoqchi bo’lgan insonga bittayu bitta xat yozibdi:
“Assalomu aleykum. Yaxshimisiz? Men shu kursni o’tayotgan edim. Unda aytilishi bo’yicha shu ishni qilishim uchun quyidagi kodni yozishim kerak ekan. Huddi aytilgandek qildim. Screenshotlar jo’natyapman, ularda kodimni ko’rishingiz mumkin. O’zim Google ham qilib ko’rdim. Lekin Googleda sal boshqacharoq holatlar tushuntirilgan ekan. Iltimos ko’rib bersangiz. Qayerda hato qilyapman?”
Yani bitta xatda savolini zo’r qilib tushuntirib yozibdi. Oradan bir soat o’tar o’tmas o’z savoliga javob olibdi. Har safar savol so’ramoqchi bo’lganda huddi shu tarzda barcha kerakli ma’lumotlar bilan maqsadga o’tib yozishni odat qilib olibdi. Oradan 1 yil o’tib o’zining birinchi ishini topibdi. Oradan 5-6 yil o’tib esa o’ziga eng yoqqan kompaniyaga ishga topshirib interyudan bemalol o’tib olibdi. Hozirda esa o’zining kichik startupini ustida ishlayotgan ekan.
@jakhonrakhmonov
Google I/O 10 - may kuni O'zbekiston vaqti bilan 17 da boshlanadi..
Undan nimalarni kutish mumkin:
https://www.theverge.com/2023/5/8/23712615/google-io-2023-what-to-expect-time-date-streaming
@flutterblogs
Flutter uchun "State Management" usullarga ovoz bering!
#projects
⁉️ Referendumda faol ishtirok etishga etdingiz-u, qabul qilinayotkan Konstitutsiyaning tahriri bilan to'liq tanishib chiqishga ulgurmadingizmi?
Unday bo'lsa, biz sizga ushbu imkoniyatni bir dastur sifatida taqdim etamiz!
📓 "Yangi Konstitutsiya 2023" dasturi orqali siz:
- Konstitutsiyaning yangilangan tahriri;
- Yurtimizdagi Konstitutsion islohotlar haqidagi taqdimotlar;
- Konstitutsion o'zgarishlar haqidagi yangiliklar;
haqida 3 tilda ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
📌 Umid qilamizki, ushbu ilova orqali siz o'z huquq va majburiyatlaringizni o'rganib, hayotingiz tadbiq etishda faol bo'lasiz.
🔗 Ilovani yuklash uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uzmobdev.newconstitutionuz&hl=ru&gl=US
@umdgroupuz - taraqqiyotning raqamli ko'rinishi!
😁😁😁
Siz hafa bo'lmasangiz ham bo'ladi do'stlar :)
https://twitter.com/FlutterDev/status/1650971743610195968?s=20
@flutterblogs
📱 Android 15 "Vanilla Ice Cream" kod nomini oladi.
Har yili Google Android yirik relizlariga alifbo tartibida shirinlikdan keyin ichki nom beradi. Android 12 uchun bu Snow Cone, Android 13 uchun Tiramisu. 2023-yil aprel oyida Android 14 kod nomi Upside Down Cake bo‘lgan.
Manba: https://www.sammobile.com/news/android-15-codename-vanilla-ice-cream/
🤔 Siz hozirda qaysi android versiyasini ishlatasiz?
@flutterblogs
Biz "Flutter" ga nega muhtojmiz?
Oldingizda bosib o’tishingiz kerak bo'lgan uzundan-uzoq yo’l turibdi. Agar ko’zlangan maqsadga erishish uchun o'zingizga "xarita" tuzib olmasangiz, ya'ni sizda biron-bir tayanch bo'lmasa, unga erishish juda qiyin bo’ladi.
Manba: https://youtu.be/g5QxT_eDX7c
©️ Senior Mobile Developer Xurshidbek Qurbonov
#pdp #flutter
@flutterblogs
JPRQ qanday ishlaydi? | Internetni o'zgartirgan loyiha
O'zbek dasturchisi NGROK alternativini yaratdi.
JPRQ Ngrokdan qanday farq qiladi?
JPRQ - bu "local" serverlarni onlayn tarzda osongina "reveal" qilish uchun bepul va ochiq manbali Ngrok alternativasi.
Bu "developer" larga Ngrokning daqiqasiga 40 ta so'rov chegarasiga qaraganda "local" serverga cheksiz soʻrovlar yuborish imkonini beradi.
1 port chegarasi bilan Ngrok bilan solishtirganda bir vaqtning o'zida bir nechta portlarni ochishi mumkin.
https://yunik.com.np/jprq/
https://github.com/azimjohn/jprq
#jprq #ngrok
@flutterblogs
Flutter haqidagi reklamani "Instagram" dan ko'rib qoldim. Creative...
@flutterblogs
Dasturchi uchun eng kerakli ko’nikmalardan biri
To’g’ri Savol So’ray Olish
Bizning sohamizda kerak bo’ladigan narsalar shunchalilk ko’pki, ularni hammasini bilish mumkin emas. Ayniqsa katta loyihalarda yuzlab texnologiyalar ishlatiladi, biznes domainni o’zi ham katta bo’ladi, codebase katta bo’ladi. Bunday loyihalarda birorta ishni bajarish uchun esa siz bilmagan qismlaringizni biladiganlardan bir nechta savol so’raysiz. Faqat bunday loyihalarda emas balki o’rganayotgan paytingizda ham ko’plab savollar so’raysiz boshqalardan. Bu holatlarda sizning maqsadingiz savolingizga tez va aniq javob olish. Buning uchun esa siz birinchi o’rinda savolni to’g’ri so’rashingiz kerak.
To’g’ri savol o’zi qanaqa bo’ladi? To’g’ri savol bu javob berish oson bo’lgan savol. Uning uchun esa quyidagilarni qilishingiz kerak:
Bilganlaringizni ayting. Yani savolingiz quyidagicha formada bo’ladi:
1. Mavzu haqida bilganlaringizni aytasiz.
2. Shu to’g’rimi deb so’raysiz.
Masalan sizning PHP kodingiz nimaga ma’lum bir tarzda ishlayotganini tushunmayapsiz. Savolingiz quyidagicha bo’lishi mumkin: “Meni o’ylashimcha bu narsa quyidagi joyda yozilgan kod sababli shu tarzda ishlashi kerak edi, lekin u sal boshqacharoq o’zini tutyapti. Mening taxminlarim to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa nega natija men kutgandan boshqacha bo’lyapti? Nima yetishmayapti?”. Tilni o'zgartir degan javob olasiz.
Javobi fakt bo’lgan savol so’rang. Masalan “SQL joinlar qanday ishlaydi?” degan savol juda keng. Soatlab gaplashsa bo’ladi bu haqida. Bunday savollarni ustozingizdan so’rasangiz bo’ladi lekin ham kasblar uchun kenglik qiladi. Savolingizni aniqlashtiring:
- Ikkta tablelarni JOIN qilishning time complexitysi qanday bo’ladi? O(NM) mi? yoki O(NlogN) + O(MlogM) mi?
- MySQL JOIN qilishdan oldin columnlarni tartiblaydimi?
Bu savollarning javobi fakt va javob berish oson.
O'zingiz birinchi javob topishga harakat qiling. Google qiling. Masalan tepadagi savolni birinchi Googlega berib ko’ring: “Does MySQL sort columns before JOINing?”. Savolingizga aniq javob topa olmasangiz ham savolingizni yaxshiroq shakllantirishga yordam beradi.
Yordam so’rang, yechim emas. “Shu kodni to’g’irlab bering” deyishni o’rniga “Shu kodni yaxshilash uchun menga yo’l ko’rsatib bera olasizmi?” deyish ma’qulroq. Shunda siz savol so’rayotgan odamingizni tez yechim berishga emas, o’z tajribalarini baham ko’rishga undaydi. Sizga tayyor baliq emas, baliq tutishni o’rgatadi.
Xushmuomala va hurmatli bo’ling. Hech kim assholelarga yordam berishni hohlamaydi. Har qanday yordam uchun minnatdorchilik bildiring.
@jakhonrakhmonov
Kecha saytdagi nosozliklar sabab ovoz bera olmaganlar, bugun oxirgi kun!
Ovoz bering!
https://vote.webbyawards.com/PublicVoting#/2023/apps-dapps-and-software/app-features/best-user-interface
(Iloji bo'lsa barcha google akkountlaringizadn)
