ch
Feedback
Tuproqqal'a.uz

Tuproqqal'a.uz

前往频道在 Telegram

Tuproqqal'a tumani hokimligi Rasmiy veb-sayt: gov.uz/tuproqqala Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot

显示更多
5 242
订阅者
+224 小时
-187 天
-3130 天
帖子存档
📌 “YOSHLAR DAFTARI” ORQALI QANDAY IJTIMOIY YORDAMLAR BERILADI? Vazirlar Mahkamasining 78-sonli qaroriga muvofiq, “Yoshlar da
📌 “YOSHLAR DAFTARI” ORQALI QANDAY IJTIMOIY YORDAMLAR BERILADI? Vazirlar Mahkamasining 78-sonli qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan yoshlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari bilan tanishing: 1️⃣ Bandlik va ijtimoiy faollikni ta’minlash uchun grant (BHMning 60 baravarigacha) 2️⃣ Nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘lkira xarajatlarini qoplash (BHMning 1 baravari) 3️⃣ Muntazam sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun forma, inventar va cholg‘u asboblari xarid qilish (BHMning 10 baravarigacha) 4️⃣ Jarrohlik amaliyotisiz va jarrohlik amaliyoti davolanish xarajatlarini qoplash (BHMning 50 baravarigacha) 5️⃣ Haydovchilik o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya (BHMning 8 baravarigacha) 6️⃣ Kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining to‘lov-kontrakt summasini to‘lab berish (To‘lov kontraktining 50% gacha, BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda) 7️⃣ Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarsi uchun kompensatsiya (12 oygacha ijaraning 50% gacha, BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda) 8️⃣ Tadbirkorlik, zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini qoplash (BHMning 4 baravarigacha) 9️⃣ Ijtidorli yoshlarga ilm-fan, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya (BHMning 1 baravarigacha) 💡 Eslatma: Yordam turiga qarab volontyorlik loyihalarida ishtirok etish, "Mutolaa" va "Ibrat farzandlari" loyihalari orqali bilim va ko'nikmalarni oshirish kabi ijtimoiy shartnoma majburiyatlari yuklatilishi mumkin. 📲 Batafsil ma'lumotni infografikadan olishingiz mumkin. #YoshlarKuni 👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli Xalq qabulxonasida bo'lib o'tdi. Qabul davom
Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli Xalq qabulxonasida bo'lib o'tdi. Qabul davomida tuman aholisi turli ijtimoiy-maishiy, huquqiy va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat qildi. Hokim har bir murojaatni alohida diqqat bilan tinglab, ularni inson manfaatlari yo'lida hal etishga e'tibor qaratdi. Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi maxsus nazoratga olindi. 👉@tuproqqala_uz Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Molxona binolari e-auksion.uz saytida sotiladi Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Hazorasp mahallasi, Qorasuv ko‘ch
+2
Molxona binolari e-auksion.uz saytida sotiladi Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Hazorasp mahallasi, Qorasuv ko‘chasi, 1/11-uy Bino umumiy maydoni: 1932 kv.m Yer umumiy maydoni: 52 sotix Boshlang‘ich narxi: 1 mln so'm Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25384892 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Shahar markaziga yaqin joydan 1mln boshlang'ich narxda noturar bino! Sobiq Noturar bino e-auksion.uz saytida sotiladi Manzil:
+2
Shahar markaziga yaqin joydan 1mln boshlang'ich narxda noturar bino! Sobiq Noturar bino e-auksion.uz saytida sotiladi Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Pitnak shahar, Saxovat MFY, Moziy ko'chasi, 3b-uy Bino umumiy maydoni: 141 kv.m Yer umumiy maydoni: 22 sotix Boshlang‘ich narxi: 1 mln so'm Batafsil : https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25384867 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🏛 Xalq deputatlari Kengashi raisi qanday vazifalarni bajaradi? Xalq deputatlari Kengashi raisi — mahalliy vakillik organinin
🏛 Xalq deputatlari Kengashi raisi qanday vazifalarni bajaradi? Xalq deputatlari Kengashi raisi — mahalliy vakillik organining faoliyatini samarali tashkil etuvchi va deputatlar ishini muvofiqlashtiruvchi mas'ul shaxsdir. Infografikada asosiy jihatlar jamlangan: 🔹 Maqomi: Deputatlar orasidan saylanadi hamda Kengashning rasmiy vakili hisoblanadi. 🔹 Vazifalari: Majlislarni chaqirish, kun tartibini shakllantirish va qarorlarni imzolash. 🔹 Vakolatlari: Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qilish va komissiyalar ishiga ko‘maklashish. 🔹 Hamkorlik: Hokimlik, deputatlar va jamoatchilik o‘rtasida muloqotni ta'minlash.

photo content

Repost from KaNews.uz
Hurmatli fuqarolar! 📢 "Qo‘ng‘irot-1" shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik maslahati o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Qo‘ng‘irot-1" shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik maslahatlashuv yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur loyiha umumiy 1 500 MVt quvvatga ega bo‘lib, yiliga 5 304 GVt/soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Loyiha yiliga qariyb 2,5 million tonna CO2 chiqindilarining oldini olish bilan birga, mahalliy aholi uchun yangi infratuzilma va bandlik imkoniyatlarini yaratadi. Uchrashuv davomida loyihaning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlari, barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining savollari va fikr-mulohazalarini bildirib, loyiha bo‘yicha ochiq muhokamada ishtirok etishlari mumkin. 📅 Sana: 2026-yil 8-oktyabr 🕑 Vaqt: 14:00-15:00 📍 Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani hokimligi konferensiya zali. Shuningdek, shaxsan qatnasha olmaydiganlar uchun onlayn qatnashish imkoniyati ham yaratilgan. QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tib, taqdimotni ko‘rish va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. Barcha qiziquvchilarni jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Telegram  Instagram Facebook

🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 17–20-sentabr kunlari National AI Hack
🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 17–20-sentabr kunlari National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi! Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!
🗣️ Xorazm viloyati bosqichi treklari: - Farmatsevtika va sog’liqni saqlash - Ta’lim - Tadbirkorlik Maxsus nominatsiyalar: - Eng qiziqarli taqdimot - Eng dolzarb ijtimoiy loyiha
Bu shunchaki hackathon emas — yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam!Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar; • Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar; • Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar; • Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart; • Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi; • Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq: eventflow.uz

🗣Hurmatli fuqarolar! Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladiga
🗣Hurmatli fuqarolar!
Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari bilan tanishing. Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
⏺️Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 👉@tuproqqala_uz

📢 E’LON! Fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ul
📢 E’LON! Fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ularning murojaatlarini o‘rganish maqsadida: 🗓 2026-yil 6-sentyabr, yakshanba kuni ⏰ soat 10:00 dan 13:00 gacha 📍 Tuproqqal'a tumani Obod mahalla fuqarolar yig'ini binosida Tuproqqal'a tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi. 👉@tuproqqala_uz Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

PRS 10506 bino va inshootlari e-auksion.uz sayti orqali sotiladi Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Tuproqqal'a mas
+2
PRS 10506 bino va inshootlari e-auksion.uz sayti orqali sotiladi Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Tuproqqal'a maskani MFY, A-380 Magistral yo'li ko'chasi 454/11-uy Bino umumiy maydoni: 464 kv.m Yer umumiy maydoni: 37 sotix Boshlang‘ich narxi: 1,1 mlrd so'm Izoh: Muddatli bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24831995

"G‘isht zavodi" bino inshootlari bir qismi e-auksionshop.uz orqali sotiladi Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumani Muxabb
+3
"G‘isht zavodi" bino inshootlari bir qismi e-auksionshop.uz orqali sotiladi Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumani Muxabbat MFY, Komiljon Otaniyazov ko'chasi, 4/45 uy Boshlang‘ich narxi: 4 mlrd so'm Umumiy yer maydoni: 2,84 gektar Bino umumiy maydoni: 2650 kv.m Batafsil: https://e-auksionshop.uz/lot-list?i=4&page=1&g=1&r=14&a=226 ☎️: +998992072603 ☎️: +998712022111

Ҳафтанинг ҳар пайшанба куни “Ёшлар куни” деб белгиланганидан келиб чиққан ҳолда бугун вилоят прокурорининг ўринбосари М.Хожае
+2
Ҳафтанинг ҳар пайшанба куни “Ёшлар куни” деб белгиланганидан келиб чиққан ҳолда бугун вилоят прокурорининг ўринбосари М.Хожаев томонидан Тупроққалъа туманида муаммоси мавжуд ёшлар билан учрашув ташкил қилинди.   Учрашувда мурожаат қилган 8 нафар ёшларнинг таълим, бандлик, тадбиркорлик фаолияти ва соғлиқни сақлаш билан боғлиқ муаммоларини ҳал қилиш юзасидан масъулларга топшириқлар берилиб, ижроси назоратга олинди.   Шунингдек, маҳалла еттилигининг ёшлар муаммоларини ўрганиш ва ҳал қилиш борасида кўрилаётган чоралар бўйича зарурий кўрсатмалар берилди.   🌐 Хоразм вилояти прокуратурасининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!    Prokuratura.uz|Facebook|Instagram|Telegram|

+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni ya
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 📌 Asosiy fikrlar: 📉 Yil boshida 5,8 foizni tashkil etgan kambagʻallik darajasi 3,9 foizga tushdi. Ehtiyojmand aholi soni 2,2 milliondan 1,5 million nafargacha kamaydi. 📊 Oxirgi uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion soʻm ajratilgan boʻlsa-da, natijalar bir xil emas. Masalan, bir xil mablagʻ (2,3 trillion soʻmdan) olgan Sharof Rashidov tumanida 30 ming kishining, Qarshi tumanida esa atigi 13 ming ehtiyojmand aholining sharoiti yaxshilangan. 🎯 Endilikda faqat kredit ajratishning oʻzi yakuniy natija deb hisoblanmaydi. Asosiy mezon — yaratilgan doimiy ish oʻrinlari soni va oilaning barqaror daromad manbaiga ega boʻlgani boʻladi. 🏢 Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida maxsus shtablar tashkil etilib, masʼullar haftaning uch kunini bevosita kambagʻallik va bandlik masalalariga bagʻishlaydi. 💵 Tumanlar ixtiyoriga jami 3,2 trillion soʻm resurs beriladi. Bu mablagʻlar oilaviy va yoshlar tadbirkorligi uchun ajratilgan resurslar, Kambagʻallik va Bandlik jamgʻarmalari hamda "daftar"lardagi mablagʻlarni oʻz ichiga oladi. ⚖️ Tuman shtablari mahalliy sharoitga qarab, kimga qancha kredit berish, muddati va toʻlov grafigini biznes turiga moslashtirish vakolatiga ega boʻladi. 🤝 Lider tadbirkorlar mahalladagi oilalar bilan kooperatsiya tashkil etsa, 10 ta oila uchun 500 million soʻmgacha, 100 ta oila uchun esa 5 milliard soʻmgacha garovsiz kredit olishi mumkin. 📂 Kredit tarixida kechikish boʻlgan ehtiyojmand aholining tashabbuslari individual baholanadi va istiqbolli loyihalar imtiyozli moliyalashtiriladi. 🧑‍🏫 8992 ta mahalladagi hokim yordamchilari faoliyati qayta baholanadi. Ikki oy muddatda chet ellik mutaxassislar jalb etilgan maxsus oʻquv markazi tashkil etiladi. Eng yaxshi natija koʻrsatgan mutaxassislar Xitoy, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlarda malaka oshiradi. 📝 "Ijtimoiy reyestr"ga kiritish mezonlari qayta koʻrib chiqilib, faqat oila daromadi emas, balki surunkali kasallik, nogironlik, koʻp bolalilik va oila aʼzolarining chet elda ishlayotgani kabi ijtimoiy omillar ham hisobga olinadi. 👩‍👧‍👦 Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga toʻlguniga qadar nafaqa toʻlanadi. Bola parvarishi bilan band boʻlgan ota-onalar uchun uyida yoki mahallada ishlash sharoitlari kengaytiriladi. 🎓 Kelgusi yildan boshlab reyestrdagi oilalar farzandlari uchun bogʻcha toʻlovlari, oʻquv markazlari, yoʻlkira va OTM yotoqxonasi xarajatlari 12 oylik vaucherlar orqali qoplab beriladi. 🎯 Yil yakuniga qadar belgilangan vazifalar: 👷 350 ming nafar aholini doimiy ishga joylashtirish. 📈 Yana 1 million nafar aholining daromadini oshirish. 🏡 230 mingta oilani kambagʻallikdan chiqarish. 👉@tuproqqala_uz

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing! 📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🚀Telegram |📷 Instagram

#Elon #Tanlov 📣 Tozalik posbonlari rag‘batlantiriladi, eng toza mahallalarga esa pul mukofoti beriladi100 nafar tozalik posboniga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi
“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi doirasida sanitar tozalash korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalarida uzoq yillar davomida sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan xodimlarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralarining kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi.
“Eng toza mahalla” tanlovida ishtirok eting
“Eng toza mahalla” tanlovi yakuniga ko‘ra, 14 ta mahalla g‘olib deb topiladi. Har bir g‘olib mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m ajratilib, xizmat faoliyati uchun bittadan elektromobil topshiriladi.
100 nafar tozalik posboni velosiped bilan rag‘batlantiriladi
Sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasi xodimlari, ekofaollar hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining fidokorona mehnatini rag‘batlantirish maqsadida 100 ta velosiped topshiriladi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🗣Hurmatli fuqarolar! Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladiga
🗣Hurmatli fuqarolar!
Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari bilan tanishing. Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
⏺️Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 👉@tuproqqala_uz