ch
Feedback
PYTHON DASTURLASH TILI

PYTHON DASTURLASH TILI

前往频道在 Telegram

Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ? Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder

显示更多
1 383
订阅者
+124 小时
-27 天
-1630 天
帖子存档
«Frilanser ham kitob o'qishi kerakmi?» Ha, kerak! Bugungi post IT sohasida biznes qilish emas. Keling, biroz lirik chekinish
«Frilanser ham kitob o'qishi kerakmi?» Ha, kerak! Bugungi post IT sohasida biznes qilish emas. Keling, biroz lirik chekinish qilamiz. 1. So'z boyligingiz oshadi Mijoz bilan gaplashganda yaxshi muomalada bo'lish kerak. Chunki muomala o'sha mijozning frilanserga yana murojaat qilishini ta'minlaydi. Sizning so'z boyligingiz qanchalik boy bo'lsa, shuncha chiroyli gapirasiz va mahsulotdagi so'zlarni to'g'ri va aniq yozasiz 2. Orfografiya Mijoz frilanserga yozsa, 1-o'rinda uning portfoliosi va yozish madaniyatiga e'tibor beradi. Chunki qaysi ahmoq hatto yozishni ham bilmagan frilanserga buyurtma beradi? Siz so'zlarni to'g'ri yozsangiz, sizga ishonch kuchayadi. 3. Dunyoqarash Grafik dizayner, dasturchi, kopirayter va boshqa kasblar uchun eng kerakli narsalardan biri — dunyoqarash, ya'ni fantaziya. Sizning dunyoqarashingiz, fikrlash doirangiz qanchalik katta bo'lsa, mahsulot shuncha bejirim, sifatli va ko'rkam bo'ladi. P.S. Frilanser bo'lmasangiz ham kitob o'qishni kanda qilmang! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder

IT da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab 1. Uydan turib ishlaysiz Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan is
IT da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab 1. Uydan turib ishlaysiz Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan ishga oshiqib ketmaysiz. Uydan turib ishlaysiz, boshliq, xo'jayin, buyruq degan narsalar bo'lmaydi. Buyurtmani olasiz, bajarasiz, pul sizniki. 2. Asabni asraysiz Har kuni ishda charchab, boshliqdan gap eshitib, asabni buzish frilansda yo'q. Yuqorida ta'kidlanganidek, boshliq bo'lmaydi, erkin ishchi bo'lasiz. Xohlagan paytingiz uxlaysiz, xohlagan paytingiz ishlaysiz. Mazza emasmi? 🙃 3. Oilangiz uchun ko'p vaqt ajrata olasiz Shunday ishchilar bor-ki, ertalab ketib, kechqurun qaytadi. Eng alamlisi, u ketayotgan payt bolalari uxlayotgan bo'ladi, hatto qaytayotgan payti ham. Frilanserlar esa butun kunni oilasi bag'rida o'tkazadi va oila davrasida shirin esdaliklar qoladi. P.S. IT da biznes qilish uchun xohlagan bir sohani tanlang va u uchun kamida 3 oy ajrating. Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Dasturchi bo'lib, qaysi sohalarda ko'proq buyurtmalar olish mumkin? Telegram-botlar Ushbu soha bo'yicha buyurtmalar doimiy ra
Dasturchi bo'lib, qaysi sohalarda ko'proq buyurtmalar olish mumkin? Telegram-botlar Ushbu soha bo'yicha buyurtmalar doimiy ravishda bo'ladi. Chunki botlar o'ta qulay va ular orqali ko'p narsalarni avtomatlashtirish mumkin. Odatda restoranlar uchun botlar talabgir va qimmat turadi. Ularning narxi 200$ dan boshlanadi. Saytlar Bir kunda qariyb mingta sayt ochiladi. Sayt ochuvchilarining katta qismi saytni o'zlari taxlay olishmaydi. Bu yerda dasturchi asosiy rolni o'ynaydi — u saytni yozib beradi. Saytlarning o'rtacha narxi 300$-400$ atrofida bo'ladi (TZ ga qarab). Android va iOS ilovalar Frilansda ushbu sohaga juda ko'p buyurtma tushmasligi ham mumkin, ammo kompaniyalarda bu dasturchilarga katta maosh to'lashadi. Tajribamdan kelib chiqib aytaman, bir dasturchi Android va iOS uchun ilova yozdi. Ularning narxi 1200$ bo'ldi, bu unga 2-3 oyga yetadi :) Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

​​Dasturlashni qanday qilib tekinga o'rganish mumkin? Hozirda Dasturlash sohasi jadal rivojlanib bormoqda va ayniqsa pandemiya paytida bu sohaga talab va bu sohani o'rganuvchilar soni oshdi. Endi savol tug'ulishi mumkin "qanday qilib dasturlashni tekinga o'rganish mumkin?" Albatta internet orqali bir nechta tekin resurslar orqali dasturlashni bepul, mustaqil o'rganishingiz mumkin masalan YouTubening o'zidan anchagina video darslar mavjud yoki Googledan ham dasturlashga doir resurs va materiallarni topib o'rganish mumkin. To'g'ri albatta bu narsa hammaga oson emas ya'ni mustaqil bir o'zingiz dasturlashni o'rganish. Eng asosiysi bu usulda ham tinimsiz mehnat qilgan odam dasturlashni mustaqil o'rganib olishi mumkin! Yana bir narsa dasturlashni tezroq o'rganaman desangiz bitta xorijiy tilni bilishingiz kerak, masalan: Rus yoki Ingliz tili. Agarda O'zbek tilida o'rganaman desangiz resurs va materiallar kam shu bois bitta xorijiy tilni bilishingiz kerak. Umuman olgan dasturlashni o'rganish uchun hozir sharoitlar juda ko'p. Bizning paytimizda hozirgiga o'xshab tayyor video darslar, resurslar bo'lmagan va internet ham juda sekin va sifatsiz edi. Shu bois harakatni hozirdan boshlang! Ⓜ️anba: AkilkhanovUz

#boshqotirma Javoblarni kanalimizning muhokama guruhida kutib qolamiz !!!! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bil
#boshqotirma Javoblarni kanalimizning muhokama guruhida kutib qolamiz !!!! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Frilansermisiz? Quyidagi 3 maslahat siz uchun. 1. Kun grafigini tuzib oling Kunning har bir soatini biror narsa uchun ajratin
Frilansermisiz? Quyidagi 3 maslahat siz uchun. 1. Kun grafigini tuzib oling Kunning har bir soatini biror narsa uchun ajrating. Grafik ayni muddao. Besaranjom, tartibsiz kunda ishning mahsuldorligi tushib ketadi. Asosiysi, hobbingiz uchun kamida 2 soat ajrating. 2. Charchadingizmi? Dam oling. Ko'pchilik frilanserlar buyurtmani olishib, unga ulgurmay qolishsa, tuni bilan ham ishlab chiqadi. Bu nafaqat ishning mahsuldorligiga, balki organizmga ham ta'sir o'tkazadi. Agar ish jarayonida charchasangiz, dam oling! Kuch to'plab, kofe ichib, yana ishga qayting. 3. Deadline (muddat) tugashini kutmang Siz buyurtma olayotgan payt, byudjet bilan birga, ish muddatini ham kelishasiz. Frilanserlar muddat ko'p bo'lsa, ishni bemalol, xohlasa bugun, xohlasa ertaga bajarishadi. Bu oxirgi kunlar ishning ko'payishiga olib keladi. Siz muddat tugashini kutmang, grafik asosida, ish uchun nechi soat ajratganingizga qarab, ishni bajarib ketavering — oxirida esa natijaga erishasiz! @python_uzbek_coder

Ijtimoiy tarmoq filmi ingiliz- tilida Bugun Yakshanba kinodan motivatsiya oladiganlar uchun maxsus #film Ijtimoiy tarmoq - Social Network Web Development School jamosidan kanalimiz a’zolari, bo’lajak dasturchilar uchun motivatsiya ulasha oladigon film tavsiya. Ijtimoiy tarmoq - bu 2010 yil rejissyor Devid Fincher va ssenariy muallifi Aaron Sorkin bo'lgan drama filmdir. Ben Mezrichning 2009 yildagi "Tasodifiy milliarderlar" kitobidan olingan ushbu sahifada Facebook ijtimoiy tarmog'ining tashkil etilishi va sud jarayoni tasvirlangan. Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Youtube'da qanday shortcutlar borligini bilasizmi? space - videoni boshlash va pauza ← - videoni 5 sekund orqaga qaytarish →
Youtube'da qanday shortcutlar borligini bilasizmi? space - videoni boshlash va pauza ← - videoni 5 sekund orqaga qaytarish → - videoni 5 sekund oldinga o'tkazish ↑ - ovozni balandroq qilish ↓ - ovozni pastroq qilish f - videoni to'liq ekranda ko'rsatish esc - videoni kichik ekranda koʻrsatish m - video ovozli va ovozsiz qilish c - subtiterni yoqib o'chirish home - videoni boshidan boshlash end - videoni tugatish ctrl+← - videoni 10 sekund orqaga qaytarish ctrl+→ - videoni 10 sekund oldinga o'tkazish Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Junior va Senior o'rtasidagi farq🤔 Dasturchilar tushunadigan karikatura😐 _________________________ Do'stlarga ham ulashing
Junior va Senior o'rtasidagi farq🤔 Dasturchilar tushunadigan karikatura😐 _________________________ Do'stlarga ham ulashing Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

📱Смартфонлар ҳаётимизни қанчалик вайрон қилиб ташлаганини кўринг! Ушбу Анимацион фильм жуда кўп фестивалларда ғолиб бўлган. Қанча кўп кўрсангиз шунча фойдали бўлади! Дустларингизга хам йуборинг! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

💣 Koʻpchilik kutgan videorolik! 🤩 💻 Kompyuterdagi razryadi (x32, x64, x86) nima? O'zaro farqi. Razryadlar haqida to'liq videodars! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Telegramda kerakli botlar ro'yxati: 1. @apkdl_bot - Android programmalar qidirishga 2. @UzChange_bot - Online kasheloklardan pul almashtirishga(!!!sinab ko'rmaganman) 3. @AnyVideoDownloadBot - YouTubeda link orqali telegramga video yoki mp3 ni ko'chirib olish 4. @ControllerBot - Kanal uchun bot yasab, o'sha botda har xil chiroyli postlar va vaqt belgilab post chiqarishga 5. @ivksound_bot - VK Music BOX Iphone bu ham qo'shiq qidirishga bot 6. @utubebot - you tube link orqali video,mp3 va videoning url adresini olishga 7. @BotFather - bot yaratishga botlarning otasi 9. @encoderbot - har qanday 200Mb gacha bo'lgan mp3 faylni 16Kbps dan 64Kbps oralig'ida hajmini kichraytirishga 10. @mp3toolsbot - qo'shiqlarni kesish, ulash, turlarga convert qilish, videoni mp3 qilib olishga va b 11. @SaveYoutubeBot - YouTube videolarni inline qidirish va link orqali videoni olishga 12. @vkm_bot - qo'shiqchi ismi yoki qo'shiq nomi bilan mp3 qidirish 13. @YaMelodyBot - Xuddi shazamning o'zi, qo'shiqni ozgina zapis qilib yuborasiz u qo'shiq kimga tegishli ekanligini jo'natadi 14. @TranslateBot - 22 xil tilda tarjima qilishga 15. @SMB_FBR_BOT - guruhga nazoratchi vazifasiga kerak 16. @tenvsten_bot - xuddi kundalikni o'zi, rejalaringizni belgilab qo'yasiz u ogohlantiradi 17. @CommentsBot - post commentariyalarini kuzatib turish 18. @GmailBot - Gmail pochta xabarlarini boshqarish, xabar yuborish 19. @fakemailbot - fake mail bot 20. @uploadbot - 500MB gacha faylni intga upload qilib link olish 21. @LyricsGramBot - qo'shiq va ijrochi bo'yicha qo'shiqlarning textini olish 22. @carbonshbot - text yozilgan kodni xuddi komp editorda yozilib screnshot qilinganga o'xshatish 23. @PostBot - har xil postlar yasashga 24. @ktxtBot - yonlamasiga text yozishga 25. @bexatobot - lotindan kirilga va kirildan lotinga 26. @ikassabot - online valyuta ayirboshlash hatto humo ham bor(!!!sinab ko'rmaganman) 27. @afilmbot - filmlarni yili, izohi yoki janr bo'yicha qidirishga 28. @wmarkbot - rasmning siz xohlagan joyizga siz xohlagan textni razmer,rang va joylashuvga yozib beradi 29. @Lotinbot - liyin kiril inline ishlatsa ham boladi 30. @telegraph - telegraph admin paneli 31. @youtube - you tube rasmiy boti 32. @FileConvertBot - rasmni sticker qilib beradi 33. @TextagramBot - so'zni har xil shriftlarda yozib beradi 34. @imageToText_bot - rasmdagi so'zlarni olib beradi 35. @marcadorbot - so'zni qalin,yotiq tagiga chizilganva b turlarda yozib beradi 36. @TGStat_Bot - kanal, post statistikasini ko'rsatadi 37. @arzonaptekabot - dorilarni narxi va dorixonalarni ko'rsatadi 38. @TGAlertsBot - kanalda post o'chirilsa aytadi, kanallarga reklama berganda kerakli 39. @UtubeGobot - you tube link orqali video,mp3 olishga 40. @redditdownloader_bot - Reddit, Youtube, Facebook, TikTok, Instagram, SoundCloud or Twitch Clip lardan link orqali video va mp3 olishga 41. @VideoTubeBot - you tube link orqali videoni qirqib olish, video va mp3 olishga 42. @poisk_bot - you tube link orqali video olishga 43. @DrWebBot - faylda virus bor yoki yo'qligini tekshirishga 44. @LyBot - you tube link orqali mp3 olishga 45. @TextMagicBot - textni har xil shriftlarda yozib beradi 46. @AudioTubeBot - you tube link orqali videoni qirqib olish, video va mp3 olishga 47. @vote - so'rovnomalar yasashga 48. @bing - inline xohlagan rasmni qidirishga 49. @pic - inline xohlagan rasmni qidirishga 50. @HideItBot - ko'rinmas text yozishga 51. @like - post ostiga like knopkasini qo'yishga 52. @tgshare_bot - telegram share knopka yasashga 53. @Stickers - sticker yasashga 54. @LivegramBot - chat bot yasashga 55. @instasavegrambot - link bilan instagram akkaunt glavnoy rasmini va izohini olishga 56. @zashkvarmebot - rasmizni yuborsangiz sizni gapirtirib video qilib beradi 57. @InstaBot - instagram uchun ko'p funksiyali bot 58. @BuildStickerBot - rasmdan sticker yasab beradi 59. @MuzzzBot - qoshiq qidirishga 60. @MarkdownProBot - so'zni qalin,yotiq tagiga chizilgan va b turlarda yozib beradi 61. @ChannelsListBot - kanallar katalogi Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

⚠️ “Microsoft” rus xakerlarini COVID-19 vaksinasini ishlab chiqaruvchilariga qarshi hujumlarda aybladi. “Microsoft” AQSh, Kan
⚠️ “Microsoft” rus xakerlarini COVID-19 vaksinasini ishlab chiqaruvchilariga qarshi hujumlarda aybladi. “Microsoft” AQSh, Kanada, Fransiya, Hindiston va Janubiy Koreyadagi COVID-19ga qarshi emlash kompaniyalariga qarshi kiberhujumlarni aniqlaganini aytdi. Kompaniya hujumlarning ijrochilari sifatida Rossiya va Shimoliy Koreyadan kelgan xakerlar guruhini ko'rsatdi. Ⓜ️anba: TheMaqsad

Robototexnika nima? 🎯 Quyidagi savolga video lavha orqali javob olishingiz mumkin. Savolga javobni Transformers Education rahbari Shohruh Yusupov berdi. Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

#python #video #tkinter #tk1 Tkinter 1-dars. Tkinter bu pythonda kompyuter uchun visual ko'rinishdagi dasturlar tuzish uchun pythonnning standart kutubxonasi. Ⓜ️anba: Python Uzbekistan

#podkast Nega O'zbekistonda katta kompaniyalar chiqmaydi? Assalomu aleykum! Bugungi podkastda "Nega O'zbekistonda katta kompaniyalar chiqmaydi" degan savolga javob berib o'taman. Podkast sizlarga manzur bo'ladi deb umid qilaman! Manba: ✅ @akilkhanovuz

#podkast ⚡️ Yangicha pul topish usuli Frilanserlik Assalomu aleykum! Bugungi podkastda Frilanserlik haqida gapirib o'taman. Bilasiz hozirda Frilanserlik rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Sizlarga ham manzur bo'ladi deb umid qilaman! Manba: ✅ @akilkhanovuz

#montaj #foto Rasmlarni montaj qiluvchi onlayn dastur. Sayt orqali rasmlaringizga turli xil effektlar, shriftlar va dizaynlar
#montaj #foto Rasmlarni montaj qiluvchi onlayn dastur. Sayt orqali rasmlaringizga turli xil effektlar, shriftlar va dizaynlarni qo'llashingiz mumkin. Eng muhimi sayt juda ham sodda tuzilgan. LINK 👉 fotostars.me Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

Python Tkinter Dasturlash - (GUI) (O'zbekcha) Sizlarga ushbu qo'llanmani ham taqdim etmoqchimiz. Ushbu qo'llanna ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilindi. Tarjimadagi kamchiliklar uchun uzur so'raymiz. Biz ham sizdek oddiy insonmiz bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddamiz !!! Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!

#shaxsiy_fikr Qo'llanma haqidagi fikrlarizgizni muhokama guruhimizda kutib qolamiz !!! 🤗 Ⓜ️anba: @python_uzbek_coder - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!