ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Telegraph Uzbekistan

Telegraph Uzbekistan

前往频道在 Telegram

O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali. Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda! · Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat → Reklama va Hamkorlik: @Sindor

显示更多

📈 Telegram 频道 Telegraph Uzbekistan 的分析概览

频道 Telegraph Uzbekistan (@tgraphuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 44 696 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 3 130,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 780 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 44 696 名订阅者。

根据 18 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 9 259,过去 24 小时变化为 45,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 20.78%。内容发布后 24 小时内通常能获得 7.09% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 8 751 次浏览,首日通常累积 2 985 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 19。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali. Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda! · Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat → Reklama va Hamkorlik: @Sindor”

凭借高频更新(最新数据采集于 19 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

44 696
订阅者
+4524 小时
+1 8807 天
+9 25930 天
帖子存档
🍏 Apple nihoyat bir vaqtning o'zida ham juda katta, ham juda kichik telefon chiqardi. — U teng ikkiga buklanadi. Xuddi sizning ishtiyoqingiz kabi. 😉 📱 Shunga qaramay, biz Telegram'ni har ikkala "noto'g'ri" o'lchamda ham ajoyib ko'rinadigan qildik. Biz juda ko'p xayriya ishlarini amalga oshiramiz.
— deya post yozdi @durov.
✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
19 11月, 17:17

🤑 Telegram o'zining bashoratlar platformasini ishga tushirishi mumkin! — TON blokcheynida Gram valyutasi orqali dunyodagi vo
🤑 Telegram o'zining bashoratlar platformasini ishga tushirishi mumkin! — TON blokcheynida Gram valyutasi orqali dunyodagi voqealar bo'yicha bashoratlar qilish imkonini beruvchi markazlashmagan Telemarket platformasi tayyorlanmoqda. 🔮 Platforma Polymarket prinsipida ishlaydi: foydalanuvchilar narxi talab va taklifga bog'liq bo'lgan "Ha" yoki "Yo'q" ulushlarini sotib oladi va sotadi. Voqea natijasi aniqlangach, g'olib ulush egalari har bir ulush uchun 1 Gram oladi, mag'lublar esa hech narsa olmaydi. 👑 Foydalanuvchilar auksion orqali huquq sotib olib, o'z bashorat bozorlarini yaratishlari hamda savdo komissiyalaridan ulush olishlari mumkin. Platformaning o'zi esa hech qanday komissiya olmaydi — to'lovlar yaratuvchilar va havolani ulashganlar o'rtasida bo'linadi. 📲 Kirish uchun alohida ro'yxatdan o'tish shart emas, shunchaki Telegram Wallet yoki TON Connect orqali hamyonni ulash kifoya. Platforma Telegram Mini App formatida ham ishlaydi. ⚠️ Hozircha Telegram ushbu platformani rasman e'lon qilmadi. ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
19 11月, 05:28

📱 Telegram Beta iOS v13.3 uchun yangi yangilanish! — Yangi versiyada v13.3 (37593) profilning yangi dizayni olib tashlandi.
📱 Telegram Beta iOS v13.3 uchun yangi yangilanish! — Yangi versiyada v13.3 (37593) profilning yangi dizayni olib tashlandi. Biroq uni hali ham maxsus debug menyusi orqali yoqish mumkin. ⚙️ Debug menyusiga kirish uchun «Settings» tugmasini tezda 10 marta bosing, pastga aylantirib «Profile v2» sozlamasini faollashtiring. ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
18 11月, 13:17

🇮🇶 Iroq Telegram'ni yana blokladi! — Bu joriy yilda Iroqda messenjerning ikkinchi marta bloklanishi hisoblanadi. 🫡 Biz Iroq xalqidan afsusdamiz, biroq kim tomonidan qanday so'ralishidan qat'i nazar, erkin siyosiy so'z erkinligini senzura qilmaymiz ✊
— deya post yozdi @durov.
✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
18 11月, 12:47

📱 Telegram Beta'da sovg'alar savdosi o'zgardi! — Android uchun chiqarilgan Telegram Beta v13.3.0 (7336) talqinida NFT sovg'alarni Gram orqali oldi-sotdi qilish mexanizmi yangilandi. 🎁 Endilikda sovg'alarni Gram evaziga xarid qilish faqat Gram Wallet orqali amalga oshiriladi. Hamyonni hali faollashtirmagan foydalanuvchilar uchun u xarid vaqtida avtomatik tarzda ishga tushiriladi. 💎 Sotuvdan tushgan Gram mablag'lari esa to'g'ridan-to'g'ri foydalanuvchining hamyon balansiga o'tkazib beriladi. 🔄 Kelgusida Telegram balansini Gram bilan to'ldirish imkoniyati olib tashlanishi va foydalanuvchilarga faqat mavjud balansni Gram Wallet'ga yechib olish imkoni qoldirilishi mumkin. ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
18 11月, 12:43

📱 Telegram Beta'da «Hidden Chats» funksiyasi paydo bo'ldi! — MacOS uchun chiqarilgan yangi Telegram Beta v13.2 (283562) vers
+1
📱 Telegram Beta'da «Hidden Chats» funksiyasi paydo bo'ldi! — MacOS uchun chiqarilgan yangi Telegram Beta v13.2 (283562) versiyasida tanlangan chatlarni maxfiy ibora yordamida yashirish imkoniyati qo'shildi. ⚙️ Funksiyani Settings → Privacy and Security → Hidden Chats bo'limi orqali topish mumkin. Uni faollashtirish uchun kamida 8 ta belgidan iborat maxfiy ibora kiritish talab etiladi. 🔎 Qanday ishlaydi: • Maxfiy ibora o'rnatilgach, uni Telegram qidiruv satriga yozish orqali alohida rejimni ochish va yashiriladigan chatlarni tanlash mumkin. • Yashiringan chatlar asosiy ro'yxatdan, papkalardan, qidiruv natijalari va bildirishnomalardan yo'qoladi. • Kiruvchi qo'ng'iroqlar avtomatik ravishda rad etiladi. ⚠️ Muhim eslatma: Funksiya faqat uni sozlangan Mac qurilmasida ishlaydi. Maxfiy ibora hech qayerda saqlanmaydi va uni tiklab bo'lmaydi. ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
17 11月, 19:27

⭐️ Telegram botlari va mini-ilovalar raqamli xizmatlar uchun faqat Stars (*Grams) qabul qilishi mumkin. — Nima uchun? Apple va Google qoidalari aynan ⭐️ Stars'ni talab qilmoqda. 💎 Lekin foydalanuvchilar ⭐️ Stars'ni Fragment saytida 💎 Gram orqali sotib olishlari mumkin. 🔓 Avtoritar mamlakatlardagi VPN botlari esa bundan mustasno. Ular ezgu ishni amalga oshirishmoqda, shu sababli har qanday to'lovni qabul qilishlari mumkin 🤩
— deya post yozdi @durov.
✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
17 11月, 14:17

🍏 Telegram macOS uchun yangi sayt! — Telegram macOS ilovasi va uning imkoniyatlarini namoyish etuvchi yangi sayt ishga tushirildi. 🔗 Saytni ko'rish: macos-beta.telegram.org ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
17 11月, 13:37

🚨 Bot va Mini App’lar uchun to‘lovlar bo‘yicha qat'iy talab! — Telegram barcha ishlab chiquvchilarga rasmiy ogohlantirish yubordi: raqamli tovar va xizmatlar sotuvi faqat ⭐️ Telegram Stars orqali amalga oshirilishi shart. 💵 Raqamli tovarlarga nimalar kiradi? Bot obunalari, Telegram integratsiyasiga asoslangan pullik vositalar, AI modellariga kirish hamda ular uchun kredit va tokenlar. 💎 Agar bot yoki Mini App saqlash, almashtirish yoki svoplardan tashqari boshqa kriptovalyuta operatsiyalarini bajarsa, u faqat GRAM'dan foydalanishi shart. ⚠️ Ushbu haftada Telegram barcha bot va Mini App’lardagi to'lov faolligini proaktiv tahlil qilishni davom ettiradi. 🚨 Telegram Stars'dan tashqari boshqa usulda to'lov qabul qilayotgan har qanday bot hech qanday ogohlantirishsiz istalgan vaqtda bloklanishi mumkin! ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
17 11月, 08:07

🤠 Sun'iy intellekt tufayli patent trollari avj olmoqda! — Ularning kulgili hujumlari endi har qachongidan ham arzonroqqa tushmoqda. Sanoatga javob zarbasi berishning yangi — sun'iy intellektga asoslangan va simmetrik usuli kerak. 💪 Agar siz yangi g'oyalarga ochiq, AQSh litsenziyasiga ega advokat bo'lsangiz (ayniqsa, Teksasda 🤠), @humanbot orqali biz bilan bog'laning.
— deya post yozdi @durov.
✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
16 11月, 12:12

🦆 Telegram'da Streak Pet va AI agent? — Telegram'da mitti o'rdakcha ko'rinishidagi Streak Pet aks etgan yangi funksiya konts
+2
🦆 Telegram'da Streak Pet va AI agent? — Telegram'da mitti o'rdakcha ko'rinishidagi Streak Pet aks etgan yangi funksiya kontsepti paydo bo'ldi. 🤖 Ushbu o'rdakcha kelajakda shunchaki kunlik faollik belgisi bo me'yori bo'lib qolmay, Telegram'ning bo'lajak AI agenti (sun'iy intellekt yordamchisi)ning bir qismiga aylanishi mumkinligi aytilmoqda. Sizga shunday mitti AI yordamchi ma'qul kelarmidi? 🦆 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
16 11月, 08:30

🧘‍♂️ Bugun hammomda ozib ketayotganimni payqab qoldim. — Lobsterli linguini va krabli pelmenlardan iborat qat'iy parhezga qa
🧘‍♂️ Bugun hammomda ozib ketayotganimni payqab qoldim. — Lobsterli linguini va krabli pelmenlardan iborat qat'iy parhezga qaramay shunday bo'lmoqda 🦞 Buning faqat bitta tushuntirishi bor: kripto-qish. Shu sababli, TON tarmog'ida noyabr oyida rejalashtirilgan barcha ishga tushirishlar kelishib olinmaguncha bug' xonasidan chiqmadik. Boshqa qimmatli yog'larni yo'qotishga haqqimiz yo'q 👳‍♂️
— deya post yozdi @durov.
✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 17:53

🚀 Telegram v13.3.0: Bo'lajak yangilanishda bizni nimalar kutmoqda? — Telegram'ning kutilayotgan navbatdagi v13.3.0 barqaror (stable) versiyasida taqdim etilishi kutilayotgan asosiy yangiliklar va funksiyalar ro'yxati: 🤖 AI Agentlar: Shaxsiy API kalitlar orqali ChatGPT, Claude, Gemini, Grok va OpenRouter kabi neyrotizimlarni @agent yordamida botlarga ulash va ulardan foydalanish. 📱 iOS profillar dizayni: Dumaloq tugmalar, profil rasmi atrofida aylanuvchi qadalgan sovg'alar va musiqa tinglashdagi maxsus vizual effektlar. 📰 Yangiliklar lentasi: Kanallarni kuzatish uchun «Qo mezoniga ko'ra» hamda «Siz uchun» (shaxsiy tavsiyalar) bo'limlari paydo bo'ladi. ✍️ AI Tahrirchi va real vaqtda tarjima (⭐️ Premium): Yuborilayotgan xabarlardagi xatolarni tuzatish va tarjima qilish. Eng muhimi, qabul qiluvchiga "tahrirlandi" belgisi ko'rinmaydi. 🎙 AI Ovozli matn: Ovozli xabar yozish paytida chapga surish orqali nutqni real vaqt rejimida matnga aylantirish. 🎁 On-Chain sovg'alar savdosi: Blokcheyndagi sovg'alarni ilovaning o'zidan chiqmasdan Fragment'da sotish hamda yangi Gram Wallet orqali sotib olish. 🛠 Botlar uchun yangiliklar: @BotFather orqali bot profiliga HTML-vidjetlar qo'shish va foydalanuvchilarni bevosita botga taklif qilish funksiyasi. Sizga qaysi yangilik eng ko'p maqul keldi? 👀 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 13:34

📱 Chatda 3D o'rdak paydo bo'ldi! — Telegram Beta iOS v13.3 (37388) versiyasining debug menyusida yangi «Companion» funksiyas
📱 Chatda 3D o'rdak paydo bo'ldi! — Telegram Beta iOS v13.3 (37388) versiyasining debug menyusida yangi «Companion» funksiyasi aniqlandi. 🦆 U faollashtirilganda, boshqa foydalanuvchilar bilan bo'ladigan shaxsiy chatlarda 3D o'rdak paydo bo'ladi va chatda sodir bo'layotgan barcha narsalarni kuzatib turadi :) 🤖 Katta ehtimol bilan bu funksiya kelajakda AI Agentlar (sun'iy intellekt) uchun mo'ljallangan. Hozircha esa u shunchaki suhbatingizdagi kichik o'rtoq, xolos. Sizga shunday hamroh ma'qul kelarmidi? 🗿 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 13:01

📱 Agent boti uchun yangi dizayn! — iOS uchun Telegram Beta v13.3 (37388) versiyasida kutilayotgan Agent boti uchun matn kiri
📱 Agent boti uchun yangi dizayn! — iOS uchun Telegram Beta v13.3 (37388) versiyasida kutilayotgan Agent boti uchun matn kiritish paneli dizayni yangilandi. Endi u ChatGPT interfeysiga o'xshash ko'rinishga ega. 👀 Shuningdek, Telegram Beta'ning iOS va macOS versiyalarida Agents hamda News Feed (Yangiliklar tasmasi) haqidagi ma'lumotlar yana qayta kiritila boshlandi. Yangi funksiyalarni kutib qolamiz shekilli? 🗿 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 12:32

📱 iOS uchun Telegram Beta'da AI Editor va real vaqtda tarjima! — Telegram Beta'ning iOS uchun v13.3 (37388) yangilanishida chatlardagi muloqotni yanada qulaylashtiruvchi yangi imkoniyatlar aniqlandi. ✨ Yangi funksiyalar: • Chatlardagi xabarlarni real vaqt rejimida tarjima qilish; • AI Editor yordamida matnlarga turli uslub (styles) va ko'rinishlarni qo'llash. 🍏 Yangilik hozircha faqat iOS test versiyasida mavjud. Sizga sun'iy intellekt integratsiyasi ma'qul kelyaptimi? 🧐 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 11:59

🍏 Ovozli xabarlarni yozish jarayonida matnga aylantirish! — iOS uchun Telegram Beta v13.3 (37388) yangilanishida ovozli xabarlarni yozib olish vaqtining o'zidayoq matnga aylantirish (transkripsiyalash) imkoniyati paydo bo me'yorga keldi. 📲 Endi ovozni yozib olayotganda matn real vaqt rejimida ekranda paydo bo'ladi. Sinab ko'rdingizmi? 👀 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 11:00

📱 Telegram Beta'da profil dizayni yangilandi! — iOS uchun Telegram Beta v13.3 (37388) versiyasida foydalanuvchi profilining dizayni yangilandi. 🍏 Yangi ko'rinish va o'zgarishlarni ilovaning so'nggi test versiyasida sinab ko'rish mumkin. Yangi dizayn sizga yoqdimi? 🧐 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
15 11月, 10:29

🤖 Bot profillariga HTML vidjetlar qo'shiladi! — Telegram test serverida @BotFather MiniApp orqali bot profillariga HTML vidj
🤖 Bot profillariga HTML vidjetlar qo'shiladi! — Telegram test serverida @BotFather MiniApp orqali bot profillariga HTML vidjetlarni joylashtirish imkoniyati aniqlandi. 💻 Bu funksiya dasturchilarga HTML yordamida yaratilgan interaktiv elementlarni bot profiliga qo'shish imkonini beradi. Foydalanuvchilar esa bot profilining o'zidayoq ushbu vidjetlar bilan ishlay oladilar. ⚙️ Vidjet kodini qo'shish, tahrirlash, ruxsatlarni sozlash yoki uni butunlay o'chirish @BotFather MiniApp orqali amalga oshiriladi. ⚠️ Hozircha bu imkoniyat interfeysda ko'rinmaydi va barcha foydalanuvchilar uchun ochiq emas. Dasturchilar uchun ajoyib yangilik, to'g'rimi? 😉 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
14 11月, 10:53

🤖 Botlarga foydalanuvchilarni taklif qilish funksiyasi! — Telegram Beta for macOS (v13.2.0) versiyasida bot egalari uchun fo
🤖 Botlarga foydalanuvchilarni taklif qilish funksiyasi! — Telegram Beta for macOS (v13.2.0) versiyasida bot egalari uchun foydalanuvchilarni o'z botlariga taklif qilish imkoniyati qo'shildi. ⚙️ Agar botingiz bo'lsa, bot menyusidan «Invite to Bot» tugmasini bosib, ro'yxatdan yoki qidiruv orqali kerakli foydalanuvchilarni tanlashingiz mumkin. 📲 Taklif yuborilgach, bot taklif qilingan foydalanuvchi uchun avtomatik ravishda faollashadi. 👀 Taklif qilingan foydalanuvchilar ularni kim taklif qilganini va botning amaldagi egasi kim ekanligini ko'rishlari mumkin bo'ladi. Sizga bu yangilik maqbul keldimi? 🧐 ✅ @GraphUz | ⭐️ Stars olish
14 11月, 05:03