Programming ∀
前往频道在 Telegram
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
显示更多1 357
订阅者
+224 小时
+27 天
无数据30 天
帖子存档
1 358
OOP prinsplari nuqtai nazaridan qaragandagi bazi prinsp va konsepsiyalar dasturlash tillarida noto'g'ri implement qilinganini ko'p kuzatganman.
Ammo shu masala va mavzuni yanayam chuqurroq ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman. Buni ustida kop vaqt ajratib research qilish birmuncha og'irlik qilyabti. Shu sababdan agar sizlar ham shu masalada og'rinayotgan bo'lsangiz-u ammo hali yetarlicha isbotlar va argumentlarga ega bo'lmasangiz ushbu post ostida o'z fikr va argumentlaringizni bayon qilishingiz mumkin.
PS: Ushbu topicdan boshqa har qanaqa topicga aloqador xabarlar o'chiriladi.
1 358
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Inkapsulyatsiya
Inkapsulyatsiyaga misol:
- Shashlik yemoqchisiz, shashlikchini oldiga bordingiz
- Mana 2 kg go'sht,1kg qiyma,1kg jaz shashlik bo'lsin
- Go'shtni berasiz, u sizga tayyor shashlik qilib beradi
Nimasi inkapsulyatsiya?
- Shashlikchi - Class
- Unga go'sht berasiz - constructor
- Shashlikka qo'shiladigan ziravorlar - property
- Shashlik qilish uchun myasarovkadan chiqaradi, marinovka qilish, muzlatadi - bular methodlar
- Shashlikga qo'shadigan ziravori bor, uni faqat shashlikchi biladi - private property
- Shashlik sixdan oqib tushmaslik uchun xxx ishni qiladi, bu ham uni siri - private method
- Shashlikchi shu sirlarini faqat farzandlariga o'rgatgan, ular ham bu shashlik qilish usulidan foydalanishadi - protected method
Siz shashlikchini qanday tayyorlaganiyu nimalar qo'shganini, hammasini bilolmaysiz, lekin shashlik tayyor.
U shu private va protected sirlarini tashqariga chiqarishni xohlamaydi - manashu inkapsulyatsiya, ya'ni sirlarini himoyalaydi.
Xato misol bo'lsa iltimos to'g'rilang.
1 358
Arzimagan muddatda shuncha workflowlar ishlabti 2oyda kichkinagina loyiha va 2-4 kishilik jamoada. Avval ham aytganimday CI/CD qimmat amaliyot !
Ammo to'g'ri foydalansa juda ko'p narsalarni avtomatlashtirish imkoni mavjud. Undan tashqari loyiha haqida yaxshigina metricslar olsa bo'ladi. Masalan loyihaning sifatini raqamlarda belgilash mumkin.
Qisqa aytganda CI/CD default holatda foydali emas (Auto deploylarni xisobga olmasa) foydali qilib foydalanish o'z qo'lingizda...
1 358
Repost from Sardorbek Muhtorov | Shaxsiy Blog
#CS50
CS50 bosh instruktori va Harvard University professori David Malan'dan YouTube contentini ishlatish uchun ruhsat oldik.
Endilikda bizga English tilini yaxshi biladigon va programmingdan bilimi bor kishilarni yordami kerak bo'ladi. Tashabbuschilar uchun aynan qaysi darsliklarni tarjima qilish bo'yicha o'rganib chiqyabman.
CS50 - 2022-yildan boshlab CS50x deb nomlanib C, Python, SQL, HTML, CSS, JavaScript, data-structure va kompyuter savodhonligini o'rgatishga katta etibor qaratgan.
Allohdan ishimizga hayr va baroka so’ragan bolda tez kunda planlar bo’yicha jamoa bilan yig’ilish o’tkazamiz.
@cs50_uz | Sardorbek Muhtorov
1 358
Repost from Engineering Notes
Databaselardan biroz uzoqlashamiz.
Network engineer bo'yicha quyidagi savollarga javob berib, bu sohadagi boshlang'ich bilimlaringizni sinab ko'ring:
1. Ikkita qurilmada bir xil MAC addressi bo'lishi mumkinmi?
2. OSI va TCP/IP modellarining asosiy vazifasi nima?
3. Nega streaming uchun asosan UDP protokoli ishlatiladi?
4. Qurilmadagi ma'lum portga kelayotgan requestlarni bloklaydigan firewall qurmoqchisiz. Bunda firewall OSI modelining eng kamida qaysi qavatida turishi kerak?
5. HTTP/1.1 protokolida 2 ta qurilma orasida bir vaqtda parallel 6 ta connection ochish mumkin. Lekin HTTP/2 protokolidagi 1 ta connection bu 6 ta connectiondan ko'ra ko'proq ma'lumot tashiy oladi. Qanday qilib?
6. Netmask nima uchun ishlatiladi?
7. ARP poisoning nima?
8. Diffie-Hellman kalit almashish algoritmi qanday ishlaydi?
9. TLS termination nima va qachon ishlatiladi?
10. Reverse proxy request pathga qarab requestni backend servislardan biriga yo'naltirishi uchun u OSI modelining qaysi qavatida ishlashi kerak?
11. UDP holepunching nima va nega TCP bilan bog'liq bunday narsa yo'q?
12. DNS spoofing nima?
13 DDoS xujumlaridan himoyalanishning eng sodda usullari qanday?
14. HTTP request tarkibidagi keep-alive headeri qanday vazifani bajaradi?
15. TCP paketlari hajmini kattalashtirishning qanday yaxshi va yomon taraflari bor?
Bu savollarning nechtasiga javob bera oldingiz?
Agar javobingiz 15 dan kam bo'lsa, tabriklayman, bugun o'rganish uchun mavzu topildi.
P.S. Savollar yoqqan bo'lsa, tanishlarga yuboring.
P.S.2: Shaxsiy kanalingiz bo'lsa, kanalingizda forward qilsangiz, undan ham yaxshi ))
1 358
Ha aytgancha Xozirda meetup uchun tayyorgarlik va tashkiliy masalalar olib borilvotganini xabar qilmoqchi edim. Shu o'rinda qatnashmoqchi bo'lganlar uchun iltimos qilar edimki formadan Ro'yxatdan o'tib qo'ysangiz bizga statistika uchun kerak.
1 358
Aksariyat ushbu gaplarni gapirayotgan va ta'limdan biznes qilayotganlarning natijalari...
1 358
Xozirgi dasturlash "foundation" deb 4-5 oylab o'qitib odamlarni pulini shiladigan yangi biznes o'rniga. Harvard CS50 kursini o'zbekchaga tajrima qilish kerak professional urivinda.
Manda shu g'oya bor va ushbu ishni tadbiq qilish uchun imkonim boricha labbay deyman !
1 358
Repost from Uz Javascript Meetup
JavaScript Meetup
Yangilik endilikda JavaScript muhitida ishlovchi yosh dasturchilar uchun mutaxassislar tomonidan dastur qurish hamda jamoaviy ishlash bo'yicha master-klasslar o'tkaziladi!
Sizda yuksak va ancha yillik tajribaga ega dasturchilardan bilimlar va tajribalar olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi! Bunday imkoniyatni boy bermang! Tezda ro'yxatdan o'ting!
Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/LMsn1gtyaZcSWGG77
Bizni kuzatishda davom eting. Uchrashuvlarning vaqtlari va manzillari haqida ma'lumotlarni keyingi postlarimizda e'lon qilamiz.
UzJSCommunity bilan birgalikda rivojlaning!
👉🏻 @jsmeetupuz
