ch
Feedback
IT injiniringi fakulteti

IT injiniringi fakulteti

前往频道在 Telegram

🎥 ADU Media Hub - ko’ngilli talabalar media markazi 📌 Universitet hayotidan yangilik va kreativ kontent ✨ Podkast | Reels | Tanlovlar | 📚 📚 Talabalik hayoti va ijodiy rivojlanish maydoni 👉 #ADUMediaUz orqali kuzating!

显示更多
381
订阅者
无数据24 小时
-37
-1230
帖子存档
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Andijon davlat universitetida akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qish jarayoni boshlandi Andijon davlat
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Andijon davlat universitetida akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qish jarayoni boshlandi Andijon davlat universitetining bakalavriat ta’lim bosqichining: ➡️ 1, 2, 3-bosqich kunduzgi ta’lim shakli; ➡️ 2, 3, 4-bosqich sirtqi va ikkinchi oliy sirtqi ta’lim shakli; ➡️ 1, 2, 3-bosqich masofaviy ta’lim shakli; ➡️ 1-bosqich kechki ta’lim shakli hamda magistratura bosqichining 1-bosqich kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan, fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalar uchun qayta o‘qish jarayoni tashkil etiladi. 📅 Qayta o‘qish muddati: 2026-yil 1-iyundan 30-iyunga qadar davom etadi.
Ushbu davr mobaynida:
🟢 2026-yil 1–6-iyun kunlari — qayta o‘qish uchun arizalar qabul qilish hamda akademik guruhlarni shakllantirish; 🟢 2026-yil 8–20-iyun kunlari — qayta o‘qish bo‘yicha nazariy ta’lim jarayonlari; 🟢 2026-yil 22–30-iyun kunlari — qayta o‘qish nazorat haftaligi (joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar) bo‘lib o‘tadi. ❗️ Eslatma: Fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalar belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtirmagan taqdirda, bu holat GPA ko‘rsatkichiga hamda kursdan kursga o‘tish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan barcha akademik qarzdor talabalardan belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda qarzdor fanlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirishlari so‘raladi. ⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz ⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram ⭐️ Facebook ⭐️ Instagram

#tabrik BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ AYOL VA QIZLAR! ​Assalomu alaykum, muhtaram onaxonlar, qadrli hamkasblar va bilimga
#tabrik BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ AYOL VA QIZLAR! ​Assalomu alaykum, muhtaram onaxonlar, qadrli hamkasblar va bilimga chanqoq talaba-qizlarimiz! ​Bahorning ilk va eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barchangizga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni yo‘llayman. ​Bugun biz nafaqat go‘zallik va nafosat bayramini, balki jamiyatimizning tayanchi bo‘lgan ayollarimizning zahmatli mehnatini va yutuqlarini ham nishonlamoqdamiz. Ayniqsa, ilm yo‘lida izlanayotgan, IT va aniq fanlar sohasida o‘z iqtidorini ko‘rsatayotgan talaba-qizlarimizning muvaffaqiyatlari bizni hamisha quvontiradi. ​Ushbu bahoriy bayramda sizlarga qalbingizga bahoriy kayfiyat va xotirjamlik, o'qish va ishlaringizda yangi-yangi cho'qqilar, oilangizga qut-baraka va baxt-saodat tilayman. ​Hamisha bahor gullaridek go‘zal, latofatli va yaqinlaringiz ardog‘ida bo‘lishingizga tilakdoshman. ​Hurmat bilan, Fakultet dekani o‘rinbosari Abdurahmon Numanjanov

📢 DIQQAT E’LON! Andijon davlat universitetda 5-bosqich sirtqi ta’lim, 5-bosqich ikkinchi oliy sirtqi ta’lim, 4-bosqich kunduzgi ta’lim, 2-bosqich magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan, fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan bitiruvchi talabalar uchun 🗓 2026-yil 2-martdan 7-martga qadar Qayta o‘qish uchun arizalar qabul qilinadi hamda qayta o‘qish akademik guruhlari shakllantiriladi. 📌 Shu munosabat bilan barcha bitiruvchi kurslarda akademik qarzdorligi mavjud talabalar belgilangan muddatda Universitet Registrator ofisiga murojaat qilib, mas’ul menejer orqali: * kredit-modul tizimi asosida shartnoma tuzishlari, * qayta o‘qish uchun akademik guruhlarga qo‘shilishlari so‘raladi. ❗️ MUHIM ESLATMA: ➡️ Qayta o‘qish faqat bitiruvchi bosqich talabalari uchun tashkil etiladi; ➡️ Fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan va ularni belgilangan muddatda to‘liq o‘zlashtirmagan talabalar Yakuniy davlat attestatsiyasi (YDA) imtihonlariga qo‘yilmaydi; ➡️ Barcha qarzdor bitiruvchi talabalar belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda, akademik qarzdor fanlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari shart. Andijon davlat universiteti Registrator ofisining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling! 👇👇👇 https://t.me/adu_registrator_ofis_rasmiy

Хайрли кеч, хурматли декан уринбосарлари эртага Соат 15-30 да эркак укитувчилар, тюторлар, мамурий ходимларга фаоллар залида йигилиш булади, Сизлардан барчага ушбу хабарни етказиб, узингиз хам катнашишингиз суралади

#eslatma Siz hali ham to'lov-kontraktni amalga oshirmadingizmi ? 🤔 Hurmatli, talabalar ! O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
+2
#eslatma Siz hali ham to'lov-kontraktni amalga oshirmadingizmi ? 🤔
Hurmatli, talabalar ! O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi "Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-279-son qarori, Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2012-yil 8-dekabrdagi 508-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq tuzilgan shartnomangizni eslatib o'tmoqchimiz.
🔺Shartnomaga muvofiq joriy yilning 31-dekabr (31.12.2025) sanasiga qadar to'lov-kontrakt summasining kamida 50 % ini to'lamagan talabalar yakuniy imtihonlariga kiritilmasligini ma'lum qilamiz. Ushbu ogohlantirishga befarq bo'lmagan holda to'lovni o'z vaqtida amalga oshirishingizni so'rab qolamiz. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati

Qarzdor talabalarni chetlatish bo'yicha buyruq.PDF3.27 MB

5️⃣5️⃣5️⃣ 🇺🇿🟢Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi loyihangizni taqdim etish vaqti keldi! Andijon davlat universiteti yoshlar ora
5️⃣5️⃣5️⃣ 🇺🇿🟢Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi loyihangizni taqdim etish vaqti keldi! Andijon davlat universiteti yoshlar orasida korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Eng yaxshi korrupsiyani oldini olishga qaratilgan loyiha” tanlovini e’lon qiladi.
Ushbu tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Loyihalar 2025-yil 23-oktyabrgacha universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirilishi lozim. Tanlovga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan, amaliy samaradorligi, innovatsion yondashuvi, ijtimoiy ta’siri, shaffofligi hamda zarur resurslar bilan ta’minlangan loyihalar va tashabbuslar qabul qilinadi. ☎️ Ushbu tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni olish yoki savollaringiz bo‘lsa, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. Tel: +998973819717
👩 O‘z g‘oya va innovatsiyalaringizni korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida amalga oshirish imkonini qo‘ldan boy bermang! 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 5️⃣5️⃣5️⃣ 🇷🇺🟢Пора представить ваш лучший антикоррупционный проект! Андижанский государственный университет объявляет конкурс «Лучший проект, направленный на предотвращение коррупции» для поддержки антикоррупционных проектов, стартапов и инновационных инициатив студенческой молодежи в целях предотвращения коррупции среди молодежи и широкой пропаганды ее негативных последствий.
В этом конкурсе могут принять участие все студенты, обучающиеся в университете. Проекты должны быть переданы в отдел организации научно-исследовательской деятельности одаренных студентов университета до 23 октября 2025 года. На конкурс принимаются проекты и инициативы, направленные на борьбу с коррупцией и ее предотвращение, обеспечивающие практическую эффективность, инновационный подход, социальное воздействие, прозрачность и необходимые ресурсы. ☎️ Для получения дополнительной информации об этом конкурсе или если у вас есть какие-либо вопросы, вы можете обратиться в Отдел организации научно-исследовательской деятельности одаренных студентов. Тел: +998973819717
👩 Не упустите возможность реализовать свои идеи и инновации в борьбе с коррупцией! ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

✅Universitetimizga Malayziyadan mehmonlar tashrif buyurishdi Bugun 21-sentyabr sanasida Andijon davlat universitetiga Malayzi
+9
Universitetimizga Malayziyadan mehmonlar tashrif buyurishdi      Bugun 21-sentyabr sanasida Andijon davlat universitetiga Malayziya davlati Terengganu universiteti talabalari tashrif buyurishdi.     🙋‍♂️ Tashrif davomida mehmonlar Fizika-matematika va IT fakulteti dekan o'rinbosari A.Numanjanov hamda faol talabalar bilan uchrashib, universitet hududi, o‘quv jarayoni va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular fakultet vakillari bilan birgalikda turli interaktiv mashg‘ulotlar va ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etib, do‘stona muloqotda bo‘ldilar.    🎗Uchrashuv jarayonida talabalar ikki oliygoh o‘rtasida talaba almashinuvi dasturlari, qo‘shma loyihalar va xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari imkoniyatlari borasida o‘zaro fikr almashishdi. Bunday tashriflar yoshlar uchun nafaqat madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, balki ilmiy salohiyatni oshirish va global tajribani o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.     Ushbu uchrashuv kelajakda Andijon davlat universiteti hamda Terengganu universiteti talabalarining yanada faol hamkorligi va xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatli tashabbuslarga zamin yaratadi. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati

👋Hey TALABA-YOSHLAR! 📷Jurnalistika, matbuot va media sohalariga qiziqasiz? 💡Zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib borasizmi? 🇺🇿Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga o’zingizni dahldor hisoblaysiz? 🏛️Universitet hamda talabalar hayotida faol ishtirok etish va o’z karyerangizni boshlamoqchisiz? 💼Jamoa bilan ishlash va tashkilotchilik ko’nikmalarini shakllantirmoqchisiz? 🔎Yuqoridagi savollarga “HA” deb javob bersangiz. Sizni @adu_media sahifalarini kuzatib borishga taklif qilamiz! Jamoaga qo‘shilish uchun: @jasminavakhobjonova ga yozing!

#osh_tanlovi 🇺🇿FIZIKA-MATEMATIKA VA IT FAKULTETIDA OSH TANLOVI Bugun 17-sentyabr sanasida Fizika-matematika va IT fakulteti
+9
#osh_tanlovi 🇺🇿FIZIKA-MATEMATIKA VA IT FAKULTETIDA OSH TANLOVI      Bugun 17-sentyabr sanasida Fizika-matematika va IT fakultetida dekan A.Y.Boboyev, dekan o'rinbosari A.Numanjanov, fakultet tyutorlari boshchiligida 1-bosqich talabalari o‘rtasida osh tanlovi bo‘lib o‘tdi.            🍽Tadbirda talabalar nafaqat o‘z mahoratlarini namoyon etishdi, balki jamoaviy ishlash, do‘stona muhit yaratish va milliy an'analarimizni qadrlash borasida ham o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishdi. Tanlov davomida talabalarning taom tayyorlashdagi mahorati, bezatish ishlari, tashkilotchiligi jihatidan baholandi. Tadbir qiziqarli, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bunday tashabbuslar yoshlarning nafaqat ilmda, balki ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishlariga zamin yaratadi. 🏆 G‘oliblar quyidagicha aniqlandi: 1-o‘rin — Axborot xavfsizligi yo‘nalishi talabalari 2-o‘rin — Amaliy matematika 2-guruh talabalari 3-o‘rin — Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari     🤔Fakultet rahbariyati ham bunday an’anaviy tadbirlar talabalar orasida do‘stlikni mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati

🟦🟦🟦 🍚 Talabalik qo‘li bilan tayyorlangan 30 qozon osh — ADUda katta bayramona tadbir! Bugun, 17-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida talabalarning ijodkorligini rivojlantirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash hamda jamoaviy ahillikni mustahkamlash maqsadida Fizika-matematika va IT fakulteti talabalari o‘rtasida “Ustozga ehtirom oyligi” doirasida “Osh tanlovi” o'tkazildi.
Ushbu tanlovda fakultetdan 30 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoani oshpazlikda iqtidorli va mahoratli talabalar tashkil etgan bo‘lib, ular o‘zbegim milliy taomi palov tayyorlash san’ati bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat pazandalik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar, balki jamoaviylik, tashkiliy kabi muhim jihatlar bo‘yicha ham o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 🍚 Большое праздничное мероприятие в АГУ30 котлов плова, приготовленного студенческими руками! Сегодня, 17 сентября, в Андижанском государственном университете в рамках «Месяца уважения к учителю» среди студентов физико-математического и IT факультетов был проведен «Конкурс плова» с целью развития творческих способностей студентов, подготовки их к самостоятельной жизни и укрепления коллективного единства.
В этом конкурсе приняли участие 30 команд факультета. Каждая команда состояла из талантливых и опытных студентов, которые соревновались друг с другом в искусстве приготовления узбекского национального блюда – плова. В ходе соревнования участники не только продемонстрировали свои кулинарные знания и навыки, но и продемонстрировали свой потенциал в таких важных аспектах, как командная и организационная работа.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

#uchrashuv ✅Talabalarning yashash sharoitlari o'rganildi Bugun, 8-sentyabr sanasida Fizika-matematika va IT fakulteti dekani
+8
#uchrashuv ✅Talabalarning yashash sharoitlari o'rganildi      Bugun, 8-sentyabr sanasida Fizika-matematika va IT fakulteti dekani A.Y.Boboyev, dekan o‘rinbosari A.Numanjanov hamda fakultet tyutorlari boshchiligida 2-TTJ hamda 3-TTJ da istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.     🤔Tashrif davomida talabalar yashash xonalarining ozodaligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi hamda umumiy tartib-intizom masalalari shaxsan fakultet rahbarlari ishtirokida o‘rganildi. Shuningdek, talabalarning muammolari, ularni qiynayotgan savollar ham tinglanib, o'z o'rnida tegishli tushuntirishlar berildi.     🇺🇿 Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning ta’lim va dam olish jarayonini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishdan iboratdir. Kelgusida bunday uchrashuvlar muntazam o'tkazilishini ma'lum qilamiz. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati

#ANDIJON_DAVLAT_UNIVERSITETI #IT_INJINIRINGI_FAKULTETI #TOʻGARAKLAR_FAOLIYATI 📖Python Backend kursi ✅Road map√ ✅Dasturlash t
#ANDIJON_DAVLAT_UNIVERSITETI #IT_INJINIRINGI_FAKULTETI #TOʻGARAKLAR_FAOLIYATI 📖Python Backend kursi Road map√ Dasturlash tili asoslari Postgresql Git va github Algotim va ma'lumotlar tuzulmasi Mukammal telegram bot yaratish Django Api(drf) to'liq FastApi Server system ✈️To'garak rahbari: Shermatov Axlidin; ‼️Darslar faqat tush vaqtidan keyin bo'ladi‼️ 📆Kunlar: kelishilinadi; 🔘Soat: kelishilinadi; 🔘Davomiyligi 120 daqiqa; 🔘Xona: kelishilinadi; 🔘To'lov: oylik to'lov; 🔰Birinchi dars: chorshanba, 15:00 da Yangi o'quv binosining 509-xonasida Guruhga yozilish: ➡️SHU HAVOLANI BOSING
Dasturlashda eng qiyini muammoni hal qilish emas, balki qanday muammoni hal qilishdir
—Paul Graham

❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️❗️ 📁 Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun fakultetlar va ular kesimidagi ta’lim yo‘nalishla
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️❗️ 📁 Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun fakultetlar va ular kesimidagi ta’lim yo‘nalishlari Andijon davlat universiteti 2025/2026 o’quv yilida yuqori sifatli ta’lim va zamonaviy o‘quv dasturlari bilan talabalarni qabul qilishga tayyor. Quyida universitetning faoliyat yuritayotgan fakultetlari va ularning kesimidagi asosiy ta’lim yo‘nalishlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin. 🔺 Fizika-matematika va IT fakulteti:
➡️Fizika ➡️Mexanika va matematik modellashtirish ➡️Matematika ➡️Amaliy matematika ➡️Kompyuter injiniringi ➡️Axborot tizimlari va texnologiyalari ➡️Axborot xavfsizligi ➡️Dasturiy injiniring ➡️Sun’iy intellekt ➡️Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ➡️Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
🔺 Filologiya fakulteti:
➡️Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ➡️Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili ➡️Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ➡️Kompyuter lingvistikasi
🔺 Kimyo va biologiya fakulteti:
➡️Biologiya ➡️Kimyo ➡️Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ➡️Biotexnologiya
🔺 Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti:
➡️Tarix ➡️Psixologiya ➡️Sotsiologiya ➡️Arxivshunoslik ➡️Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm ➡️Ijtimoiy ish
🔺 Huquq va iqtisod fakulteti:
➡️Iqtisodiyot ➡️Buxgalteriya hisobi ➡️Bank ishi ➡️Menejment ➡️Inson resurslarini boshqarish ➡️Turizm va mehmondo’stlik ➡️Geografiya ➡️Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
🔺 Sport va madaniyat fakulteti:
➡️Sport faoliyati: boks ➡️Sport faoliyati: futbol ➡️Sport faoliyati: kurash ➡️Sport faoliyati: basketbol ➡️Sport faoliyati: yengil atletika ➡️Sport faoliyati: voleybol ➡️Sport faoliyati: belbog‘li kurash ➡️Sport faoliyati: stol tennisi ➡️Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ➡️Dizayn: libos va gazlamalar ➡️Rangtasvir: dastgohli ➡️Amaliy san’at: badiiy kulolchilik ➡️Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik ➡️Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

kursdan kursga o'tmaysizlar qarzdorlikni bartaraf qilib qo'ying

409
409