639
订阅者
-224 小时
-127 天
-2330 天
帖子存档
+9
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, adibasi, jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 111 yilligi arafasida 1-"G" sinfning qizlari o‘rtasida "Diktantlar tanlovi" tashkil etildi. Zulfiyaxonimning hayot va ijod yo‘llari haqida fikrlar, tushunchalar berildi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar aniqlandi, rag‘batlantirildi.
+9
1-"B'' sinf o'quvchilari bilan ''Biz giyohvandlikka qarshimiz'' mavzusida tushunchalar berildi. Mavzu asosida rasmlar tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar rolik tayyorladilar.
+9
1-"B'' sinf o'quvchilari bilan ''Biz giyohvandlikka qarshimiz'' mavzusida tushunchalar berildi. Mavzu asosida rasmlar tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar rolik tayyorladilar.
+4
Chortoq tumanidagi 53- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 25-fevral kungi selektr yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" deb eʼlon qilinishi munosabati viloyat pedagogik mahorat markazi pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchilari M.Turgʻunboyeva, R.Ahmadbekovalar bilan hamkorlikda oʻquvchilar oʻrtasida “Giyohvand moddalar qarshi kurash”, ijobiy emotsional va aqliy qobiliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida "Oqilona tanlov - muayyan maqsad sari "mavzusida trening - uchrashuv tashkil etildi.
Bunda voyaga yetmaganlarga oʻzini anglash, muayyan maqsad qoʻyish va uni amalga oshirishda ijobiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan foydalanildi.
Trening samarali va qiziqarli ruhda oʻtdi.Trening nihoyasida barcha ishtirokchilar taassurotlari " Qayta aloqa" mashqi bilan yakunlandi.
Maktab direktori N.Usmanova hamda markaz rahbari Sh.Aziboyevlar tomonidan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
+4
Chortoq tumani 53- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi Sharipova Nodira tomonidan Fevral -"Zararli odatlar va qaramlikning oldini olish oyligi doirasida 8- sinf oʻquvchilari bilan" Oqilona tanlov- sogʻlom xulq" mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Maqsad: Oʻquvchilarda oʻz kuchli tomonlarini anglash , oʻziga ishonch hosil qilish, sogʻlom turmush tarzining ularni kuchli qiladigan jihatlarini tanish,rad etish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda giyohvandlikka qaramlikni oldini olish..
+4
“Kelajak soati” darsida 9-B sinf o‘quvchilari bilan " Bir yaxshilik haqida" mavzusida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘z hayotlarida qilgan kichik, ammo ezgu yaxshiliklari haqida samimiy fikr almashdilar.
Davra suhbatida mehr-oqibat, insonparvarlik, ota-onaga hurmat, do‘stlarga yordam berish, tabiatni asrash kabi mavzular keng yoritildi.
