641
订阅者
-424 小时
-97 天
-2430 天
帖子存档
“Kitobxon ota – kitobxon bola” loyihasi orqali oilalarda ma’naviy muhit mustahkamlanib, yosh avlodning bilimga, tafakkurga va kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati yanada ortib bormoqda.
53-maktabda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oila va maktab hamkorligini mustahkamlash maqsadida “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib rag‘batlantirilgan edi.
Mazkur ezgu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida endilikda “Kitobxon ota – kitobxon bola” loyihasiga ham start berildi. Ushbu loyiha doirasida otalar farzandlari bilan birgalikda kitob mutolaasiga keng jalb etilib, faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Ayniqsa, 2-“A” sinfda loyiha samarali tashkil etilib, har hafta o‘quvchilar xonadoniga kamida bitta kitob kirib borayotgani quvonarli holatdir. Bu esa nafaqat bolalarning, balki ota-onalarning ham kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan qarorlarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Tashkilotchi 2-A sinf rahbari:
G.Murodullayeva
#Jadidlar_tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori hamda tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Chortoq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi a’zolari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.
📌 Tanlov Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilib,tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman “Kelajak” markazi hamda tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
📚 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, jadidlar merosini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirishdan iborat.
📝 Ishtirokchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid test sinovlari orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar.
🏆 Tanlov g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin: 13-maktab 9-sinf o‘quvchisi Abduvaliyev Ro‘ziahmad
🥈 2-o‘rin: 20-maktab 8-sinf o‘quvchisi Ismonjonova Diyora
🥉 3-o‘rin: 53-maktab 6-sinf o‘quvchisi Sharifjanova Muslima
✨ Tadbir davomida o‘quvchilarning faolligi, keng dunyoqarashi va kitobga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.
🎁 G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alar Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan berildi.
📖 Bunday tanlovlar yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati
👇👇
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Tik Tok
+3
6.04.2026 yil kuni 8- v sinfda "Bir xaftada bir kitob "aksiyasi doirasida Chingiz Aytmatovning "Oq kema " asarini mutolaa qilib ,asar muhokamasini o'tkazishdi.Asar yuzasidan tuzilgan testlarni Karimjanov Azizbek va Abduvaliyeva Solihalar yuqori darajada bajarib ,"Xafta kitobxoni" e'tirofiga sazovor bo'lishdi.Navbatdagi asar Jyul Vernning "Suv ostida 80ming kilometr " asari.
+7
Chortoq tumanida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari doirasida Yengil atletika musobaqasi o‘tkazildi.
Chortoq tuman sport maktabi asosiy bazasida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari", "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalari doirasida Yengil atletika bo‘yicha 53-maktab o’quvchilari ham qatnashdi.
Mazkur musobaqada belgilangan yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etib, o‘z mahorati, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida eng kuchli ishtirokchilar saralanib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
1-o’rin Isroljanov Bexruz (100-300 metr).
3-o’rin Ibragimova Iroda ( uzunlikka sakrash )
2-o’rin Xakimov Humoyin (uloqtirish)
3-o’rin Mahmudov Abboslar egallab viloyat bosqichiga
Isroiljanov Bexruz yo’llamani qo’lga kiritdi.
+3
11- a sinfda o'tilgan " Kelajak soati " darsidan fotolavha.
Mavzu: Sohibqiron Amir Temur.
