641
订阅者
-424 小时
-97 天
-2430 天
帖子存档
+9
2026-yil 19-aprelda 8-va va 8-b sinflari o'quvchilari Farg'ona viloyatining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi 🚌. Sayohat davomida ular Marg'ilon shahridagi "Pir Siddiq" majmuasi, Quva tumanidagi hayvonot bog'i, shuningdek, Farg'ona shahridagi "Vatanparvar" va "Ahmad al-Farg'oniy" bog'larini ko'rib chiqishdi 🕌🦁🌳. O'quvchilar madaniy, qiziqarli va foydali dam olish imkoniyatiga ega bo'lishdi ✨.
+3
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi Sharipova Nodira tomonidan aprel oyida "Oʻsish labaratoriya si" oyligi
yuzasidan 7- sinf oʻquvchilari oʻrtasida " Uchta yaxshi voqea" , 10-A sinfda " Mening fikrim- mening reaksiyam" mavzularida rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etildi.
Maqsad: oʻz- oʻzini baholash, tafakkur koʻlamini kengaytirish, rivojlantirish.
Oʻziga noadekvat baho berishni oʻrgatish.
Chortoqlik yosh iqtodor egasi O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlari tarkibidan joy oldi.
“Yashil makon” yo‘nalishi
Abdulhamidova Dilrabo Akramjon qizi. Namangan viloyati Chortoq tumani.
https://t.me/chortoqhokimligiuz
🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlari tarkib bilan tanishing:
🔵O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv kengashi raisining sardorlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Bobojonov Jafar Otajonovich. Navoiy viloyati.
🔵Bosh sardor - Anvarjonov Abrorbek Axrorbek o‘g‘li. Farg’ona viloyati.
🔵“Ibrat farzandlari” yo‘nalishi sardori - Sarvinoz Tolibjonova. Samarqand viloyati.
🔵“Qizlar akademiyasi” yo‘nalishi sardori - Reymbaeva Bibigu‘l Abdimalikovna. Qoraqalpog’iston Respublikasi
🔵“Iqtidor” yo‘nalishi sardori - Yavkachev Aslanbek Alisherovich. Xorazm viloyati.
🔵“Matbuot va media” yo‘nalishi sardori - Ravshanbekov Boburbek Botirbekovich. Toshkent viloyati.
🔵“Ustoz AI” yo‘nalishi sardori - Abduxamidov Begzod Xusniddin o‘g‘li. Jizzax viloyati.
🔵“Mutolaa” yo‘nalishi sardori - Boymurodova Laziza Xabibovna. Samarqand viloyati.
🔵“Yashil makon” yo‘nalishi
Abdulhamidova Dilrabo Akramjon qizi. Namangan viloyati.
🔵“Jasorat” yo‘nalishi sardori - Sobirov Muhammadali Alisherovich. Buxoro viloyati.
✨ 💐 O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi nomidan barcha saylangan Respublika sardorlarimizni samimiy tabriklaymiz! Ularga faoliyatlarida muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaymiz!
Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
“Yosh iste’dod – yuksak natija: Muazzima B2 sertifikat sohibasi!”
53-maktabning 4-“A” sinf o‘quvchisi Avazbekova Muazzima Farxod qizi yosh bo‘lishiga qaramay, ingliz tilini puxta o‘zlashtirib, yuqori natijaga erishdi. U ingliz tili bo‘yicha B2 darajadagi milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.
Bu yutuq nafaqat Muazzimaning bilimga bo‘lgan intilishi, balki uning mehnatsevarligi, izlanishi va qat’iyatining yorqin ifodasidir. Shuningdek, ushbu natija o‘quvchining ustozlari va ota-onasining qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanini ham ko‘rsatadi.
Muazzimaning bu muvaffaqiyati tengdoshlari uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida undan yanada ulkan yutuqlar kutib qolamiz!
+7
53-maktabning 2-“A” sinfida “Kitobxon ota – kitobxon bola” loyihasi samarali tarzda tashkil etilib, bugungi kunda faol rivojlanish bosqichiga kirgan. Mazkur loyiha oila va maktab hamkorligini mustahkamlash, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida har bir honadonga haftasiga kamida bitta kitob yetkazilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘qish, tahlil qilish hamda fikr almashish muhitini yuzaga keltirmoqda. Natijada o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi ortib, ularning nutq boyligi, tafakkuri va dunyoqarashi izchil rivojlanmoqda.
Ayniqsa, ota-onalarning faol ishtiroki loyiha samaradorligini yanada oshirib, oilada ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu tashabbus 53-maktabda kitobxonlikni targ‘ib etishning samarali va innovatsion shakli sifatida e’tirof etilmoqda.
Sinf rahbari:G.Murodullayeva
Sayora Mamadieva, 53-maktab o‘qituvchisiIjtimoiy loyiha ishtirokchisi.
https://youtube.com/watch?v=e8poPwlkd_0&si=tn9i5akFAdNLEiT8
