639
订阅者
-324 小时
+27 天
-1730 天
帖子存档
+3
Bugun ayrim fanlari chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud 53-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida NamDU pedagogika kafedrasi dotsentlari, pedagogika fanlari nomzodlari Nishanov Maxmudjon Sobirovich hamda Shodmanov Qodirxon Odilxonovich ishtirokida 11-sinflar bilan uchrashuv tashkillandi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayoni, kasb tanlash va kelajakdagi imkoniyatlar haqida qimmatli tavsiyalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar maktabimizda o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida ishtirok etdilar. Bayramda milliy urf-odatlar aks ettirilgan chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Mehmonlar bayramona muhit va o‘quvchilar chiqishlaridan mamnun bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda maktabimizdan jo‘nab ketdilar.
Bu kabi uchrashuvlar o‘quvchilarimizga katta motivatsiya va ilhom bag‘ishlashiga ishonamiz!
+9
Tuproqni uyg‘otib maysa cho‘zdi bo‘y,
Tabiat kelindek bunchalar xushro‘y, Bahor kunlarida har bir kuning to‘y,
Xalqim, bu kun senga Navro‘z muborak!
Bugun 53-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim" shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Bayram tadbirida iste'dodli o‘quvchilar o‘zlarining madaniy dasturlarini taqdim etib, milliy madaniyat, qadriyatlar aks etgan sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etishdi
Konsert dasturi davomida ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
+4
Bugun ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud 53-umumta'lim maktabida 11-sinf ota-onalari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yigʻilishda Chortoq tuman IIB JXX HPB VE va YBIG katta inspektori kapitan R.Sobitxanov, Choryoq tuman inspektor psixolog- katta leytenanti A.Sodiqov, A.Navoiy MFY raisi Sh, Xamidov, MMIBDOʻ D.Mallaboyev hamdamaktab psixologi N.Sharipovalar ishtirok etishdi. Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad har bir ota-ona farzandi taqdiriga befarq bo'lmasligi, atrofidagi do'stlari, yurish -turishi, darslarda ishtiroki, ta'limni keyingi bosqichi, yo'nalishlari "Oila-mahalla-maktab" uchligida muntazam ish olib borish haqida fikrlari tinglandi. Ota-ona farzandi uchun doimiy mas'ulligi, tarbiyasiga bee'tibor bo'lmasligi va e'tiborsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.
+6
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas.Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta -kitob o'qishdir.
53-maktabning 5-a sinf o'quvchilari "Bir haftada bir kitob"rukni ostida bu gal Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib"asari yuzasidan ilmiy uchrashuv tashkilladilar.Tadbirga "Taraqqiyot mezoni "ro'znomasi muharriri Isroil Yusupov tashrif buyurdilar. Tadbir davomida "Telefon va kitob jangi"nomli ko'rinish namoish etdilar. Sinf rahbari Muxtasar To'xtanazarova kitob mutolaasi saodat sari yetaklashi haqida uqtirdi.Asar yuzasidan fikr-mulohazalar o'rtoqlashildi.Navbatda o'qish uchun Chingiz Aytmatovning "Oq kema"asari mehmon tomonidan tavsiya etildi .Tadbir hammada o'zgacha taassurot qoldirdi.
+9
53-maktabning 5-A sinfda matematika fanidan oʻtkazilgan ochiq darsdan lavhalar.
O'qituvchi: S.Tuychibayeva
+1
53-maktabda tashkil etilgan "Yosh tarixchi" to'garak mashg'ulotidan lavhalar.
To'garak rahbari: Y.Turgʻunova
Bizning kanalga obuna bo'ling.
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
+3
53-maktabda tashkil etilgan "Yosh informatiklar" to'garak mashg'ulotidan lavhalar.
To'garak rahbari: N.Tursunova
Bizning kanalga obuna bo'ling.
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
+1
53-maktabda tashkil etilgan "Oʻtkir zehnlilar" to'garak mashg'ulotidan lavhalar.
To'garak rahbari: F.Dedaboyeva
Bizning kanalga obuna bo'ling.
53-DIUM RASMIY
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy
