644
订阅者
-124 小时
-27 天
-1730 天
帖子存档
+3
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida May - "Kelajakni rejalashtirish oyligi" munosabati bilan stress, qo‘rquv va ichki bosimni kamaytirish, o‘z hissiyotlarini boshqarish,diqqatni boshqarish, oʻz-oʻzini tahlil qilish, salbiy emotsional holatlarni bartaraf etish maqsadida 9-B,9-V
sinf oʻquvchilari oʻrtasida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
" Oʻzini anglash- kelajakni yaratish omili " mavzusidagi treningda oʻquvchilarni oʻquv yili davomida erishgan yutuqlarini sarhisob qilishga qaratilgan boʻlib, unda oʻquvchilar oʻz-oʻzini baholash va tahlil qilish koʻnikmalari rivojlantirildi.
Psixolog: N.Sharipova
+4
4-A sinfda Tabiiy fandan "O'tilganlarni takrorlash .Ijodkorlik soati. Loyiha ishi" mavzusida o'tilgan ochiq darsdan fotolavhalar
+3
53-sonli maktabning 2-A sinfda O'zbekiston bolalar tashkiloti respublika Yashil makon yo'nalishi sardori Abdulxamidova Dilrabo bilan hamkorlikda "Tabiatni asrang" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi .Faol bolajonlarga estalik sovg'alari topshirildi
+5
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida May - "Kelajakni rejalashtirish oyligi" munosabati bilan stress, qo‘rquv va ichki bosimni kamaytirish, o‘z hissiyotlarini boshqarish,diqqatni boshqarish,diqqatni jamlash va o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlash maqsadida 7-A,5- V sinf oʻquvchilari oʻrtasida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
" Mening hissiyotlarim" , "Men oʻzimni sevaman" mavzularidagi mashqlar oʻquvchilarni oʻquv yili davomida erishgan yutuqlarini sarhisob qilishga qaratilgan boʻlib, unda oʻquvchilar oʻz-oʻzini baholash va tahlil qilish koʻnikmalari rivojlantirildi.
Psixolog: N.Sharipova
+8
2-A sinfda o'qish savodxonligi fanidan"Tabiatni asrash burchimiz " mavzusida oʻtilgan ochiq darsdan fotolavhalar
+3
53-sonli maktabning 2-A sinfda O'zbekiston bolalar tashkiloti respublika Yashil makon yo'nalishi sardori Abdulxamidova Dilrabo bilan hamkorlikda "Tabiatni asrang" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi faol bolajonlarga eslatik sovg'alari topshirildi
+7
Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktab 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida 2025-2026- óquv yili yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda mahalla faollari, ichki ishlar hodimlaridan vakillar, profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning o‘quv yili yakunlari, yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik jarayonlari, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini tartibli va xavfsiz tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bitiruvchi o‘quvchilarning odob-axloqi, xavfsizligi hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha ota-onalarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Yig‘ilishda maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari va ota-onalar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida ota-onalardan farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish, bitiruv tadbirlarini ótkamaslik va “Sóngi qónğiroq” tadbirini tartib-intizom asosida o‘tkazish bo‘yicha kafolat xatlari olindi.
+8
1-v sinfda matematika fanidan ,,Tenglamalar ʼʼ mavzusida oʻtilgan ochiq darsdan fotolavhalar.
+5
Yoshlarning jismoniy faolligini oshirish — ustuvor vazifa
Davlatimiz rahbari raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va krossfit sport turini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy ishlar izchil yo‘lga qo‘yilib, xususan, Chortoq tumani MMTB ga qarashli 53-maktabda o‘quvchilar ishtirokida badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilayotgani e’tiborga molikdir.
Krossfit elementlari asosidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda chidamlilik, tezlik va egiluvchanlik kabi muhim jismoniy sifatlarni bir vaqtning o‘zida rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yuqori intensivlikdagi funksional mashqlar orqali yoshlarning antropometrik va fiziologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga erishilmoqda.
