653
订阅者
-424 小时
-87 天
-1430 天
帖子存档
+9
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “BILIMLAR KUNI”
YANGI MAQSADLAR SARI QADAM, ILMLAR UMMONI SARI YO‘L
Chortoq tumanidagi 53-umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirda Prezidentimizning “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, tuman MMTB vakili Gulbahor G‘ofurova, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Umrzoq Sattorov, maktab direktori Nazira Usmonova hamda jamoatchilik vakillari o‘quvchi va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar.
Birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘a”lari tantanali ravishda topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida barcha sinflarda yangi o‘quv yilining ilk darslari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi asosidagi “Mustaqillik darsi” va “Kelajak soati” bilan boshlandi.
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida mustagillikning 35 yilligiga bag'ishlangan "Yurtimni ozoda
saqlashda mening hissam" chellenji
