Mitti Farishta 🖇 || blogi
前往频道在 Telegram
🇰🇷Koreya hayoti 🕊Islomiy statuslar 📖Ma‘noli satrlar 🖇Psixologiya 🔗Mulohaza Hammasi o‘tib ketadi... Yaxshi kunlar hali oldinda... Adminka: Risliqoy💍 @Umr_Falsafasi @Risliqoy99
显示更多555
订阅者
-124 小时
-47 天
-2430 天
帖子存档
Koreya kosmetik mahsulotlarini shu qizdan bemalol buyurtma qilsangiz bo‘ladi. Ismi Parizod.
Mahsulotlari Ishonchli va sifatli mahsulotlar.
Narxlar ham qimmat emas, buyurtma qilsangiz O‘zbekistonga ham yuborib beradi.
https://t.me/kosmetic_koreya
https://t.me/kosmetic_koreya
Repost from Umr Falsafasi
Koreya kosmetika va parfumlariga qiziqib ishlatadiganlar bormi?
Bo‘gchadan uyga qaytish
Biron bolalar maydonida o‘ynab uyga go go)
Bugun negadir meni ko‘rishi bilan yig‘ladi😅
Bog'chada 2-kun
Bugun 10minut birga bo'ldim. Birga qolishimni xohladi. Keyin bolalar va o'yinchoqlarga qizib, ketyotganimda xayrlashib qoldi🥰
Men yomon emishman, kimgadir ozor,
Qizingiz holini bir ko'ring Ona!
Bu xasta ko'nglimdan ketkazib g'ubor,
Sen yomon emassan deb qo'ying Ona!
🎙Feruza Aminova
Hayulning bolalar bog'chasida birinchi kuni
Bugun ertaroq 12da olgani boramiz
Hayul ertadan bog'chaga boradi. Bir tomondan hayajon, bir tomondan ko'nglim g'ash. Hali kichik emasmikin deyman. Bugun bog'chani ko'rgani borgan edik. Aslida 1 2 oy oldin joyga ariza berib qo‘yiladi. Biz borgan bog'chada joy bor ekan. Xohlasangiz ertadan kelishi mumkin deb qolishdi. Hayul kichkina desam undan ham kichik bolalar bor ekan. Keyin Hayul ham negadir bog'chani yoqtirib qoldi, menimcha. Ketayotganimizda ketgisi kelmadi. Muhimi uning tarbiya va kelajagi uchun bog'cha yaxshi degan qarorga keldik.
БУ ДУНЁНИНГ ЖАННАТИ
Бу дунёнинг жаннати соб бўлдимикан дейман,
Жаҳаннами кўпайиб қоп бўлдимикан дейман.
Тишларим синиб тушди, йиғламадим лек ҳаргиз,
Кўзёшларим ичимда об бўлдимикан дейман.
Бир кун соғ юрсам агар тўққиз кун бемор ўлдим,
Янги замоннинг дарди – тоб бўлдимикан дейман.
Дарёларим қуриди, денгизларим – чўл-сахро,
Шунданми хаёлларим Объ бўлдимикан дейман.
Булбул боғдан қувилиб, тўрга чиқди бойқушлар,
Олтин пичоққа кумуш соп бўлдимикан дейман.
Яшаяпман дебману ишонибман ўзимга,
Ҳаётим ҳаёт эмас, хоб бўлдимикан дейман.
Кулган бўлсам оз кулдим, аммо қайғу-ҳасратим
Умримнинг китобига боб бўлдимикан дейман.
Ulug'bek Hamdam
Румийга нисбат бериладиган бу жумлани эшитган бўлсангиз керак" Ким билан дўст бўлганингизга, кимлар билан юрганингизга эътиборлироқ бўлинг. Булбул гулга, қарға эса ахлатга олиб боради."
Қарғамонанд табиатлиларнинг ахлатга етаклагани ҳам бир сари. Баъзи турдаги одамлар билан дўстлашиб қолинса, тўппа-тўғри дўзахга бошлаб бориши ҳам мумкин.
Афсуски, ҳеч қайсимиз бундан кафолатламаганмиз. Шунинг учун ҳушёр бўлавериш керак...
O‘zim bordim senga asirga,
Qalb to‘ridan qurdim oltin taxt.
Endi qolgan butun umrga,
Hayotimga xush kelibsan, BAXT!
✍ Malika Salimova
🎙Gulruxsor Nosirova
Boqdim shahar ko'chalariga,
Bosilibdi og'ir qadamlar.
Yuzi kulgan sirli tuyg'udan,
Ko'payibdi soxta odamlar.
✍ Munavvara Dilroz
🎙Shahina Bahodirova
To‘g‘ri kulgularim baxtlilarga hos,
O‘zimni ovutib qo‘yaman yana...
Qo‘lingizdan tutib, yuray iltimos,
Adashib qolyapman dunyoda Ona...
✍ Zohid Ziyo
🎙Shahina Bahodirova
