ch
Feedback
ITSM

ITSM

前往频道在 Telegram

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi. • Veb sayt: itsm.uz • E-mail: info@itsm.uz • Facebook: facebook.com/itsc.uz • Instagram: instagram.com/itsm_uz • Twitter: twitter.com/itsm_uz • Linkedin: company/itsmuz

显示更多
1 348
订阅者
无数据24 小时
-127 天
-4130 天
帖子存档
ITSM
1 348
🖥 Tarixdagi birinchi dasturchi kim bo'lgan? Dasturlash tillarining tarixi, asosan, 19-asrning o'rtalarida boshlanadi. Ada La
🖥 Tarixdagi birinchi dasturchi kim bo'lgan? Dasturlash tillarining tarixi, asosan, 19-asrning o'rtalarida boshlanadi. Ada Lavleystarixdagi birinchi dasturchi hisoblanadi va u dasturlash tillarining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan shaxsdir.
💡 Ada Lavleys mashhur olim Charlz Bebbijdj bilan "Analitik Mashina" — zamonaviy kompyuterning prototipi ustida ishlagan. Uning eng muhim hissasi ushbu mashina uchun dastur yozish bo‘lgan va bu uni dunyodagi birinchi dasturchiga aylantirgan. Shuningdek, Ada Lavleys, dasturlashning nafaqat konkret matematik yoki ilmiy vazifalarni hal qilishga uringan, balki ularning ijodiy potentsialini ham ko'ra olgan. U kompyuterlarni san'at va fan sohalarida ham qo'llashni tasavvur qilgan.
👍 Ada Lavleysning "dasturlash" tushunchasini yaratganligi, uni nafaqat birinchi dasturchi, balki "dasturlash tillarining onasi" deb atashga asos bo'ladi. 😎 Ada Lavleys tarixi haqida 2D animatsion video rolikni "Edu Kids" kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

ITSM
1 348
👫 Hurmatli kasaba uyushmasi xodimlari! ⚡️11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan, Sizlarni samimiy
👫 Hurmatli kasaba uyushmasi xodimlari! ⚡️11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan, Sizlarni samimiy muborakbod etamiz! 📌 2020 yilning 23 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni etib belgilandi. ✨ Bugungi qutlug‘ ayyom munosabati bilan barchangizga sihat salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, ishingizda muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo'lsin! 👍Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi!

ITSM
1 348
⭐️Dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri Vilyam Shekspirning eng sara asarlari “Kitob.uz” platformasida. ℹ️ Jahon sanʼat
⭐️Dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri Vilyam Shekspirning eng sara asarlari “Kitob.uz” platformasida. ℹ️ Jahon sanʼati tarixini Shekspirsiz tasavvur qilish qiyin. Ingliz dramaturgi kamida 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetdan iborat siklning muallifi. Uning tragediyalari jahon adabiyoti durdonalari safidan o‘rin olgan. 📕“Kitob.uz” platformasidan siz ham samarali foydalaning va kuzgi ta'tilingizda o'zingiz sevgan kitoblarni bepul o'qing.

ITSM
1 348
📍Toshkent shahridagi School 21 kampusida "Demo kuni" tadbiri bo'lib o'tdi! 💬Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi
+4
📍Toshkent shahridagi School 21 kampusida "Demo kuni" tadbiri bo'lib o'tdi! 💬Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi mas'ul xodimlari School 21 kampusida bo'lib o'tgan "Demo kuni" nomli ajoyib tadbirda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir maktabning ta'lim yo'nalishlari va uning o'sish jarayoniga yondashuvi, shuningdek, "tengdosh-tengdoshga" metodologiyasi bo'yicha hamkorlik imkoniyatlari bilan chuqurroq tanishish uchun noyob maydonchaga aylandi. 😉 Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari sun'iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanishga bag'ishlangan eksklyuziv vorkshopda ishtirok etish imkoniyatga ega bo'lishdi. Master-klass davomida mutaxassislar zamonaviy AI texnologiyalari, ularning imkoniyatlari va ta'lim jarayonlarida qo'llanilishi haqida batafsil ma'lumot berishdi.
ℹ️Ishonchimiz komilki, bunday tadbirlar turli muassasalar o'rtasida ta'lim tashabbuslari va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, yangi texnologiyalarni o'zlashtirmoqchi bo'lgan o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradi.

ITSM
1 348
⚡️ Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 📍Joriy yilning 5 noyabr kunida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi
+4
⚡️ Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 📍Joriy yilning 5 noyabr kunida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi 🔗Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va taʼlimni rivojlantirishga hissa qoʻsha oladigan ekspertlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida ITSM rahbariyati ushbu konferensiyada ishtirok etdi.
🌐Konferensiyaga 100 nafardan ortiq taʼlim sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlar va institutlardan ekspertlar tashrif buyurishdi. Shu bilan birgalikda, mahalliy mutaxassislar sifatida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va professorlari hamda maktab direktorlari taqdimot qilish bilan birgalikda, muhokamalarda ishtirok etishdi.
✔️Konferensiyaning maqsadi – dunyo boʻylab siyosatchilar, tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va taʼlimga aloqador ekspertlar bilan oʻzaro bilim va tajriba almashish va dolzarb muammolarni muhokama qilish orqali taklif va yechimlarni amaliyotga joriy etishdan iborat.

ITSM
1 348
🌐 TA'LIMGA OID 5 TA QIZIQARLI FAKT: 🇫🇮 Finlyandiya dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan biriga ega. Finlyandiya maktab
🌐 TA'LIMGA OID 5 TA QIZIQARLI FAKT:
🇫🇮 Finlyandiya dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan biriga ega. Finlyandiya maktablarining boshlang'ich sinflarida uy vazifasi va imtihonlar mavjud emas, darslar esa boshqa ko'plab mamlakatlarga nisbatan qisqaroq.
🇯🇵 Yaponiya ta'limida tarbiya va intizom baholardan muhimroq.
Yaponiya boshlang'ich maktablarida o'quvchilarga odob-axloq, mas'uliyat va o'zini tashkil etish ta'limi beriladi.
🇮🇳 Hindiston — eng ko'p maktablarga ega mamlakat.
Hindistonda
1,5 milliondan ortiq
maktab mavjud va har yili mamlakatdagi o'quvchilar soni ortib boradi.
🇫🇷 Fransiyada uch yoshdan boshlab majburiy ta'lim mavjud.
Fransiya — bolalar ta'limida ijtimoiy qatlamlar o'rtasidagi imkoniyatlarni tenglashtirish maqsadida uch yoshdan boshlab majburiy ta'lim joriy etilgan mamlakatlardan biri.
🇨🇳 Xitoylik o'quvchilar dunyoda eng ko'p o'qishadi.
Xitoy maktablaridagi darslar kuniga
10 soatgacha
davom etishi mumkin, yuqori sinflarda esa maktabdan keyin qo'shimcha darslar ham mavjud.
📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn

ITSM
1 348
Bolalarni o‘qishga qiziqtirish uchun nima qilish kerak?Farzandingiz birinchi qiyinchilikka duch kelganda tushkunlikka tushadimi? 💬O‘qituvchilar va psixologlar tasdiqlaydilar: "Zamonaviy bolalar o‘qishga qiziqishni yo‘qotmoqdalar".
💡Buni oldini olish uchun baʼzi maslahatlar: ➡️O‘quvchilarni rag‘batlantirish. Olimlarning fikricha, bolalar tanqidni qabul qilmaydi, ularni miyasi faqat maqtovga javob beradi. ➡️Bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va maqsadi. U qilayotgan ishidan zavqlanishni his qilishi va nima uchun buni qilayotganini tushunishi lozim. ➡️Haqiqiy qiziqishni bosim bilan emas balki yorqin taassurotlar bilan bog‘lash. ➡️Maqsad qo‘yish va ularga erishish. Yaʼni rejalashtirish va o‘z harakatlarini boshqarish. ➡️Qiyinchiliklarni yengish va vazifalarni oxirigacha yetkazish qatʼiyligi.
Shu kabi qiyin mavzularni ota-onalarga va bolalarga qiziqarli ravishda "Edu Kids" YouTube kanalidagi qisqa videoroliklarda taqdim etilgan!

ITSM
1 348
“Barkamol avlod” maktablari - O'zbekistonda zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ta'lim muassasalaridir. ❗️Ushbu maktablarning asosiy vazifasi maktabdan bo‘sh vaqtini to‘garaklarga jalb qilgan holda o‘quvchilarning mustaqil, kreativ fikrlashi, qat’iy pozitsiyasiga ega bo‘lishi, kasb-hunarning boshlang‘ich sirlarini egallashi, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat. ↗️Bugungi kunda joylarda 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. ↗️Ushbu maktablarning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktabdan bo‘sh vaqtlarini 79 turdagi to‘garaklarga jalb qilgan. ↗️Umumiy 10 942 ta to‘garaklarga 321 397 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan. ↗️Ushbu maktablarda 11 967 nafar (shundan ayollar 9 858 nafar, 82,4 %) pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
7 ta yo‘nalish kesimida: ➖Madaniyat va san’at; ➖Texnika, konstruktorlik va modellashtirish; ➖Jismoniy tarbiya va sport; ➖Hunarmandchilik va qo‘l mehnati; ➖Turizm va ekologiya; ➖Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov; ➖Xorijiy tillar.
📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn

ITSM
1 348
Bolalar sayyorasi. 3-qism. Koinot. Galaktikaga sayohat Yer sayyorasi qanday paydo bo'lgan? Nima uchun Yer sayyorasi hayot uchun moslashgan? Tortishish kuchi o'zi nima? Bizning galaktikamizda ko'plab sayyoralar mavjud. Ammo ular odamlar hayoti uchun mos emas. Yer sayyorasining hayot uchun ideal bo'lishining bir necha sabablari:
- Yerda ko'p miqdorda suv mavjud- hayot uchun eng muhim element. Sayyora yuzasining taxminan 70% suv bilan qoplangan! - Sayyoramizni quyosh nurlanishidan himoya qiladigan va issiqlikni ushlab turadigan atmosfera o'rab olgan. - Yer sayyorasida barqaror harorat o'rnatilgan. Bu haroratni juda issiq yoki juda sovuq bo'lib ketishini oldini oladi.
Tortishish kuchi esa nima? Tortishish kuchi- bu obyektlarni bir-biriga tortadigan ko'rinmas kuch. Masalan, tortishish kuchi tufayli biz osmonga uchib ketmaymiz, balki yerda qolamiz! Bu kuch nafaqat sayyoramizda, balki butun koinotda ham amal qiladi. Shu kabi koinot mavzusiga oid darslarni "Milliy ta'lim resurslari" YouTube kanalidagi "Bolalar sayyorasi" multfilmlar to'plamida tomosha qiling va bilimlaringizni oshiring!

ITSM
1 348
🎵Musiqaning o'qishga ta'siri: ohang ongga qanday yordam beradi❓ ▶️Musiqa nafaqat san'at, balki kuchli o'rganish vositasidir.
🎵Musiqaning o'qishga ta'siri: ohang ongga qanday yordam beradi ▶️Musiqa nafaqat san'at, balki kuchli o'rganish vositasidir. Uning maktab o'quvchilarining akademik ko'rsatkichlariga ta'siri ko'plab tadqiqotlar mavzusiga aylangan.
🎶Keling, musiqaning o'qishga bo'lgan ta'sirini ko'rib chiqamiz: ➡️O'quv jarayonini tezlashtiradi. Klassik yoki instrumental musiqa konsentratsiyani yaxshilashga yordam beradi, bu esa materialni chuqurroq tushunishga olib keladi. ➡️Xotirani yaxshilaydi. Musiqa miyaning xotira uchun mas'ul bo'lgan hududlarini faollashtiradi. Agar ma'lumot musiqiy hamrohlik kontekstida taqdim etilsa, yaxshiroq esda qoladi. ➡️Ijodiy fikrlashni rag'batlantiradi. Musiqa ijodiy fikrlash jarayonini rivojlantiradi. Musiqa darslari, bolalarga tanqidiy fikrlash va yangilik kiritish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Musiqa o'qish jarayonini butunlay o'zgartirishi mumkin. Shu sababli, o'qish paytida musiqani eshitish, o'quvchilarga yanada samarali bo'lishga yordam beradi.

ITSM
1 348
🖥Dasturlashda No-Code usuli qanday usul? 📇No-code usuli – bu dasturlash kodini yozmasdan, turli texnologik mahsulotlarni ya
🖥Dasturlashda No-Code usuli qanday usul? 📇No-code usulibu dasturlash kodini yozmasdan, turli texnologik mahsulotlarni yaratish imkoniyatini beruvchi yondashuvdir. U asosan mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron tijorat doʻkonlari va boshqa dasturiy loyihalarni tez va oson tarzda yaratishga yordam beradi.
🖥Eng mashhur No-Code platformalari: – Webflow: Veb-sayt yaratish uchun ajoyib platforma; Bubble: Murakkab veb-ilovalarni yaratishda yordam beruvchi qulay sayt; Airtable: Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashda oddiy va intuitiv tizim.
🧑‍💻No-code yondashuvi ko'pchilikka texnologik mahsulotlarni yaratish imkonini berib, loyihalarni tez va oson rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi. Bu nafaqat IT-mutaxassislar, balki boshqa soha vakillari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

ITSM
1 348
❔ERP- Yagona elektron tizimi haqida hech eshitganmisiz? ERP tizimi o'zi nima? ➡️ERP tizimi – Maktabgacha va maktab ta’limi ti
ERP- Yagona elektron tizimi haqida hech eshitganmisiz? ERP tizimi o'zi nima? ➡️ERP tizimi – Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘qituvchi va o‘quvchilarning baza ma’lumotlarini boshqarish, o‘quv jarayoni hamda maktablar boshqaruvi va boshqa jarayonlarni optimallashtirish axborot tizimi.
🛡Ushbu tizim amaldagi jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjatlarni elektronlashtirish, tizim xodimlariga raqamlashtirish orqali qator yangiliklar yaratish, inson omilini kamaytirish, hamda maʼlumot almashinuvida shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy etilgan.
🖥Bugungi kunga qadar ERP tizimida 10 000 dan ortiq davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining ma'lumotlari, mazkur maktablardagi 6,4 mln. nafardan ziyod oʻquvchiga oid maʼlumotlar onlayn yuritilishi toʻliq yoʻlga qoʻyilgan.

ITSM
1 348
Aziz vatandoshlar! O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Innovatsiya, texnologiya va
Aziz vatandoshlar! O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi! 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Ona tilimizning shuhrati butun dunyoga taralsin!

ITSM
1 348
💥 Tesla Optimus robotlari: sun'iy intellekt yutug'i 😉 Tesla tomonidan ishlab chiqilgan Optimus gumanoid roboti dastlab 2021
💥 Tesla Optimus robotlari: sun'iy intellekt yutug'i 😉 Tesla tomonidan ishlab chiqilgan Optimus gumanoid roboti dastlab 2021-yil oxirida taqdim etilgan bo'lib, "Tesla Bot" nomi bilan ham tanilgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni bo'lib o'tgan "We Robot" tadbirida esa Tesla kompaniyasi Optimus robotining yangilangan versiyasini taqdim etdi. 👍 Tesla Optimus roboti qanday vazifalarni bajaradi? Ishlab chiqarish obyektlarida ham, kundalik hayotda ham turli vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan ko'p funksiyali yordamchi sifatida mo'ljallangan. ↗️ Umuman olganda, Teslaning Optimus robotlari kompaniyaning texnologiya orqali innovatsiyalar va hayot sifatini yaxshilashga intilishini namoyish etadi. Shuningdek, Teslaning ta'kidlashicha, bunday gumanoidlarni ishga qabul qilish ishchi kuchi yetishmasligi muammolarini hal qilishga va ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

ITSM
1 348
Bolalar sayyorasi. 1-qism. Matematika. Kasrlar Kasrlar o'zi nima? Kasrlar qanday turlardan iborat? Kasr — matematikada birning bitta yoki bir nechta qismidan (boʻlagidan) iborat son. Kasr ikkita butun sonning nisbati bilan ifodalanadi. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. O'quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarni hosil bo'lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushga ko'ra sonning o'zini topishni ushbu video darsda qiziqarli usulda o'rganib olishingiz mumkin. Shu kabi matematika faniga oid darslarni "Milliy ta'lim resurslari" YouTube kanalidagi "Bolalar sayyorasi" multfilmlar to'plamida tomosha qiling va bilimlaringizni oshiring! 📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn

ITSM
1 348
⭐️Toshkent shahrida Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo'lib o'tdi 📣O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'li
+6
⭐️Toshkent shahrida Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo'lib o'tdi 📣O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda boshqa asosiy hamkorlarning faol ko'magida tashkil etilgan Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo'lib o'tdi.
💬Ushbu tadbirda Buyuk Britaniya, Germaniya va Xitoy kabi nufuzli mamlakatlarda joylashgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari va yuzga yaqin xorijiy oliy o'quv yurtlari ham ishtirok etdilar.
🌐Forum ishtirokchilari o'z mamlakatlarida ta'lim tizimlarini takomillashtirish uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan eng yangi tajribalarni o'rganish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

ITSM
1 348
❓Siz “Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish” haqida nimalarni bilasiz? 🖥“Zamonaviy maktab”larni baholash
Siz “Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish” haqida nimalarni bilasiz? 🖥“Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish” loyihasi zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan ta'lim muassasalarini baholashning samarali mexanizmini yaratishga qaratilgan muhim loyiha hisoblanadi.
📊"Zamonaviy maktablar" ni baholash jarayoni bir necha muhim bosqichlarni o'z ichiga oladi: ✔️Bir guruh inspektorlar maktabga jo'nab ketishi: malakali mutaxassislar baholash uchun muassasaga boradilar; ✔️Baholash jarayonining boshlanishi: muassasani baholash maxsus planshetdan foydalanish bilan boshlanadi, bu jarayonni yanada samarali va zamonaviy qilish imkonini beradi; ✔️Suratga olish: inspektor planshet yordamida suratga oladi va har bir element uchun mezonlarni qo`llaydi; ✔️Yakuniy baholash: jarayon tugagandan so'ng, inspektor to'ldirilgan javoblar va to'plangan ma'lumotlar asosida yakuniy ballni taqdim etadi; ✔️Sertifikat topshirish: yakuniy baholash asosida maktab belgilangan talablarga muvofiqligi darajasini tasdiqlovchi tegishli sertifikatni oladi.
🥇Tadbirda yaxshi natija ko'rsatgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlar topshiriladi, past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab" larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar taqdim etiladi.

ITSM
1 348
🥳Elektron kutubxona platformasi Kitob.uz foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi ✅ ⭐️"Update Star" kompaniyasining so'ng
🥳Elektron kutubxona platformasi Kitob.uz foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi ✅ ⭐️"Update Star" kompaniyasining so'nggi hisobotiga ko'ra, Kitob.uz platformasi o'z foydalanuvchilaridan "Juda yaxshi" bahoga sazovor bo'ldi. Ushbu reyting platformaning sifatli kontent va platformadan foydalanish qulayligini qadrlaydigan foydalanuvchilarning yuqori qoniqish darajasidan kelib chiqqan. 🖥Kitob.uz platformasi turli mavzular va janrlarni qamrab oluvchi 3500 ga yaqin elektron kitoblar va 1000 dan ortiq audiokitoblarni taklif etadi. 🙂“Kitob.uz” platformasidan siz ham samarali foydalaning! 📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn

ITSM
1 348
📝Maktab.uz” loyihasi - O'zbekistondagi ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan platforma bo'lib, u onlayn ta'lim resurslarini va o'quv materiallarini taqdim etadi. 👨‍👩‍👦Ushbu loyiha o'quvchilarga, o'qituvchilarga va ota-onalarga mo'ljallangan bir qator imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etadi.
🤓Maqsad: Ta'lim jarayonini samarali ravishda qo'llab-quvvatlash, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini oshirish. 😓Platforma: Onlayn platforma orqali o'quvchilar va o'qituvchilar uchun turli xil materiallar, darsliklar, testlar va resurslar taqdim etiladi. ✍️Interaktiv O'qitish: Maktab.uz o'quvchilarga interaktiv o'qitish usullarini taklif etadi, bu esa ta'lim jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.
📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn

ITSM
1 348
💻 Uyda o'quv joyini tashkil qilish bo'yicha TOP-5 maslahatlar: 🖥O'quv maydonini tashkil qilish onlayn ta'lim samaradorligid
💻 Uyda o'quv joyini tashkil qilish bo'yicha TOP-5 maslahatlar: 🖥O'quv maydonini tashkil qilish onlayn ta'lim samaradorligida muhim rol o'ynaydi. Qulay va samarali muhit yaratishga yordam beradigan ba'zi maslahatlar:
⬅️Qulay joyni tanlang: sizni chalg'itmaydigan burchakni toping. Yetarli yorug'lik va toza havo borligiga ishonch hosil qiling. ⬅️Qulay mebel: mashg'ulotlar paytida charchoq va noqulaylikni oldini olish uchun qulay stul va stoldan foydalaning. To'g'ri holatni saqlashga harakat qiling. ⬅️Minimalizm va tartib: stoldan barcha keraksiz narsalarni olib tashlang. Toza va tartibli ish maydoni diqqatni jamlashga yordam beradi. ⬅️ Jadval yarating: dars vaqtini aniqlang va unga rioya qiling. Bu sizga odatni shakllantirishga va o'quv jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. ⬅️ Motivatsiyani oshiring: o'quv maqsadlaringiz haqida foydali eslatmalarni osib qo'ying. Bu diqqatni jamlashga yordam beradi. ✅Qulay va funktsional o'quv joyini tashkil qilish muvaffaqiyatli onlayn ta'limning kalitidir.
📣 Markazning rasmiy sahifalariga ulanish: 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🕸 Veb-sayt | 📱 LinkedIn