😉
Portfolio tuzishning oltin qoidalari
Avvalroq portfolio nima va uning qanchalik muhimligi haqida post qoldirgan
edik. Bugun esa endi ishga joylashmoqchi bo’lgan yosh (va tajribali) mutaxassislar uchun yaxshi portfolio tuzish bo’yicha bir necha tavsiyalarni berib o’tamiz.
🗂
O’z ishingiz namunalarini yig’ing
O’z qilgan ishlaringiz va loyihalaringizni yig’ishingiz professional portfolio tayyorlashda birinchi qadam hisoblanadi. Bular orasida hisobotlar, rasmlar va tavsiyanomalar ham bo’lishi mumkin. Asosiysi berayotgan ma’lumotlaringiz ko’zlayotgan ish joyingizga mos bo’lishi kerak. Misol uchun, siz grafik dizayn yoki san’at bilan bog’liq sohalarga qiziqsangiz, portfolioga o’z ijodlaringizni qo’shishingiz sizga ko’proq foyda olib keladi.
🤝
Siz bilan birga ishlagan nufuzli kompaniyalar nomlari portfolioda albatta bo’lsin
Agar faoliyatingiz davomida hali unaqa tajriba bo’lmagan bo'lsa, uning o’rniga o’zingizning eng yaxshi loyihalaringizni portfolioga albatta qo’shib qo’ying. O’zingiz faxrlanadigan loyihalar yoki ish joylari ish beruvchida yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi.
⭐️
Baholar ham ahamiyatga ega
Ammo bu maktabda olingan baholar emas, balki sohangizning mutaxassislari, mijozlar, kompaniyalar yoki boshqa ish beruvchilar tomonidan sizning ishingizga nisbatan berilgan baholar va qayta aloqalardir. Ularni o’z portfoliongizga qo’shishingiz potensial ish beruvchida sizga mutaxassis sifatida ishonchni oshishiga katta ta’sir o’tkazadi.
✅
Portfolioni xatolardan xoli tarzda tuzing
Portfolioning tuzilishi va mazmuniga e'tiboringizni qaratib, oddiy imloviy xatolar haqida unutib qo’ymang, chunki bu siz haqingizdagi butun bir kartinani buzishi mumkin. Matnni albatta ko’zdan kechirib chiqing yoki boshqa birovdan uni ko'rib chiqishni so'rang. Ular katta ehtimol bilan sizning ko’zingizga tashlanmagan xatolarni payqashadi.
👨💻
O’z ko’nikmalaringiz haqida ham ma’lumot bering
Har qanday sizning samaradorligingizni yoki ishingiz sifatini yaxshilashga yordam beruvchi ko’nikmalar, sizga bo’lgan talabni kuchaytirishi mumkin. Sababi, ish beruvchilar ham bilishadiki, universal ko’nikmalarga ega mutaxassislar kompaniya o’sishiga sezilarli darajada hissa qo’sha olishadi.
🤔
Sizningcha qaysi ko’nikmalar bugungi kunda aktual hisoblanadi? Javobingizni kommentariyda qoldiring!
@data_learning_centre