ch
Feedback
"TUPROQ TAHLIL MARKAZI" DM

"TUPROQ TAHLIL MARKAZI" DM

前往频道在 Telegram

“ТУПРОҚ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат муассасаси расмий телеграм канали.

显示更多
749
订阅者
+124 小时
无数据7
+730
帖子存档
🐠 O‘zbekistonga Tailanddan 86,4 ming dollarlik manzarali baliqlar import qilingan Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga
🐠 O‘zbekistonga Tailanddan 86,4 ming dollarlik manzarali baliqlar import qilingan Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 122,9 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan manzarali tirik baliqlar import qilingan.
📊 Import qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,2 foizga oshgan.
🌍 Mazkur davrda O‘zbekistonga manzarali baliqlar yetkazib bergan davlatlar (AQSH dollarida): Tailand – 86,4 ming dollar Indoneziya – 18,7 ming dollar Hindiston – 8,2 ming dollar Malayziya – 5,1 ming dollar Xitoy – 3,4 ming dollar Keniya – 1,2 ming dollar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

🌱 Oddiy soda – dehqonning eng yaqin yordamchisi! Uy sharoitida oddiy isteʼmol sodasidan foydalanib, bog‘ va ekinlaringizni turli kasallik hamda zararkunandalardan himoya qilishingiz mumkinligini bilasizmi? Videoda ko‘rsatilgan usullarning ilmiy asoslari: ➡️Oq pardali chirishga (un-shudring) qarshi: Soda ishqoriy muhit hosil qilib, bodring va qovoqdoshlarda uchraydigan zamburug‘larning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. ➡️Shilliqqurtlardan himoya: Ekinlar atrofiga sepilgan soda ularning terisini suvsizlantirib, o‘simlikka yaqinlashishiga to‘sqinlik qiladi. ➡️Zararkunanda shiralarga qarshi: Soda va sovun aralashmasi mayda zararkunandalarning nafas olish yo‘llarini to‘sib, ularni yo‘q qilishga yordam beradi. ⚠️ Eslatma: O‘simliklarga ziyon yetkazmaslik uchun eritmada nisbatlarga qatʼiy rioya qiling! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

#Kun_hikoyasi HAMMA NARSA KO‘RINGANI KABI EMAS Rangpar libosdagi ayol va oddiy, biroz eskirgan kostyumdagi erkak Boston vokza
#Kun_hikoyasi HAMMA NARSA KO‘RINGANI KABI EMAS Rangpar libosdagi ayol va oddiy, biroz eskirgan kostyumdagi erkak Boston vokzalida poyezddan tushib, oldindan uchrashuv belgilamasdan Garvard universiteti rektori qabulxonasiga kirib kelishdi.Kotiba ularning tashqi ko‘rinishiga qarab, bu oddiy qishloqi insonlarning Garvardda nima ishi bor ekan, deb o‘yladi.— Biz rektor bilan uchrashmoqchimiz, — dedi erkak muloyimlik bilan.— U kun bo‘yi band bo‘ladi, — dedi kotiba sovuqqonlik bilan.— Mayli, kutamiz, — dedi ayol. Kotiba ularni qabulxonada to‘rt soatdan ortiq kutdirib qo‘ydi.U er-xotinning sabri tugab, ketib qolishlarini umid qilardi. -Ammo ular ketishmadi.Nihoyat, kotiba noiloj rektor huzuriga kirib dedi:— Agar ularga bir necha daqiqa vaqt ajratsangiz, ehtimol ketishar.Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘ldi. U muhim shaxs bo‘lgani uchun har kim bilan ham uzoq suhbatlashishga vaqt topa olmasdi. Qabulxonadagi sodda kiyingan mehmonlarni ko‘rib, ichida ularga nisbatan mensimaslik hissini tuydi. Davomini o‘qing👉

Tuproq tahlil natijalarini ishonchliligini belgilashda namuna olish chuqurligi nechog‘li muhim? ⛏️Tuproq namunalari qaysi chu
Tuproq tahlil natijalarini ishonchliligini belgilashda namuna olish chuqurligi nechog‘li muhim?    ⛏️Tuproq namunalari qaysi chuqurlikdan va qanday tartibda olinishi tekshiruvning maqsadiga, yani agrokimyoviy xaritanoma tuzish, o‘g‘itlash me‘yorlarini belgilash, ilmiy tadqiqot yoki tuproq unumdorligi (bonitetini) aniqlashga bog‘liq. 📝Agrokimyoviy xaritanoma va o‘g‘itlash me‘yorlarini belgilash uchun namuna olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - Yer maydonlari shartli ravishda o‘rtacha 5 gektarlik uchastkalarga bo‘linadi. Har bir uchastkaning haydalma qatlamidan (0–30 sm chuqurlikdan) bir necha nuqtadan tuproq namunasi olinadi. Namunalar diagonal, yo‘nalish yoki konvert usulida olinishi mumkin, usullar tanlovi mutaxassis tomonidan dala sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. 🏢Tuproq tadqiqot ishlari “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tuproqshunos mutaxassislari tomonidan sifatli tarzda amalga oshiriladi. Davomini batafsilda o‘qing 👉

31-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +30° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 38° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +35°iliq, o
31-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +30° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 38° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +35°iliq, ochiq. 🌙Kechasi: +27° iliq, ochiq. 🌬Shamol g‘arbdan 3-2 m/s tezlikda esadi. 🌞Quyosh chiqishi: 5:09 🪐Quyosh botishi: 19:49 💧Namlik-34-40% 💫Atmosfera bosimi- 716-714 mm. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

Tuproq eritmasi: tirik va notirik dunyo o‘rtasidagi zanjir M.Majidov, "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi mutaxassisi:
Tuproq eritmasi: tirik va notirik dunyo o‘rtasidagi zanjir M.Majidov, "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi mutaxassisi: Tuproq eritmasi — tuproq tarkibidagi suv va unda erigan moddalar (mineral tuzlar, organik birikmalar, gazlar) majmuasi sanaladi. U tuproqning eng faol va dinamik qismi hisoblanib, tuproq unumdorligi va o‘simliklar hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tuproq eritmasi biosfera tirik va notirik dunyo o‘rtasidagi zanjir tariqasida yerda yashovchi yashil o‘simliklarning yashashi uchun imkoniyat yaratish yo‘li bilan hayotni qo‘llab-quvvatlaydi. Qishloq xo‘jaligida amaliy ahamiyati: a)     Qishloq xo‘jaligida: o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri rejalashtirish uchun tuproq eritmasining tarkibi (konsentratsiyasi, ionlar nisbati) bilish zarur. b)    Sug‘oriladigan yerlarda: eritmaning tuzlilik darajasini nazorat qilish sho‘rlanishning oldini olishga yordam beradi. c)   Ekologik monitoringda: tuproq eritmasi orqali ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi baholanadi. Batafsilda to‘liq tanishing👉

“Biz – yagona Vatan farzandlarimiz” 🇺🇿30-iyul—Xalqlar do‘stligi kunini yurtimizda keng miqyosda nishonlash tadbirlari bo‘li
+4
“Biz – yagona Vatan farzandlarimiz” 🇺🇿30-iyul—Xalqlar do‘stligi kunini yurtimizda keng miqyosda nishonlash tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mana shunday "Biz—yagona Vatan farzandlarimiz" mavzusidagi tadbirlardan biri "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasida ham bo‘lib o‘tdi. 🏆Tadbirda uzoq yillardan beri ahil-inoqlikda birgalikda faoliyat olib yuritib kelayotgan turli millat vakillarining mehnatlari jamoa tomonidan munosib qadrlanib, eʼtirof etildi. 🤝Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqan xodimlar bu ahillikning tashkilot rivojidagi hissasiga alohida to‘xtalib, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

FERMERLAR DIQQATIGA! 49 yilga ijaraga olingan qishloq xo‘jaligi yeriga uy yoki bino qurish mumkinmi? Ko‘pchilik bilmaydigan javob Prezidentning 322-son qarorida! Siz uchun foydali. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

#Xalqlardostligi_kuni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni nishonlanmoqda 🇺🇿 Bugun mamlakatimizda yana bir qadrli bayram keng n
+4
#Xalqlardostligi_kuni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni nishonlanmoqda 🇺🇿 Bugun mamlakatimizda yana bir qadrli bayram keng nishonlanmoqda. Bu tili, dini turlicha bo‘lsa-da, bir Vatanda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqining bayramidir. Bizning ona zaminimiz, qadriyatlarimiz, maqsadlarimiz bitta. 🎎 Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya namoyandalari do‘stlik, totuvlik va o‘zaro hurmat muhitida ahil-inoq yashamoqda. Ular orasida tinchlik, birdamlik va bag‘rikenglik tamoyillari mustahkam qaror topgan. 🤝Xalqlar do‘stligi kuni barchamiz uchun do‘stlik, birdamlik va totuvlik ramzi bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. 🔊Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat bardavom bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

30-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +29° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +35°iliq, o
30-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +29° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +35°iliq, ochiq. 🌙Kechasi: +27° iliq, ochiq. 🌬Shamol g‘arbdan 3-2 m/s tezlikda esadi. 🌞Quyosh chiqishi: 5:09 🪐Quyosh botishi: 19:49 💧Namlik-34-44% 💫Atmosfera bosimi- 715-715 mm. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

1-avgust yaqinlashmoqda: etefon qo‘llashda nimalarga e‘tibor berish kerak? 🌱 Paxtachilikda hosilning erta va bir maromda pishib yetilishi etefon gormonini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qo‘llashga ham bog‘liq. 1-avgust sanasi yaqinlashar ekan, bu masala har bir paxtakor uchun ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. 🎥 Ushbu videoda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov etefonni qaysi maydonlarda qo‘llash kerakligi, uni sug‘orish bilan qanday uyg‘unlashtirish lozimligi, barcha dalalarga bir xil tartibda sepish mumkinmi kabi eng ko‘p uchraydigan savollarga ilmiy asoslangan va amaliy tavsiyalar bilan batafsil javob beradi. ✅ Videoni tomosha qiling va etefonni qo‘llashdagi eng muhim jihatlar, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar bilan tanishing. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

🌍 Xalqaro tajriba almashinuvi: Tuproqshunoslarning yozgi maktabi 🏢Ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasining Leybni
+3
🌍 Xalqaro tajriba almashinuvi: Tuproqshunoslarning yozgi maktabi 🏢Ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasining Leybnits Hannover universiteti tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining Ostona va Shortandi shaharlarida o‘tkazilayotgan "ExSoil International Summer School 2026" xalqaro yozgi maktabida "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasining yetakchi tuproqshunosi D.Umirzoqov ham ishtirok etmoqda. 📌 Yozgi maktab "Iqlim o‘zgarishi sharoitida qurg‘oqchil hududlar va mo‘rt landshaftlarda tuproq eroziyasi hamda yer degradatsiyasi"mavzusiga bag‘ishlangan. 📝Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda: 🔹 Tuproq eroziyasi va yer degradatsiyasi, 🔹 Zamonaviy monitoring usullari; 🔹 Raqamli tuproq xaritalash; 🔹 Barqaror yer resurslarini boshqarish; 🔹 Iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalari. Tadbir tafsilotlari bu yerda👉

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Parrandachilik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi “Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yic
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Parrandachilik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi
“Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 23.07.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab 10 foiz stavkada ajratiladi. ✅ Bunda ushbu shartlar faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi. Batafsil tanishing👉

Qalampir gullari to‘kilib ketsa nima qilish kerak? Qalampir gullarining to‘kilib ketishi hosilning kamayishiga olib keladigan
Qalampir gullari to‘kilib ketsa nima qilish kerak? Qalampir gullarining to‘kilib ketishi hosilning kamayishiga olib keladigan eng muhim muammolardan biridir. Bunga ko‘pincha haroratning keskin o‘zgarishi, noto‘g‘ri sug‘orish, oziqa moddalar yetishmasligi yoki changlanishdagi muammolar sabab bo‘ladi.Qalampir o‘simligi mo‘l hosil berishi uchun gullarning sog‘lom saqlanishi va meva tugish jarayonining normal kechishi muhim hisoblanadi. Agar gullar ochilgandan keyin to‘kilib ketsa, bu o‘simlikning stress holatiga tushganidan yoki agrotexnik tadbirlarda kamchilik borligidan darak beradi. Eng ko‘p uchraydigan sabablardan biri — yuqori haroratdir. Havo harorati 35°C dan oshganda yoki kechalari juda issiq bo‘lganda changlanish jarayoni buziladi va gullar to‘kilib ketishi mumkin. Sug‘orishdagi xatolar ham gullarning to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning haddan tashqari qurib qolishi yoki aksincha ortiqcha namlanishi ildiz faoliyatini susaytirib, o‘simlikda stress holatini yuzaga keltiradi. Bayafsil👉

29-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +30° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +34°iliq, o
29-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +30° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +34°iliq, ochiq. 🌙Kechasi: +27° iliq, ochiq. 🌬Shamol g‘arbdan 3-2 m/s tezlikda esadi. 🌞Quyosh chiqishi: 5:09 🪐Quyosh botishi: 19:49 💧Namlik-37-42% 💫Atmosfera bosimi- 715-715 mm. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

🏙 O‘zbekistonda korxonalar ko‘proq qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda? Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 20
🏙 O‘zbekistonda korxonalar ko‘proq qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda? Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 596,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan: Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 130 890 tani tashkil etmoqda.

🍉 Dehqonchilikdagi muhim jarayon: Tarvuz dalasiga oltingugurtni (sulfat) qo‘lda sepish kerakmi? Mutaxassislarning ta‘kidlash
🍉 Dehqonchilikdagi muhim jarayon: Tarvuz dalasiga oltingugurtni (sulfat) qo‘lda sepish kerakmi? Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, oltingugurtni aynan shunday, ya‘ni hech qanday apparatlarsiz, qo‘lda sepish yaxshi samara beradi. Asosiy foydalari: 🕷 O‘rgachaksimon kana (shomil) va boshqa mayda zararkunandalarga qarshi kurashishda eng ishonchli vosita; 🍄 Un-shudring kabi keng tarqaladigan zamburug‘li kasalliklarning oldini oladi; 🌱 O‘simlikning sog‘lom rivojlanishi va hosildorlikni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati belgilandi Adl
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati belgilandi
Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini (ro‘yxat raqami 3905, 21.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) “nol” foizlik stavkasi qo‘llaniladi. ✅ Shunga ko‘ra, QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxati tasdiqlandi. ⏭️ Ushbu Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi. Batafsil tanishing👉

Sho‘rtob (sodik) tuproqlarda o‘g‘it samaradorligini qanday oshirish mumkin? Ko‘pincha hosildorlikning past bo‘lishiga o‘g‘it
Sho‘rtob (sodik) tuproqlarda o‘g‘it samaradorligini qanday oshirish mumkin? Ko‘pincha hosildorlikning past bo‘lishiga o‘g‘it yetishmasligi emas, balki sho‘rtob (sodik) tuproqlarda oziqa elementlarining o‘simlik uchun o‘zlashtirilmasligi sabab bo‘ladi. Sho‘rtob tuproqlarda pH odatda 8,5–10 oralig‘ida bo‘lib, natriy (Na⁺) miqdori yuqori, kaltsiy (Ca²⁺) esa kam bo‘ladi. Natijada tuproq zichlashadi, suv shimilishi yomonlashadi. Nima qilish kerak? ✅ Organik o‘g‘itlar va kompost qo‘llash – organik moddalar parchalanganda hosil bo‘ladigan organik kislotalar pHni pasaytirishga yordam beradi. ✅ Gips (CaSO₄·2H₂O) qo‘llash – almashinuvdagi natriyni siqib chiqarib, tuproq tuzilishini yaxshilaydi. ✅ Zarurat bo‘lsa oltingugurt yoki sulfat kislota asosidagi meliorativ tadbirlarni qo‘llash. ✅ Drenaj va sug‘orish tizimini yaxshilash – ortiqcha tuzlarni ildiz zonasidan chiqarishga yordam beradi. ✅ Foydali mikroorganizmlar (PGPR) va melassa qo‘llash – mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytiradi. Batafsil👉

28-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +31° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +34°iliq, o
28-iyul 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +31° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +34°iliq, ochiq. 🌙Kechasi: +26° iliq, ochiq. 🌬Shamol g‘arbdan 4-2 m/s tezlikda esadi. 🌞Quyosh chiqishi: 5:09 🪐Quyosh botishi: 19:49 💧Namlik-37-44% 💫Atmosfera bosimi- 715-714 mm. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt