DiziPro
前往频道在 Telegram
DiziPro — 3 o'lchamli olamni kashf eting! INTERYER VA EXTERYER KANAL: @dizipro_interior 📞 Telefon: +998994008800 🌐 www.dizipro.uz/modeling 👨💻 Murojaat uchun: @dizipro_edu
显示更多7 222
订阅者
+324 小时
+167 天
+3230 天
帖子存档
7 224
+3
Challange boshladim
Hozirda noldan kursni boshlab, oxirigacha tugatish uchun challange kanal ochdim, sizga ham qiziq bo‘lsa qo‘shilib oling @Diziprochallange
3D max dagi kerakli instrumentlarni oson yodlab qolish uchun izohli rasm qilib chiqyapman, xotirada yaxshi qolishi uchun.
Kanal @Diziprochallange
7 224
Repost from DIZIPRO | INTERIOR & EXTERIOR
Ushbu videomizda Toshkent shahridagi 60 kvadrat metrlik 2 xonali xonadonning to'liq "podklyuch" bitkazilgan eksklyuziv loyihasi bilan bo'lishamiz.
Nega bugungi kunda aynan 2 xonali uylar eng yaxshi va qulay tanlov hisoblanadi? Oddiy ko'ringan kichik detallar yordamida uyni qanday qilib haqiqiy premium darajaga ko'tarish sirlari nimada? Barcha qiziqarli ma'lumotlarni video davomida bilib olasiz.
Videoni ko'rish
7 224
Interyer va Exteryer kasbiga qiziqsangiz, va bu bo’yicha foydali ma’lumotlarni va yangiliklarni har kuni olib borishni istasangiz⬇️
Telegram kanalimizga qo’shiling: @dizipro_interior
7 224
Dizipro o'quv markaziga sotuvchi manager kerak ekan. Ofis Olmazorda (Qorasaroyda)
Aloqa uchun: @yamtrifri
7 224
+9
Ko'rib turgan 10 dan ortiq loyihalaringizni, darslik davomida sizlar bilan birgalikda barajaramiz.
Kurs davomida qaysi dasturlarni o‘rganasiz?
Autodesk Revit — Binolar va klassik fasadlarni professional modellashtirish.
Autodesk 3ds Max — Murakkab interyer va obektlarni 3D shaklga keltirish.
Corona Renderer — Fotorealistik yorug‘lik va murakkab materiallar (tekstura) bilan ishlash.
Lumion — Tezkor va sifatli render hamda video animatsiyalar tayyorlash.
Adobe Photoshop — Renderlarga yakuniy ishlov berish (Post-production).
DaVinci Resolve — Tayyorlangan video kadrlarni professional montaj qilish.
Kursga yozilish uchun 👉 @dizipro_interyer
7 224
+3
10 kunda bitgan interyer dizayn. 60 kv 20$ dan 1200$ ga bitgan.
Bu faqat dizaynini o'ziga. Undan tashqadi remont bitishini ham nazoratga olishsa bundan ham ko'proq olishar ekan.
Interyer va Exteryer bo'yicha Mansur aka bilan 15 minutli jaydari suhbat qurdik. Agar sohani o'rganib mutaxasis bo'lish niyati paydo bo'lgan bo'lsa havola orqali videoni olishiz mumkin 👇
💡 VIDEO
7 224
Xalqaro kosmik stansiyaning 3D modelini pastdagi link orqali aylantirb ko'rishiz mumkin.
LINK 👉 https://sketchfab.com/3d-models/1617d44d5d7c4430aecfa48b2e85e529
@dizipro
7 224
Ishlab chiqarish va 3D printerlar uchun 3D modellar sotiladigan marketplace qildik.
Stlstore.org
Bu 3d modellarni turbosquid.com va cgtrader.com saytlarida ham sotish uchun yuklayapmiz.
3D modeling jiddiy soha. Lekin odamlar diqqatini ushlay olmagani uchun o'rganolmasdan negativ fikrga kelib qoladi.
Masalan bu loyihamiz 3D modelchilarga juda muxtoj.
Iltimos kurs oldilarmi ohirgacha tugatinglar.
7 224
Repost from DIZIPRO | INTERIOR & EXTERIOR
💸 Interyer dizaynerlar qancha topadi?
Bu sohadagi daromad ko'p omillarga bog'liq. Videoda esa taxminiy raqamlar haqida gaplashdik
Kursga yozilish uchun: @dizipro_interyer
@dizipro_interior
7 224
Mashinalar 3D sahnada qanday test qilinadi?
Ko'pchilik mashinalarning xavfsizligini tekshirish uchun faqat real Crash-testlar (mashinani devorga urish) o'tkaziladi deb o'ylaydi.
🤑 Lekin bir dona prototipni yasab, keyin uni urib sindirish millionlab dollarga tushadi.
Shuning uchun,
Hali mashinaning birorta detali quyilmasidan oldin, uning o'ta aniq 3D modeli yasaladi. So'ngra maxsus dasturlarda u virtual devorga urib ko'riladi.
Jarayonni Fransiyadagi tadqiqot markazi videosida ko'rishingiz mumkin.
@dizipro
7 224
3D modeling qaysi sohalarda bor? (2-qism)
Atrofingizga qarang, koʻzingizga koʻringan har qanday narsaning ishlab chiqarilishdan oldin 3D modeli yasaladi.
Mana bu sanoat dizayni deyiladi. Nega shunchaki chizma chizib, ishlab chiqarishga berib yuborish mumkin emas? 3D model nega bunchalik muhim?
🛡 Millionlab dollarlik xatolardan himoya
Yangi avtomobil yoki smartfonni ishlab chiqarish uchun qoliplar tayyorlash juda qimmatga tushadi. 3D model yordamida har bir detalning bir-biriga tushishi millimetrigacha tekshiriladi. Bu zavoddagi brak mahsulotlar chiqish oldini oladi.
🏎 Virtual testlar
Mashina ishlab chiqarilishidan oldin, uning 3D modeli virtual dunyoda devorga urib ko‘riladi, shamol qarshiligi va og‘irlikka chidamliligi tekshiriladi. Bu inson hayoti xavfsizligini ta’minlashning eng arzon va samarali yo‘li.
🏖 Ergonomika
Siz ushlagan telefon qo‘lingizga qanchalik qulay tushishi, tugmalarning joylashuvi yoki kresloning belga mosligi — bularning barchasi avval 3D formatda "his qilib" ko‘riladi. Modelchi buyumni inson tanasiga moslashtiradi.
📷 Fotorealistik reklama, marketing
Hali mahsulotning o‘zi zavoddan chiqmasdan turib, uning 3D modeli yordamida ajoyib reklama roliklari tayyorlanadi. Biz reklamalarda ko‘rayotgan mahsulotlarning 90% i aslida o‘ta sifatli 3D renderlardir
Agar sizda imkoniyat bo‘lsa, qaysi buyumning 3D modelini yasab ko‘rardingiz?
@dizipro
7 224
3D modelda operatsiya mashqi qanday amalga oshiriladi?
❤️ Tasavvur qiling, sizning yuragingizni operatsiya qilish kerak boʻlib qoldi.
Shunda sizning yuragingiz MRT yoki MSKT natijalarini olib, 1:1 holatda 3D nusxasini yasashadi.
Shu model 3D printerda maxsus egiluvchan materiallardan, xuddi tirik toʻqimadek chop etiladi.
🫀 Jarroh operatsiyadan bir necha kun oldin oʻsha modelni qoʻliga ushlab, qayeridan kesish, qaysi tomirni bogʻlash va qanday qilib oʻsimtaga yetib borishni mashq qilib koʻradi.
Natijada,
🌟 operatsiya vaqti oʻrtacha 42.5% ga tezlashadi
🌟 kutilmagan vaziyatlar va xatolar kamayadi
🌟 vaqt qisqargani hisobiga, siz kamroq qon yoʻqotasiz
Mana shu yoʻnalish "Tibbiy 3D vizualizatsiya" deb ataladi va dunyoda eng qimmat sohalardan biridir. Moʻjiza-ya?
👨⚖️ 3D modeling oʻldi deb yurganlar, shu yerdamisiz?
@dizipro
