OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿
前往频道在 Telegram
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi. Rasmiy sayt: dsmi.uz Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15
显示更多4 794
订阅者
-1324 小时
-557 天
+47630 天
数据加载中...
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+695
在39个频道中
六月 '26
+246
在45个频道中
Get PRO
五月 '26
+131
在39个频道中
Get PRO
四月 '26
+105
在43个频道中
Get PRO
三月 '26
+92
在71个频道中
Get PRO
二月 '26
+99
在20个频道中
Get PRO
一月 '26
+79
在23个频道中
Get PRO
十二月 '25
+56
在52个频道中
Get PRO
十一月 '25
+96
在36个频道中
Get PRO
十月 '25
+89
在47个频道中
Get PRO
九月 '25
+153
在42个频道中
Get PRO
八月 '25
+258
在24个频道中
Get PRO
七月 '25
+784
在125个频道中
Get PRO
六月 '25
+272
在68个频道中
Get PRO
五月 '25
+465
在48个频道中
Get PRO
四月 '25
+146
在61个频道中
Get PRO
三月 '25
+124
在58个频道中
Get PRO
二月 '25
+164
在82个频道中
Get PRO
一月 '25
+172
在92个频道中
Get PRO
十二月 '24
+121
在85个频道中
Get PRO
十一月 '24
+103
在25个频道中
Get PRO
十月 '24
+120
在40个频道中
Get PRO
九月 '24
+181
在60个频道中
Get PRO
八月 '24
+339
在11个频道中
Get PRO
七月 '24
+822
在52个频道中
Get PRO
六月 '24
+331
在21个频道中
Get PRO
五月 '24
+196
在18个频道中
Get PRO
四月 '24
+119
在32个频道中
Get PRO
三月 '24
+125
在13个频道中
Get PRO
二月 '24
+137
在10个频道中
Get PRO
一月 '24
+104
在7个频道中
Get PRO
十二月 '23
+137
在11个频道中
Get PRO
十一月 '23
+184
在15个频道中
Get PRO
十月 '23
+252
在9个频道中
Get PRO
九月 '23
+241
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+260
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+775
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+160
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+160
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+180
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+109
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+211
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+327
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+124
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+228
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+122
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+256
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+249
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+380
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+227
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+270
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+152
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+83
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+143
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+357
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+81
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+91
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+90
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+181
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+189
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+236
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+990
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+103
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+112
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+74
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+94
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+110
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+1 543
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 31 七月 | +2 | |||
| 30 七月 | +1 | |||
| 29 七月 | +3 | |||
| 28 七月 | +2 | |||
| 27 七月 | 0 | |||
| 26 七月 | +2 | |||
| 25 七月 | +4 | |||
| 24 七月 | +4 | |||
| 23 七月 | +5 | |||
| 22 七月 | +5 | |||
| 21 七月 | +2 | |||
| 20 七月 | +10 | |||
| 19 七月 | +2 | |||
| 18 七月 | +2 | |||
| 17 七月 | +5 | |||
| 16 七月 | +5 | |||
| 15 七月 | +2 | |||
| 14 七月 | +4 | |||
| 13 七月 | +8 | |||
| 12 七月 | +5 | |||
| 11 七月 | +65 | |||
| 10 七月 | +101 | |||
| 09 七月 | +100 | |||
| 08 七月 | +125 | |||
| 07 七月 | +103 | |||
| 06 七月 | +26 | |||
| 05 七月 | +16 | |||
| 04 七月 | +11 | |||
| 03 七月 | +22 | |||
| 02 七月 | +35 | |||
| 01 七月 | +18 |
频道帖子
+6
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi BGUIRga tashrif buyurdi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi tarkibida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Maksim Savochkin, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent Aziza Kurbanova, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jasurbek Shermuhammedov Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
29-iyul kuni tashrif dasturi doirasida delegatsiya «Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BGUIR)»ga tashrif buyurdi hamda universitet rektori Vadim Bogush, Ta’lim xizmatlarini ilgari surish markazi boshlig‘i Andrey Ushkurov va Masofaviy ta’limni rivojlantirish markazi boshlig‘i o‘rinbosari Anna Tereshkova bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar raqamli ta’limni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, akademik mobillikni kengaytirish, shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasida BGUIRning quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga alohida qiziqish bildirildi: elektron marketing; raqamli marketing; axborotni boshqarish tizimlari; sun’iy intellekt; axborot tizimlari va texnologiyalari (o‘yin industriyasida axborot tizimlari va texnologiyalari). Belarus tomoni professor-o‘qituvchilarni tayyorlash, talabalar uchun stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish hamda ta’limni raqamli transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt sohalarida yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
| 2 | 🎓 Rossiyaning TOP muhandislik universitetida o‘qish imkoniyati endi Toshkentda!
Agar siz IT, axborot texnologiyalari yoki elektronika yo‘nalishlarida tahsil olishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-276-son qarori asosida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent filiali ilk bor abituriyentlar uchun qabulni boshladi.
📅 Hujjatlar 28-avgustga qadar qabul qilinadi.
📚 Bakalavriat yo‘nalishlari:
▫️ Informatika va hisoblash texnikasi
▫️ Axborot tizimlari va texnologiyalari
▫️ Elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi
📝 Kirish imtihonlari:
✔️ Matematika
✔️ Rus tili
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy.
🌐 Batafsil ma'lumot:
🌍 Rasmiy sayt
📎 Hujjat topshirish
🚀Telegram
📷Instagram
Murojaat uchun:
☎️ +998 50 074 40 80
☎️ +998 97 712 10 30
⚡️ Muhandislik sohasida xalqaro darajadagi ta'lim olishni istasangiz, hujjat topshirishni kechiktirmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 736 |
| 3 | #30_iyul_Xalqlar_doʻstlik_kuni #Hududlarda_bayram_shukuhi
30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Do‘stlik” festivalidan videorolik.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 938 |
| 4 | #mandat #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 938 |
| 5 | ⚡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti TOP 20 talikdan joy oldi
2026-yil uchun e’lon qilingan O‘zbekistonning TOP 20 oliy ta’lim muassasalari reytingida Madaniyat vazirligi tizimidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 19-o‘rindan joy oldi. Reyting ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar salohiyati, bitiruvchilarning ishga joylashuvi, xalqaro hamkorlik va boshqa qator mezonlar asosida shakllantirilgan.
Mazkur natija institutda san’at va madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda ijodiy va ilmiy salohiyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir e’tirofi bo‘ldi.
Madaniyat vazirligi jamoasi institut professor-o‘qituvchilari, talabalari va barcha xodimlarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 810 |
| 6 | #Qabul2026 #Abituriyent2026
Tanlov ustuvorligini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
👥 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.
💼 Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:
✔️ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
✔️ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
✅ Abituriyentga:
⚫️ tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;
⚫️ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.
❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 840 |
| 7 | #Yoshlar_kuni #Rahbar_va_yoshlar #DoʻstlikFest
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: YAGONA VATAN, UMUMIY MAQSAD VA HAMJIHATLIK
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, keyingi o‘n yillikda mamlakatimiz erishgan yutuqlar hamda mustaqillikning yosh avlod hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Xususan, bugungi yoshlarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, muloqot davomida “Biz – yagona Vatan farzandlarimiz”, “O‘zbekiston – yagona Vatan”, “Qo‘shnichilik va bag‘rikenglik saboqlari” mavzulariga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizdagi millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini asrab-avaylash, jamiyatda do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashda yoshlarning o‘rni xususida fikr almashildi.
Uchrashuvda yoshlarning o‘z ijodiy faoliyatida Vatanga muhabbat, millatlar do‘stligi, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarni keng aks ettirishi muhim ekani ta’kidlandi. Zero, san’at va ijod orqali ushbu g‘oyalarni targ‘ib etish yoshlar qalbida Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, jamiyatda hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni institut hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ijodiy jarayonlarga yanada faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi. | 1 015 |
| 8 | #Tizim_tashkilotlari
⚡️Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi
29-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Respublika baxshichilik san’ati markazi hamda Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan tanishdi.
Taqdimotlarda Respublika baxshichilik san’ati markazi direktori Oloviddin Xo‘jamberdiyev hamda Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi direktori Behruz Mirzayev tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, mavjud natijalar va ikkinchi yarim yillik uchun belgilangan ustuvor vazifalar taqdim etildi.
Muhokamalar davomida tashkilotlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, ularning samaradorligini oshirish, ish sifatini yuksaltirish va belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarni tashkil etish, mahorat maktablari uchun zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish, sohaga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida barcha tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda yuqori sifat bilan amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 685 |
| 9 | #Dayjest
#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
⚡️Qirg‘iz Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
✔️"Kabar" axborot agentligi — Cho‘lpon-Otada O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi madaniyat kunlari boshlandi;
➡️Madaniyat kunlari – ikki xalqni yanada yaqinlashtiruvchi madaniy ko‘prik;
➡️Qirg‘iziston va O‘zbekistonning do‘stligi asrlarga tutash tarixga ega — Ozodbek Nazarbekov;
➡️O‘zbekiston madaniyat vaziri Cho‘lpon-Otada qirg‘iz tilida qo‘shiq kuyladi;
➡️Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston madaniyati kunlari yakunlandi — fotoreportaj;
✔️"MIR" MTRK Qirg‘iziston — Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari. Ikki qardosh xalqni nima birlashtiradi?
➡️ Milliy musiqa, raqslar va bir sahnada jam bo‘lgan yuzlab san’atkorlar. Qirg‘izistonda o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari turli mamlakatlardan kelgan mehmonlarni bir joyga jamladi.
🔹Telegram 🔹Instagram | 720 |
| 10 | #Xalqaro_reyting #OʻzDSMI #Eduniversal
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Eduniversal 2026 xalqaro reytingida Markaziy Osiyoning yetakchi san’at va madaniyat oliygohi sifatida e’tirof etildi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi. Fransiyaning nufuzli Eduniversal tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, institut “Arts & Luxury Management” yo‘nalishidagi dunyoning eng munosib oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritildi.
Reyting natijalariga muvofiq, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur yo‘nalish bo‘yicha eng kuchli ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi sifatida qayd etildi hamda “Regional Actor” (“Mintaqaviy yetakchi ijodiy markaz”) maqomiga sazovor bo‘ldi.
Eduniversal — biznes, menejment, san’at va boshqaruv sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarini baholaydigan xalqaro reyting platformalaridan biri bo‘lib, unda ta’lim sifati, akademik nufuz, xalqaro hamkorlik va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi kabi mezonlar inobatga olinadi.
Mazkur e’tirof O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayishi, zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etilishi hamda san’at va madaniyat sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi izchil faoliyatning xalqaro miqyosdagi amaliy e’tirofidir.
Bu natija mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, milliy san’at va madaniyat ta’limining jahon ta’lim makonidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim yutuqlardan biri hisoblanadi.
Manba: https://eduniversal-ranking.com/schools-of-excellence/arts-luxury | 925 |
| 11 | #diqqat_tanlov
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.
☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
⏺Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8
⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7
❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM
Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari
Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali
🌐 Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 998 |
| 12 | #Tizim_tashkilotlari
⚡️Madaniyat vazirligi tizimidagi respublika tashkilotlari faoliyati muhokama etildi
27 - iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish va tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan tanishdi.
Unda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori Botirjon Ergashev va Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori Gulchehra Sultonmetovalar 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha taqdimot bilan qatnashdi.
Nodirbek Sayfullayev tomonidan taqdimotlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish, xodimlarning ish unumdorligini yuksaltirish, ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan maqsadlarga erishish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z muddatida hamda yuqori sifat bilan amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 893 |
| 13 | #Madaniyat_kunlari
🇺🇿🇰🇬O‘zbek san’ati qirg‘iz tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘ldi
Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi konsert dasturida madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z ijrosini taqdim etdi.
Konsert davomida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ishtirokida yangragan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Madaniyat xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ham O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlab bormoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 673 |
| 14 | #Madaniyat_kunlari
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik nafaqat rasmiy uchrashuvlarda, balki san’at orqali ham yanada mustahkamlanmoqda.
Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi konsertda madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Issiqko‘lning betakror tabiatidan ilhom olganini samimiyat ila ta’riflab, qirg‘iz muxlislari uchun qo‘shiq kuyladi.
Vazir Nazarbekov Qirg‘izistonning “Xalq artisti” unvoni o‘zi uchun yuksak ishonch va sharaf ekanini, bu e’tirofga munosib bo‘lish uchun bundan buyon ham ikki xalq do‘stligi va madaniy aloqalariga sidqidildan xizmat qilishini ta’kidladi.
San’at chegaralarni bilmaydi. Samimiyat esa qalblarni yanada yaqinlashtiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 523 |
| 15 | #Madaniyat_kunlari
🇺🇿🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
28-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov hamda Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliyev ishtirok etdi.
Konsert davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, O‘zbekiston san’at ustalari o‘z chiqishlarini namoyish etdi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, qirg‘iz san’atkorlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan "Lazgi" xalqaro raqs festivali, Xalqaro maqom san’ati anjumani va boshqa xalqaro musiqa festivallarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Qirg‘iz Respublikasida uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank | 771 |
| 16 | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi Belarus Respublikasida madaniyat sohasini raqamli transformatsiya qilish tajribasini o‘rganmoqda
2026-yil 27-30-iyul kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rasmiy delegatsiyasi Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, ta’limni raqamli transformatsiya qilish, madaniyat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Institut delegatsiyasi tarkibiga quyidagilar kirdi:
Maksim Savochkin – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i;
Aziza Kurbanova – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Tashrifda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nomidan Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jasurbek Shermuhammedov ham ishtirok etdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya Belarus davlat madaniyat va san’at universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Natalya Karchevskaya, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Svetlana Shparlo, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Yelena Korsakova, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Vadim Samatiya, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Yelena Kiseleva, axborot texnologiyalari va texnik o‘qitish vositalari bo‘limi boshlig‘i Igor Levin hamda madaniyat sohasida axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Tatyana Jilinskaya kutib oldilar.
Shuningdek, delegatsiya uchun universitet bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Mehmonlar Sport va madaniyat markazi, universitet muzeyi, kutubxonasi hamda zamonaviy kompyuter auditoriyalarini ko‘zdan kechirib, universitetning ta’lim va ilmiy infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda raqamli ta’limni tashkil etish bo‘yicha tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’limni raqamlashtirish, madaniyat sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani alohida ta’kidlandi. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga xizmat qilishi qayd etildi.
Belarus tomoni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. Muzokaralar davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, yozgi maktablarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, qo‘shma xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa ilmiy-ta’lim loyihalarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya A.K. Glebov nomidagi Minsk davlat badiiy kollejiga tashrif buyurdi va kollej direktori Aleksandr Shantarovich bilan uchrashdi.
Kollej o‘qituvchisi Yuliya Sergeyeva delegatsiya a’zolari uchun o‘quv auditoriyalari, ixtisoslashtirilgan ustaxonalar va ijodiy laboratoriyalar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda zamonaviy moddiy-texnik baza bilan tanishtirdi.
Delegatsiyada badiiy ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan grafik dizayn, multimedia dizayni va animatsion dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimi, shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim modeli katta qiziqish uyg‘otdi.
Xizmat safari dasturi davom etmoqda. | 979 |
| 17 | 没有文字... | 998 |
| 18 | 💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 991 |
| 19 | БГУКИ укрепляет международные связи
Сегодня Белорусский государственный университет культуры и искусств принял с официальным визитом делегацию из Государственного института искусств и культуры Узбекистана. Целью встречи стало развитие двустороннего сотрудничества в области образования, цифровизации и применения искусственного интеллекта в сфере культуры.
Узбекскую делегацию возглавил начальник Управления цифровизации и развития искусственного интеллекта Министерства культуры Республики Узбекистан Шермухаммедов Жасурбек Абобакир угли. В состав делегации также вошли начальник Центра цифровых образовательных технологий Максим Савочкин и заведующая кафедрой «Информационные технологии» Азиза Курбанова.
С белорусской стороны гостей встречали ректор БГУКИ Наталья Карчевская, проректор по учебной работе Светлана Шпарло, начальник отдела международных связей Вадим Саматыя, заместитель начальника учебно-методического отдела Елена Киселева, начальник отдела информационных технологий и технических средств обучения Игорь Левин и заведующая кафедрой информационных технологий в культуре Татьяна Жилинская. Проректор по научной работе Елена Корсакова провела для гостей экскурсию по музейной экспозиции.
В ходе визита представители Узбекистана ознакомились со структурой университета, возможностями спортивно-культурного центра, библиотекой БГУКИ, компьютерными аудиториями.
Центральной частью визита стали переговоры, на которых ректор Наталья Карчевская подробно рассказала о специфике образовательного процесса в БГУКИ, его практикоориентированности, значительных достижениях и богатом опыте международного сотрудничества.
Узбекские коллеги, в свою очередь, поделились информацией о новом стратегическом направлении в их учреждении образования – «Информационные технологии в культуре». Они подчеркнули активную работу по совершенствованию образовательного процесса, развитию цифровой образовательной среды, а также внедрению современных информационно-коммуникационных технологий и технологий искусственного интеллекта.
Гости отметили, что опыт БГУКИ в подготовке кадров для сферы культуры и искусства, а также применение инновационных образовательных технологий и реализация проектов в области цифровой трансформации культуры представляют для них большой интерес. Было подчеркнуто, что недавний официальный визит Президента Республики Узбекистан в Республику Беларусь придал новый импульс развитию двустороннего сотрудничества между странами, и развитие прямых партнерских связей между университетами станет практическим вкладом в реализацию достигнутых на высшем государственном уровне договоренностей.
По итогам переговоров была достигнута договоренность о возможности разработки индивидуальных программ стажировок для преподавателей из Узбекистана в БГУКИ, что позволит им перенять белорусский опыт и ознакомиться с учебным процессом. Кроме того, обсуждена перспектива участия узбекских коллег в международных научных конференциях, проводимых БГУКИ.
#БГУКИ #МеждународноеСотрудничество #КультураИИскусство #Цифровизация #ИскусственныйИнтеллект #Образование #КультурныйОбмен #ВысшееОбразование | 1 230 |
| 20 | #Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 253 |
